GENDER TENGLIGINI TARG'IB QILISH VA OLIMA AYOLLARNING ERISHAYOTGAN YUTUQLARI: O'ZBEKISTON MISOLI 1A.Arifjanov, 2Ubaydillayev A.N, 3Ubaydillayeva D.A, 4Baxromova D.O
1Prof, 2PHD, 3,4magistrant https://doi.org/10.5281/zenodo.10657788
Fan ta'limi o'quvchiga o'ziga xos ta'lim tajribasini taqdim etadi, ta'lim natijalari ularni har bir xalqning kelajagi uning inson kapitali iste'dodiga bog'liq bo'lgan dunyo muammolariga tayyorlash uchun juda muhimdir. O'rta maktab va oliy o'quv yurtlarida ko'proq qizlar fan va texnologiya kurslarini o'tayotgan bo'lsa-da, o'g'il bolalar hali ham STEM (fan, texnologiya muhandisligi va matematika) ish joyida ustunlik qilmoqda. Ota-onalar o'z farzandlarini ilm-fan bo'yicha ta'limga jalb qilishlari kerak, chunki bu har bir bola ilmiy martaba bilan shug'ullanishi kutilayotgani uchun emas, balki hozirgi dunyo tanqidiy fikrlash va muammolarni hal qilish ko'nikmalarini talab qiladi, bu faqat STEM ta'lim jarayonlaridan olinishi mumkin. Shunday rivojlanish jadal o'sayotgan bir davrda xotin -qizlarning ilmiy martabada muvaffaqiyat qozonishlari ortib bormoqda. Xozirgi kunda ta'lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasi innovatsiyalar va iqtisodiy o'sishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ayol olimlar, garchi tarixan bu sohalarda kam ishtirok etsalar ham, bu integratsiyaga tobora katta hissa qo'shmoqda. Ushbu maqola olim ayollarning ilm-fan sohasida erishayotgan yutuqlari va amaliyotga taqbiqi haqida so'z boradi. Bunga misol tariqasida "Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti" Milliy tadqiqot universitetining "Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasining ilg'or ayol o'qituvchilari orqali biz olim ayollarning ta'lim, ilm-fan sohasidagi kelajagini shakllantirishni ta'kidlaymiz. Olim ayollarning ushbu sohalardagi ishtirokini e'tirof etish va rag'batlantirish orqali biz innovatsiyalar va barqaror rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni ochishimiz mumkin.
Har bir shaxs, shu jumladan, qiz bola ham ilm-fan olamida ustunlik qilish uchun intellektual qobiliyatga ega. Buning yaqqol misoli Mari Sklodovska-Kyuri (1867-1934). U qo'shaloq Nobel mukofotini qo'lga kiritgan birinchi va yagona ayol edi: biri 190-yilda uning radiatsiya bo'yicha ishini e'tirof etgani uchun va 1911-yilda radiy va poloniyni kashf etgani uchun.Yoki Dr. Rosalind Franklin. U ingliz kimyogari va rentgen kristallografi, King's kollejida DNKning molekulyar tuzilishini aniqlashga yordam berdi. Rentgen nurlari diffraktsiyasidan foydalanib, u "51-rasm" deb nomlanuvchi DNKning spiral tuzilishini suratga oldi va DNKning zichligi va spiral shaklini aniqladi.Siz va biz bilgan ilm-fanda yutuqlarga erishgan olima ayollar haqida ko'p va xo'p gapirishimiz mumkin. Ammo men, ushbu maqolada bir necha yillardan buyon gidravlika faniga o'zlarining xissasini qo'shayotgan mehnatkash o'z kasbining yetuk mutaxasislari haqida aytib o'tmoqchiman.
Oliy ta'lim o'qituvchilari, ma'naviyat, bilim, va samarali ta'lim berish bilan shug'ullanadigan yuqori malakali mutaxassislar hisoblanadi. Ular talabalarga nazariy ma'lumotlarni o'rgatishda va amaliy ko'nikmalarni rivojlantirishda katta ahamiyatga ega bo'ladi. O'qituvchilar o'quv jarayonini samarali va motivatsionli qilish uchun o'quv metodlaridan aniq foydalanadi va talabalarga mustaqil fikr-she'r ko'rsatish va tahlil qilish ko'nikmalarini rivojlantirishadi.
Ifoda opa
Ko'p yillik pedagogik mahoratga ega ilg'or katta o'ituvchilardan biri bo'lgan Zaytuna ning ham mehnati taxsinga sazovordir. Ularning pedagogic maxorati va o'ziga xos dars o'tish metodikasi ularning o'quvchilarni ilmiy tadqiqot va tahlil qilishga ilhomlantiradi. Zaytuna
shuningdek, tolibi ilmlarga to'g'ri yo'l ko'rsatuvchi mayoq sifatida va o'quv jarayonini samarali boshqarishdagi tajribalari bilan ajralib turadi.Ularning o'z sohasidagi yangilanishlarga intiladi, ilmiy jurnallarda maqola yozib, ilmiy konferensiyalarda ishtirok etib yangi bilimlarni o'quvchilarga olib bermoqda. Ularning o'z fanlari bo'yicha darajalarini oshirish va sohasidagi yangiliklarni kuzatish, o'quvchilarning im olishga bo'lgan motivatsiyasini oshirishda juda o'rinli vazifani bajarib kelmoqda. Shuningdek, oliy ta'lim darajalarini saqlash, ta'lim sohasida yangi yondashuvlarni qo'llab-quvvatlash va o'quvchilarni chuqur tushunishlarini ta'minlash maqsadida har kuni dunyoning yangiliklariga va o'z bilimlarini oshirishga intiladilar. Ular ko'plab mexnatkash ilmga chanqoq shogirtlariga ilm-fan sohasida to'g'ri yo'l ko'rsatib beraolgan maxoratli ustozlarimizdan xisoblanadi.
Ana shunday mehnatkash shogirtlardan biri Apakxujayeva Tursunoy Ubaydullayevava (texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori PHD). Butundunyoda suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv omborlarini gidravlik samaradorligini oshirish bo'yicha uslubiyatlarni takomillashtirish va ulardagi gidravlik jarayonlarni bashorat qilish usullarini ishlab chiqish muhim masalalardan xisoblanadi. Shu sababdan suv inshootlari va suv omborlarini ekspulatsion ishonchliligini oshirish xamda ularning foydali xajmini xisoblash usullarini takomillashtirish alohida ahamiyat kasb etadi. Suv resusrlaridan samarali foydalanish turli shakldagi va turli maqsadlarda foydalanishga mo'ljallangan, daryo va irrigatsiya tizimlarida toshqin suv davrlarida suvni yig'ishga mo'lallangan suv omborlarini qurish orqali amalga oshiriladi. Bu borada, suv omborlarini barpo etish, ularni loyqa bosishi xolatlarini, suv isrofini oldini olish xamda ishonchli ekspuluatatsiyasini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilgan. Butunjaxonda suv omborlarining foydali xajmini bashorat qilishning ishonchli va samarali usullarini ishlab chiqishga yo'naltirilgan maqsadli ilmiy tadqiqot ishlari olib borishga aloxida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada, suv omborlari ekspluatatsiya qilish natijasida foydali xajmining o'zgarishini xisobga ogan xolda suv omborlari xajmini baxolash usullarini takomillashtirish va tavsiyalar ishlab chiqish muxim vazifalardan biri xisoblanadi. Suv omborlarining foydali xajmini bashorat qilish dolzarb va muhim mavzulardan bo'lib turgan bir vaqtda Tursunoy Apakxujayeva quyilma suv omborlarida sub isroflariga ta'sir e'tuvchi omillarni inobatga olib, suv omborlarining foydali xajmini aniqlash usulini takomillashtirish maqsadida, uzoq yillik ilmiy-tadqiqot ishlarida cc misolida optimal yechimini kiritgan va quyida amaliy natijalarga erishgan:
S Quyilma suv omborlaridan bo'ladigan bug'lanishlar miqdorini xisoblash usuli takomillshtirilgan va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
S Quyulma suv omborining loyqalanishini bashoratlash bo'yicha loyqa sarfini xisoblash usullari ishlab chiqilgan;
S Quyulma suv omborlarining cuv balansini baholashda suv omboridan chiqayotgan suv sarfini aniqlashning gidravlik xisoblash usuli takomillashtirilgan;
Tursunoy Apakxujayeva o'zining "Quyilma suv omborlarining foydali xajmini o'zgarishini bashoratlash (Talimarjon suv ombori misolida) dissertatsiya mavzusi bo'yicha 25ta ilmiy ishlar chop etilgan,3ta xorijiy jurnallarda va 1ta EXM dasturi uchun guvoxnoma olgan.
"Gidravlika va gidroinformatika" kafedrasining yana bir yosh olima ayollaridan biri G'afforova Mushtariybonu Furqat qizi(PHD). Mushtariybonu G'afforova o'zining "TOG'OLDI KIChIK DARYoLARDAGI O'ZAN DEFORMATSIYASI PARAMETRLARINI HISOBLASh USULLARINI TAKOMILLAShTIRISH" mavzusidagi dissertatsiya ishini texnika fanlari doktori (PHD) darajasini olish uchun tayyorlagan. Dissertatsiya haqida quyidagi xulosalarni berib
o'taman. Mushtariybonu Furqatovna o'zning chuqur izlanishlari natijasida ko'plab natijalarga erishgan hamda amaliyotga tadbiq eta olgan:
S Daryolarning to'lin suv davrlarida sel-toshqinlarni faollashganligi, takrorlanishi va maksimallik darajasini ortganligi hozirgi kunda qo'llanilayotgan maksimal suv sarfini aniqlashda uch parametrli gamma - taqsimoti usulidan foydalanishda noaniqliklarga olib kelmoqda. Taklif qilinayotgan usul hisobiy suv sarfini aniqlash uchun jadvallarni talab qilmaydi, eng muhimi, u kam ta'minlanganlikda maksimal suv sarfini kamaytirmaydi va hozirgi kunda kuzatilayotgan sel-toshqin suvlarining maksimal suv sarflarini to'g'ri aniqlash imkoniyatini beradi;
S Daryo o'zanida qurilgan inshootlar ta'sirida bo'ladigan jarayonlarni o'rganib chiqish asosida inshootlarning quyi qismida bo'ladigan yuvilish chuqurligi bilan inshoot ta'sirida suv yuzasining ko'tarilish balandiligi orasidagi bog'lanishi olingan. Bu bog'lanish inshootlarning quyi qismida bo'ladigan yuvilish jarayonlarini oldindan aniqlashga, uning salbiy ta'sirini kamaytirish uchun chora-tadbirlar belgilashga hamda inshootlarni ishonchli ekspluatatsiya qilishga va gidrouzelni suv qabul qiluvchi qismiga loyqa oqiziqlarni minimal miqdorda tushishi va kanallar suv rostlagichlari hamda suv tashlovchi to'g'onning pastki bbeflarida suvni bir tekis oqishini ta'minlanishga imkoniyat yaratilgan.
S Eksner tenglamalar tizimi asosida G'ovasoy daryosidagi suv oqimi dinamikasi va o'zan jarayonlari deformatsiyasini prognoz qilishning matematik modeli ishlab chiqilgan.
S G'ovasoy daryosi havzasining suv balansi ishlab chiqilgan. Takomillashtirilgan modellar asosida turli holatlarda suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni ta'minlay oladigan modellar takomillashtirilib, Visual Basic kompbyuter dasturi ishlab chiqilgan.
S Tog'oldi kichik daryolarining gidrologik rejimi tadqiqotlari tahlili tahlillari natijalaridan daryo suv oqimini o'rtacha ko'pyillik miqdorida o'zgarishlar aytarli sezilmasada, yil ichida o'zgarishi ya'ni tebranishi ortib boryotganligini, daryo suv oqimini sersuv davrlarida sel toshqinlarni faollashganligini ko'rish mumkin. Natijada mintaqadagi iqlim o'zgarishlari ta'sirida G'ovasoy daryosi oqimining miqdori va shakllanish muddatlari ham o'zgarib borayotganligi aniqlashtirilgan.
S G'ovasoy daryosi havzasidagi sug'orish tizimlarining hozirgi kundagi texnik holatlari o'lchov va dala kuzatuvlari orqali aniqlandi, aksariyat sug'orish kanallarining texnik holati qoniqarli darajada emasligini va shunga mos ravishda sug'orish kanalllarining foydali ish koeffitsientlari ham yuqori darajada emasligini aniqlangan
Mushtariybuni G'afforova disertatsiya mavzusi yuzasidan jami 18ta ilmiy ishlari chop etilgan, jumladan maxalliy jurnallarda 3ta, xorijiy jurnallarda 7ta va scopus bazasida 3ta.
Global miqyosda STEM sohalarida gender tengligini targ'ib qilish va olima ayollarni karyeralarida qo'llab-quvvatlash bo'yicha sa'y-harakatlar olib borilmoqda. YUNESKO va Birlashgan Millatlar Tashkiloti kabi tashkilotlar xotin-qizlarning ilm-fan sohasida imkoniyatlarini kengaytirish va ularning jamiyatga qo'shgan hissasini rag'batlantirishga harakat qilmoqda. Umuman olganda, O'zbekistonda va butun dunyoda ayol olima erishayotgan yutuqlar ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarda gender xilma-xilligi muhimligini ta'kidlaydi. Olim xotin-qizlarning mehnatini qo'llab-quvvatlash va e'tirof etish orqali biz ularning iste'dodi va tajribasini murakkab muammolarni hal qilish va fan va texnologiya taraqqiyotiga yo'naltirishimiz mumkin. Yuqorida sanab o'tilgan mutaxassislar o'z sohalari bo'yicha yuqori darajada ilmiy faoliyat olib boradilar va sohasida yangiliklar kiritish uchun yuksak potentsialga ega. Ularning ilmiy ishlari suv resurslaridan samarali foydalanish, gidravlika jarayonlarni oshirish va suv omborlarining foydali xajmini aniqlashda muhim muammolarga yechim topishda yordam beradi.