Научная статья на тему 'TA’LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIM TIZIMINING AFZALLIKLARI'

TA’LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIM TIZIMINING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
65
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axborotlashtirish / intellectual / malakasini oshirish / masofaviy ta’lim / intеrnеt / informatsiya / elеktron pochta / markazdan uzoqda / ta’lim modellar / information texnologiyalar / kompyuterlashtirish / transport / kommunikatsiyalar / onlayn. / informatization / intellectual / professional development / distance learning / internet / information / e-mail / decentralized / educational models / information technology / computerization / transport / communications / online.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Umurkulova, Dilrabo Abdisamatovna

Ushbu maqolada masofadan o‘qitish tizimlari va ta’lim jarayonini axborotlashtirishda masofaviy ta'lim tizimining afzaliklari haqida ma’lumot berilgan. Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va juda tеz o`zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqеa hodisalar sodir bo`moqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kеchmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o`rganish informatsiyalarni yig`ish va o`zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o`zlashtirilgan informatsiyalarning ko`p yoki ozligi bilan bеlgilanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ADVANTAGES OF DISTANCE EDUCATION SYSTEM INFORMATION OF THE EDUCATIONAL PROCESS

This article provides information on distance learning systems and the benefits of distance learning in informing the learning process. Today, development is developing very fast and changing very fast. Almost every minute changes, updates and surprises take place in different parts of the planet. Every day is spent under a strong flow of information. The flow of information follows us at home, at work, and on vacation. Man cannot function normally without the influence of information. Understanding and studying life takes place through the collection and assimilation of information. The level of human knowledge is also determined by the amount of information that a person has acquired in a given period.

Текст научной работы на тему «TA’LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISHDA MASOFAVIY TA’LIM TIZIMINING AFZALLIKLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TA'LIM JARAYONINI AXBOROTLASHTIRISHDA MASOFAVIY TA'LIM

TIZIMINING AFZALIKLARI

Umurkulova Dilrabo Abdisamatovna

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti 2-bosqich magistranti.

Mirzo Ulug'bek nomidagi Milliy Universiteti Taekvando va Sport faoliyati kafedrasi assistant o'qituvchisi. umurkulovad.@mail. ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada masofadan o'qitish tizimlari va ta'lim jarayonini axborotlashtirishda masofaviy ta'lim tizimining afzaliklari haqida ma'lumot berilgan. Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez o^zgarmoqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o^zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea hodisalar sodir bo^moqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kechmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o^rganish informatsiyalarni yig^ish va o^zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o^zlashtirilgan informatsiyalarning ko^pyoki ozligi bilan belgilanadi.

Kalit so'zlar: axborotlashtirish,intellectual,malakasini oshirish, masofaviy ta'lim, internet, informatsiya, elektron pochta,markazdan uzoqda, ta'lim modellar, information texnologiyalar, kompyuterlashtirish, transport, kommunikatsiyalar, onlayn.

ABSTRACT

This article provides information on distance learning systems and the benefits of distance learning in informing the learning process. Today, development is developing very fast and changing very fast. Almost every minute changes, updates and surprises take place in different parts of the planet. Every day is spent under a strong flow of information. The flow of information follows us at home, at work, and on vacation. Man cannot function normally without the influence of information. Understanding and studying life takes place through the collection and assimilation of information. The level of human knowledge is also determined by the amount of information that a person has acquired in a given period.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keywords: informatization, intellectual, professional development, distance learning, internet, information, e-mail, decentralized, educational models, information technology, computerization, transport, communications, online.

KIRISH

Ta'lim jarayonini axborotlashtirish: - shaxsning intellektual va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishiga; - jamiyatning har bir a'zosini o'z malakasini oshirish va faoliyat sohasini o'zgartira olishiga; - tezkor ta'lim uchun shart-sharoit yaratish va masofaviy ta'lim samarasini oshirishga imkon beradi.

Ko'pchilik intеrnеtdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elеktron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Intеrnеtning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Intеrnеtdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya'ni Intеrnеt turli sohalarga tadbiq qilindi. Internet texnologiyalar: masofadan o'qitish, elektron kutubxonalar, telemeditsina, telemetrologiya, elektron tadbirkorlik, elektron magazinlar va boshqalar. Quyida bu texnologiyalarning qisqacha, lekin asosiy tavsiflarini keltiramiz.

Masofadan o'qitish tizimlari Bugungi kunda taraqqiyot juda tez rivojlanmoqda va juda tez ozgarmoqda. Deyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o'zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqea hodisalar sodir bormoqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kechmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o'rganish informatsiyalarni yig'ish va o'zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o'zlashtirilgan informatsiyalarning ko'p yoki ozligi bilan belgilanadi.

Masofadan o'qitish asosida ta'lim berish uchun o'qish istagida bo'lgan aholining muayyan qismini ta'lim muassasasi joylashgan yerga yig'ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o'quvchi tomonidan ortiqcha sarf - xarajat qilish zarurati bo'lmaydi. Uchinchidan, bu ta'lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. Masofadan o'qitishga jalb qilinuvchi kontingentni quyidagi ijtimoiy guruhlarga mansub bo'lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin:

-ikkinchi oliy yoki qoshimcha ma'lumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o'tash istagida bo'lganlar;

-mintaqaviy hokimiyat va boshqaruv rahbarlari;

-an'anaviy ta'lim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli ma'lumot olaolmagan yoshlar;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

-oz ma'lumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko'tarish istagida bo'lgan firma va korxonalar xodimlari;

-ikkinchi parallel ma'lumot olishni xohlagan tinglovchilar; -markazdan uzoqda, kam o'zlashtirilgan mintaqalar aholisi; -erkin ko'chib yurishi cheklangan shaxslar; jismoniy nuqsonlari bo'lgan shaxslar; -harbiy xizmatda bo'lgan shaxslar va boshqalar.

Masofaviy ta'lim modellari. Masofaviy ta'lim - bu o'qituvchi va o'quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta'lim turi bo'lib, bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil qilinishiga sabab bo'lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta'lim uchun mutaxasislar mavjudligi, ta'lim sohasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari.

Masofaviy ta'limning texnologiyalari va unda qatnashuvchilari. Masofaviy ta'limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: -interaktiv texnologiyalar: -internet masofaviy ta'lim portali. -video va audio konferentsiyalar. -elektron pochta orqali ta'lim. -internet orqali mustaqil ta'lim olish. -uzoqdan boshqarish sistemalar. -onlayn simulyator va o' quv dasturlar. -test topshirish sistemalari.

Masofaviy o'qitish uslubining afzalliklari.

а) o'qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko'pgina uslublar asosida o'qituvchi bilim beradi, o'quvchi esa faqat berilgan materialni o'qiydi. Taklif qilinayotgan masofaviy ta'lim berish asosida o'quvchilarning o'zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak bo'lgan ma'lumotlarni qidirib topadi va albatta o'zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlari asosida almashadi. Bu esa o'quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo'lishini ta'minlaydi va o'z o'rnida bunday mehnat ta'lim olishni rag'batlantiradi.

б) mustaqil ta'lim olishning imkoniyati borligi. Masofaviy uslub asosida ta'lim olish - boshlangich, o'rta, universitet, sirtqi - kechki va malaka oshirish bosqichlarini

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'z ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajada inspektorlar o'zlarining shaxsiy dars jadvallri asosida ishlashlari mumkin va o'zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo'lishi mumkin.

b) ish joyidagi katta o'zgarishlar. Masofaviy uslub asosida ta'lim berish turi millionlab insonlarga, ayniqsa ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta'lim olayotganlar uchun qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o'qitish kadrlarni tayyorlashda judayam katta rol o'ynamoqda, yani jug'rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz o'zining ishlab turgan o'rnida ta'lim olish mumkindir.

r) oqitish va ta'lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma'lumotlar shuni korsatmoqdaki, masofaviy uslub asosida ta'lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o'qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, masofaviy uslub asosida ta'lim olish universitet tomonidan qoyilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta'lim olayotgan talabalar yoki o'quvchilarning boshqalardan ustunligi - ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o'qituvchilar bilan taminlanishidir. Ta'lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, o'qituvchi auditoriyada o'qitish shartlaridan holi bo'lishi kerakdir. Masofaviy uslub asosida oqitishning o'quv qoidalaridan kelib chiqsak, oquvchilar Internet orqali jahon boyicha sayohat qilishlari mumkin.

Hozirgi kunda to'g'ridan-to'g'ri internet tarmog'iga kirish xizmati masofaviy uslub asosida ta'lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferentsiyalari va ma'lumotlarning elektron bazasidan foydalanadi.

Ta'lim jarayonini axborotlashtirish:

- shaxsning intellektual va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishiga;

- jamiyatning har bir a'zosini o'z malakasini oshirish va faoliyat sohasini o'zgartira olishiga;

- tezkor ta'lim uchun shart-sharoit yaratish va masofaviy ta'lim samarasini oshirishga imkon beradi.

Axborot texnologiyalarini ta'lim jarayoniga joriy etish bo'yicha jamiyatimizning tez suratlar bilan o'sib boruvchi ehtiyojlari oliy ta'lim muassasalarida auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg'ulotlarda elektron qo'llanmalar, virtual stendlar, Internet tarmog'i imkoniyatlaridan foydalangan holda masofaviy o'qitish, shuningdek, masofaviy ta'limni joriy etish bilan bog'liq izchil nazariy hamda amaliy tadbirlar bajarilishini taqozo etadi. Axborot texnologiyalariga asoslangan holda masofaviy ta'lim boyicha mavjud ilmiy nashrlarning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta'lim jarayonida bunday ta'lim usulidan foydalanish masalasiga asosan, jahon miqyosida

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 5/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

yangi pedagogik texnologiyalarga o'tish bilan bog'liq muammo sifatida e'tibor qaratilgan va bu borada sezilarli natijalarga erishilgan.

Xulosa o'mida shuni aytish joizki O'zbekistonda masofaviy ta'lim tizimining rivojlanishi, xalqimizga faqat sifatli ta'lim berishnigina ta'minlab qolmasdan, u yana mamlakatimizning ta'lim tizimida masofaviy o'qitishni qo'llagan holda aholining umumiy bilim darajasini va bu bilimning sifatini oshirish imkoni mavjud. Aholining barcha qatlamlarini bilim olishdagi ixtiyoriy talablarini qondirish mumkin bo'ladi.

Bilimlarni o'z vaqtida keng aholiga tarqatish imkoni mavjud. Yagona ta'lim muhitini yaratib, unda barcha bilimlarni mujassamlashtirish imkoni mavjud.

Masofadan o'qitish usulida o'quvchi va o'qituvchi bir-biridan masofa bilan ajralgan bo'lsa ham doimiy muloqot saqlanib qoladi. Bu o'qitishni nazorat qilishning alohida usuli bo'ladigan elektron pochta va internet texnologiyalari yordamida amalga oshiriladi.

REFERENCES

1. Akhmedov, B. A., & Khasanova, S. K. (2020). Public education system methods of distance in education in development of employees. Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 1(1), 252-256.

2. Ахмедов, Б. А. (2020). Математические модели оценки характиристик качества и надежности программного обеспечения. EURASIAN EDUCATION SCIENCE AND INNOVATION JOURNAL, 3(10), 97-100.

3. Гулбоев, Н. А., Дуйсенов, Н. Э., Ахмедов, Б. А., & Рахманова, Г. С. (2020). Модели систем управления электрическими сетями. Молодой ученый, 22(312),

4. Мухамедов, F. И., & Ахмедов, Б. А. (2020). Инновацион "Klaster mobile" иловаси. Academic Research in Educational Sciences, 1 (3), 140-145.

5. Ахмедов, Б. А. (2020). О развитии навыков интерактивных онлайн курсов в дистанционных условиях современного общества (модель-программа для преподавателей образовательных учреждений).

XULOSA

105-107.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.