JAMIYAT TARAQQIYOTIDA AYOL RAHBARLARNING O'RNI
Mardona Hamidjon qizi Olimjonova Xolmo'minov Zokir o'g'li Mo'minmirzo [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Hayotimiz asosi, ko'rki va millatimiz kelajagi ayol bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Bugungi kunda o'z aqli, bilimi va iste'dodi, mehnatsevarligi va shijoati bilan hayotning hal qiluvchi sohalarini tebratib, bu oila bekaligi bo'ladimi, jamiyat va davlat boshqaruvi, madaniyat va ilm-fan taraqqiyoti bo'ladimi, kichik biznes tadbirkorlik bo'ladimi mana shunday murakkab vazifalarni ayollar samarali ado etib kelmoqdalar. Bugungi kun ayolining ilmi iqtidori, zakovati, ijodkorligi, yaratuvchanligi dunyoni yana bir karra lol qoldirmoqda.
Kalit so'zlar: ayol, rahbar, ilmli, shijoatli, tadbirkor, jamiyat va davlat.
THE ROLE OF WOMEN LEADERS IN THE DEVELOPMENT OF SOCIETY
Mardona Khamidjon qizi Olimjonova Kholmominov Zokir ugli Mominmirzo [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: The basis our life is the beautiy and the future of our nation has been and will remain a woman. Today with their intelligence knowledge and talent, hard work and enthusiasm they are shaking the crucial spheres of life - whether it is family public and public administration the development of culture and science, small business and entrepreneurship. Such complex tasks are effectively performed by women. Today the knowledge, talent, intelligence, creativity and ingenuity of his wife once again amaze the world.
Keyswords: women, leader, scholar, courageous, entrepreneur, society and state, family, science.
O'zbekistonda ayollarga e'tibor, ularga hurmat tushunchalari avvalgi davrlarga nisbatan ancha o'zgargan desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki hozirgi davr ayoli juda ham kuchli, o'ziga ishongan, qat'iyatli, ziyrak, shijoatli ayoldir. Buni biz ayollarning turli jabhalarda o'zlarini ko'rsatib kelayotganidan bilishimiz mumkin. Ayollarga e'tibor yurtimizning taraqqiyoti uning boshqa davlatlar orasidagi obrosining oshishiga xizmat qiladi, albatta.
I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz
O'zbekiston mustaqilligini qo'lga kiritganidan keyin, xotin-qizlarni ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotga, jamiyatni tubdan yangilash jarayonlariga keng jalb etishga kirishildi.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, "O'zbekiston bugun butun dunyoda o'ziga munosib obro'-e'tibor qozonmoqda, bu jarayonning uzviy va ajralmas qismi opa-singilarimiz, qizlarimizning xalqaro maydonga chiqishda namoyon bo'ladi. Bunda ayniqsa xotin-qizlar qo'mitalari, ayollar tashkilotlarining xalqaro xotin-qizlar harakatida, gumanitar, ta'lim va boshqa sohalarda faoliyat olib boradigan tashkilotlar ishida faol ishtirokini ta'minlash benihoya katta ahamiyatga ega.
Birinchi Prezidentimiz ayollar haqida so'z yuritib shunday deydi, "Jamiyatimizdagi bilimdon hayot mazmunini to'g'ri tushunadigan, faol va tashabbuskor xotin-qizlarning hokimiyat vakillik idoralariga saylanishi va ularda ishtirok etishi uchun yanada ko'proq imkoniyatlar yaratish, ularga keng yo'l ochib berish kerak".
Xotin-qizlarga birinchi Prezidentimiz tomonidan shunchalik e'tibor berilganidan keyin albatta hamma sohalar va albatta davlat boshqaruvida ham ayollar mavqei ancha kuchayib bordi. Biz buni davlatimizning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati organlarida ayollar rolining oshishida ko'rishimiz mumkin. Bu esa yurtimizning davlat sifatida rivojanishida katta rol o'ynamoqda.[1:3,4]
O'zbekistonda yuz berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy yuksalishlar ayollarning ijtimoiy hayotida ham jiddiy o'zgarishlar yasamoqda. Jamiyat hayotining barcha sohalarini demokratlashtirish va inson huquqlarini qaror toptirish jarayonida gender jihat paydo bo'ldi va yana rivojlanmoqda. Mustaqil O'zbekiston rivojlanishining mazkur bosqichida ushbu sohada yuz berayotgan jarayonlar bizning respublikada ham, G'arb va Sharqning yuksak darajada rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ham katta ilmiy-amaliy qiziqish uyg'otmoqda.
"Ayollarning jamiyatdagi, ijtimoiy - iqtisodiy, siyosiy, madaniy-ma'naviy sohalardagi mavqei u kamol topishi intensivligi darajasining muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ayollarning mavqeini aks ettiradigan ma'lumotlar inson salohiyatini rivojlantirishda mamalakat erishgan real yutuqlarning, shaxsni uyg'un kamol toptirish va uning salohiyatini kompleks ro'yobga chiqarish maqsadida jamiyatning ayollar va erkaklarga teng imkoniyatlar berilgan ijtimoiy adolat sari borishi darajasining xolis me'zoni hisoblanadi.
Ayollarning ijtimoiy ma'lumotlarini tizimli tadqiq etishning muhimligi yana shu bilan izohlanadiki, O'zbekistonda jamiyat taraqqiyotining shiddatli o'zgarishi davomida ayollarning mavqeida jiddiy o'zgarishlar yuz berdi va yuz bermoqda. Yangi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy realliklar ayollar uchun yangi imkoniyatlar yaratibgina qolmasdan, balki, eski gender ziddiyatlarini keskinlashtirdi va e'lon
I [ccñ^^BI 314 http://oac.dsmi-qf.uz
qilingan oliyjanob maqsadlarga qaramasdan gender tengligining asosiy maqsadlari sovet davrida hal etilmaganligini ayon ko'rsatadi".[2:10,12]
Gender tengligi - o'zi nima? Aniqrog'i erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglik -bu oilada erkaklar va ayollar o'rtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va boshqa qonuniy munosabatlar. Ba'zi tadqiqotchilarning fikriga ko'ra, gender tengligi - bu patriarxal tizimdan keyingi ijtimoiy-jinsiy munosabatlarning keyingi bosqichi. Gender tengligi tamoyili insonning shaxs sifatida paydo bo'lishiga to'sqinlik qiladigan barcha ijtimoiy to'siqlarni o'rganish va yo'q qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar shaxsiyatini anglash uchun teng ijtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat. [3:www.lex.uz]
Gender tengligi - O'zbekistonda ham ancha rivojlandi. Dunyo ko'rsatkichlari ro'yxatida O'zbekiston 2019-yildan boshlab qatnashishni boshladi. 2019-yil holati bo'yicha O'zbekistonning gender tengligi ko'rsatkichi ro'yxatdagi 189 mamlakat ichida 62-o'rinni egalladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik jamg'armasining ekspertlarining fikriga ko'ra, O'zbekistondagi har 100 000 dan 29 ayol gender tengsizlik tufayli vafot etishi aytiladi. Ushbu ko'rsatkich hozirgi davrga kelib ancha pasaygan. Biz buni jamiyatimizda ayollarning rahbarlik o'rinlarini ko'p egallayotganidan bilishimiz mumkin. Ular rahbarlikka qadam qo'yganlari sari jamiyatda ayollarga e'tibor, ayniqsa hurmat tushunchalari ortdi desak adashmagan bo'lamiz.[4]
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining X-bob, 46-moddasida mamlakatning siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida xotin-qizlar va erkaklarning haqiqatda teng huquqliligi qayd etilgan bo'lib, buning amaldagi ijrosi uchun bir xil shart-sharoitlarni ta'minlashga qaratilgan, faoliyatning barcha sohalarida ayollarning o'zlarini erkin ro'yobga chiqarishlariga ko'maklashadigan chuqur o'ylangan gender siyosat olib borilmoqda. Qonun asosida ayollar ma'lumotli bo'lish va mehnat qilishda erkaklar bilan teng huquqlarga egadirlar, kasbni va oilaviy majburiyatlarni birga qo'shib olib borayotgan ayollarning holatini tartibga solish bilan bog'liq huquqiy normalar qabul qilindi. Shuningdek, asosiy qonunimizning XlV-bob, 63-moddasida "Oila jamiyatnng asosiy bo'g'inidir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqliligiga asoslanadi", deyilgan. [5:5,6]
Yana bir narsani aytib o'tishimiz kerakki hozirgi davr ayoli nafaqat oilada balki dunyo jamiyatida ham o'z o'rnini topa olmoqda. Bunga bizning mamlakatda o'zining faolligi va izlanuvchanligi bilan barchani lol qoldirayotgan shijoatli ayollarni misol qila olamiz. Masalan ayol siyosatchilarimiz.
"Bir narsani tan olishimiz kerak: ayollar xalqning dardini boshqalardan ko'ra chuqur his qiladi. Bu yil dekabr oyida Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo'lib o'tadigan saylovlarda mehnatkash va oqila ayollarimiz qanchalik ko'p saylansa,
I ibiSi^^Bl 315 http://oac.dsmi-qf.uz
bundan davlatimiz ham, jamiyatimiz ham faqat naf ko'radi ", - dedi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Senatning yalpi majlisida.
Yer yuzida ongli hayot paydo bo'libdiki, odamzod muqaddas Ona siymosini, ayol zotini ulug'lab, sharaflab keladi. Onalarimiz sharofati bilan Vatanimiz tuprog'i jannat bog'laridek go'zal va mo'tabardir. Onalar duosidan yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, ishimizda unum, hayotimizda baraka bor.
Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tengligini ta'minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o'rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o'rinlarini yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlariga aylandi.
Shu bilan birga, ushbu sohadagi ishlarning xolati xotin-qizlarni xar tomonlama qo'llab-quvvatlash, ular bilan maqsadli ishlarni tashkil etish jarayonlari islohotlar shiddatidan ortda qolayotgani ham sezilmoqda.[6:247]
Qayd etish kerakki, ayni paytda Oliy Majlis yuqori palatasida 100 nafar senatordan 22 nafari, Qonunchilik palatasida esa 150 deputatdan 18 nafari ayol kishi. Xalq deputatlari tuman va viloyat kengashlariga deputatlik uchun nomzodlarning 2223 foizini ayollar tashkil etadi. Bu bilan O'zbekistonda rahbar ayollar soni yildan yilga oshib bormoqdaligi ko'zga tashlanadi. [7]
Jamiyatimiz ayollar boshqaruvi bilan o'sib borishi bu davlatimizning rivojlanishi, uning jahon davlatlari qatorida turishiga yordam bermoqda desak adashmagan bo'lamiz. Yana shuni aytishimiz kerakki, davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o'rni va mavqeini yanada mustahkamlash - islohotimizning muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib qolaveradi. Bu esa har bir oilada ayolning o'rni, uning hurmat va mavqeini yana bir karra oshiradi desak mubolag'a bo'lmaydi. Ayol borki oilamiz tinch, jamiyatimiz farovon. Ayollarni asraylik!
Foydalanilgan adabiyotlar
1. N.Nishonova. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari. "Extremum-Press'' bosmaxonasi. Toshkent-2013. 84 b.
2. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. YUNAKS-PRINT. - Toshkent: 2005. -170 b.
3. O'zbekiston Respublkasi qonuchiligi Axborot-qidiruv tizimi. www.lex.uz
4. Ibrohim Shuhratovich Fayziyev "Gender tengligi: ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish/ ACADEMIC RESEARCH IN EDICATIONAL SCIENCES VALUME 2/ISSUE2 /2021 ISSN:2181-1385
5. N.Nishonova. Davlat boshqaruvi tizimida xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari. "Extremum-Press'' bosmaxonasi. Toshkent-2013. 84 b.
6. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B 464.
I ihSi^^Bl 316 http://oac.dsmi-qf.uz
7. Ibrohim Shuhratovich Fayziyev "Gender tengligi: ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish/ ACADEMIC RESEARCH IN EDICATIONAL SCIENCES VALUME 2/ISSUE2 /2021 ISSN:2181-1385
317
http://oac.dsmi-qf.uz