Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYONING SIYOSIY HAYOTIDA O‘CHMAS IZ QOLDIRGAN UCH BUYUK AYOL'

MARKAZIY OSIYONING SIYOSIY HAYOTIDA O‘CHMAS IZ QOLDIRGAN UCH BUYUK AYOL Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oloy malikasi / Qurbonjon Dodxoh / Bopayxonim / Abulxayrxon / Ayganim Sargʻaldakqizi / birinchi qozoq xon ayol / Cho‘qon Valixonov / birinchi qozoq tashqi ishlar vaziri. / Princess of Oloy / Kurbanjon Dodkhoh / Bopaykhanim / Abulkhairkhan / Ayganim Sargaldakkyzi / the first female Kazakh khan / Chokhanov Valikhonov / the first Kazakh foreign minister.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mahliyo Muqimxo‘ja Qizi Turdixo‘jayeva

Maqola Markaziy Osiyoning siyosiy tarixida o‘chmas iz qoldirgan Qurbonjon Dodxoh, Bopayxonim , Ayganim Sargʻaldakqizining tarixiga bag‘ishlanadi. Xususan, ularning yurt uchun ko‘rsatgan hizmatlari adabiyotlar tahlili yordamida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THREE GREAT WOMEN WHO LEFT AN INDELIBLE MARK ON THE POLITICAL LIFE OF CENTRAL ASIA

The article is devoted to the history of Kurbanjon Dodkhoh, Bopaykhanim, and Ayganim Sargaldakkyzi, who left an indelible mark in the political history of Central Asia. In particular, their services to the country were revealed with the help of literature analysis.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYONING SIYOSIY HAYOTIDA O‘CHMAS IZ QOLDIRGAN UCH BUYUK AYOL»

MARKAZIY OSIYONING SIYOSIY HAYOTIDA O'CHMAS IZ QOLDIRGAN UCH BUYUK AYOL

Mahliyo Muqimxoja qizi Turdixojayeva

Tayanch doktorant Toshken t davlat sharqsh unosl ik un iversiteti E-mail: turdixuiavevamakhlivo@Qmail.com ORCID-ID:0009-0008-5599-9647

Annotatsiya: Maqola Markaziy Osiyoning siyosiy tarixida o'chmas iz qoldirgan Qurbonjon Dodxoh, Bopayxonim , Ayganim Sarg 'aldakqizining tarixiga bag'ishlanadi. Xususan, ularning yurt uchun ko'rsatgan hizmatlari adabiyotlar tahliliyordamida ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Oloy malikasi, Qurbonjon Dodxoh, Bopayxonim , Abulxayrxon, Ayganim Sarg'aldakqizi, birinchi qozoq xon ayol, Cho'qon Valixonov, birinchi qozoq tashqi ishlar vaziri.

ТРИ ВЕЛИКИЕ ЖЕНЩИНЫ, КОТОРЫЕ ОСТАВИЛИ НЕИЗМАРИМЫЙ СЛЕД В ПОЛИТИЧЕСКОЙ ЖИЗНИ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ

МахлиёМукимходжи кизи Турдиходжаева

Базовый докторант

Ташкентский государственный университет востоковедения Электронная почта: turdihujaevamakhliyo@gmail. com

ID ORCID: 0009-0008-5599-9647

Аннотация: Статья посвящена истории Курбанджона Додхоха, Бопайханим, Айганым Саргалдаккызы, оставивших неизгладимый след в

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

политической истории Центральной Азии. В частности, с помощью анализа литературы были выявлены их заслуги перед страной.

Ключевые слова: Олойская принцесса, Курбанжон Додхох, Бопайханим, Абулхаирхан, Айганым Саргалдаккызы, первая женщина-казахская хан, Чоханов Валихонов, первый министр иностранных дел Казахстана.

THREE GREAT WOMEN WHO LEFT AN INDELIBLE MARK ON THE POLITICAL LIFE OF CENTRAL ASIA

MahliyoMuqimkhoja qizi Turdihojayeva

PhD student

Tashkent State University of Oriental Studies E-mail: turdihujayevamakhliyo@gmail. com ORCID-ID:0009-0008-5599-9647

Annotation: The article is devoted to the history of Kurbanjon Dodkhoh, Bopaykhanim, and Ayganim Sargaldakkyzi, who left an indelible mark in the political history of Central Asia. In particular, their services to the country were revealed with the help of literature analysis.

Keywords: Princess of Oloy, Kurbanjon Dodkhoh, Bopaykhanim, Abulkhairkhan, Ayganim Sargaldakkyzi, the first female Kazakh khan, Chokhanov Valikhonov, the first Kazakh foreign minister.

KIRISH.

Tarixda ayollar masalasi eng muhokamali mavzulardan biri hisoblanadi. Negaki, ayollar tarixini yoritish biroz murakkablik tug'diradi. Xususan, Markaziy Osiyoning siyosiy hayotida o'ziga munosib o'rin tutgan ayollar salmoqli bo'lib, ular hayotini va faoliyatini tadqiq etish muhim hisoblanadi. O'z xalqi uchun butun www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

hayotini bag'ishlagan tarixdagi xotin-qizlarni ulug'lash barchamizning burchimiz hisoblanadi.

"Oloy malikasi" - Qurbonjon Dodxoh Qo'qon xonligi tarixida birinchi ayol sarkarda ayol bo'lgan. "Oloy malikasi" nomi ila tarixda o'chmas iz qoldirgan Qurbonjon dodxoh hisoblanadi. Qurbonjon Mamat qizi 1811 -yilda O'sh shahridagi Modi qishlog'ida mungush qabilasidan bo'lgan qirg'iz ko'chmanchilari cho'pon oilasida dunyoga kelgan1. "Oloy malikasi", "Xalq onasi" nomi bilan tanilgan, u Rossiyasi mustamlakachiligiga qarshi ko'tarilgan qo'zg'olon rahbaridir. U Qo'qon xonligi va Buxoro amirligid a dodxoh ya'ni, malika unvoniga ega bo'lgan. Qo'qon xonligi vaziri Olimbek dodxoh Hasanboy o'g'lining rafiqasi. Qurbonjon dodxoh 5 o'g'il va 2 qizning onasi bo'lgan. Mustaqil fikrli, metin irodali, go'zal, oqila, tadbirkor ayol bo'lib yetishdi. Aynan shu xislatlari bilan boshqa ayollardan farq qilar edi. Qurbonjonning ota-onasi 18 yoshga to'lganda, uni o'zidan yoshi uch baravar katta kishiga turmushga bermoqchi bo'lishadi, biroq u nikoh-to'y an'analarini buzib, kuyovning uyidan qochib, otasi Mamatboyning uyiga qaytib keladi2.

ASOSIY QISM.

U o'ziga sodiq bo'lgan 10 ming otliq qo'shinga boshchilik qilgan. Qo'qon xoni Xudoyor Oloy qirg'izlarini o'ziga bo'ysunuvchi deb e'lon qilib, ularga soliqlar qo'yganida, Oloy malikasi bunga nafaqat qarshi chiqdi, balki Xudoyorxonning ko 'chmanchilarga soliq solishdan bosh tortishga, o'zini Oloyning yangi hukmdori deb e'tirof etishga va Oloy hududini o'z qo'liga o'rnashib olishga muvaffaq bo'ladi.

Qurbonjon dodxohning general-gubernator Mixail Ionovga maktubida shunday keltiriladi: "Endi mana shunday osoyishta davrda aytmoqchiman: butun

1 Umarov B, Hojiyeva Z . Oloy malikasi -jasorat timsoli

2Узбекистоннинг янги тарихи.1-китоб Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида, Т.: "Шарк", 2000, - B.175. ; Кулбубу Бектурганова. «Кыргызстандын Асыл Кыздары». Бишкек, 2006. -C.51 www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

xalqim, o'zim va yaqinlarim hech qachon sizga qarshi fitna uyushtirgan emas. Biz tomondan hech qanday zarar yo'q. Xalqim yomonlik qilsa, xiyonat qilsa, men aybdorni qattiq jazolayman, umrimning oxirigacha pushaymonlik azobiga chidayman. Mamatboy qizi Qurbonjon dodxoh" 1832-yilda Qurbonjon dodxoh Andijon hokimi Olimbek nazariga tushadi va u Qurbonjonni o'z nikohiga oladi. Ular deyarli 30 yil birga Andijonni idora etishadi va bu davrda Andijon har tomonlama o'sishga erishadi. 1833 -yilda Olimbek uni Qo'qon saroyiga olib kelib malika Nodirabegim bilan tanishtiradi. Saroyda unga katta obro' e'tibor ko'rsatiladi, Nodirabegim Uvaysiylar ta'sirida dunyoqarashi yanada teranlashadi. Qurbonjon Mamat qizi Olimbek singari ot choptirish, o'q otish, qiliqbozlik ilmlarini mukammal egallagan, Andijonni idora etishda turmush o'rtog'iga ko'makdosh bo'lgan. Olimbek vafotidan so'ng 5 o'g'li va 2 qizi bilan qolgan Qurbonjon turmush o'rtog'ining o'rniga Andijon hokimi bo'ladi. Ammo saroydagi fitnalar tufayli ona yurti Modi qishlog'iga qaytib, "Oloy malikasi" nomi bilan dovrug' chiqaradi. Yettisuv, hatto, Xitoy chegarasidan ham qirg'izlar kelib uning maslahatini olishadi. Buxoro amiri Muzaffar Qurbonjon dodxoh aqliga, dilbarligiga qoyil qolib unga hurmat bilan qaragan. Qurbonjondagi sarkardadek mardlik, dadillikni, siyosatchiga xos ehtiyotkorlik ni u bilan O'shda uchrashganida tan olgan edi. Oloy malikasini o'ziga ittifoqchi kilishga uringan. Amir Muzaffar Qurbonjonga qarata: " - Biz sizga dodxoh unvonini tuhfa eturmiz, inshoolloh, sizdek jasur muslima muzaffar islom bayrog'ini dadil ko'taradi " degan. Qo'qon taxtini egallagan Xudoyorxon butun Oloy vodiysiga Qurbonjon dodxohhokim qilib, tayinlanganligi haqida farmonni e'lon qiladi. 1865-yilda Buxoro amiri bilan Qo'qon xoni tarixida birinchi marta ayol kishiga sarkarda unvoni beriladi . Katta o'g'li Abdullabek esa O'sh hokimi qilib tayinlangan. Qurbonjon dodxoh bilan Qashqardagi Yettishahar uyg'ur davlati xukmdori Yoqubbek o'rtasida yaxshi munosabatlar o'rnatilgan. Qo'qonda xon zulmi va chor Rossiyasi www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

mustamlakachiligiga qarshi ko'tarilgan Po'latxon qo'zg'olonida o'zbek va qirg'iz vatanparvarlarining yo'lboshchisi sifatida Qurbonjon dodxoh va uning o'g'illari ishtirok etadi. Qurbonjon dodxoh va uning o'g'li Abdullabek qo'zg'olonchilar tarafida turib jasorat ko'rsatadi . Bu haqida fon Kaufman shunday yozadi : "Ruslar hali O'rta Osiyoda hech qachon uzoq va qattiq qarshilikka duch kelmagan. Biz birinchi marta matonatli jangchilar bilan to'qnashdik" MUHOKAMA.

Mashhur general Skobelev Qurbonjon dodxoh bilan muzokara olib borishga majbur bo'ladi. Muzokara yakunida Skobelev Qurbonjon dodxohga zarbof to'n yopadi. Rus qo'mondonligi uni general sifatida tan oladi3 . "Oloy malikasi -Qurbonjon dodxoh 1865-yildan to 1880-yilgacha Pomirda bir sarkarda sifatida halqni o'z atrofida to'plab, qo'lida yalang qilich bilan fon Kaufmanga qarshi kurashdi. U shu darajada jasoratli bir xotin ediki, o'g'li Qamchibek Kaufman tomonidan asir olinib dorga osilayotganda dor ostiga kelib o'g'liga: -Xayr, o'g'lim, ota-bobolaring ham dushman qo'lida halok bo'ldi, shahid o'lmoq bizga meros. Senga bergan sutim oq bo'lsin! - deya olgan va otining jilovini ters burib keta olgan ayoldir." Qurbonjon dodxohning 1898-yilgi qo'zg'olonda ham faol qatnashganlar. Rus amaldorlari esa doimo Oloy malikasidan xayiqishgan. Oloy malikasining dovrug'i hatto Sankt-Peterburgdagi imperator saroyigacha yetib borgan. 1901-yilda Rossiya imperiyasi harbiy vaziri general Kuropatkin O'shga kelib, Qurbonjonga imperatorning sovg'asini shaxsan topshirgan. Oloy malikasining dovrug'i hatto Sankt-Peterburgdagi imperator saroyigacha yetib borgan4. "Oloy malikasi" yevropaliklarda chuqur taassurot qoldirgan. Afsonaviy Qurbonjon dodxoh haqidagi maqolalar, jumladan, uning hayoti davomida yozilgan maqolalari rus, fransuz, nemis, polyak va boshqa ko'plab Yevropa nashrlarida

3 Х,амид Зиёйев.Туркистонда Россия тажовузи ва хукмронлигига вдрши кураш. Т. 1998. 244

4 Tamm E. E. The Horse That Leaps Through Clouds: A Tale of Espionage, the Silk Road and the Rise of Modern China., 2010. -P. 88

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

chop etilgan. Qirg'iziston banknotlarining old tomonida Qurbonjonning portretini 50 so'mlikning har uch nashrning nominalida ko'rish mumkin. Erining doimiy yordamchisi va maslahatchisi edi, nafaqat noyob go'zallikka, balki o'tkir aqlga, diplomatik qobiliyatga va she'riy qobiliyatga ega edi5. Qirg'iz va o'zbek xalqlarining milliy-ozodlik harakatida faol qatnashgan, farzandlarini erksevarlik yolida voyaga yetkazgan Qurbonjon dodxoh Mamat qizi 1907-yili 97 yoshida yorug' olamni tark etadi. Uning qabri o'zi tug'ilib o'sgan Modi qishlog'iga dafn etilgan. Vafot etgan paytda uning 2 o'g' li, 2 qizi, 31 nabirasi, 57 chevara va 6 evarasi bo'lgan6. Qurbonjon dodxoh haqida Farg'ona vodiysi aholisi o'rtasida ko'plab qo'shiqlar va rivoyatlar mavjud. Farg'ona va O'shda ko'chalar maktablar uning nomi bilan nomlanadi. Uning tarix zarvaraqlarida oltin harflar bilan bitilgan jasoratli hayoti fahru iftixor bilan o'qiladi. Tarixda shunday mag'rur, el-yurti, farzandlari uchun qalqon bo'lgan jasoratli ayollarning siymosi aks etadi.

TAHLIL VA NATIJALAR.

Bopayxonim -Abulxayrxonning rafiqasi va tashqi ishlar vaziri hisoblanib, butun Markaziy Osiyo tarixida o'chmas iz qoldirgan. Qozoq ayollari an'anaviy qozoq jamiyatida alohida o'rin tutadi. Musulmon an'analarining ko'chmanchi muhitga zaif kirib borishi ularni jamiyatning ancha kuchli qismiga aylantirdi. Abulxayrxonning to'ng'ich xotini Bopayxonim (Botima) misoli dalolatdir. U Chingiziylar urug'idan bo'lib, o'ta savodli ayol bo'lgan. Bopay Kichik juzning nufuzli qozoq sultonlaridan birining qizi, mashhur sulton Derbesalaning singlisi edi. Bopayxonim Rossiya ma'muriyati bilan barcha diplomatik yozishmalarni shaxsan o'zi olib borgan, u o'ziga xos Kichik Juz tashqi ishlar vaziri bo' lgan. Buni uning rus imperatorlariga yozgan shaxsiy maktublarida ko'rish mumkin: 1731 -yil 22-oktyabrda Anna Ionanovna va 1748-yil 5-oktabrda Yelizaveta Petrovna.

5 Газиев А. Курманжан-датха - некоронованная царица Алая. Бишкек, 1991

6 Maxamadov A.M Turkistonnig ulug' farzandi - Oloy Malikasi Qurbonjon Dodxoh hayoti va faoliyatiga bir nazar Toshkent-2023

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

Abulxayrxon vafotidan keyin Bopayxonim to'ng'ich o'g'li Nuraliy Abulxayrxon siyosatini davom ettirib, xon taxtini egallashi uchun bor kuchini sarfladi. U imperator Yelizaveta Petrovnaning 1749-yil 26-fevraldagi farmoni bilan Nuralining "Qirg'iz-qaysak xoni" etib tasdiqlanishini ta'minladi. Shu bilan birga, imperator farmonida Bopayxonning maktubi eslatib o'tilgan va kansler A.P.Bestujev-Ryumin Xonimga xat yozib, unga Yelizaveta sovg'asini ilova qilgan.

Rus tarixchisi A.I. Levshin shunday deb yozgan edi: "...Bopay xonim o'zining aql-zakovati uchun juda hurmatga sazovor bo'lgan, ba'zan esa Qozoq xonligini boshqarishga juda kuchli ta'sir ko'rsatgan. Uning monogramma muhri bor edi, bu farq ayollarga qul sifatida munosabatda bo'lishga odatlangan, ularni jamoat ishlarida har qanday ishtirok etishdan mahrum qilishga odatlangan odamlar orasida umuman uchramaydi. 1736-yilda ingliz sayohatchisi va rassomi Jon Kasl Orenburg Bopayxonumning besh farzandning onasi bo'lgani, cho'l go'zalligining bunday yumshoq ko'rinishi ortida ajoyib aql va hukmronlik yashiringaniga ishonish yozadi. Bu fazilatlar uning yoshligida namoyon bo'ldi.

Bopayxonim 1780-yil 31-mayda 32 yoshida vafot etdi. U Josali daryosining yuqori oqimida, Elek bilan qo'shilish joyidan unchalik uzoq bo'lmagan joyda dafn etilgan. Bo'z taxtadan qurilgan Bopay maqbarasi ziyoratgohga aylandi. Xon hokimiyati bekor qilingandan so'ng, Rossiyaning ichki viloyatlaridan kelgan ko'chmanchilar dashtga oqib kelganida, Bopay maqbarasi vayron qilingan. Bugun qozoq eli Xansha Bopay nomini fahr bilan tilga oladi.

Ayganim Sarg'aldak qizi - xonlik qilgan birinchi qozoq ayol. Cho'qon Valixonovning buvisi Ayganim Sarg'aldakqizi 1783-yil hozirgi Sirimbet, Shimoliy Qozog'iston viloyatida tug'ilgan7. Cho'qon Valixonovning buvisi, xon Ualining kenja xotini. U 1819-yilda eri Uali (Ablaixonning to'ng'ich o'g'li) vafotidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan xalqlar hukmdori. U qozoq xalqining ulug'vor ayoli edi.

7 Уалиханова усадьба // Северо-Казахстанская область. Энциклопедия. — Издание 2-е, дополненное. — Алматы: Арыс, 2006. — С. 559. — 672 с www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

Valixon vafotidan keyin uzoq vaqt davomida amalda xalqni boshqargan, rus nufuzli kishilari bilan teng munosabatda bo'lgan, barcha qarindosh-urug' va do'stlarni o'z adolati bilan birlashtirgan, bolalarning yaxshi ta'lim olishiga katta e'tibor bergan, o'zi ham barkamol, ilg' or shaxs edi8.

U 13 yil davomida xonlik qilgan birinchi qozoq ayoliga aylandi. 13 yillik faoliyati davomida u ko'plab ishlarni amala oshirdi 9 . U shaxsan qirol ma'muriyatiga yuborilgan xatlarga marhum erining muhrini bosgan. Ularda u aholini o'troq turmush tarziga o'rgatish uchun uy-joy, maktab, masjid, hammom qurishni so'ragan. Bundan tashqari, u dehqonchilik uchun asboblar sotib olish uchun mablag' so'radi. Tsar Aleksandr I "Yordam berish to'g'risida" maxsus farmon chiqarib, Ayganimning iltimoslarini qondirdi. 1822-yilda "Sibir qozoqlari to'g'risida" dekret chiqdi. Bu Farmon xon hokimiyatini bekor qilib, katta sultonlar hokimiyatini o' rnatdi. Yangi voqelikda Ayganim katta sulton etib saylandi. Yoshi 50 ga yaqinlashganda, u hokimiyatni Shokan Ualixonovning otasi bo'lgan o'g'li Shingysuga topshirdi. Zamondoshlarining ta' kidlashicha, Xansha Ayganim nafaqat go'zal, balki juda aqlli, shuningdek, she'riyat va til qobiliyatiga ega bo'lgan g' ayrioddiy ayol edi. U nafaqat ona qozoq tilini, balki arab, chag'atoy, fors va rus tillarini ham yaxshi bilardi. Keyinchalik, Xansha o'sha paytda rus aristokratiyasi orasida mashhur bo'lgan fransuz tilini ham o'rgandi, bu unga eng yuqori darajadagi yozishmalar uchun kerak edi. Oyg'animning otasi Qo'ja oilasidan obro'li odam bo'lib, o'zi ham yaxshi ta'lim olib, qiziga bergan. Demak, Ayganim Sharq tarixini, falsafasini, adabiyotini yaxshi bilgan, odob-axloqning nozik tomonlarini bilgan, siyosatni tushungan. Shuning uchun ham xotinidan 42 yosh katta bo'lgan Xon Uali davlat ishlarida uning maslahatiga quloq tutgan, boshqa

8 Жарылкап Бейсенбайулы. Адъютант по особым поручениям, к 180-летию со дня рождения Чокана Валиханова// Окончание. Начало в № 11 -С 43 (Перевод с казахского Госмана Толегулулы)

90^0|7^ (Айганым Саргалдаккызы) (1783-1853)// Республиканская корейская газета 11

(1909) 22 МАРТА 2024 ГОДА -С9 www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

taniqli kishilar undan o'rnak olgan. Erining o'limidan so'ng, u nafaqat urug' ni boshqargan, balki Xonning muhridan ham foydalangan - bu o'sha vaqt uchun juda kam uchraydigan holat. Bunga Rossiya hukumatining uni rasman xon sifatida tan olgani katta darajada yordam berdi. Ualining to'ng'ich o'g'li Gubaydulla surgunda vafot etgan, keyingi merosxo'r Chingiz esa juda yosh edi - otasi vafot etganda bola atigi 10 yoshda edi. Ablayxon siyosatini davom ettirib, Rossiya bilan Xitoy o'rtasida manevr qilgan marhum turmush o'rtog'idan farqli o'laroq, Ayganim ruslar tomonini tanladi. Ayganimning xonligi rasman uzoq davom etmagan bo'lsa-da, bu unvonni bekor qilish to'g'risidagi farmonga q adar norasmiy ravishda u juda uzoq vaqt siyosiy faollikni saqlab qoldi, keng ko'lamli yozishmalar olib bordi va xalq taqdirini erkaklar bilan teng ravishda hal qildi. Ayganimning O'rta Juzdagi nufuzi juda katta edi. Imperator Aleksandr I hatto ona qishlog' i Sirimbetda qarorgoh qurish uchun 5 ming rubl ajratdi. Mulk tarkibida o'n xonali uy, masjid, madrasa, tegirmon va boshqa xo'jalik inshootlari bor edi. Kenesariy Qosimov o'z qo'zg'oloni chog'ida chor amaldorlari bilan hamkorlik qilgani uchun xonsha yo'qligida Sirimbetni yenggan, biroq keyinchalik hammasi tiklangan10. Oyg'anim oila xo'jaligini oqilona va adolatli boshqargan, buni quyidagi hollarda ham ko'rish mumkin. O'g'li Chingizni Omsk harbiy bilim yurtiga o'qishga yubordi. Shokanning onasi Zeynebning qarshiliklariga qaramay, buvi o'n ikki yoshli nabirasini Omsk kadet korpusiga o'qishga yuborishni buyurdi. Shokan Ualixonovni buvisi Oyganim g'amxo'rlik qilib, yo'l-yo'riq ko'rsatgani uchun buyuk olim, birinchi qozoq geograf, etnograf va sayyohiga aylandi11.

Ayganimning taqdiri va tabiatiga oid rivoyatlar xalq xotirasida saqlanib qoldi va oradan bir asr o'tib, Sobit Muqonovning "Miltillovchi meteor"

10 KaK 6a6ymKa ^OKaHa BannxaHOBa xaHOM 6tma https://www.caravan.kz/news/kak-babushka-chokana-valikhanova-khanom-byla-860063/ ÄBTop: AnMa A6nmeBa

11 http://tarih-begalinka.kz/ru/historv/modern/figures/sargaldakkyzv/

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

(Промелькнувший метеор) romanida uning obrazini qayta yaratishga asos bo'ldi. Roman Cho'qon Valixonov hayoti va ijodiga bag'ishlangan. Yozuvchi, tabiiyki, xonshaning afsonaviy obraziga badiiy qo'shimchalar kiritish usulini qo'llagan. Kitobning birinchi qismida Xon Valining go'zal Ayganimga uylanishi hikoyasi tasvirlangan. Unda xonimning tasviri shunday edi: "U naqadar g'ayrioddiy edi! Uzun bo'yli, ochiq teri tuxum oqiga o'xshaydi. Uning katta qora ko' zlari ajoyib kipriklari doirasida qanday porladi. Keksa Xon Valining yosh Ayganimga uy lanishi uning turmush tarzini o'zgartirdi. Kelin uni xonning to'ng'ich xotinidan uzoqroqqa, Ko'kshetov yaqiniga joylashtirishni talab qildi. "Mehribon xon yosh kelinchakning barcha shartlarini qabul qildi. To'ydan keyin katta xotinlarini o'sha yerda qoldirib, Ayganim so'raganidek, Yesildan uncha uzoq bo'lmagan Sirimbet tog'ining etagiga ko'chdi". Yana bir afsonada Xanshaning erining o' limidan keyin uning xotirasi qanday sharaflanganligi aytiladi. "O' limidan keyin bir yil davomida u motam kiyimini yechmadi. O'limidan bir yil o' tgach - kundan-kunga - ertalab, tush va kechqurun - u qizlar va yosh ayollarni yig'di. Dasht bo'ylab qayg'uli ovozlar eshitildi va ular orasida Ayganimning yig'layotgan ovoziga o'xshash kuchli ovozlar ajralib turardi. Xor marhumlar bilan xayrlashuv qo'shig'i - joktauni kuyladi. Va odamlar yig'lab, xorga qo'shilishdi. Valining vafotidan bir yil o'tgach, Ayganim unga bo'ysunadigan barcha qozoqlarni xotira marosimiga taklif qildi. Bayram uchun mingta qo'y, yuzta ot so'yilgan. Saxovatli xotirlash haqidagi mish-mishlar cheksiz dashtga tarqaldi12.

1853-yil 19-noyabrda tug'ilgan joyida vafod etgan. 2023-yilda XIX asrdagi ko'zga ko'ringan siymolaridan biri Ayganim Sarg'aldoqqizi tavalludining 240 yilligi nishonlandi. 2023-yil 16-may kuni Sirimbet nomidagi tarixiy-etnografiya muzeyi Sh.Ualixonov Oyg'anim tavalludining 240 yilligi, Xalqaro muzeylar kuni

12 Г. Муканова. Есиль2нама, или Легенды и быль о «лунной царице» Айганым// Казахстанский литературнойхудожественный и общественно-политический журнал № 3 2007-C.159-170 www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

va "Abilayxon qarorgohi" muzey majmuasining 15 yilligiga bag'ishlangan "Ayganim sari dala qizi" ko'rgazmasini ochdi13.

XULOSA.

Xulosa sifatida aytish mumkinki, yuqorida biz tadqiq etgan Markaziy Osiyoning mashhur uddaburon ayollari, siyosiy hayotga o'z yo'llari orqali kirib kelib, yetarlicha hizmat ko'rsatishdi. Bugun biz Xansha Bopay, Qurbonjon Dodhoq, Ayganim kabi el farzandlarini, jasur ayollar o'tmishini fahr bilan yoritishimiz, fahr bilan tilga olishimiz lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Bobobekov H. Zinnat-Qurbonjon dodxohning adabiy taxallusi//"Yosh kuch" jurnali, 1989 yil, 3-son

2. Maxamadov A.M Turkistonning ulug' farzandi - Oloy Malikasi Qurbonjon Dodxoh hayoti va faoliyatiga bir nazar Toshkent-2023

3. Bobobekov H.N. "Po'latxon qo'zg'aloni" T., 1996

4. Gaziev A. Qurbonjon dodxoh -Oloy tojsiz malikasi. Bishkek, 1991-yil

5. Y36eKHCTOHHHHr iiHru TapuxH. 1 -khto6 TypKHCTOH nop Poccuacu MycTaMnaKanunurH gaBpuga, T.: "fflap^", 2000,

6. Maxamadov A.M Turkistonnig ulug' farzandi - Oloy Malikasi Qurbonjon Dodxoh hayoti va faoliyatiga bir nazar Toshkent-2023

7. Umarov B, Hojiyeva Z . Oloy malikasi - jasorat timsoli// YpTa Ocue Tapuxu Ba apxeonoruacu. №21. 2022 TepMH3 apxeonorua My3enu -B. 378-382

8. X,aMug 3ueHeB.TypKHCTOHga Poccua Ta«OBy3H Ba xyKMpoHnurura Kapmu Kypam. T. 1998. 244 6

9. Y36eKHCTOHHHHr aHru Tapuxu.1-KHTo6 TypKHCTOH nop Poccuacu MycTaMnaKanunuru gaBpuga, T.: "fflap^", 2000

13BtiCTaBKa «AnraHBiM capti gana Kti3ti» https://rah.kz/ru/actions-ru/1269-event-2023-1605-ru.html

www.sharqjurnali.uz DOI: 10.5281/zenodo.13921755

10. Кулбубу Бектурганова. «Кыргызстандын Асыл Кыздары». Бишкек, 2006. -C.51

11. Ерофеева И.В. Хан Абулхаир полководец, правитель и политик. А. 1999. -C.289-291

12. Тарихта атын калган Бопай ханым // Мацгыстау-медия. 15.11.2017

13. Муканова Г. Есиль2нама, или Легенды и быль о «лунной царице» Айганым//Казахстанский литературнойхудожественный и общественно-политический журнал №2 3 2007, -C.159-170

14. Жарылкап Бейсенбайулы. Адьютант по особым поручениям, к 180-летию со дня рождения Чокана Валиханова// Окончание. Начало в № 11 —C. 43 (Перевод с казахского Госмана Толегулулы)

15. Абуев К.К. Чокан Валиханов и его современники. Монография. КГУ им. Ш. Уалиханова. 2016. - 300 с.

16. (Айганым Саргалдаккызы) (1783-1853) //

Республиканская корейская газета 11 (1909) 22 МАРТА 2024 ГОДА -C.9

17. Казахстан. Национальная энциклопедия. Алматы: Казак; энциклопедиясы, 2004

18. Kino: "Qurbonjon dodxoh" ("Kurmanjan Datka") filmi AQSh kinoakademiyasining "Oskar" mukofoti uchun kurashgan. silkasi: https://ok. ru/video/1823223976226

19. Ko'rsatuv: 1. Fikrattahlili, Qurbonjon Dodhoh https://www.youtube.com/watch?v=HsXEXsKHHx[

www.sharqjurnali.uz

DOI: 10.5281/zenodo.13921755

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.