Научная статья на тему 'JANUBIY OSIYO MAMLAKATLARI SIYOSIY HAYOTIDA AYOL LIDERLAR: TARIXIY TAJRIBA VA SABOQLAR'

JANUBIY OSIYO MAMLAKATLARI SIYOSIY HAYOTIDA AYOL LIDERLAR: TARIXIY TAJRIBA VA SABOQLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
370
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Janubiy Osiyo / “millat otasi” / Indira Gandi / Benazir Bxutto / Xolida Ziyo va Xasina Vazed / Sirimavo Bandaranaike / South Asia / "father of the nation" / Indira Gandhi / Benazir Bhutto / Khalida Ziyo and Hasina Vazed / Sirimavo Bandaranaike.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Shadmanova, S.B., Xayrullayeva, I.F.

Ushbu maqola XX asr ikkinchi yarmida Janubiy Osiyo mamlakatlari hukumati tepasidagi ayol rahbarlar faoliyatiga bag`ishlanadi. Bundan tashqari maqolada ayol rahbarlarning qay tariqa hokimiyatga kelganliklari, ularning g`arb mamlakatlardagi ayol rahbarlaridan farqli jihatlari hamda uning natijalari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WOMEN LEADERS IN THE POLITICAL LIFE OF SOUTH ASIAN COUNTRIES: HISTORICAL EXPERIENCE AND LESSONS

This article focuses on the activities of women leaders in government in South Asia in the second half of the twentieth century. In addition, the article discusses how women leaders came to power, how they differ from women leaders in Western countries, and its consequences.

Текст научной работы на тему «JANUBIY OSIYO MAMLAKATLARI SIYOSIY HAYOTIDA AYOL LIDERLAR: TARIXIY TAJRIBA VA SABOQLAR»

О

JANUBIY OSIYO MAMLAKATLARI SIYOSIY HAYOTIDA AYOL LIDERLAR: TARIXIY TAJRIBA VA SABOQLAR

t.f.d., prof. S.B. Shadmanova

TDShU kafedra mudiri

I.F. Xayrullayeva TDShU magistr talabasi [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola XX asr ikkinchi yarmida Janubiy Osiyo mamlakatlari hukumati tepasidagi ayol rahbarlar faoliyatiga baglshlanadi. Bundan tashqari maqolada ayol rahbarlarning qay tariqa hokimiyatga kelganliklari, ularning g^arb mamlakatlardagi ayol rahbarlaridan farqli jihatlari hamda uning natijalari yoritilgan.

Kalit so zlar: Janubiy Osiyo, "millat otasi", Indira Gandi, Benazir Bxutto, Xolida Ziyo va Xasina Vazed, Sirimavo Bandaranaike.

This article focuses on the activities of women leaders in government in South Asia in the second half of the twentieth century. In addition, the article discusses how women leaders came to power, how they differ from women leaders in Western countries, and its consequences.

Keywords: South Asia, "father of the nation", Indira Gandhi, Benazir Bhutto, Khalida Ziyo and Hasina Vazed, Sirimavo Bandaranaike.

Эта статья посвящена деятельности женщин-лидеров в правительстве Южной Азии во второй половине двадцатого века. Кроме того, в статье рассказывается, как женщины-лидеры пришли к власти, чем они отличаются от женщин-лидеров в западных странах и каковы последствия этого.

Ключевые слова: Южная Азия, «отец нации», Индира Ганди, Беназир Бхутто, Халида Зиё и Хасина Вазед, Сиримаво Бандаранаике.

Sharqda ayollarning hokimiyat boshqaruviga chiqishi va davlat siyosiy hayotida ishtirok etishi kam uchraydigan holatlardan biri hisoblanadi. Biroq, XX asrning ikkinchi yarmida Sharqning katta bir bo'lagi bo'lmish Janubiy Osiyo mintaqasida bu holatni bir necha marotaba kuzatilganligiga tarix guvohdir.

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

KIRISH

o

Janubiy Osiyoda hukumat tepasiga kelgan ayollari orasida g'arbdagi Golda Meir kabi duradgorning qizi, yoki baqqol oilasida voyaga yetgan Margaret Tetcher singari oddiy aholining farzandlari yo'q edi. Ularning bari mustaqillikka erishish davrida kurash olib borgan, "millat otasi" hisoblanmish hukumat rahbarlarining qizlari yoxud ularning beva ayollari edi. Bu ayollar kutilmaganda hukumat boshqaruvini qolga kiritdilar, o'zlarining aql-idroklariga tayangan holda o'tmishdoshlari yuritgan siyosatni umumlashtirib faoliyat olib bordilar. Ularning siyosiy hayotdagi muvaffaqiyatining omili ko'p jihatdan egallab turgan mansablari, siyosiy yo'nalishlari, shuningdek, aholi o'rtasida shuhrat qozongan jozibador oilaviy nomlari edi. Bu ayollar Janubiy Osiyo hukumati boshqaruviga kelgan birinchi siyosiy vakilalar hisoblanadi.

ADABIYOTLAR VA METODLAR

Ayol-rahbarlarning nufuzi nafaqat ular olib borgan ishbilarmonlik va kasbiy nufuzlari bilan, shuningdek siyosatdagi shaxsiy ulushlari yoki islohatlardagi omadli xatti-harakatlari bilan ham o lchanadi. Oddiy aholi ko z o ngida ularning aksariyat qismi "tanlab olinganlar" degan samoviy nom ostida gavdalana boshladilar. Nima bolganda ham ayollarning siyosatga aralashuviga zamin yaratgan voqea bu ularning siyosatda faoliyat yuritgan otalari yoki turmush o'rtoqlarining xizmati bilan qiyoslanadi. Agar ayollar hukumat tepasiga kelishida ularning nikohi yoki oilaviy nufuzi turtki bolgan boisa, ekspertlar bunday ayollarning yuksalishiga "davomiy bolmagan va natijasiz siyosat" yoki qo'shimcha tarzda ularning g'oyatda omadli "osiyocha nepotism" deb baho beradilar.1

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy tadqiqotchilar birinchi hukumat yetakchilar sifatida Indira Gandi (1917-1984), Benazir Bxutto (1953-2007), Xolida Ziyo (1945-yil tug'ilgan) va Xasina Vazed (1947-yi tug'ilgan), Sirimavo Bandaranaike (1916-2000) larni talqin qiladilar.

Britaniya dominoni hisoblangan Seylon tarixida birinchi bor bosh vazir lavozimini Sirimova Bandaranaike egallaydi. Sirimova Bandaranaikening g'alabasi hammani hayratga soldi, xattoki g'arb jurnalistlari dastlabki davrlarda uni qanday nomlashni ham bilmay qolgandilar. Sirimova Bandaranaikening Seylondagi (o'sha davrdagi Shri-Lankaning nomlanishi) bosh vazirlikka saylovlar bolib o'tgan sananing ertasi kuniyoq Evening News London gazetasida "Uni qanday no mlaymiz?

1Richter L.K. Exploring Theories of Leadership in South and Southeast Asia // Pacific Affairs. 1990-1991. Winter. Vol. 63. №4. P.524-540.

O

Hukmdor? Yoki qirolicha? Yangicha nom o'ylab topish kerak!", - kabi maqolalar bosib chiqarilgan edi.2

1959-yilda mamlakatda Solomon Bandaranaike bosh vazirligi davrida hokimyatda vakuum holati yuzaga kelib qolgan edi. 1959-yilgacha Sirimova mamlakat siyosatiga mutlaqo aralashmagan. Turmush o'rtog'i vafotidan so'ngina(1959-yil), o'z nomzodini ko'rsatishga rozi bo'ladi. Biroq ba'zi sabablarga ko'ra, saylov amalga oshmay, parlament tarqalib ketadi. Keyingi saylov 1960-yil mart oyida bo'lib o'tadi, Ozod Shri - Lanka partiyasi rahbari sifatida Sirimova nomzodini ko'rsatadi va g'alaba qozonib, mamlakatning birinchi ayol bosh vaziri etib saylanadi.

Toshkentda Hindiston bosh vaziri Lal Baxadur Shastrining yurak xuruji sababli vafot etganidan (1966) so'ng, hokimiyatga Indira Gandi kelishi mamlakat politologlari uchun bir yangilik edi. Shastrining o'limidan keyin, Indira tezlik bilan Hindiston Milliy Kongressining boshlig'i etib saylandi va vazirlikdagi bo'sh o'rinlarni birin-ketin egallay boshladi. Shunday qilib, uzoq siyosiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlar Gandining mehnatlari evaziga kelgan bo'lib, u haqida usha davrdagi bir tadqiqotchi shunday yozgan edi: "Shastrining bu dunyodan koz yumishidan boshqa barcha mamlakatda yuz bergan siyosiy voqealarning xech biri tasodif emas edi".3

Bu kabi kutilmagan olamshumul voqealar Benazir Bxutto faoliyatida ham keskin burilish yuz berishiga sabab bo'ldi. 1988-yil 17-avgust kuni Pokiston prezidenti, diktator Ziyo ul-Xaq hukmronligi davrida Benazirning otasi jazolanadi va avtohalokatda vafot etadi. Bu xabardan so'ng birinchilardan bo'lib pokistonliklar diktator hukmronligini rad etadilar va aholi o'rtasida uni mamlakatdan yashirin tarzda qochib ketdi degan gap tarqaladi, bu esa o'z navbatida ko'p yillik diktatorlik hukmromligining yakunini anglatar edi. 1988-yil favqulotda o'tkazilgan saylovlarda Bxutto boshchilik qilgan Pokiston Xalq Partiyasi g'alaba qozondi va bosh vazir lavozimini Benazir Bxutto egalladi.

Xech kim Prezident Ziaur Raxmon o'ldirilgandan so'ng, Bangladesh bosh vazirlik lavozimini uning rafiqasi, oliy mutaxasislikka ega bo'lmagan, siyosatdan ancha yiroq oddiy uy bekasi Xolida Ziyo egallaydi deb tasavvur qilishmagandi.

1981-yil hukumat almashinuvi davrida Ziaur Raxmon bir guruh askarlar tomonidan o'ldirildi, shundan so'ng Xolida Ziyo siyosatga faol aralasha boshladi, 1984-yildan M.B.P.ni boshqara boshlaydi. Shayx Hasina Vazed va uning partiyasi

2"The world's first female prime minister". Witness History.https://www.bbc.com/news/av/article.2014

3Bennett N. Actors or puppets? The Female Prime of South Asia // http: www.nataliebennett.co.uk.

93

o

"Avam Liga", shu bilan bir qatorda Ziaur Raxmonning o'ldirilishining asosiy sababchisi hisoblangan Ershadga ko'pchilik hukumat azolari qarshilik ko'rsata boshlashadi. Xolida ularning hokimyatini xalqaro sanktsiyaga qo'yishga muvaffaq boladi va oxir-oqibat 1990-yil dekabrda Ershadning istefo berishga majbur qiladi, Ziyoda esa Bangladeshning birinchi ayol bosh vazir lavozimini egallaydi. Aynan o'sha yili Bangladesh Konstitutsiyasiga qaytadan Bangladesh parlament respublikasi deb tuzatish kiritiladi (mamlakatning birinchi kostitutsiyasida ham bu qonun mavjud bolib, 1975-yilda Sheyx Mudjipur Raxmon tashabbusi bilan prezident boshqaruvidagi davlatga o'zgartirilgan edi).

Xolida hukumat tepasiga kelganida poraxorlik va jinoyat oz cho'qqisiga erishgan edi. Bangladesh aholisi ko'payib borayotgan bir kambag'al mamlakat edi. Saylovlar davrida Xolida umumiy tenglikka erishish, korrupsiyaga qarshi kurashish kabi bir qancha kelajakda hukumatdagi o'zgarishlarni elon qildi. Milliy Bangladesh partiyasi Ganga daryosi hududlari bolinishi masalasi oqibatida tashqi siyosatda Hindiston bilan keskinlashish, Pokiston bilan esa yaqinlashish choralarini ko'ra boshlaydi. Xolida Ziyo hukmronligi davrida talimga ajratilgan davlat budjeti oshiriladi va qiz bolalar uchun bepul 10 sinfdan iborat maktablar tashkil qilinadi. Davlat iqtisodiyoti qisman liberralashtiriladi, xorijiy kapital kirib kelishi rag'batlantiriladi hamda xususiylashtirishga katta e'tibor qaratiladi. Shuningdek, Ershad diktatorligi davrida zavol ko'rgan mamlakatning ahvolini demokratik holatga keltirishga harakat qiladi. Keyinchalik mutaxassislar bu ayollarning qonuniy yo'l bilan hokimyat jilovini qolga kiritganligiga qaramasdan, hokimyat egallanishining asosiy sababi deb ularning aslzoda oiladan ekanliklarini takidlab keldilar.

Ayol rahbarlarning har biri oz mansablarini na vasiyat va na ananaviy tarzda qolga kiritdilar, balki ular hokimyatga kelgunlariga qadar ko'plab qiyinchiliklarni boshdan kechirdilar. Benazir Bxutto, Xasina Vazed va Xolida Ziyolar bu kurash davomida juda o'g'ir va alamli judoliklarni guvohi bo'ldilar, ularning har biri oz hayotlarida ko'plab suiqasdlar, surgun holatlarini sabr bilan yengib o'tdilar. Chandrika Kumaratunga tamillik harbiy-qotil tomonidan uyushtirilgan suiqasddan arang qutulib qoldi, biroq natijada koz nurlaridan ayrildi, Indira Gandi va Benazir Bxuttolar esa siyosiy qotilliknining qurbonlari bolishdi. Vorislik huquqi biz ko'rganimizdek, sobiq hukmron patriarxat qarindoshlarga yaqinlik oqibatida yuz bergan edi. Bunday "qonuniy" vorislik g'alabasi qolga kiritilishi ommaviy zulm ustidan yaxshilikning g'alaba qozonishi edi. Olim siyosati - bu shaxsiy adovat emas, balki siyosatning muhim bir faoliyatining bir turi hisoblanadi. Indira Gandi: "Azobli o'lim - bu hammasi tamom degani emas, balki bu boshlanishi, xolos.", - deb

O

aytganida, u motloq haq edi.4 Bu ayollarning vafoti (shuningdek, oila azolarining ham o ldirilishi), mustaqillik yo'lida xalq uchun, vatan uchun oz hayotini qurbon qilgan yaqinlari kabi aholi orasida jasorat timsoli yohud milliy ozodlik qahramonlari sifatida nom qoldirdilar. Ular orasida faqat Indira Gandining otasi (Javoharlal Niru) va turmush o'rtog'i (Feruz Gandi)gina oz ajallari bilan vafot etishgan. Shunday bo lsa ham bu kurash davomida Indira Gandi ikki o g lidan ayrildi, ulardan biri Sanjay 1980-yilda ikkinchi marta vazirlikda faoliyat yuritib kelayotgan vaqtida avtohalokatda vafot etdi, Radjiv Gandi esa 1991-yilda qotillik natijasida hayotdan koz yumdi. Yuqorida aytib o'tilganidek, 1959-yilda turmush o'rtog'idan ayrilgan Sirimova uch farzandi bilan qoladi. Uning siyosiy vorisi hisoblanmish qizi -Chandrika yoshligida otasidan ayrilgani yetmaganidek, 1988-yil turmush o'rtog'i singallik qo'poruvchi tomonidan o ldirildi, Chandrika esa ikki bolasi bilan yolg'iz qoladi.

Bangladeshning birinchi prezidenti, "Mamlakat asoschisi" Shayx Mudjibur Raxmon(1920-1975)ning qizi Sheyx Xasina Vazedning hayoti esa Shekspir yaratgan tragedik asarlaridanda daxshatliroq edi. Davlat to'ntarilishi davrida, bir guruh norozi kayfíyatdagi Bangladesh armiyasi ofitserlari tomonidan 1975-yil 25-avgustda Xasinaning barcha oila azolari - otasi, onasi, akasi, kelini, jiyanlari, jami hisoblaganda 20 nafar qarindoshlari o ldiriladi. Bu suiqasddan Xasinaning o'zi omon qoladi va davlat to'ntarilishi davrida opasi Rexana bilan GFRga jo'nab ketib, usha yerda jon saqlaydi.

1981-yilda Bangladeshdagi yana bir to'ntarilish davrida Xolida Ziyoning turmush o'rtog'i Ziaur Raxmon (1931-1981) vafot etadi, Xolida esa ikki voyaga yetmagan farzandlari bilan qolib ketadi. Bu fítna bir vaqtlar Xolida Sheyx Mudjipur Raxmonga nisbatan uyushtirilgan suiqasdga aloqadorligi tufayli (Ziaur Raxmonning qotili diktator Ershad deb tahmin qilinadi) unga nisbatan uyushtirilgan siyosiy javob edi. Shundan so'ng uzoq vaqt davomida Xolida va Xasina o'rtasida adovatli kurashlar davom etadi.

1977-yilda yuz bergan Pokistondagi to'ntarilish oqibatida hokimyat tepasiga diktator general Ziyo ul-Xaq keladi (1979-yilgacha mamlakatni boshqaradi) va mamlakatda obruga ega hamda yirik kompaniya rahbari Zulfíqor Ali Bxuttoni siyosatdan chetlashtiradi. Bxuttoning qizi Benazir otasini qutqarish uchun Pokiston Xalq Partiyasiga boshchilik qilib, siyosat yo'lidan ketadi.

4Selected Speeches of Indira Gandhi: January 1, 1982-October 30, 1984. Publication division, Ministry of Information and Broadcasting, Government of India, 1986.

95

О

1991-yil qo'poruvchilik davrida bosh vazir Radjiv Gandi vafot etgani barchaga malum. Turmush o'rtog'i vafotidan so'ng, Soniya Gandi partiya boshqaruvini oz qo'liga oladi va 2004-yildagi saylovlarda g'alaba qozonadi. Biroq siyosiy muxolifat kuchlar unga qarshi "millat birligini saqlab qolish" vajini rukach qilib, uni hokimyatdan ketishga majbur qiladilar (Soniya Gandi italiyalik edi).5 XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, ayol-rahbarlarning hokimyat tepasiga kelishining asosiy sababi, ular siyosat arboblarining qizi yoki beva ayollari bo'lgani ekanligida deb aytadigan bo'lsak, keyinchalik bu siyosat erkak rahbarlarning ham siyosatga kelishida muhim ahamiyat kasb etdi. Misol tariqasida Radjiv Gandining hokimyat tepasiga kelishini keltirsak bo'ladi. 1984-yil onasi Indira Gandining vafotidan so'ng, Radjiv Gandi bosh vazir lavozimini egallaydi ( siyosiy-tarix manbalardan bizga malumki, Radjiv Gandi mamlakat siyosatiga unchalik royxush bermagan va oz ehtiyoriga qarshi ravishda mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagan edi). 1955-yilda Benazir Bxutto fojiali tarzda xalokatga uchradi, uning turmush o'rtog'i Asif Ali Zardari esa ungacha siyosatda ayoli kabi obruga ega bo'lmagan, poraxorlikda ayblanayotgan edi. 2008-yilda uning to'satdan mamlakat prezidenti lavozimini egallashi esa yuqorida aytib o'tilgan so'zlarimizning nechog'lik to'g'ri ekanligining yorqin isbotidir. Janubiy Osiyoda ma'lum davrda hokimiyat boshqaruvida ayollarning erkaklarga nisbatan ko'p siyosiy faoliyat olib borishi, tadqiqotchilar aytganidek, tasodif yoki vorislik bo'lishi mumkin, biroq uning davomiyligida faqatgina o'zlariningoqilona siyosat olib borishlari, yuksak aql-zakovatlari, tinimsiz mehnat hamda millat va xalqqa nisbatan chuqur muhabbat hissining kuchliligida edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI (REFERENCES)

1. Bennett N. Actors or puppets? The Female Prime of South Asia // http: www.nataliebennett.co.uk.

2. Richter L.K. Exploring Theories of Leadership in South and Southeast Asia // Pacific Affairs. 1990-1991. Winter. Vol. 63. №4. P.524-540.

3. Selected Speeches of Indira Gandhi: January 1, 1982-October 30, 1984. Publication division, Ministry of Information and Broadcasting, Government of India, 1986.

4. Суворова А.А. Женщина-лидер в Южной Азии: случайность или закономерность? // Восток. 2016. № 5.

5. Юрлова Е.С. Женщины Индии: традиции и современность. - М., 2014. С.390-440.

5 Юрлова Е.С. Женщины Индии: традиции и современность. - М., 2014. - С.421-440.

96

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.