Научная статья на тему 'YURTIMIZDA YOSHLAR SIYOSATI VA XOTIN-QIZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH MAQSADIDA TASHKIL ETILGAN ZULFIYAXONIM MUKOFOTINING AHAMIYATI'

YURTIMIZDA YOSHLAR SIYOSATI VA XOTIN-QIZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH MAQSADIDA TASHKIL ETILGAN ZULFIYAXONIM MUKOFOTINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
151
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
xotin-qizlar faolligi / Zulfiyaxonim mukofoti / olima qizlar / yuksak ma’naviyat egalari / maktab o’quvchi qizlari. / women's activism / Zulfiyakhanim award / female scholars / high spiritual people / schoolgirls.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — M. Kazakova

Ushbu maqolada yurtimizda yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Zulfiyaxonim mukofotining ahamiyati va ta’sis etilishi haqida to’xtalib o’tilgan. Maqola davomida ilmiy va izchil fikrlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF THE ZULFIYAKHANIM AWARD, WHICH WAS ESTABLISHED TO SUPPORT YOUTH POLICY AND WOMEN IN OUR COUNTRY

This article focuses on the importance and establishment of the Zulfiyakhanim Award, which was established to support youth policy and women in our country. Scientific and consistent opinions are given throughout the article.

Текст научной работы на тему «YURTIMIZDA YOSHLAR SIYOSATI VA XOTIN-QIZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASH MAQSADIDA TASHKIL ETILGAN ZULFIYAXONIM MUKOFOTINING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

YURTIMIZDA YOSHLAR SIYOSATI VA XOTIN-QIZLARNI QO'LLAB-QUVVATLASH MAQSADIDA TASHKIL ETILGAN ZULFIYAXONIM MUKOFOTINING AHAMIYATI M.D.Kazakova

BDU "Jahon tarixi" kafedrasining mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7234649

Annotatsiya. Ushbu maqolada yurtimizda yoshlar siyosati va xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan Zulfiyaxonim mukofotining ahamiyati va ta'sis etilishi haqida to'xtalib o'tilgan. Maqola davomida ilmiy va izchilfikrlar berilgan.

Kalit so'zlar: xotin-qizlar faolligi, Zulfiyaxonim mukofoti, olima qizlar, yuksak ma'naviyat egalari, maktab o'quvchi qizlari. ЗНАЧЕНИЕ ПРЕМИИ ЗУЛЬФИЯХАНУМ, КОТОРАЯ БЫЛА УЧРЕЖДЕНА ДЛЯ ПОДДЕРЖКИ МОЛОДЕЖНОЙ ПОЛИТИКИ И ЖЕНЩИН В НАШЕЙ СТРАНЕ

Аннотация. Данная статья посвящена важности и основанию премии «Зульфияханум», которая была учреждена для поддержки молодежной политики и женщин в нашей стране. На протяжении всей статьи даны научные и последовательные мнения.

Ключевые слова: женский активизм, премия Зульфияханим, ученицы, высокодуховные люди, школьницы.

THE IMPORTANCE OF THE ZULFIYAKHANIM AWARD, WHICH WAS ESTABLISHED TO SUPPORT YOUTH POLICY AND WOMEN IN OUR COUNTRY

Abstract. This article focuses on the importance and establishment of the Zulfiyakhanim Award, which was established to support youth policy and women in our country. Scientific and consistent opinions are given throughout the article.

Key words: women's activism, Zulfiyakhanim award, female scholars, high spiritual people, schoolgirls.

KIRISH

Yurtimizda xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida olib borilayotgan davlat siyosatining natijasi o'laroq 14 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan fan, adabiyot, ta'lim, sport kabi sohalarda tengdoshlariga o'rnak bo'lib kelayotgan xotin-qizlarni munosib taqdirlash uchun Zulfiyaxonim mukofoti ta'sis etilgan.

Yosh avlod kelajagi haqida g'amxo'rlik qilish O'zbekiston davlat siyosatining muhim asoslaridan biri hisoblanadi. Bugun yurtimizda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish, yoshlarning kamoloti va tarbiyasiga ijobiy ta'sir qiluvchi shart-sharoit yaratish uchun barcha sohada keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, barkamol, oqila xotin-qizlar avlodini voyaga yetkazish, ular orasida adabiyot, san'at, fan va madaniyatni rivojlantirishdagi yutuqlari yoshlar faol ishtirokini rag'batlantirish maqsadida 1999-yil 10-iyunda "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'risidagi" farmonga asosan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgandi. Ushbu mukofotning ta'sis etilishida O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, Fanlar akademiyasi, Badiiy akademiya, "Ma'naviyat va ma'rifat" jamoatchilik markazi, Yozuvchilar, Bastakorlar, Me'morlar uyushmalari, "Oltin meros", "Kamolot","Umid", "Ulug'bek", "Navro'z" jamg'armalari va keng jamoatchilikning takliflari asos bo'lib xizmat qildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti maktab, litsey, kollej va oliy o'quv muvaffaqiyatlari bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g'oyalarini amalga oshirish yo'lida astoydil mehnat qilayotgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun beriladi. Yosh va ilmga chanqoq qizlar ushbu Davlat mukofotini qo'lga kiritgan taqdirlarida, avvalo, eng kam oylik ish haqining 50 baravari miqdorida rag'batlantiriladi, shuningdek, tanlagan yo'nalishlari bo'yicha oliy o'quv yurtlariga imtihonlarsiz qabul qilinadilar.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Mukofotning ta'sis etilishi yosh, kelajakka umid ko'zlari bilan qarab mamlakatning yuksalishi, san'at, fan va madaniyatning turli sohalarida yuqori natijalarni egallayotgan qizlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berdi. Buxorolik xotin-qizlar orasida ham ushbu mukofotga loyiq ko'plab salohiyatli va o'z tengdoshlariga har tomonloma o'rnak bo'la oladigan nomzodlar yetishib chiqdi.

2000-yil 6-mart sanasida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotining birinchi sohibalari taqdirlandilar. Shuni alohida ta'kidlash joizki, ushbu mukofot 8-mart "Xalqaro xotin-qizlar kuni" arafasida o'z egalariga topshiriladi. Taqdirlash marosimi o'ta hayajonli o'tgan birinchi yili jami 14 ta xotin-qiz va ular orasida Zulfiya mukofoti egasi bo'lib Buxoro viloyati Peshku tumani 11-maktab kutubxona mudirasi Oripova Iroda Talabovna ham taqdirlangandi.

Iroda Oripova Peshko' tumanida o'qituvchi oilasida tug'ilgan. Yoshligidan she'rlar, hikoyalar yozib yurgan yuqori iqtidor sohibasining ijod namunalari doimiy ravishda "Tong yulduzi", "Gulxan" jurnallarida chop etilib turgan. Maktab chog'laridan mustaqillikning dastlabki yillarida tashkil qilinib, barcha yosh avlod vakillarini o'zida birlashtirgan, bilimdon va qobiliyatli bolalarni saralab beruvchi "Iqtidorli bolalar" tanlovida o'z ijod mahsullari bilan ishtirok etgan Iroda Talabovna bir necha bor tuman va viloyat bosqichlarida g'oliblikni qo'lga kiritdi. Matematika o'qituvchisi bo'lishni orzu qilgan Iroda Oripova maktabni bitirib, oliygohga hujjat topshiradi. Afsuski, talaba bo'lish baxtiga muyassar bo'lolmaydi. Shu yilning o'zida Buxoro madaniyat kollejiga o'qishga qabul qilinib, o'qishi sirtqi shaklda bo'lganligi sababli o'zi o'qigan maktabda kutubxonachi bo'lib ishga kiradi. O'sha paytlarni xotirlab: "Tushkunlikda edim, orzularim olislab, omad mendek qishloq qizini unutib yubordi degan fikrga kelgan edim," -deydi Iroda Oripova u bilan bo'lgan suhbatimiz davomida. Zulfiyaxonim mukofoti ta'sis etilganligini eshitgan Iroda Talabovna ijodiy ishlari va senariylari bilan tanlovda ishtirok etadi va bu ishtirok hayot yo'llarini tamoman yangi o'zanga burib yuboradi. Imtiyozli tarzda O'zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetiga o'qishga kiradi. 2002-yildan "Buxoro muallimi" gazetasi muxbiri sifatida ish boshlab, tez orada "Ma'rifat" gazetasining Buxoro viloyati bo'yicha muxbiri vazifasida faoliyat yurita boshlaydi. Ayni paytda Buxoro viloyati xalq ta'limi boshqarmasi Matbuot kotibi lavozimida ishlab kelmoqda.

TADQIQOT NATIJASI

Namunali xulqi, zukkoligi, tashabbuskorligi bilan 2001-yil Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi 4-maktabning 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Navbahor Xalilovna Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini qo'lga kiritdi.

2002-yil Buxoro viloyatidan berilgan nomzodlar orasida Buxoro viloyati Jondor tumanidagi 5-o'rta maktabning 9-sinf o'quvchisi Xamroyeva Orzigul Jalolovna o'zining izlanuvchan va tashabbuskorligi, o'qishdagi muvaffaqiyatlari bilan yuqori pog'onaga ko'tariladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xamroyeva Orzigul Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida faoliyat yuritadi. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori.

2001-yilda "Mehr nuri" va "Oq kabutar" nomli she'riy to'plamlari e'lon qilingan. 2003-yilda "Hayrat beshigi" nomli she'riy to'plam chop etilgan. 2007-yilda O'zbekiston Milliy universitetini tugatgan. 2009-yilda O'zbekiston Milliy universitetining magistratura bo'limini tamomladi. Fitratning "Eng eski turk adabiyoti namunalari", "O'zbek adabiyoti namunalari" asarlarini o'zbek tiliga tabdil qilgan, 30dan ortiq maqolalari xorij hamda respublika matbuotida nashr qilingan.

"Adabiyot. Eng yangi savol-javoblar." (2015), "Ona tili. Eng yangi savol-javoblar." (2015), "Adabiyot. Abituriyentlar uchun savol-javoblar" (2016), "Ona tili. Abituriyentlar uchun savol-javoblar" (2016) nomli kitoblari nashr qilingan.

Keyingi yillarda Zulfiya mukofotini, jumladan 2003-yil Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 17-o'rta ta'lim maktabi 10-sinf o'quvchisi Avezova Dildora Bahodurovna, 2004-yilda Buxoro shahridagi 12-umumiy o'rta ta'lim maktabi

11-sinf o'quvchisi Yulduz Ondayeva, 2005-yil Buxoro davlat universiteti 2-bosqich talabasi Kenjayeva Zarina Fatilloyevna, 2006-yil san'at sohasi bo'yicha Shomurodova Mohichehralar qo'lga kiritdilar. Shomurodova Mohichehra bugungi kunda yurtimizda ko'zga ko'ringan ijodkor, ko'plab tanlovlar g'olibasi, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist va "Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivalida birinchi o'rinni qo'lga kiritgan. 2007-yil milliy istiqlol g'oyalari va madaniy-ma'rifiy qadriyatlarni hayotga tatbiq etishdagi ibratli faoliyati uchun Buxoro yuridik va maishiy xizmat kolleji 1-kurs talabasi Murodova Zebuniso, 2008-yil Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 41-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 11-sinf o'quvchisi Rahmonova Umida Erkinovna ushbu mukofotga munosib topildilar.

MUHOKAMA

Rahmonova Umida Erkinovna Zulfiya nomidagi davlat mukofotini qo'lga kiritib imtiyozli ravishda O'zbekiston davlat jahon tillari universitetiningjurnalistika fakultetiga o'qishga kirdi va uni 2012-yilda muvaffaqiyatli tamomladi. 2012-yilda u O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi Buxoro mintaqaviy teleradiokompaniyasi guruhining yetakchi birinchi toifasida ishlagan. 2013-yildan 2017-yilgacha u televizion guruhda muharrir bo'lib ishladi. 2007-yilda u O'zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining Buxoro viloyat teleradiokompaniyasi radiosining bosh muharriri etib tayinlandi, 2014-yilda Buxoro viloyati xalq deputatlari Kengashining deputati lavozimiga tayinlandi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi 2019-2020 yillarda bo'lib o'tgan parlament saylovlarida saylangan IV chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari ro'yxatiga kiritilgan.

2009-yil Buxoro tuman 42-maktab 9-sinf o'quvchisi Muhammadova Mahbuba Mo'minovna, 2010-yil Buxoro shahridagi 22-umumiy o'rta ta'lim maktabining 8-sinf o'quvchisi G'ulomova Husniyabonu Erkinovna, 2011-yil Buxoro shahridagi 21-umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-sinf o'quvchisi Xoliqova Sarvina Alisherovna, 2014-yil Buxoro tumani 6-umumiy o'rta ta'lim maktabi

9-sinf o'quvchisi Namozova Mohinur Bobirovna, 2015-yil Buxoro shahar 39-maktab 9-sinf o'quvchisi Ismatova Sitorabonu Farhod qizi Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari bo'lishdi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 10 iyundagi PF-2326-son "Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta'sis etish bo'yicha takliflarni qo'llab-quvvatlash to'g'risida"gi Farmoniga o'zgartirishlar kiritish haqidagi Prezident Farmoni (29.03.2018 y. PF-5389-son) qabul qilindi.

Ushbu farmonga ko'ra endi Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri vakilalariga ikkitadan har yili Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida ta'lim, fan, adabiyot, madaniyat, san'at, sport va jamoatchilik faoliyatida alohida yutuqlarga erishgan o'n to'rt yoshga to'lgan va o'ttiz yoshdan oshmagan iqtidorli qizlarga beriladigan bo'ldi.

2018-yilda 2 nafar buxorolik qizlar, Buxoro san'at kolleji 2-bosqich talabasi Baxshilloyeva Gulchiroy Baxtiyor qizi va Jondor tumanidagi 21-maktab 10-sinf o'quvchisi Bozorova Safiya Safar qizi, 2020-yil Rajabova Nilufar Komiljonovna va Xoliqova Nozima Ne'matilloyevnalar ushbu davlat mukofotiga loyiq deb topildi.

2021-yilda Buxoro viloyati Kogon shahridagi 8-umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Salimova Amira Sunnatjon qizi va Buxoro davlat universitetining 4-bosqich talabasi Umarqulova Dinora Sherali qizi, 2022-yilda Davlatova Nafosat Furqat qizi va Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 2-umumiy o'rta ta'lim maktabining 11-sinf o'quvchisi Shonazarova Mushtariybegim Shavkatovnalar turli soha va tarmoqlarda qobiliyat va imkoniyatlarini ro'yobga chiqarayotgan, chuqur bilim va intellektual salohiyatini namoyon etib, muhim g'oya va tashabbuslarni ilgari surayotgan, ijtimoiy hayotda faollik ko'rsatayotgan qizlar sifatida munosib rag'batlantirildi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda mustaqillik yillarida xotin-qizlarning faolligini oshirish, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi o'rni masalasiga katta urg'u berilganligini guvohiga aylanyapmiz. Barcha sohalarda, xususan, o'qishdagi muvaffaqiyatlari bilan alohida iste'dodini namoyon qilib ta'lim olayotgan, istiqlol g'oyalarini amalga oshirish yo'lida astoydil mehnat qilayotgan iqtidorli qizlarga adabiyot, madaniyat, san'at, fan, ta'lim sohalaridagi alohida yutuqlari uchun rag'batlantirilgan Buxoro qizlari misolida ko'rishimiz mumkin. Zulfiya mukofotiga sazovor bo'lgan yosh qizlarning ibratli hayoti va faoliyati mamlakatimiz yoshlariga ma'naviy barkamollik tarbiyasini yuksaltirishda muhim omil bo'lib kelmoqda. Yosh qizlar orasidan iqtidorlilarni jamlash, ularni rag'batlantirish orqali ularda kelajakka ishonch mustahkamlandi. Vatan va millat oldidagi mas'ullik hissi kuchayadi. Zulfiya mukofoti ta'sis etilgan 1999-yildan 2022- yilga qadar Buxoro viloyatidan yetishib chiqqan Zulfiya mukofoti sovrindorlari bugungi kunda xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida samarali faoliyat ko'rsatib, o'z salohiyatlarini yurt ravnaqi yo'lida sarf qilib kelmoqdalar.

REFERENCES

1. https://lex.uz/docs/-213812?QNDATE=10.06.1999

2. "Mex,p-Myx,a66aT, Ha^ocaT, ry3annHK MHnH"//CaoflaT,1999 Mun. №5. -E.3.

3. "3yn$HA HOMHgarH gaBnaT MyKO^OTH 6unaH TaKgHpnaHraH maxcnap pyMxaTH'7/CaoflaT,2000 Mun. №3. -E.1.

4. "3yn$Hfl HOMHgarH gaBnaT MyKO^OTH 6unaH Ta^flHpnaHraH maxcnap pyMxaTH"//CaogaT,2001 Mun. №2. -E.1.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

5. https://prep.uz/author/orzigul -hamroyeva-oa

6. https://lex.uz/docs/-1686322

7. "3y.$Hfl HOMugaru gaB.aT myko^oth 6u.aH TaKgup.aHraH maxc.ap pyüxaTH"//CaogaT,2005 üh.. №3. -E.2.

8. https://daryo.uz/2017/08/31/sharq-taronalari-xi-xalqaro-musiqa-festivalining-bosh-sovrini-gran-pri-ozarbayjon-vakiliga-berildi/

9. "HCTHK.O. HH^o..apH"//CaogaT,2007 ÜH.. №3-4. -E.2.

10. https://www.wikiwand.com/ru/ Рaхмоновa,_Умнga_Эpкнновнa

11. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/O%CA%BBzbekiston_Oliy_Majlisi_Qonunchilik_pa latasi_deputatlari_ro%CA%BByxati_(2020-2025)

12. "3y.$Hfl HOMugaru gaB.aT MYKO^OTH coBpHHgop.apu"//CaogaT,2011 ÜH.. №3-4. -E.2.

13. https://xs.uz/uz/post/endi-zulfiya-nomidagi-davlat-mukofotini-30-yoshgacha-bolgan-qizlar-olishi-mumkin

14. HOMugaru gaB.aT myko^OTH coBpuHgop.apuHH KyT.aÜMH3 -2020"//CaogaT,2020 üh.. №3. -E.3.

15. https://kun.uz/uz/news/2021/03/03/zulfiya-mukofoti-sovrindorlari-elon-qilindi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.