Научная статья на тему 'MARYAM MIRZAHONIY MATEMATIK BUYUKLIKKA YO’L OCHGAN AYOL'

MARYAM MIRZAHONIY MATEMATIK BUYUKLIKKA YO’L OCHGAN AYOL Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Maryam Mirzahoniy / matematika / geometriya / giperboplik yuzalar / Blumental mukofoti / Filds medali / Sharif universiteti / Garvard universiteti

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Umaraliyeva Diyora Ulugbek Qizi, Hilola Abdurahimova Davron Qizi

Ushbu maqolada biz eronlik matematik ayol olimlardan biri Maryam Mirzahoniyning hayotiy yo’li, yutuqlari, martabasining o'sishi va tan olinishi yo'lidagi qiyinchiliklarini hamda uning tadqiqotlar ahamiyatini bayon qilganmiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARYAM MIRZAHONIY MATEMATIK BUYUKLIKKA YO’L OCHGAN AYOL»

MARYAM MIRZAHONIY - MATEMATIK BUYUKLIKKA YO'L OCHGAN AYOL 1Umaraliyeva Diyora Ulug'bek qizi, 2Hilola Abdurahimova Davron qizi

1Toshkent davlat pedagogika universiteti, tayanch doktorant 2Toshkent davlat pedagogika universiteti, 2-kurs talabasi 1+998909612120, 2+998914260490 1khaldibekova96@gmail.com, 2khaldibekova96@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10663757

Annotatsiya. Ushbu maqolada biz eronlik matematik ayol olimlardan biri Maryam Mirzahoniyning hayotiy yo'li, yutuqlari, martabasining o'sishi va tan olinishi yo'lidagi qiyinchiliklarini hamda uning tadqiqotlar ahamiyatini bayon qilganmiz.

Kalit so'zlar: Maryam Mirzahoniy, matematika, geometriya, giperboplik yuzalar, Blumental mukofoti, Filds medali, Sharif universiteti, Garvard universiteti

Аннотация. В этой статье мы обрисовали в общих чертах жизненный путь, достижения, трудности карьерного роста и признания одной из иранских женщин-математиков, Марьям Мирзахани, а также важность её исследований.

Ключевые слова: Марьям Мирзахани, математика, геометрия, гиперболические поверхности, премия Блюменталя, медаль Филдса, университет Шарифа, Гарвардский университет

Abstract. In this article, we described the difficulties of Maryam Mirzahani, one of the Iranian mathematical women scientists, in the path of life, achievements, career growth and recognition, as well as the importance of her research.

Keywords: Maryam Mirzahani, mathematics, geometry, hyperbolic surfaces, Blumenthal prize, Fields Medal, Sharif University, Harvard University

Ilm-fan va matematikada ayollarning roli har doim muhim bo'lib kelgan. So'nggi paytlarda biz Osiyo mintaqasida ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan va amaliy hissa qo'shayotgan ayollar sonining ko'payishini guvohi bo'lib turibmiz. Ayol olimlarning nafaqat matematika, balki boshqa ilmiy fanlar bo'yicha ham ajoyib qobiliyatlari va yutuqlari ularning ilmiy hamjamiyatning ajralmas qismi ekanligini va jamiyatlarimizga sezilarli ta'sir ko'rsatishini tasdiqlaydi. Shulardan biri Maryam Mirzahoniy.

Buyuk matematik ayol, olima, oqil farzand, yaxshi turmush o'rtoq, mehribon ona, talabchan shogird, bilimli muallima, mohir rassom, kamtarin va oddiygina bir eronlik ayol Maryam Mirzahoniy 1977-yil 12-may kuni Eronning poytaxti Tehron shahrida dunyoga keladi. Otasi Ahmad Mirzahoniy va onasi Zahra Haghighiy qo'lida katta bo'ladi.

Maryam matematik edi, lekin u rassomlardek ijod qilgan, doim chizgan. U yerga katta qog'oz varaqlari bilan cho'kkalab o'tirib, ularni doiralar bilan to'ldirishni yaxshi ko'rgan ekan. Stenford universiteti aspiratlaridan biri Maryam haqida shunday deydi: "Mirzahoniy matematikadagi muammolarni daxshatli mantiqiy jumboqlar sifatida emas, balki jonlantirilgan jadval sifatida tasvirlagan". Binghamton universiteti Jenya Sapir esa: "U xuddi matematik manzaraga derazadan qarar va u yerdagi elementlar bir-biri bilan qanday o'zaro ta'sir qilishini tasvirlashga harakat qilardi", deydi.

Mirzahoniy yozuvchi bo'lish orzusi bilan Tehronda o'sgan. U oltinchi sinfda Eronning Iste'dodlarni

rivojlantirish milliy tashkiloti qoshidagi qizlar uchun mo'ljallangan Farzanegan maktabida o' qishni boshladi va matematikadan tashqari barcha fanlardan a'lo baholar bilan o'qishni tamomlaydi. O'quv yili tugashi arafasida Maryamning o'qituvchisi matematika fanidan olgan 20 balldan 16 ballik natijali nazorat ishini qaytarib beradi. U darhol qog'ozni yirtib, bo'laklarini sumkasiga solib qo'yadi. Matematika haqida gap ketganda esa u dugonasiga shunday degan: "Men hatto xatolarim ustida ham ishlamayman". Lekin tez orada Maryamning matematikaga qiziqishi ortib borishini bilmas ham edi.

O'rta maktabda o'qigan paytida eng yaqin do'sti Roya Beheshti bilan xalqaro matematika olimpiadasida qatnashish huquqini qo'lga kiritgan birinchi eronlik ayollardan bo'lishdi va keyingi yili Mirzahoniy 1995 yilda ilk yutuqlaridan biri maksimal ball bilan oltin medalni qo'lga kiritadi.

Mirzahoniy 1999 yilning kuzida Garvardda aspiranturada o'qish uchun AQSHga ko'chib ketadi.Uning ishtiyoqi geometriya fani edi. Uni ayniqsa Pringles kartoshka chiplariga o'xshash "giperboplik yuzalar" o'ziga jalb qilardi. U o'zining mavhumligi bo'yicha ekstremal koinotni -har bir nuqta sirtni ifodalovchi "modul bo'shliqlar" va biznikidan kattaroq o'lchamli fazolarni o'rganadi. Mirzahoniy negadir o'ylab ko'rish kerak bo'lgan bunday joylarning qirralarini o'ylab topar edi. G'oyani sinab ko'rish, eslab qolish yoki yangisini izlash uchun oq qog'ozga chizib, keyinroq esa u o'zining sarguzashtlarini matematikaning odatiy belgilariga yozgan ekan.

U 2004 yilda Garvard universitetida doktorlik darajasini olib, Prinstonda ishlaydi. Dissertatsiya sirtlarning oddiy halqalarini sanashdan boshlanib, modul bo'shliqlarining umumiy hajmini hisoblashga olib kelgan. Bu tadqiqot u kabi yosh olimaga eng yaxshi jurnallarda 3 ta alohida maqola chop etishga imkon beradi. Ulardan birida matematika va kvant tortishish kuchini bog'laydigan nazariy fizikaning muhim bosqichi bo' lgan mashhur "Vitten taxmini" ning ajablanarli yangi isboti

ko'rsatiladi. Mirzahoniy matematikasi o'zining ulkan parvozlari, olis sohalar o'rtasidagi aloqalarni ochib bergani, buyuklilik tuyg'usi bilan qadrlanadi.

2008 yilda Maryam Stenfordda professor unvonini oladi, 2009 yilda esa Blumental (Blumental mukofoti Amerika matematika jamiyati tomonidan 1993 yilda Leonard va Eleanor Blumentallar xotirasiga bag'ishlangan bo'lib bu mukofot sof matematika sohasidagi tadqiqotlarga eng katta hissa qo'shgan va kelajakda ushbu sohada taniqli tadqiqotlarni ishlab chiqarish uchun salohiyatga ega deb topilgan shaxsga topshiriladi) mukofotini qo'lga kiritadi. 2013 yilda Satter mukofotini ham qo'lga kiritib 2014 yil boshlarida Clay Research mukofotini ham oladi.

Maryam 2014-yilda FILDS medalini qo'lga kiritganida e'tibor markazida bo'lgan g'ayrioddiy, iste'dodli va mohir yosh matematik edi. Filds medalini olishi matematika jamiyatidagi ayollarning birinchi marta 1936 yilda ta'sis etilgan sovrinni uzoq kutishiga barham berdi. Professor Mirzahoniy uni olgan birinchi eronlik ham edi. "Matematika bo'yicha Nobel mukofoti" nomli Filds medali har 4 yilda bir marta 40 yoshgacha bo'lgan 2 yoki 4 matematiklarga berilardi. Iqtiboslarda aytilishicha u "Murakkab geometriya va dinamik tizimlar" ga ajoyib va o'ziga xos hissa qo'shgan va uning bu ishi katta muvaffaqiyat qozongan.

Oksford universitetining medallar qo'mitasi a'zosi professor Dam Frensis Kirvan shunday deydi: "Umid qilamanki, ushbu mukofot ushbu mamlakatda va butun dunyoda ko'plab qizlar va yosh ayollarni o'z mukofotlariga ishonishga undaydi". Ammo Filds medali u ko'krak saratoni kasalligiga qarshi mashaqqatli davolanishni tugatganida e'lon qilingandi. Sababi 2013 yilda unga ko'krak saratoni tashxisi qo'yilgan edi. 2016-yilda saraton yana qaytib, Mirzahoniyning jigar va suyaklariga tarqaldi.Mirzahoniyni tanigan insonlar uni o'zgarmas optimist deb ta'riflaydi; ular suhbatni doimo energiya bilan tugatardi.

2017-yil 14 iyul kuni doktor Maryam Mirzahoniy vafot etdi. Sharif universiteti va Garvard universiteti bitiruvchisi, matematik olim Maryam matematika sohasidagi eng nufuzli mukofot -Filds medalini qo'lga kiritgan yagona ayol bo'lib qoldi. Stenford universiteti professori bo'lgan Maryam 40 yoshida ko'krak bezi saratoni bilan kurashda mag'lub bo'ldi. Stenforddagi xotira marosimida Mirzahoniyning dessertatsiyalar bo'yicha maslahatchisi va Garvard matematika bo'limi raisi Kertis Makmullen shunday deydi: "U kabinetimga kelib ilmiy fantastika mavzulariga to'xtalib, matematik koinotning ba'zi o'rganilmagan burchagida g'alati tuzilmalar va jozibali naqshlar, barchasi harakatda va o'zaro bog'liq ekanligini ta'kidlar edi".

Professor Maryam Mirzahoniy geometriya va dinamik tizimlarga katta hissa qo'shgan va uning ishi bir necha matematik fanlarni jumladan giperbolik geometriya, kompleks tahlil, topologiya va dinamikani bog'labgina qolmay, ularning barchasiga chuqur ta'sir ko'rsatgan. Maryamning vafoti matematika dunyosi uchun katta yo'qotish bo'ldi. Maryam o'zining qisqa umri davomida ko'plab yutuqlarga erishdi va o'zidan ulkan meros qoldirgan.

REFERENCES

1. Jonathan, Webb (2014). "First female winner for Fields maths medal". BBC News. Archived from the original on 13 August 2014. Retrieved 13 August 2014.

2. A "Private Funeral of Professor Mirzakhani to be held in the United States", Iranian Students News Agency (in Persian), 19 July 2017, 96042715699, archived from the original on 20 July 2017, retrieved 19 July 2017

3. A Jump up to:a - O'Connor, John; Robertson, Edmund (August 2017). "Maryam Mirzakhani". MacTutor History of Mathematics Archive. Retrieved 3 May 2021.

4. https://en.wikipedia.org/wiki/Maryam_Mirzakhani

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.