Научная статья на тему 'MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMALARI UCHUN SIFATLI VIDEO DARSLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI'

MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMALARI UCHUN SIFATLI VIDEO DARSLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
366
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Masofaviy ta’lim / o‘qitishning texnika vositalari / o‘quvchi-talaba / o‘qituvchi / zamonaviy texnologiyalar / an’anaviy o‘qitish shakllari. / Distance education / technical means of teaching / pupil-student / teacher / modern technologies / traditional forms of teaching.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sobirova, Fotimaxon Aslbek Qizi

Maqolada masofaviy ta'lim platformalari uchun sifatli video darslar tayyorlash texnologiyasi.Masofaviy ta’lim tizimi va o‘qitishning texnika vositalari va masofaviy ta’lim tizimi tamoyillari va qoidalari to‘g‘risida malumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGY OF QUALITY VIDEO LESSON PREPARATION FOR DISTANCE EDUCATION PLATFORMS

The article provides information on the technology of preparing quality video lessons for distance education platforms. The distance education system and teaching techniques and the principles and rules of the distance education system.

Текст научной работы на тему «MASOFAVIY TA’LIM PLATFORMALARI UCHUN SIFATLI VIDEO DARSLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MASOFAVIY TA'LIM PLATFORMALARI UCHUN SIFATLI VIDEO DARSLAR TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI

Maqolada masofaviy ta'lim platformalari uchun sifatli video darslar tayyorlash texnologiyasi.Masofaviy ta 'lim tizimi va o 'qitishning texnika vositalari va masofaviy ta 'lim tizimi tamoyillari va qoidalari to 'g'risida malumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Masofaviy ta 'lim, o'qitishning texnika vositalari, o 'quvchi-talaba, o 'qituvchi, zamonaviy texnologiyalar, an 'anaviy o 'qitish shakllari.

The article provides information on the technology of preparing quality video lessons for distance education platforms. The distance education system and teaching techniques and the principles and rules of the distance education system.

Key words: Distance education, technical means of teaching, pupil-student, teacher, modern technologies, traditional forms of teaching.

В статье представлена информация о технологии подготовки качественных видеоуроков для дистанционных образовательных платформ, системе дистанционного образования и методиках обучения, принципах и правилах системы дистанционного образования.

Ключевые слова: Дистанционное обучение, технические средства обучения, ученик-ученик, учитель, современные технологии, традиционные формы обучения.

Masofaviy o'qitish yangi va ancha progressiv bo'lgan o'qitish shaklidir. Bu usulni turli ta'lim muassasalariga, xususan ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy sohalarga tatbiqi o'quvchi-talaba va o'qituvchi (pedagog)larning dunyoning ilg'or ilmiy maktablarining yuqori sifatli o'quv uslubiy ishlanmalari, zamonaviy va so'nggi axborotlaridan, qayerda bo'lishidan qat'iy nazar, to'g'ridan-to'g'ri foydalanish imkoniyatini beradi. Bularning barchasini e'tiborga olgan holda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi «Ustoz» fondi qiyofasida jahon institutlari bilan oliy ta'limda masofaviy o'qitish usuli komponentlarini tatbiq qilish haqida kelishuv tuzildi. Bu nafaqat O'zbekiston uchun balki O'rta Osiyoning barcha hududlari va Qozog'iston

Sobirova Fotimaxon Aslbek qizi

Andijon Davlat Pedagogika Instituti Informatika va aniq fanlar kafedrasi magstranti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hamda MDH davlatlari uchun masofaviy o'qitish sohasida jahon banki institutining ilg'or loyihalaridandir. Jahon banki loyihasi masofaviy o'qitish tizimini rivojlantirish uchun boshlang'ich maydon bo'ladigan masofaviy o'qitish tarmoqlari infratuzilmasi baza elementlarini yaratish masofaviy o'qitish usullarini qo'llash sohasini kengaytirish va masofaviy o'qitishni amalga oshiruvchi zamonaviy texnologiyalarni rivojlantirishni ko'zda tutadi. Toshkent shahrida joylashgan universitetlarda Jahon banki loyihasining muvaffaqiyatli qo'llanilishi uning hayotiyligi va yuqori ko'rsatkichga erishilganligini tasdiqladi.

Oliy o'quv yurtlaridan 30 nafardan ortiq yetuk o'qituvchilar tanlab olinib, ular masofadan o'qitishlari bo'yicha qayta tayyorlandi. 2000 yilda Jahon banki tashabbusi bilan Moskva va Bishkekda o'qitish markazlari tashkil etilib, unga taklif etilgan qatnashchilar yangi o'quv metodologiyasini masofadan tartibli boshqarish va elektron kurslari metodlari bo'yicha qayta tayyorlandi. Loyihaning universitet ishtirokchilari uchun iqtisodiy yo'nalishlar bo'yicha masofaviy o'qitish tartibida mashg'ulotlar o'tkazish uchun texnik baza vositalari tashkil etildi. Internetga ulanish yo'llari izlanmoqda. Bularning barchasi berilgan texnologiya turlarining istiqbollari to'g'risida gapirishga imkon beradi.

MUXOKAMA VA NATIJALAR

Masofaviy o'qitishning an'anaviy o'qitish shakllaridan quyidagi xususiyatlarini farqlash mumkin:

- egiluvchanlik. O'ziga qulay vaqtda, joyda va sharoitda o'qitish imkoniyatini beradi;

- modullik. O'quv kursiga bog'liq bo'lmagan holatda shaxsiy hamda guruh talabiga javob beradigan o'quv rejasini amalga oshiradi;

- qurshov. Bir vaqtda ko'p ishtirokchilarga o'quv axboroti bo'yicha murojaat qilish. Tarmoq yordamida o'zaro axborot almashinuvini to'g'ri tashkil qilish;

- tejamkorlik. O'quv maydonlari, texnik vositalari, transport vositalaridan unumli foydalanish, o'quv axborotlarini to'plangan va bir xillikka keltirilgan holda ifodalash hamda ularga erishilgan mutaxassislarni tayyorlash xarajatlarni kamaytiradi;

- texnologiyalilik. Ta'lim berish jarayonida insonni jahon industrial fazoga kiritishga imkon beradigan yangi erishilgan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish;

- ijtimoiy teng huquqlilik. O'qituvchining turar joyidan, salomatligi, moddiy ta'minlanganligidan kelib chiqib mustaqil ta'lim uchun teng imkoniyat yaratiladi;

- baynalminallik. Ta'lim xizmatlari bozorida erishilgan yutuqlarning eksporti va importi ta'minlanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'qituvchi (pedagog)larning yangi vazifalari. Masofaviy o'qitish o'qituvchi (pedagog)ning vazifalarini kengaytiradi va yangilaydi. O'qitilayotgan kurslarni doimo takomillashtirish, ijodiy faolligini va malakasini oshirish, kiritilgan yangilik va innovatsiyalarga mos bilim jarayonini muvofiqlashtirishi zarur.

Masofaviy o'qitish talabaga ijobiy ta'sir etadi. O'zini o'zi tashkil etishda, bilim olishga intilishda, kompyuter texnikasi bilan o'zaro ishlash va mustaqil ma's uliyatli vazifalarni hal qilishda uni ijodiy va tafakkur salohiyatini o'stiradi. Masofaviy o'qitish sifati kunduzgi ta'lim olish tartibidan sifat jihatidan qolishmaydi. Masofaviy o'qitish quyidagi ijtimoiy ahamiyatli masalalarni yechishga ta'sir etishi lozim;

- ta'lim xizmatlarida aholining ehtiyojini amalga oshirish;

- sifatli tayyorlangan mutaxassislar bilan davlat ehtiyojlarini qondirish;

- aholining ijtimoiy va kasbiy oshirish;

- tadbirkorlik va ijtimoiy faolligi, o'zligini anglashi tevarak-atrof to'g'risidagi bilimlarni kengaytirish;

- davlatimizning oliy maktablarida yig'ilgan bilimlar hamda kadrlarning moddiy salohiyatini saqlash va ko'paytirish;

- Rossiya, MDH, Butunjahon Hamjamiyati chegarasida ta'lim fazasining har bir nuqtasida nostrifikatsiyalangan ta'lim olish imkoniyatini ta'minlashni o'z ichiga olgan yaxlit ta'lim fazosini rivojlantirish;

- geosiyosiy masalalarni yechish.

Masofaviy o'qitishning asosiy vazifalarlari quyidagidan iborat:

O'qitish mazmuni. O'qitish jarayoni, usullari va tashkiliy tartibini amalga oshirish uning tarkibi bilan ifodalanadi. Bu o'quv axborotning tarkibi, tuzilishi va ma'lumoti hamda masalalar, topshiriqlar va mashg'ulotlar to'plami, ular kasbiy malaka va idroklarni shakllantiradi, mehnat faoliyatining dastlabki tajribasini yig'ishga imkon beradi.

O'qitish obyekti. Masofaviy o'qitish ta'lim xizmatlaridan foydalanuvchi ushbu usulda ta'lim oluvchilar obyekti bo'ladi.

O'qitish subyekti. Masofaviy o'qitish subyekti o'qituvchi (pedagog)lar hisoblanadi. O'qituvchi (pedagog) ta'lim jarayonining yuqori samarasini ta'minlashda asosiy bo'g'indir. Masofaviy o'qitish o'qituvchi (pedagog) faoliyatining muhim sohasi bo'lib hisoblanadi.

O'qitish usullari. Masofaviy o'qitish tartibi o'z ichiga beshta umumdidaktik o'qitish usullarini qamrab oladi: axborot-retseptiv, reproduktiv muammoviy ifoda etish, evristik va tadqiqot. Ular o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talabalarning o'zaro harakat pedagogik aktlarining butun to'plamlarini o'z ichiga qamrab oladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'qitish vositalari. Masofaviy o'qitish ta'limi jarayonida an'anaviy ta'lim bilan birga innovatsion o'qitish vositalaridan ham foydalaniladi. Ular kompyuter texnikasi, telekommunikatsiyani qo'llashga, hamda ta'minot texnologiyasi sohasida so'nggi erishilgan natijalarga asoslangan.

O'quv-ilmiy moddiy asosi. O'quv dasturlariga mos bo'lgan, o'qitish uchun zarur moddiy va texnikaviy to'plam. U o'z ichiga o'quv va o'quv yordamchi joylarni, o'qitish texnika vositalari, o'quv qo'llanmalari va boshqa o'quv-uslubiy materiallarni oladi.

Moliyaviy-iqtisodiy tizim. Ta'limda bozor munosabatlari qatnashchilari sifatida faqat ta'lim muassasalari va ta'lim xizmati buyurtmachilari bo'lib kelmasdan, balki davlat ham buyurtmachi va iste'molchi bo'ladi.

Masofaviy o'qitishning tashkiliy asoslari. Masofaviy o'qitish texnologiyasidan foydalanuvchi o'quv tashkilotlari faoliyatini tahlil qilish, umumiy tashkillashtirishning o'ziga xosligini ochib berdi:

- uzluksiz ta'lim;

- o'quv jarayonining olib borilishiga individual yondashish;

- geografik joylashishi uzoq bo'lgan o'quv muassasalarini yetakchi oliy o'quv yurtlari bazasi markazida masofaviy o'qitishni markazlashtirish;

- tinglovchilar yo'nalishiga ko'ra o'qituvchi (pedagog)-maslahatchilarning mavjudligi.

REFERENCES

1. To'raxonov F.B. Fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirishning metodik asoslari // Pedagogik mahorat ilmiy - nazariy va metodik jurnal, Buxoro 2021. 6-son. - B. 105-109. (13.00.00. № 23).

2. To'raxonov F., Qurbonov M., Sodiqova SH. Fizikadan amaliy mashg'ulotlarni pedagogik dasturiy vositalar yordamida tashkil etish // Pedagogik ta'lim. - Toshkent, 2012. 4-son. - B. 61-65. (13.00.00. № 6).

3. To'raxonov F.B., Qurbonov M., Xamidov V.S. Maktabda fizikani o'qitishda simulyatorlardan foydalanish // Fizika, matematika, informatika. - Toshkent, 2012. 4-son. - B. 61-65. (13.00.00. № 2).

4. Turakhonov F.B, Qurbonov M. Analysis of software with the opportunity to model physical processes in specialized schools // American journal of social and humanitarian research // AJSHR, Vol. 2, No. 10, desember 2021 - pp. 313 - 321.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

5. Turakhanov F.B. Methods and forms of determining effektiveness of computer models // Proceedings of the 1st international scientitic and practical conference, Recent advances in scientific world. SCIENTIFIC COLLECTION «INTERCONF» № 92 Monterrey, Mexico, 2021. - pp. 186-191.

6. Boymirov SH.T. Elektrodinamikadan muammoli mazmunda fanlararo ekskursiya tashkil etish va uni o'tkazish // "Fizikaning hozirgi zamon ta'limidagi o'rni" // Respublika ilmiy-amaliy anjumani. - Samarqand, 2019. - B. 118-120.

7. Boymirov SH.T. Umumta'lim maktablarida fizikaning elektrodinamika bo'limini muammoli o'qitish texnologiyalarini takomillashtirish. Monografiya. - Toshkent: Tafakkur, 2020. - 124 b.

8. To'raxonov F.B. Akademik litseylarda fizika o'qitishda kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish // Kasb - hunar ta'limi. - Toshkent, 2012. - 2-son. - B.

9. To'raxonov F.B., Xamidov V.S. Simulyatorlardan foydalanilgan holda fizik jarayonlarni modellashtirish // "Ta'lim muassasalarida elektron axborot-ta'lim muhitini shakllantirishning dolzarb masalalari" - O'z, 2019. - B. 40-41.

10. To'raxonov F., Xamidov V. Fizikani masofali o'qitishda internet kommknikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkillashtirish // O'rta maxsus, kasb - hunar ta'limida kadrlar tayyorlash jarayoni mazmuni, o'qitish vositalari va shakllarining nazariy - uslubiy asoslarini takomillashtirish // 2-Tom -Toshkent, 2011. - B. 128-130.

11. To'raxonov F.B., Qurbonov M., Xamidov V.S. Fizikani o'qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish (Interactive physics misolida). Elektron darslik. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi. № 3428. 28 iyul 2011 y.

3-5

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.