Научная статья на тему 'OILAVIY MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIKNI TA`MINLASHNING ETNOPEDAGOGIK MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH'

OILAVIY MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIKNI TA`MINLASHNING ETNOPEDAGOGIK MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
364
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
GENDER TENGLIK / SHAXS / ZAMON / JARAYHON / HUQUQ / AMALIYOT

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Nurbaeva X.O.

Gender tenglik - Ayollar va erkaklar teng sharoitlar yaratilsa, teng munosabatga kirishilsa va teng imkoniyatlarga ega bo'lganda gender tengligiga erishiladi. Bu ayollar va erkaklarga o‘z qobilyatini ko’rsatish, inson huquqlari va uning qadrini qiymatini to‘liq namoyon chiqarish imkonini beradi; o'z jamiyatlarining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanishiga o'zining hissasini qo'shish; va bunday rivojlanishning afzalliklarga erishiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF ETHNO-PEDAGOGICAL MECHANISMS OF ENSURING GENDER EQUALITY IN FAMILY RELATIONS

Gender Equality - Gender equality is achieved when women and men are created equal conditions, treated equally and have equal opportunities. It allows women and men to show their abilities, fully demonstrate the value of human rights and their value; to contribute to the economic, social, cultural and political development of their societies; and the advantages of such development are achieved.

Текст научной работы на тему «OILAVIY MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIKNI TA`MINLASHNING ETNOPEDAGOGIK MEXANIZMLARNI TAKOMILLASHTIRISH»

Nurbaeva X. O.

Termiz davlat universiteti tayanch doktoranti

OILAVIY MUNOSABATLARDA GENDER TENGLIKNI

TAMINLASHNING ETNOPEDAGOGIK MEXANIZMLARNI

TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Gender tenglik - Ayollar va erkaklar teng sharoitlar yaratilsa, teng munosabatga kirishilsa va teng imkoniyatlarga ega bo'lganda gender tengligiga erishiladi. Bu ayollar va erkaklarga o'z qobilyatini ko'rsatish, inson huquqlari va uning qadrini qiymatini to'liq namoyon chiqarish imkonini beradi; o'z jamiyatlarining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va siyosiy rivojlanishiga o'zining hissasini qo'shish; va bunday rivojlanishning afzalliklarga erishiladi.

Kalit so'zlar: gender tenglik, shaxs, zamon, jarayhon, huquq, amaliyot.

Nurbaeva K. O. doctoral student Termiz State University

IMPROVEMENT OF ETHNO-PEDAGOGICAL MECHANISMS OF

ENSURING GENDER EQUALITY IN FAMILY RELATIONS

Abstract. Gender Equality - Gender equality is achieved when women and men are created equal conditions, treated equally and have equal opportunities. It allows women and men to show their abilities, fully demonstrate the value of human rights and their value; to contribute to the economic, social, cultural and political development of their societies; and the advantages of such development are achieved.

Key words: gender equality, person, time, process, law, practice.

Gender tengligi ikki xil jinsning uyda va jamiyatda teng huquqlar va imkoniyatlarga ega bo'lishiga asoslanadi. Bu adolatli bo'lish jarayoni va gender tengligiga erishish vositasi hisoblanadi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ro'yxatida gender tengligini ta'minlash ayollar va qizlarning huquqlarini kengaytirish ularni jamiyatdagi rolini oshirish muhim o'rin tutadi. Bu gender amaliyotlarga -kamsitish siyosatlari, kuch ishlatish tuzilmalari, sotsializatsiya jarayonlari va murojaat qilishni talab qiladi. Ushbu tushunchani tanqid qiluvchilar tenglik tushunchasi hamma uchun teng imkoniyatlar berishdir, deb ta'kidlaydilar. Gender tengligi tushunchasini qoralovchilar buni imkonsiz iloji yo'q narsa deb bilishadi, chunki „erkak va ayol bir-biridan farq qiladi va nafaqat jismoniy balki ruhiy jihatdan ham chunki agarda ayollarni ham erkaklar qiladigan ishni bajarishni majbur qilsa, ular o'zlarining sevimli mashg'ulotlari ya'ni bolalarga g'amxorlik qilish, dokon aylanish, yuzlarini kosmetika bilan bo'yash, turli xil taomlar

pishirish kabi mashg'ulotlarini bajarolmay qolishadi natijada ular baxtli bo'la olishmaydi. Agarda ayollar jamiyatda faqat erkaklar ishini bajarishsa: o'tin kesish, mashinalarni ta'mirlash, buldozer haydash ular ham ruhan ham jismonan zo'riqishga uchrashadi deb fikr bildirishadi. Biroq, gender tengligi nazariyasining tarafdorlari, bu fikr ko'p avlodlar davomida patriarxal davri davom etganligi va insonlarning ilmga qarshi ta'limotlar, stereotiplar va jamoatchilik fikrlarini idrok etishiga katta ta'sirga ega deb ta'kidlaydilar. Ba'zi psixolog va sotsiologlarning fikriga ko'ra zamonaviy jamiyatda psixika, harakter, xulq-atvor va fikrlash uslubi jinsga bog'liq degan fikr keng tarqalgan. Tenglik tushunchasini tanqid qiluvchilar, umuman tushunchaning mohiyatini tan olsalar-da, unga yana bir ta'rif berishadi: Gender tengligi - bu ayolning ayol sifatida, erkak esa erkak sifatida rivojlanish imkoniyatidir deb fikrlashadi. 2015-yilda Pokiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Gender tengligi va ayollarning huquqlarini kengaytirish bo'yicha bo'limi tomonidan hisobot tayyorlandi. Bu hisobot "BMT-ayollar" deb tanilgan. Hisobotning muomolli masalalaridan biri ayollarni ish bilan ta'minlash masalasi edi. Hisobot mualliflarining fikriga ko'ra, oliy ma'lumotli ayollar soni oldingidan ko'ra maksimal darajaga yetganiga qaramay, ularning ish bilan ta'minlanish holati achinarli ko'rinishga ega. Universitetlarni a'lo baholarga va imtiyozli diplom bilan tugatgan yosh qizlar, ayniqsa, tibbiyot va matematika kabi fanlardan yosh yigitlarni tobora ortda qoldirishlariga qaramay, ish topa olmaydilar. Hatto ish topishga muvaffaq bo'lganlar ishonchsizlik tufayli va yetarli bo'lmagan maosh tufayli aziyat chekishadi. Ushbu masala ayniqsa rivojlanish bo'sagasida turgan mamlakatlarda dolzarb bo'lib, ularda ayollarning 75 foiz ish o'rinlari, ish beruvchi tomonidan qonuniy majburiyatlari himoyalanmaganini ko'rsatadi. Hisobotda ta'kidlanganidek, rivojlangan mamlakatlarda gender tengligi holati ham ideal darajada emas. Masalan, Shvetsiya va Frantsiyada ayollar erkaklarnikiga nisbatan 31 foizga kam maosh olishadi, Germaniyada bu ko'rsatkich 49 foizga kamroq, Turkiyada esa 75 foizga teng. Hisobot mualliflarining fikriga ko'ra, gender tengsizligiga qarshi kurashning asosiy choralari butun dunyo bo'ylab ayollarni yaxshi ish joylari bilan ta'minlash va ularning bilim olish salohiyatini oshirish bilan bog'liq chora tadbirlardan iborat. Shuningdek gender tengligi haqida UNICEF tomonidan ishlab chiqilgan ishchi dasturlar mavjud bular: 1. Gender diriminatsiya - Bu dastur ikkala jinsni ham afzal ko'radi bu esa tengsizlikning chuqurlashishiga olib kelishi mumkin. 2. Jinsiy ko'rlik dasturi - Dasturlash jinsni e'tiborsiz qoldiradi, status-kvonni saqlab qolishi yoki tengsizlikni kuchaytirishi mumkin. 3. Gender sezgir dasturi - Tengsizliklarni tan oladi lekin jiddiy hal qilmaydi. 4. Gender responsive dasturi - Qizlar va o'g'il bolalar, ayollar va erkaklarning turli ehtiyojlarini aniqlaydi va hal qiladi, hamma uchun teng natijalarga erishishga yordam beradi. 5. Gender transformativ -Gender tengsizliklarini bartaraf etishga, tizimli to'siqlarni olib tashlashga va nochor aholining imkoniyatlarini kengaytirishga aniq intiladi. Natijalar Buning natijasi esa ko'rib chiqilganda quydagi natijalarga erishildi dastur o'qituvchilarning qizlarga bo'lgan munosabatini o'zgartirishga turtki bo'ldi va

maktabda qatnashmaslik holatlarini kamaytirishga yordam berdi. Tashqi baholash shuni ko'rsatdiki, erkak va ayol klub ishtirokchilarining 90 foizdan ortig'i o'z-o'ziga ishonchi va o'z fikrlarini bildirishga tayyorligini va oliy ta'limda o'qish istagini bildirgan.Ushbu tadqiqotning tasiri esa O'g'il bolalar qizlarga nisbatan ko'proq hurmat bildirishdi, qizlar esa o'g'il bolalar tomonidan ta'qiblar kamaygani haqida xabar berishdi. Monitoring yondashuvi joriy tizimlarda yanada institutsionallashtirilmoqda. Misol tariqasida Avstralyada bu dastur quyidagicha natija bergan: Avstraliya so'nggi o'n yil ichida katta yutuqlarga erishdi. Julia Gillard 2010- yilda mamlakatning birinchi ayol bosh vaziri bo'lganidan so'ng, 2013-yilda Juli Bishop birinchi ayol tashqi ishlar vaziri, 2015-yilda esa Marise Peyn birinchi ayol mudofaa vaziri etib saylandi. Avstraliya diplomatik ishchi kuchidagi ayollar soni 2016- yildan buyon barqaror ravishda oshib bormoqda. 2021-yilda Avstraliyaning xorijdagi 118 missiya rahbarlaridan 49 nafari (elchilar, bosh konsullar va oliy komissarlar) ayollardir. Umummiy lavozimlaqrning 40% ni tashkil etmoqda. Bunga qo'shimcha qilib Avstraliya ham ayollar, tinchlik va xavfsizlik bo'yicha yangi milliy harakat rejasi bilan mojaro va ofat zonalarida ayollarni qo'llab-quvvatlash majburiyatini yangiladi. Buning uchun Avstraliya xavfsizlik va tashqi siyosat sohalarida ayollarning ishtiroki va yetakchiligini oshirishga va'da berdi.Va bu o'zining ijobiy ta'sirinni ko'rsatmoqda. Mulohazalar Bu ishchi dasturlar nafaqat rivojlangan balki rivojlanmagan davlatlar uchun kerak edi Amaliy ishlar shuni ko'rsatadiki qizlarning ta'lim olish salohiyatlari va olingan natijalar yomon, jumladan, o'rta ta'limning pastligi va o'g'il bolalarga qaraganda ko'nikma rivojlanishining past darajasini namoyon qilib berdi. Buning asosiy sabablari: O'zaro munosabatlardagi qizlar homilador bo'lib, maktabni tashlab ketishlari, har 4 kishidan 3 nafari jismoniy zo'ravonlikka duchor bo'lishadi va maktabni tashlab ketishadi. Har 3 kishidan 1 nafari jinsiy zo'ravonlikni boshdan kechiradi. Buni oldini olish maqsadida ishchi dasturlar o'z strategik yo'nalishlarini turli mamlakatda qo'llashdi misol uchun gender trasformative ishchi guruhi a'zolari Tanzaniya mamlakatida Qizlar maktabda bilim olishlari uchun tekin ovqat va tekin aftobus joriy qilishdi bundan tashqari maktablarda psixologik mashg'ulotlar, o'qituvchilarga esa gender teng darslar, qizlar klubi, o'zini hurmat qilish bo'yicha tadbirlar tashkil qilindi. mamlakatlarda Ayyolar baxt indeksi juda past o'rinlarda edi demak biz ham ushbu metodlardan foydalanib Yurtimiz O'zbekistonda ham baxt indeksini ko'tarish va gender tenglikni ta'minlashga oid ko'plab dasturlar qilishimiz mumkin chunki qachonki ayollar saviyali bilimli bo'lsa ana o'sha mamlakatda rivojlanish bo'ladi undan tug'ulachak farzand ham aqliy va jismoniy tomondan sog'lom dunyoga keladi. Albatta O'zbekistonda bu ko'rsatkichlar ham ortib bormoqda misol tariqasida Gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilib, sohaga oid 25 ta qonunchilik hujjati qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasining Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasi, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo'mitasi tashkil etildi. O'zbekiston tarixida ilk marotaba parlamentda xotin-qizlar soni BMT tomonidan

belgilangan tavsiyalarga mos darajaga yetib, parlamentdagi xotin-qizlar soni qariyb 32 foizga yetdi va dunyodagi 190 ta parlament orasida 37-o'ringa ko'tarildi. Bu albatta quvonarli holat.Boshqaruv lavozimidagi xotin-qizlar ulushi 27 foizga, partiyalarda 44 foizga, oliy ta'limda 40 foizga, tadbirkorlikda 35 foizga yetdi. Xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy qo'llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash maqsadida "Ayollar daftari" tizimi joriy etilib, Davlat budjetidan har yili 300 mlrd so'm mablag' ajratib borish yo'lga qo'yildi. Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo'q yolg'iz ayollarning o'qish to'lovlarini qoplab berish tizimi joriy etilib, oliy o'quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar soni ikki baravarga ortdi. Ayollar tadbirkorligini rivojlantirish maqsadida 224 mingdan ortiq xotin-qizga jami 6, 9 trln so'm miqdorida imtiyozli kredit ajratildi. Sohada olib borilayotgan islohotlar xalqaro reytinglardagi mamlakatimiz o'rniga ijobiy ta'sir ko'rsatib, Jahon bankining Ayollar, biznes va qonun indeksida O'zbekiston 2020-yilda xotin-qizlar huquqlari va gender tenglik bo'yicha ahamiyatga molik islohotlarni amalga oshirgan 27 ta davlat qatoriga kiritildi va 5 pog'onaga yuqorilab, 190 ta davlat orasida 134-o'rinni egalladi. Xulosa Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish joizki Har bir inson uning jinsiga qaramay tengdir va imkoniyatlardan foydalanishga xaqli na jamiyatda va na oilada. Tajribalarda tengsizlik ayollar o'rtasida ruhiy tushkunlik va ishonchsizlik holatlariga olib kelishi kuzatilgan.Bularning barchasi bir biriga chambarchas bog'liq deb o'ylayman. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki tengsizlikni keltirib chiqaryatgan omillar, ya'ni ayollarni ishga qabul qilish soning kamligi va erkaklarga nisbatan kam maosh olishlari asosiy muommo va buni hal qilish usullari- gender dasturlarni qo'llash ishonchli usuldir. Bu muommolarni hal qilish jamiyatda oliy ma'lumotli qatlamni oshirishga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. UNICEF foundation of gender-transformaative Approaches https://cutt.ly/6hatOke

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining qarori, 28.05.2021 yildagi SQ-297-IV-son

3. https://lex.uz/docs/-5466673

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.