Научная статья на тему 'BENAZIR BHUTTO – POKISTONDA GENDER TENGLIGINI SHAKLLANTIRGAN AYOL RAHBAR'

BENAZIR BHUTTO – POKISTONDA GENDER TENGLIGINI SHAKLLANTIRGAN AYOL RAHBAR Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
8
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
bosh vazir / Benazir Bhutto / Zulfiqor Ali Bhutto / dunyoviy bilimlar / hokimiyat / loyiha / davlat dasturlari / kredit dasturlar / gender tenglik / ayollar himoyasi / Prime Minister / Benazir Bhutto / Zulfikar Ali Bhutto / secular knowledge / power / project / government programs / credit programs / gender equality / protection of women

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Umida Ismatovna Zakirova

Ushbu maqolada Pokiston Islom Respublikasining sobiq bosh vazirlaridan biri Benazir Bhuttoning hukumatga kirib kelishi omillari, uning ayol rahbar sifatida islom davlatida faoliyat yuritishi va jamiyatda gender tenglik g’oyasini ilgari surishi va bu maqsadda ishlab chiqargan qonunlari, amalga oshirgan aniq ishlari haqida ma’lumot beriladi. Maqolada Benazir Bhuttoning ilgari surgan gʻoyalari ichida ayollar huquqlarini himoya qilish ustuvor yoʻnalish ekanligi ham alohida ta’kidlab o‘tiladi. Garchi uning hukumati davridagi gender tenglik gʻoyalariga qat’iy qarshiliklar bo‘lishiga qaramay, Benazir Bhutto Pokistonlik ayollar huquqlarini himoya qilishni uddasidan chiqdi deb hisoblash mumkun. Islom mamlakatlari ichida birinchi ayol bosh vazir bo‘lishining oʻziyoq bu fikrni tasdiqlaydi. Maqolada shuningdek, u ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish ramzi sifatida ko‘rilishi va bugungi kunda Pokistonning turli siyosiy spektridagi partiyalar ayollarga o‘z tashkilotlarining bir qismi bo‘lish va saylovlarda to‘liq ishtirok etish imkonini berishi, hamda Benazir Bhuttoning demokratiyani rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlari abadiy meros bo‘lib qolayotgani haqida ham gap boradi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BENAZIR BHUTTO IS A WOMAN LEADER WHO FORMED GENDER EQUALITY IN PAKISTAN

This article provides information about the coming to government of one of the former Prime Ministers of the Islamic Republic of Pakistan, Benazir Bhutto, and talks about her activities as a female leader in the Islamic State and promoting the idea of gender equality in society. The article also states that among the ideas put forward by Benazir Bhutto, protecting women's rights is a priority. Although there was strong opposition to the ideas of gender equality during her reign, Benazir Bhutto can be considered to have been able to protect the rights of Pakistani women. This opinion is confirmed by the fact that she became the first female prime minister among Islamic countries. The article also notes that she is seen as a symbol of women's empowerment. Parties across the political spectrum in Pakistan today allow women to be part of their organizations and fully participate in elections. It is also said that Benazir Bhutto's efforts to promote democracy remain an everlasting legacy.

Текст научной работы на тему «BENAZIR BHUTTO – POKISTONDA GENDER TENGLIGINI SHAKLLANTIRGAN AYOL RAHBAR»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-15-101-106

Pages: 101-106

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

BENAZIR BHUTTO - POKISTONDA GENDER TENGLIGINI SHAKLLANTIRGAN

AYOL RAHBAR

Umida Ismatovna Zakirova

o 'qituvchi

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Toshkent, O'zbekiston E-mail: umida.zakirova78@gmail.com

_MAQOLA HAQIDA_

Kalit so'zlar: bosh vazir, Annotatsiya: Ushbu maqolada Pokiston Islom

Benazir Bhutto, Zulfiqor Ali Respublikasining sobiq bosh vazirlaridan biri Benazir Bhutto, dunyoviy bilimlar, Bhuttoning hukumatga kirib kelishi omillari, uning ayol hokimiyat, loyiha, davlat rahbar sifatida islom davlatida faoliyat yuritishi va jamiyatda dasturlari, kredit dasturlar, gender tenglik g'oyasini ilgari surishi va bu maqsadda ishlab gender tenglik, ayollar himoyasi chiqargan qonunlari, amalga oshirgan aniq ishlari haqida

ma'lumot beriladi. Maqolada Benazir Bhuttoning ilgari surgan g'oyalari ichida ayollar huquqlarini himoya qilish ustuvor yo'nalish ekanligi ham alohida ta'kidlab o'tiladi. Garchi uning hukumati davridagi gender tenglik g'oyalariga qat'iy qarshiliklar bo'lishiga qaramay, Benazir Bhutto Pokistonlik ayollar huquqlarini himoya qilishni uddasidan chiqdi deb hisoblash mumkun. Islom mamlakatlari ichida birinchi ayol bosh vazir bo'lishining o'ziyoq bu fikrni tasdiqlaydi.

Maqolada shuningdek, u ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish ramzi sifatida ko'rilishi va bugungi kunda Pokistonning turli siyosiy spektridagi partiyalar ayollarga o'z tashkilotlarining bir qismi bo'lish va saylovlarda to'liq ishtirok etish imkonini berishi, hamda Benazir Bhuttoning demokratiyani rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlari _abadiy meros bo 'lib qolayotgani haqida ham gap boradi._

BENAZIR BHUTTO IS A WOMAN LEADER WHO FORMED GENDER EQUALITY

IN PAKISTAN

Umida Ismatovna Zakirova

lecturer

Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan E-mail: umida.zakirova78@gmail.com

_ABOUT ATRICLE_

Key words: Prime Abstract: This article provides information about the

Minister, Benazir Bhutto, coming to government of one of the former Prime Ministers Zulfikar Ali Bhutto, secular of the Islamic Republic of Pakistan, Benazir Bhutto, and talks knowledge, power, project, about her activities as a female leader in the Islamic State and government programs, credit promoting the idea of gender equality in society. The article programs, gender equality, also states that among the ideas put forward by Benazir protection of women Bhutto, protecting women's rights is a priority. Although

there was strong opposition to the ideas of gender equality during her reign, Benazir Bhutto can be considered to have been able to protect the rights of Pakistani women. This opinion is confirmed by the fact that she became the first female prime minister among Islamic countries.

The article also notes that she is seen as a symbol of women's empowerment. Parties across the political spectrum in Pakistan today allow women to be part of their organizations and fully participate in elections. It is also said that Benazir Bhutto's efforts to promote democracy remain an _everlasting legacy._

БЕНАЗИР БХУТТО — ЖЕНЩИНА - ЛИДЕР, КОТОРАЯ СФОРМИРОВАЛА ГЕНДЕРНОЕ РАВЕНСТВО В ПАКИСТАНЕ

Умида Исматовна Закирова

преподавател ь

Ташкентский государственный университет востоковедения Ташкент, Узбекистан E-mail: umida. zakirova 78@gmail. com

О СТАТЬЕ_

Аннотация: В данной статье предоставлена информация о факторах прихода в правительство одной из бывших премьер-министров Исламской Республики Пакистан Беназир Бхутто, ее деятельности в качестве женщины-лидера в Исламском государстве и продвижении идеи гендерного равенства в общество, также о законах, которые она приняла. В статье также подчеркивается, что среди идей, выдвинутых Беназир Бхутто, защита прав женщин является приоритетом. Хотя во время ее правления существовала сильная оппозиция идеям гендерного равенства, можно считать, что Беназир Бхутто сумела защитить права пакистанских женщин. Подтверждением этого мнения является тот факт, что она стала первой женщиной-премьер-министром среди исламских стран.

В статье также отмечается, что это рассматривается как символ расширения прав и возможностей женщин и что партии всего политического спектра в Пакистане сегодня позволяют женщинам быть частью своих организаций и в полной мере участвовать в выборах. Также говорится, что

Ключевые слова:

премьер-министр, Беназир Бхутто, Зульфикар Али Бхутто, светские знания, власть, проект,

государственные программы, кредитные программы,

гендерное равенство, защита женщин

усилия Беназир Бхутто по развитию демократии _остаются вечным наследием._

Kirish. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladigan barcha ijtimoiy to'siqlarni o'rganish va yo'q qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

Ayol va uning jamiyat hayotidagi o'rni hamisha muhim mezon bo'lib kelgan. Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyoti bir qator omillar asosida yuz beradi. Bu jarayonda ayollar, ularning ijtimoiy-siyosiy munosabatlardagi ishtiroki, huquq va erkinliklari amalda ta'minlanganligi masalasi - davlatlar rivojining hamda demokratiyaning muhim indeksi sanaladi.

G'arb mamlakatlaridan farqli o'laroq, yaqin kunlargacha ham Sharqda xotin-qizlarga bo'lgan munosabat patriarxat tizimi sababli biroz farq qilib kelgan. Xususan, Janubiy Osiyo mintaqasida joylashgan Pokiston davlati ham bundan mustasno emas. Mamlakat siyosiy hayotida xotin-qizlar ulushi ancha past bo'lgan. Siyosiy qatlamda ishtirok etayotgan ayollar asosan siyosiy namoyondalarning qizi yoki turmush o'rtog'i bo'lganlar. Benazir Bhutto ham shunday ayollardan biri edi.

Asosiy qism. Benazir Bhutto 1988-1990 yillar hamda, 1993-1996 yillarda Pokistonning 11 va 13- bosh vaziri lavozimlarida ishlagan. Bo'lg'usi bosh vazir Benazir Bhutto 1953 yil 21-iyunda Pokistonning Karachi shahrida tavallud topib, 2007 yil 27- dekabrda vafot etgan.

Benazir Bhuttoning otasi Bhuttolar qavmiga mansub sindhlik rajputlar oilasidan bo'lib, onasi kelib chiqishiga ko'ra eronlik kurdlardan edi. Oilada Benazir Bhutto tong'ich farzand bo'lib, uning Murtazo, Shahnoz va Sanam ismli singillari bo'lgan. Benazir Bhuttoning dadasi Zulfiqor Ali Bhutto dunyoviy ta'lim olgan bo'lib, o'z qizlarini islomiy davlatga xos bo'lmagan uslubda bilim olishlarini istaydi va ularni Karachi va Islomoboddagi dunyoviy maktablarda o'qitadi. Benazir Bhutto 15 yoshida AQShdagi Garvard universitetining Redklif maktabiga qabul qilinadi. Garvardda, keyinchalik esa Oksforddagi ta'lim davrida Benazir ilk marta demokratiya ta'mini totib ko'radi va o'zining ajoyib nutqi bilan tengdoshlari va professorlar orasida mashhurlikka erishadi. Ustozlari uni buyuk kelajak kutayotganiga amin edilar. Benazir Bhutto 1973-yilda Garvardning davlat boshqaruvi ixtisosligini a'lo baholar bilan tamomlaydi va 1973-yilning kuz oyida yosh Benazir Bhutto Oksford universitetining Ledi Margaret Xol kollejiga o'qishga qabul qilinadi. Bu yerda siyosatshunoslik, falsafa hamda iqtisodni o'rgana boshlaydi. Kollejni tugatgach esa xalqaro diplomatiya va huquq sohasidagi bir yillik kursni tamomlaydi. Bu paytda uning otasi Zulfiqor Ali Pokistonda prezident, so'ng bosh vazirlik lavozimida faoliyat yuritadi. O'qishdan keyin Benazir Bhuttoni katta siyosat kutib turardi.

1995 yil Pekinda bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ayollar bo'yicha to'rtinchi Butunjahon konferensiyasida Pokistonning o'sha paytdagi bosh vaziri Benazir Bhutto minbarga chiqqanida, dunyo mamlakatlari vakillarining olqishlariga sazovor bo'lgandi. U o'z nutqida shunday deydi: "Ayol o'z erini rozi qilish uchun o'g'il farzand ko'radi. Erining tashlab ketmasligi uchun ayol o'g'il farzandni orzu qiladi yoki aksincha, ayol qiz farzand kutayotgan bo'lsa, u er o'sha begunoh, mukammal shakllangan bolani tashlab qo'yishga yoki abort qilishga undaydi. Bugun shu yerda yig'ilganimizda, qiz bolanining yig isi bizni larzaga soladi [3, b.2]. Benazir Bhutto konferentsiyada qatnashgan delegatlarni "...qiz bolani o'g'il boladek kutib oladigan va qadrlaydigan, qiz bola o'g'il boladek munosib ko'riladigan muhitni yaratishi mumkin bo'lgan islohotni belgilashga" chaqiradi. U jumladan shunday deydi: "Ayollarga nisbatan ekspluatatsiya va shafqatsizlikdan xoli dunyoni shakllantirishimiz kerak. Ya'ni ayollar siyosat, biznes, diplomatiya va hayotning boshqa sohalarida eng yuqori darajaga ko'tarilish imkoniyatiga ega bo'lgan dunyo yaratishimiz lozim" [3, b.3] deya ta'kidlaydi. Bu Pokistonlik ayollar hamon patriarxat changalida ekanligidan dalolat edi. Benazir Bhutto dunyoning eng nufuzli rahbarlariga murojaat qilar ekan, shohsupada tik turib, obro'-e'tibor bilan gapiradi, uning so'zlari butun dunyo ayollariga nisbatan qaratilgan edi. "Islom davlati rahbari etib saylangan birinchi ayol sifatida men barcha ayollar oldida alohida mas'uliyat his qilaman" [3, b.4], deydi u. Bugungi kunda bu bayonot Benazir Bhutto Pokistonda ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish uchun olib borgan kurashini ifodalaydi.

Natijalar va muhokama. Pokiston xalq partiyasi vakili Benazir Bhutto o'z davri ayollaridan yetukroq edi. Ko'pchilik ayollarning uydan chiqishi ta'qiqlangan mamlakatda Benazir Bhutto ayollarni ish bilan ta'minlash zarurligini targ'ib qilardi. Ayollar erkaklar hukmron bo'lgan jamiyatda duch keladigan vahshiyliklarga e'tiroz bildirishdan oldin, u ayol jinsi hurmat va teng imkoniyatlarga loyiq deb hisoblardi. Benazir Bhutto ayollarni himoyalashga katta e'tibor beradi. Butun umri davomida Benazir Bhutto jahon miqyosida ayollar uchun umid ramziga aylanadi. O'z nutqlarida u ko'pincha ayollarni o'qish va ishlashga undab, Pokistonda ayollarga nisbatan munosabatni o'zgartirishga umid qiladi. 1988-yilda lavozimga kirishgach, Islomobod, Karachi, Kvetta, Peshovar va Lahordagi beshta universitetda ayollar o'quv markazlarini tashkil etadi. Xuddi shu yili ayollarning moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun birinchi ayollar bankini tashkil ettiradi. Keyinchalik bank kam ta'minlangan ayollar uchun kichik kredit dasturlarini moliyalashtirib boradi. Benazir Bhutto bosh vazir sifatidagi birinchi faoliyati davomida ayollarni ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini yaratish uchun davlat sektoridagi ish joylarida ayollar uchun besh foizlik kvota ajratgan. Garchi bu foiz yetarli bo'lmasa-da, kichik suv tomchilari okeanni hosil qilishini anglash lozim. O'sha davrda ayollar uchun ish o'rinlari

uchun kvotaning ajratilishi bugungi kunda millionlab pokistonlik ayollarning ish bilan ta'minlanishiga zamin bo'ldi. Benazir Bhutto shuningdek, Sinddagi yer islohoti sektorini o'zgartirib, qishloq xo'jaligi yerlariga egalik huquqini yersiz fermer ayollarga beradi.1993 yilda, Benazir Bhutto ikkinchi marta lavozimga kirishganida, u o'z faoliyati davomida birinchi Ayollar politsiya bo'limi va Ayollar sog'liqni saqlash xodimlari dasturini ishlab chiqadi. Uning rahbarligida Islomobodda Xotin-qizlar ishlari bo'yicha vazirlik tuzilib, Ishchi ayollar yotoqxonasi tashkil etiladi. Xotin-qizlar uchun kompyuter markazlari ham ularni eng yangi texnologiyalardan xabardor qilish maqsadida tashkil etiladi. Buning natijasida 1 yil ichida 2 ta Ayollarni ishga yollash hizmati ish boshlaydi. 40 ta ayol kompyter markazida tahsil oladi va bu soha rivojiga o'z hissasini qo'sha boshlaydi. Shu kabi barcha sohalarni hisoblaganda, 45000 ming ayol mustaqil ishlay boshlaydi. Ayol bosh vazir tomonidan Pokistonning ichki siyosiy sohasini obod qilish uchun amalga oshirilgan eng muhum o'zgarishlar qatorida "Ayollar taraqqiyoti vazirligining tuzilishi va yuqori sud tizimiga ayollarning tayinlanishi bo'ladi". Ayollarning muhim va ahamiyatga molik ish o'rinlariga uzoq muddatga tayinlanishi mustahkam siyosatning poydevori edi. Benazir Bxutto tadbirkor ayollar uchun bir qancha kredit dasturlarini ham ishga tushiradi. U o'z lavozimida bo'lganida ko'p narsaga erishgan bo'lsa-da, o'z tarafdorlari uning yanada ko'proq ish qilishi mumkinligiga ishonishardi. Biroq, ko'pchilik Benazir Bhuttoning Ziyo-ul Haq diktatorlik rejimi zamirida islomlashtirish davridan keyin hokimiyatga kelganini tushunmaydi. Shunday paytda ayol kishi mamlakatni boshqarganining o'zi katta yutuq edi. Aytish joizki, Benazir Bhutto Pokistonda ayollarning mavqei evolyutsiyasiga katta hissa qo'shgan. Umri davomida Benazirning xarizmasi, yetakchilik qobiliyati, empatiyasi va aql-zakovati uni eng qudratli erkaklardan ham ajratib turadigan fazilatlar bo'lib, uni boshqalardan ajratib turuvchi jinsi emas, balki dunyoni o'zgartirishga bo'lgan harakati edi.

Uchinchi bor bosh vazir bo'lishga tayyorgarlik ko'rayotgan Benazir Bhutto o'zining saylov oldi chiqishlarining birida "ayollar xavfsizligini ta'minlash eng ustuvor vazifasi" ekanini aytadi. Bundan tashqari 2005- yilda "Amerika Ovozi"ga bergan intervyusida u "Xalq partiyasi manifestida biz ayollar huquqlarini himoya qilamiz" [2, b. 10] deya ta'kidlaydi. Shundan so'ng Milliy Assambleyaga ayollar huquqlarini himoya qilish uchun zarur konstitutsiyaviy tuzatishlar kiritish bo'yicha qonun loyihasi ishlab chiqiladi. Uning fikricha, Benazir Bhutto partiyasi (Pokiston xalq partiyasi) muxolifat sifatida emas, balki milliy manfaatlar yo'lida ishlashini xohlaydi. Shuningdek, Islom dini ayollar haq-huquqlarini ham himoya qilishga chaqiradi, deb ta'kidlaydi. Buni Benazir Bhutto islomdagi "Vali" so'zi tushunchasini izohlash orqali tushuntirib o'tib, davlat ayollarning "Vali"si (ya'ni himoyachisi) bo'lishi kerakligini aytadi. O'zi

zo'ravonlikka qarshi kurash olib borgan Benazir Bhutto 2007 yil 27-dekabrda qotillik qurboni bo'ladi.

Xulosa. Benazir Bhutto otasi Zulfiqor Ali Bhutto tufayli siyosat ichida ulg'ayadi va o'qish davridanoq o'zining demokratik fikrlarini to'la to'kis bayon qilib boradi. Ayniqsa uning saylov oldi tashviqotlari yirik g'oyalar bilan to'la edi. Bu g'oyalar ichida ayollar huquqlarini himoya qilish ustuvor yo'nalish ekanligini ta'kidlardi. Garchi uning hukumati davridagi gender tenglik g'oyalariga qattiy qarshiliklar bo'lishiga qaramay, Benazir Bhutto Pokistonlik ayollar huquqlarini himoya qilishni uddasidan chiqdi deb hisoblash mumkun. Islom mamlakatlari ichida birinchi ayol bosh vazir bo'lishining o'ziyoq bu gapimizni tasdiqlaydi. Benazir Bhuttoning gender tenglik islohotlari Pokiston ayollarining orzularini amalga oshirish uchun zamin yaratadi. Shuning uchun ham u ayollarning imkoniyatlarini kengaytirish ramzi sifatida ko'riladi va bugungi kunda Pokistonning turli siyosiy spektridagi partiyalar ayollarga o'z tashkilotlarining bir qismi bo'lish va saylovlarda to'liq ishtirok etish imkonini beradi. Uning demokratiyani rivojlantirishga qaratilgan sa'y-harakatlari abadiy meros bo'lib qolmoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. T.f.d. prof. G'iyosov Temur, Abdullayev Nodir, Abdullayev Ulug'bek, Qodirov Zikrilloxon., Pokiston tarixi, Toshkent, 2015

2. https://www.urduvoa.com/a/womens-rights-benazir-bhuttos-fifth-death-anniversary71572873.html

3. https://tribune.com.pk/story/2306594/shaheed-benazir-bhutto-a-champion-of-womens-rights?amp=1

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.