Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTON JAMIYATIDA AYOLLARNING O‘RNI'

YANGI O‘ZBEKISTON JAMIYATIDA AYOLLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
439
119
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
ayol / gender tengligi / ta’lim / jamiyat / turmush / statistika / Yangi O‘zbekiston

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Ziyodaxon To‘g‘onboyeva, Mo‘minmirzo Xolmo‘minov

Ushbu maqolada jamiyatda ayollarning o‘rni va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, ayollarni sifatli ta’lim olishlari uchun qaratilgan choratadbirlar hamda ularning haq-huquqlari, gender tengligi xususida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTON JAMIYATIDA AYOLLARNING O‘RNI»

YANGI O'ZBEKISTON JAMIYATIDA AYOLLARNING O'RNI

Ziyodaxon To'g'onboyeva [email protected] Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Xolmo'minov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada jamiyatda ayollarning o'rni va ularga yaratilayotgan imkoniyatlar, ayollarni sifatli ta'lim olishlari uchun qaratilgan chora-tadbirlar hamda ularning haq-huquqlari, gender tengligi xususida so'z boradi.

Kalit so'zlar: ayol, gender tengligi, ta'lim, jamiyat, turmush, statistika, Yangi O'zbekiston

THE ROLE OF WOMEN IN THE NEW UZBEKISTAN SOCIETY

Ziyodakhan Togonbayeva [email protected] Scientific supervisor: Mominmirza Kholmominov [email protected] Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article talks about the role of women in society and the opportunities created for them, measures aimed at providing women with quality education, their rights, and gender equality.

Keywords: Woman, gender equality, education, society, life, statistics, New Uzbekistan

Agar Alloh taolo ayolni erkakning bekasi qilib qo 'yganida, uni boshidan, agar qul bo'lganida, oyog'idan yaratgan bo'lar edi. Biroq, uni do'st qilib erkakka teng qilib qo 'ygani uchun uni qovurg 'adan yaratdi. Avreli Avgustin

Tobora rivojlanib borayotgan bugungi jamiyatimizda xotin-qizlarning o'rni, ularning haq-huquq hamda fikrlari qanchalik muhim. Nima deb o'ylaysiz?

Ayol ojiza, u uyda o'tirishi kerak, bola tarbiya qilishi, turmush o'rtog'i, qaynona-qaynotasini ko'nglini olishi, tinimsiz uy ishlari bilan band bo'lishi kerak degan turli qarashlar bugungi hayotimizni qamrab olgani barchaga ma'lum. Xo'sh chindan ayol faqat shu ishlar bilan mashg'ul bo'lishi kerakmi? Agar javobingiz ha bo'lsa, nima uchun unda biz bu xilqatni, "mo'jiza" deb ataymiz. Nahot mo'jizaga nisbatan bunchalik mas'uliyatli vazifalari ojiz yelkasiga yuklab qo'yishga uyalmasak.

I icclT^^^^H 635 http://oac.dsmi-qf.uz

Fikrimizcha yoq. Ayol ham o'qishi, zamonaviy bilimlarni egallashi, jamiyatda o'zining mustaqil fikrini qo'rqmasdan ayta olishi lozim. Islomda ayollarning ilm olishiga hech qanday ta'qiq qo'yilmagan. U o'qishi, diniy hamda dunyoviy bilimlarni egallashi kerak. Sababi, u kelajak avlodni dunyoga keltiradi, tarbiyalab voyaga yetkazadi. Ko'pgina tor fikrli kimsalar borki, ayol yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, uyda o'tirishga mahkum degan notog'ri aqidaga tayanib qolgan. To'g'i ayol uchun eng oliy o'rinda oila turishi zarur. Chunki oila muqaddas. Biroq faqat uyda o'tirsa, uy yumushlari bilan band bo'lsa, u keyin dunyoga keltirajak farzandiga qanday tarbiya beradi? O'zida hech qanday ilm yo'q bo'lsa. Keyin bizning qo'shtirnoq ichidagi aqlli erkaklarimiz nolishni boshlashadi. Hech narsani bilmaydi, aqli yetmaydi, tushunchasi yoq va hokazolar. Mana nima uchun u o'qishi, ilm olishi kerak. Kelajak avlodni munosib tarbiyalash uchun, o'z fikriga ega bo'lishi uchun. Aqlli ayol oilani ham, ilm olishni ham, ishlashni ham to'g'ri tartiblay hamda eplay oladi, agar turmush o'rtog'i ham aqlli bo'lsa. Statistika ma'lumotlariga qaraganda, ayollar erkaklarga nisbatan ko'proq ishlashar ekan, xolbuki, biror tashkilotda ishlashmasalar ham. Bir kunda ayollar o'rtacha 12 ming qadam bosishsa, erkaklar 9 ming qadam bosishar ekan. Bundan ko'rinadiki, ayollar ko'proq energiya sarflashadi.

"Barcha so'zlar, bilimlar, hunarlar va san'atlar bu so'zdan lazzat oladilar. Usiz na ishda va na san'atda mazza bor. Ammo bundan g'oya ne? Bilmaydilar va bilish ham shart ham emas. Masalan, biror odam boy-badavlat, suruv-suruv ot-qo'ylarga, yer-suvlarga ega ayolga uylanmoq niyatida uning podasini boqib, yerini parvarish qilsa-da, zavqni ayolning borligidan oladi. Chunki ayolsiz u bularning barchasidan soviydi. Xuddi shunday, dunyoning butun hunarlari, ilmlari va hokazo hamma narsalari hayotni, zavqni hamda haroratni orifning nuridan oladilar. Zavqsiz ular uchun hamma yoq o'likka aylanadi", - deydi Jaloliddin Rumiy[2:116].

Barchaga ma'lum, rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida davlat boshqaruvida ayollarning o'rni va roli beqiyos. Xususan, Britaniya qirolligida, davlat rahbari necha yillarki qirolicha tomonidan boshqarib kelindi yoki Singapur davlatini olaylik. Singapur bugungi kunda sifatli ta'lim olib borish bo'yicha oliy o'rinlarda turibdi. Buni qarangki, davlat rahbari Halima Yoqub 2017-yildan beri Singapur prezidenti lavozimida ishlamoqda. Prezidentlikdan oldin 2013-2017-yillarda parlament spikeri lavozimida faoliyat yuritgan. Demak, Halima Yoqubning davlat rahbarligi lavozimiga kelishidan avval ham jamiyatda o'z o'rni bo'lgan. Bu kabi misollarni juda ko'p keltirib o'tishimiz mumkin.

Biroq, yana ko'plab mamlakatlar borki, ayollarning jamiyatdagi o'rinlari adolatsizlik bilan toptalmoqda. Hindistonda ayollarning ta'lim olishi, davlat tashkilotlarida ishlashi uchun davlat tomonidan hech qanday e'tiroz mavjud emas, hattoki, o'qishni istagan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlashadi. Ammo jamiyatda ayolning mavqeyi pastligicha qolmoqda. Buni hind ijodkorlarining ko'plab ijtimoiy

I icclT^^^^H 636 http://oac.dsmi-qf.uz

film hamda kitoblaridan ham bilishi mumkin. Yaqin tarixga biroz nazar tashlaydigan bo'lsak, Hindistonda ayollarga qarshi 330998 jinoyat sodir etilgan bo'lib, ulardan 38947 tasini jinsiy zo'ravonlik tashkil etadi. Bundan tashqari, Hindiston dunyoda sog'lom ayollar yashovchi 152 mamlakat orasida 132 o'rinni egallaydi. Ushbu davlat aholining 48 foizini ayollar tashkil etadi. Ulardan atigi 12 foizi milliy qonun chiqaruvchi organlarda faoliyat olib boradilar. Ushbu ma'lumotlar orqali hind jamiyatidagi ayollarni o'rnini yaqqol ko'rishimiz mumkin. [1:476]. Shunga o'xshash vaziyatlardan yana biri Eron davlatida ham kuzatish mumkin.

Shukrki, bizning mamlakatimizda xotin-qizlarning ta'lim olishi, davlat hamda xususiy tashkilotlarda ishlashlariga davlatimiz tomonidan hech qanday ta'qiq yoq. Ayollarning sifatli ta'lim olishi har tomonlama qo'llab quvvatlanadi. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirib o'tishimiz mumkin:

2021-yilda Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi tavsiyanomasi asosida 2 ming nafar ehtiyojmand oilalar qizlari qo'shimcha grant asosida talabalikka qabul qilindi. 2026-yilda xotin-qizlarga ajratiladigan grantlar 6mingtaga yetkazilishi reja qilingan.

Tavsiyanoma quyidagi toifadagi xotin-qizlarga beriladi:

- kam ta'minlangan oilalardagi xotin-qizlar;

- to'liqsiz oilada tarbiyalanayotgan, ya'ni otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar;

- turmush o'rtog'i vafot etgan, voyaga yetmagan farzandini yolg'iz tarbiyalayotgan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollar;

- nogironligi bo'lgan farzandi bor ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar;

- ikki va undan ortiq farzandlarini tarbiyalayotgan, boshqa qarindoshlaridan alohida (ijarada) yashayotgan ijtimoiy ayollar qiz farzandlari;

- ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ham birinchi yoki ikkinchi guruh nogironi bo'lgan ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar.

Bundan tashqari, "Zulfiyaxonim", "Hamshira" ko'rik tanlovi g'oliblari davlat komissiyasi qarori bilan tegishli OTMlar mos yo'nalishiga tanlovdan tashqari kirish imtihonlarisiz qo'shimcha grant aosida qabul qilishadi.

Shuningdek, xotin-qizlar ta'limiga oid eng oxirgi yangiliklardan ko'pchilikni suyuntirgani, shubhasiz, magistraturada o'qiydigan qizlar kontrakt pullari to'liq budjetdan qoplab berilishi bo'ldi. Endilikda xotin-qizlarimiz bemalol, magistratura bosqichida bepul ta'lim olishlari mumkin. Bu ham davlatimiz tomonidan xotin-qizlarga qaratilayotgan yuksak e'tibor namunalaridan biridir.

Biroq guruch kurmaksiz bo'lmaydi deganlaridek, bizning ham, jamiyatimizda ba'zi "ilmli kishilar" borki, ayollarga past nazar bilan qarashadi. Ayniqsa, bu holat olis va chekka hududlarda ko'proq kuzatiladi. Nima ham deymiz ularga insof bersin. Dinimizda ayol yuksak qadrlanadi, e'zozlanadi. Sababi ayollarimiz, 72 suyak sinishi

I [ccñ^^BI 637 http://oac.dsmi-qf.uz

og'rig'iga keng azob bilan, qiynalib, farzand dunyoga keltiradi. Uni tarbiyalab, voyaga yetkazadi. Bejiz 3 marotaba ham onaga, so'ng otaga yaxshilik qilish ta'kidlanmagan. Ko'pgina G'arb kishilari, Islom ayollariga erkinlik bermaydi, ularni jamiyatda o'rni past deya fikr yuritishar ekan. Fikrimizcha bu kabi noo'rin fikrlar yuritilishiga o'zimiz aybdormiz. Sababini esa, yuqoridagi tor doirali kishilar misolida keltirib o'tdik. Aslida unday emas, dinimiz ayollarning ilm olishlariga ta'qiq qo'ymagan. Hatto "Jannat onalar oyog'i ostidadir" iborasi ham mavjud. Demak ayollarni qadrlashimiz, ilm olishlariga to'sqinlik qilmasligimiz darkor.

Gender tengligi iborasi mavjud bo'lib, bugungi kunda juda ko'plab bahs-munozaalarga sabab bo'lmoqda ushbu termin. Gender tengligi o'zi nima?

Gender tengligi, aniqrog'i, erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik - bu oilada erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, gender tengligi - bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladigan barcha ijtimoiy to'siqlarni o'rganish va yo'q qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat.

O'zbekiston gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxatida 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yil holati bo'yicha O'zbekistonning gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxatdagi 189 mamlakat ichida 62-o'rinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasi (UNFPA) ekspertlarining fikriga ko'ra, O'zbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi va 15-19 yoshdagi har ming o'spirin qiz uchun tug'ish ko'rsatkichi 23,8 ni tashkil qiladi.

Gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxati bo'yicha 62-o'rinda O'zbekiston bilan bir qatorda Kosta-Rika va Urugvay ham 0,288 ko'rsatkichi bilan qayd etilgan. O'rta Osiyo davlatlari o'rtasida Qozog'iston 44-chi, Qirg'iziston 82-chi, Tojikiston 70-chi o'rinlarni egallashgan, Turkmanistonda esa bu ro'yxatda hech qanday ma'lumot ko'rsatilmagan.

O'zbekistonda 2019-yil 2-sentabrda O'zbekiston Respublikasi "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi 562-sonli Qonuni qabul qilingan. O'zbekistonda Gender tenglik bo'yicha Komissiya 2019-yildan boshlab ish yuritib keladi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiyasining raisi hisoblanadi.

Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o'rtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb bo'lib kelgan huquqiy munosabatlarning nechog'lik dolzarbligiga qaratilgan qonundir. Jumladan,

I ihSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

To'g'ri, hozir biz yashayotgan davr Yangi O'zbekistonning islohotlarida inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga etarlicha ahamiyat berilmayotgani haqiqatdir.

Biroq, xoh erkak kishi bo'lsin xoh ayol o'z o'rni hamda vazifalarini bilsa, jamiyatdagi haq-huquqlaridan munosib ravishda foydalana olsa, o'ylaymizki, jamiyatimizda faqatgina barqarorlik hukm suradi. Bizning xalqmizda, ayolni xo'rlash, unga past nazar biran qarash, ayolning esa erkak kishi yuziga sapchishi, axloqiy hatti-harakatlarini nazorat qilmay, o'z bilganicha ish tutishi kerak degan tushuncha mavjud emas. Azaldan xotin-qizlarimiz otasi, tutmush o'rtog'i yuziga hatto tik boqishmagan. Erkaklarimiz esa ayollarimizga hurmat bilan boqishgan, e'zozlashgan va hattoki, ularga sen deya murojaat etishmagan. Qanday go'zal, shunday emasmi?! Xalqimizning bu kabi go'zal qadriyatlari juda ham ko'p, sanagan sari tugatolmaydi kishi.

"Bir narsani tan olishimiz kerak: ayollar xalqning dardini boshqalardan ko'ra chuqur his qiladi. Bu yil dekabr oyida Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga b o'lib o'tadigan saylovlarda mehnatkash va oqila ayollarimiz qanchalik ko'p saylansa, bundan davlatimiz ham, jamiyatimiz ham faqat naf ko'radi", - dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Senatning yalpi majlisida[3:315,316].

Nazarimda, bugungi kun kishilari yuragi biroz toshqotgandek go'yo. Har kim o'z burch va vazifasini anglagan holda ish yuritsa, oilasi va jamiyat hayotiga zarar yetkazuvchi turli illatlardan yiroq bo'lsa, nur ustiga a'lo nur bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. www.scientificprogess.uz

2. Qarang:Xolmo'minov Zokir o'g'Li Mo'minmirzo, Malikaxon Qaxramon qizi Ashiraliyeva. Ayol rahbarlarning jamiyatda tutgan o'rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

3. Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo, Mardona Hamidjon Qizi Olimjonova. Jamiyat taraqqiyotida ayol rahbarlarning o'rni. Oriental Art and Culture jurnali. Qo'qon 2022. https://scholar.google.com

639

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.