Научная статья на тему 'Gender tenglik masalalarining falsafiy asoslari'

Gender tenglik masalalarining falsafiy asoslari Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
142
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
gender falsafasi / gender tenglik / ona / jamiyat / falsafa / kelajak avlod / zamonaviy dunyo

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nazokatkhon Otabek Qizi Sultanova, Komilaxon Ravshan Qizi Xonkeldiyeva

Maqolada ayollarnining jamiyat hayotidagi o’rni gender tenglik masalalarining falsafiy jihatdan muhimligi va dolzarbligi, oila hayotida ayollar tarbiyasi bolaga ta’sir etuvchi kuch, motivator sifatida muhimligi yoritilgan. Maqoladan ko’zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ayollarning oiladagi onalik vazifalarini bajargan holda jamiyat hayotida o’z o’rnini topa olgan ayollarni shakllantirish. Maqolani yozish davomida kuzatish va xorijiy tajribalarni o’rganish metodlaridan foydalanildi. Jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki har qanday jamiyatda faqatgina yetuk hamda har tomonlama sog’lom, bilimli onalargina kelajakda barkamol avlodni tarbiyalab bera oladi. Bunda o’zbek xalqining milliy mentaliteti, milliy qarashlar hisobga olinishi lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Gender tenglik masalalarining falsafiy asoslari»

Gender tenglik masalalarining falsafiy asoslari

Nazokatkhon Otabek qizi Sultanova Ilmiy rahbar: Komilaxon Ravshan qizi Xonkeldiyeva

Farg'ona davlat universiteti

Annotatsiya: Maqolada ayollarnining jamiyat hayotidagi o'rni gender tenglik masalalarining falsafiy jihatdan muhimligi va dolzarbligi, oila hayotida ayollar tarbiyasi bolaga ta'sir etuvchi kuch, motivator sifatida muhimligi yoritilgan. Maqoladan ko'zlangan asosiy maqsad mamlakatimizda ayollarning oiladagi onalik vazifalarini bajargan holda jamiyat hayotida o'z o'rnini topa olgan ayollarni shakllantirish. Maqolani yozish davomida kuzatish va xorijiy tajribalarni o'rganish metodlaridan foydalanildi. Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki har qanday jamiyatda faqatgina yetuk hamda har tomonlama sog'lom, bilimli onalargina kelajakda barkamol avlodni tarbiyalab bera oladi. Bunda o'zbek xalqining milliy mentaliteti, milliy qarashlar hisobga olinishi lozim.

Kalit so'zlar: gender falsafasi, gender tenglik, ona, jamiyat, falsafa, kelajak avlod, zamonaviy dunyo

Philosophical foundations of gender equality issues

Nazokatkhon Otabek kizi Sultanova Scientific adviser: Komilahan Ravshan kizi Honkeldiyeva

Fergana State University

Abstract: the article covers the role of women in the life of society in the philosophical significance and relevance of issues of gender equality, the importance of the upbringing of women in family life as a force, a motivator that affects the child.The aim of the competition is to promote gender equality among society, to deliver the true meaning of the concept in addition to the formation of women in our country who have been able to find their place in the life of society by fulfilling the maternal duties of women in the family. During the study, methods of observation and study of foreign experiments were used.World experience shows that only mature and comprehensively healthy, educated mothers in any society will be able to raise a harmonious generation in the future.

Keywords: gender philosophy, gender equality, motherhood, Society, future generation, modern world

KIRISH

Har qanday zamonaviy jamiyatda omma o'rtasiga tashlangan ko'plab muhokamalarga sabab bo'lgan va yechimini topmagan muammolar bo'ladi, ushbu jamiyatning chidamlilik darajasi, uning faoliyatining yetarlicha to'la to'kisligi aynan shunday muammolarni hal qila olishidagi yechimlari bilan baholanadi. Bugungi kunda jamiyat oldida turgan muammolardan biri gender tenglik masalasidir, omma orasida gender tenglikni targ'ib qilishdagi muammo shundan iboratki, milliy mentalitetimiz, asrlar davomida avloddan avlodga o'tib kelayotgan an'analarimizni, ayollarning onalik ro'lini saqlagan holda jamiyatda gender tenglikni ta'minlashdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Mavzuni yoritishda mamlakatimiz hamda xorij olimlarining ilmiy tadqiqotlari keng o'rganildi.Jumladan Rossiyalik fan doktori Kalabxina Irina Yevgenovnaning gender falsafasiga oid ilmiy ishidan keng foydalanildi, bundan tashqari www.stat.uz. Saytning ma'lumolaridan ham foydalanildi.

Ushbu maqolada, kuzatish, materlarni o'razo taqqoslash, hujjatlarni o'rganish, statistik ma'lumotlar tahlili kabi usullaridan keng foydalanildi.

TAHLILI VA NATIJALAR

Har qanday zamonaviy jamiyat oldida o'z davriga mos ravishda muammolar mavjud bo'lganidek bugungi jamiyatning yechimini kutayotgan muammolaridan biri gender tenglik masalasidir.

Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrog'i: erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik - bu oilada erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra [1] gender tengligi - bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladigan barcha ijtimoiy to'siqlarni o'rganish va yo'q qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat. [3]

Gender tenglik masalalarining bugungi kunda global muammoga aylanishiga o'zi xos sabablar mavjudir, ulardan biri oilada ayollarga nisbatan zo'ravonlik xususan maishiy zo'ravonlik holatlarining holatlarining sezilarli darajada ortganligidir. Ushbu muammolarni bartaraf etish va uning sabablarini o'rganish gender falsafasining eng muhim jihatlaridandir.

Gender falsafasi jamiyatning gender madaniyatining eng keng tarqalgan masalalariga qaratilgan. Genderologiya falsafasini o'rganish muhim faktlarni ajratib ko'rsatish va bahslashishga imkon beradi va zamonaviy davrda sivilizatsiyasi muammolarini jamoatchilik tomonidan hal qilishni osonlashtiradi, buning natijasi o'laroq gender tenglik masalasi kelajak masalasi hamdir. Gender falsafasi ko'magi bilan ayollar va erkaklar muammolarini hal qilishda jamiyatning gender

muammolarini aniqlash, shakllantirish va hal qilishga qo'shgan falsafaning hissasi tez o'zgaruvchan ijtimoiy o'zgarishlar davrida ijtimoiy rivojlanish masalalarini hal qilish uchun qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.

Gender falsafasi tushunchasining vujudga kelishiga sabab bo'lgan gender tengsizliklar erkaklarning jamiyatda ayollarga nisbatan faqat oila bekasi sifatida qarashlari, ayollarning jamiyat hayotida o'z o'rnini topishga qaratilgan intilishlari gender tenglik tushunchasining vujudga kelishiga zamin yaratdi.

Mamalakatlarda gender tenglik tushunchasini targ'ib qilishdan ko'zlangan asosiy maqsad quyidagilardir.

Ayollarni siyosatga jalb qilish. Erkaklar ham, ayollar ham davlat lavozimlarini egallashda teng huquqlarga ega. Biroq, siyosiy soha gender tengligi uchun kurashni hal qilish kerak bo'lgan senariylardan biridir. Dunyo bo'ylab siyosiy lavozimlarda (prezidentlar, deputatlar, senatorlar, sudyalar, merlar va gubernatorlar) rahbar ayollar soni erkaklarnikiga qaraganda ancha past. Bu ko'plik va gender kamsitishning etishmasligini keltirib chiqaradi. Gender tengligi o'rtasidagi muvozanatni bartaraf etish uchun ayollarning siyosiy hayotdagi ishtirokini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.

Ayollarning ta 'lim olish imkoniyatini yaxshilash. Ta'lim olish insonning asosiy huquqlaridan biridir. Unga kirish uchun jinsi, irqi va madaniyati bo'yicha hech qanday kamsitish bo'lmasligi kerak. Dunyoda hali ham ma'lumot olish imkoniyati kafolatlanmagan ko'plab mamlakatlar mavjud.Ushbu mamlakatlardagi ayol-qizlarning o'qishlarini ta'minlash.

Ayollarni ish bilan band qilish. Har bir inson jinsidan qat'i nazar, bir xil ish imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega. Biroq, ish haqi bo'yicha farq va erkaklar va ayollar o'rtasida ma'muriy lavozimlarga kirishda farqlar mavjud. Gender tengligi ayollarning ish joyidagi erkaklar bilan teng bo'lishga intilishlaridir.

Ayollarga nisbatan zo 'ravonlikka qarshi kurash. Zo'ravonlik erkaklar va ayollarga nisbatan inson huquqlarining eng katta buzilishlaridan biridir. Ayollarga nisbatan zo'ravonlik ayollar duch keladigan eng katta ijtimoiy muammolardan biridir.

Mamlakatimizda ayollarga nisbatan zo'ravonlikni oldini olish va bartaraf etish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.

Birgina 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan" O'zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma'qullangandi.

Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o'rtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb bo'lib kelgan huquqiy munosabatlarning nechog'lik dolzarbligiga qaratilgan onundir. Jumladan, qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga

solishdan iborat. [4] ammo shuni ham unutmasllik kerakki gender falsafasi zamonaviy qarashlar bilan birga qadryatlarga sodiqlikni ham yoqlaydi, gender falsafasida jinslarning jamiyatdagi bajaruvchilik vazifasi uning oilasidagi otalik va onalik maqomiga putur yetkazmasligi aksincha to'ldirishga xizmat qila olishi lozim.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ham "Sog'lom zurriyod, barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazishdagi o'rningiz va xizmatingizni hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo'lmaydi. Sizlarning mehr-muhabbatingiz, vafo va sadoqatingiz, fidoyiligingiz sababli hayotimiz charog'on. Sizlar tufayli oilalarimizda tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka hukm surayotgani uchun barchangizga har qancha tasanno aytsak, arziydi, albatta", - deb ta'kidlagan edilar.[5] darhaqiqat jamiyat hayotiga mukammal insonlarni daholarni yetishtirgan onalar hisoblanadi. Genetik tadqiqotlar natijasida agar onadan bolaga genetik axborotlar mutatsiyaga uchramagan holda o'tsa bola onadagi hislatlarni o'z genida saqlab qolishi aniqlangan. Bundan ko'rinadiki zamonaviy jamiyatda onalardagi gender tenglik orqali erishilgan qo'rqamaslik, hadiksiramaslik va boshqa turli sifatlarni tarbiyalash orqali biz jamiyatni tarbiyalay olamiz.

Shuning uchun ham gender tenglik masalasi ijtimoiy rivojlanishning asosiy kategoryalaridan hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019 yil iyun oyida Oliy Majlis Senatidagi nutqida shunday dedi: "Men xalqimiz ongida paydo bo'lgan stereotipdan juda xavotirdaman. odatda biz ayolni birinchi navbatda ona, oilaviy o'choqning qo'riqchisi sifatida hurmat qilamiz. bu aniq haqiqat. Ammo bugungi kunda har bir ayol nafaqat kuzatuvchi, balki mamlakatda ro'y berayotgan demokratik o'zgarishlarning faol va tashabbuskor ishtirokchisi bo'lishi kerak. Senatning ushbu majlisida Prezidentning taklifiga binoan mamlakat tarixida birinchi marta ayol Tanzila Norbayeva Senat raisi etib saylandi. 2020-yil mart holatiga ko'ra, O'zbekistonda 170 tuman va 25 (viloyat va respublika bo'ysunishi) hokimlar orasida atigi 6 nafar ayol ish boshladi. XULOSA

Xulosa qilib aytganda zamonaviy jamiyatda gender falsafasining yuritilish sabablari, insonlar orasida xususan ayollar orasida gender tushunchasini yetarlicha tushunib yetilmaganligi gender falsafasi orqali ayollarni oiladan uzilmagan holda boshqaruvchilik faoliyatiga jalb qilishdir. Rivojlangan mamlakatlar ayniqsa Finlandiya gender tajribasi shuni ko'rsatadiki ayollar jamiyat boshqaruvida to'laqonli ishtirok eta oladilar. Jadal rivojlanish jarayoni shuni ko'rsatadiki yaqin yillar ichida mamlakatimizda ham ayollarning teng huquqlilik darajasi sezilarli darajada ortadi. Shuni unutmaslik kerakki gender tushunchasi ikki jins vakillari uchun hamdir. Mamlakatimizda gender tenglikning yetarli darajada anglab yetilmayotganini hisobga olgan holda avvalo gender tenglik nima ekanligini jamiyatga tushuntirish lozim,bundan tashqari huquqiy ong, siyosiy savodxonlikni targ'ib qilish lozim.

Bolalar tarbiyasida har ikki jins vakilining bevosita hamkorligiga erishish jamiyat oldida turgan ulkan vazifadir. Gender falsafasining ham ustuvor vazifalaridan biri shudir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Kalabxina. Irina. Yevgenovna. kandidat ekonomicheskix nauk, dotsent kafedri narodonaseleniya ekonomicheskogo fakulteta MGU.

2. Kalabixina. I.Ye. Kratkiy ponyatniy slovar po gendernim issledovaniyam.Sotsialniy pol ekonomicheskoe i demograficheskoe povedenie.uchebno - metodichesko materiali po kursu, M 1998. http://www.owl.ru/library/041t.htm

3. www.wikipediya.uz. Mirziyoyevning 2017-yil Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag'ishlangan bayram tadbiridagi nutqidan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.