Научная статья на тему 'QOʻQON XONLIGI TASHQI SIYOSATIDA SHARQIY TURKISTON'

QOʻQON XONLIGI TASHQI SIYOSATIDA SHARQIY TURKISTON Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
11
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Alibekov Umrzoq Yoʻldoshevich, Tohirov Umid Turob Oʻgʻli

Ma’lumki, Sharqiy Turkiston qadimdan Oʻrta Osiyo xalqlari bilan siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy, diniy-madaniy aloqada boʻlib kelgan. Ushbu hududda yashagan tili va urf-odatlari oʻxshash boʻlgan oʻzbek, uygʻur, qirgʻiz, qozoq, turkman, tojik xalqlari muqaddas Islom dini ostida doʻtslik va birodarlikda yashab kelganlar. Mahalliy mualliflar Muhammad Hakimxon ibn Ma’sumxon toʻra, Muhammad Solih Toshkandiy, Mirzo Olim Mushrif hamda Qurbon Aliy Ayaguziyning asarlari, shuningdek uygʻur, xitoy, rus manbalarida bu aloqalar tarixiga oid malumotlarni uchratamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QOʻQON XONLIGI TASHQI SIYOSATIDA SHARQIY TURKISTON»

QOQON XONLIGI TASHQI SIYOSATIDA SHARQIY

TURKISTON

1 2

Alibekov Umrzoq Yo'ldoshevich, Tohirov Umid Turob o'g'li

1GulDU, "Tarix" kafedrasi, katta o'qituvchisi GulDU, Tarix yo'nalishi 1-bosqich talabasi httys://doi.ors/10.5281/zenodo.12607570

Ma'lumki, Sharqiy Turkiston qadimdan O'rta Osiyo xalqlari bilan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, diniy-madaniy aloqada bo'lib kelgan. Ushbu hududda yashagan tili va urf-odatlari o'xshash bo'lgan o'zbek, uyg'ur, qirg'iz, qozoq, turkman, tojik xalqlari muqaddas Islom dini ostida do'tslik va birodarlikda yashab kelganlar.

Mahalliy mualliflar Muhammad Hakimxon ibn Ma'sumxon to'ra, Muhammad Solih Toshkandiy, Mirzo Olim Mushrif hamda Qurbon Aliy Ayaguziyning asarlari, shuningdek uyg'ur, xitoy, rus manbalarida bu aloqalar tarixiga oid malumotlarni uchratamiz.

O'rta Osiyo va Xitoy o'rtasidagi tarixiy qo'shnichilikda buyuk ipak yo'lining ham ahamiyati juda katta bo'lgan. Buyuk ipak yo'li paydo bo'lgan davrdan boshlab Xitoy uchun Sharqiy Turkiston O'rta Osiyoga o'tish darvozasi bo'lib kelgan. Asrlar mobaynida Sharqiy Turkiston orqali o'tgan karvon yo'llari ikki hududda yashagan aholining hayotida muhim rol o'ynagan. Mo'g'ullarning O'rta Osiyoga bosqini natijasida ipak yo'li savdosi bir muddat susayib, uning nisbatan tinch shimoliy tarmog'i taraqqiy etgan. Buyuk davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur olib borgan ishlar natijasida ipak yo'lining avvalgi mavqei tiklanib, asosiy karvon yo'llari yana Movarounnahr tomon buriladi. Amir Temurning Xitoy imperatorlari bilan munosabatlari har qancha yomon bo'lmasin Xitoy bilan juda muhim savdo-iqtisodiy aloqalar yo'lga qo'yilgan. Bunda Sharqiy Turkiston orqali o'tadigan karvon yo'lining ahamiyati benihoyat katta bo'lgan. Keyingi davrlarda ham bu aloqalar davom etgan, chunonchi 1755-1759-yillarda Sin imperiyasi qo'shinlari tomonidan Sharqiy Turkiston bosib olingan bo'lsada mintaqa xalqlari o'rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar to'xtab qolmagan.

"O'rta Osiyo xonliklari, xususan, Qo'qon xonligini Qashg'ar bilan bog'laydigan karvon yo'llari 3 yo'nalishga ega bo'lgan.

Birinchi yo'nalish: Buxoro-Toshkent-G'ulja-Urumchi-Qumul-Pekin.

Ikkinchi yo 'nalish: Buxoro-Samarqand-Badaxshon-Qorategin-Yorkent-Xo'tan-Xeshi yo'lagi.

Uchinchi yo'nalish: Farg'ona oltin xalqa yo'li orqali Pomir-G'arbiy Tangritog' dovonlar orqali Qashg'arga undan Quchor, Turfon orqali Xitoyning ichki viloyatlariga olib borgan" [A.Xodjayev: 170-171].

"Ayniqsa, Qo'qonning Terak dovoni orqali Qashg'arga olib boradigan karvon yo'li qadimdan juda mashhur bo'lib, u O'rta Osiyoni Xitoy va Hindiston bilan bog'lagan. Ushbu yo'lning qachondan beri mavjud ekanligi tog'risida fikrlar turlicha. A.N.Kuropatkin Qo'qon Qashg'ar yo'li 2000 yillik tarixga ega deb takidlagan bo'lsa, yana bazi tarixchilar bu yo'ldan XI asrdan boshlab foydalanila boshlangan degan fikrni ilgari surishadi. Uyg'ur tarixshunosi Niyoz Karimiyning takidlashicha ushbu yo'lga Qoraxoniylar davlatining qishki poytaxti Qashg'ar bilan yozgi poytaxt Bolasog'unni bir biri bilan bo'g'lash uchun asos solingan" [Sh.Qo'ldoshev: 65]. Bu yo'l Xitoy bilan O'rta Osiyo o'rtasida o'ziga xos ko'prik vazifasini bajargan.

Sin imperiyasi bilan bitimga muvofiq bu yo'lning xavfsizligini taminlash ishlarini Qo'qon hukmdorlarining o'zlari bajargan. Yo'l bo'ylarida bekat va istehkomlar barpo etilgan bo'lib,

ularning atrofida turli qabilalar kelib o'rnasha boshlagan. Turkistonda bir qancha ekspeditsiyalar uyushtirgan rus sayyohlari o'z kundaliklarida Terak dovoni yo'lida bir qancha qirg'iz qabilalari yashaganligini takidlab o'tishadi. Karvon yo'lida aholi gavjumlashib borishi natijasida yo'lning xavfsizligi barqaror holatga keladi. Bu esa Qo'qon xonligi tashqi siyosatining katta yutug'i edi.

"Qo'qonning iqtisodiy hayotida Qashg'ar bilan bo'layotgan tashqi savdo katta salmoqli o'rinni egallagan. Qo'qondan Qashg'arga har yili 1000-2000 tuyaga mollar ortilgan karvon kelgan bo'lib, asosan rus temiri, qizil charm, mato, ipak, pashavand giyohlar, marena, oltin, simob, duxoba olib borilgan. Qashg'ardan Qo'qonga esa har yili 30 000 otda choy, 200 otda oq rangli mato, 200 otda kvasslar, 50 otda attorlik buyumlari chiqarilgan. M.D.Skobelevning malumotiga qaraganda, Qo'qon xonliging Qashg'ar bilan savdo sotig'i yiliga 30-40 ming tillaga teng bo'lgan" [X.N.Bobobekov: 114].

Hattoki Rossiya bosqinidan so'ng Qo'qon xonligi barham topgan bo'lsada O'rta Osiyolik savdogarlarning Qashg'ar va Xitoy bilan savdo aloqalari davom etgan.

Sin imperiyasi istilosidan so'ng Qo'qon xonligiga ko'chib o'tgan Oqtog'liklardan bo'lgan Sarimsoqxo'ja va o'g'li Jahongirxo'ja qo'qonlik savdogarlar orqali Sharqiy Turkistonda Sinlarga qarshi targ'ibot olib borib, qo'qonliklarni Sharqiy Turkiston zamini majusiylardan ozod qilish uchun g'azovotga davat qilishadi. Bu esa Qo'qon va Xitoy munosabatlarining siyosiy tus olishiga olib keladi.

Albatta, Qo'qon xonligining ham Sharqiy Turkiston borasida ma'lum bir rejalari bo'lgan, fikrimizcha xonlikning maqsadi O'rta Osiyo va Xitoy o'rtasida bog'lam vazifasini bajargan Sharqiy Turkistonning tranzit karvon yo'llari bo'yida joylashgan shaharlarini o'z tasir doirasiga olish bo'lgan, (Yorkent, Qashg'ar, Yangihisor, Xo'tan, Oqsuv, Uchturfon) shular jumlasidandir. Ammo Qo'qon xonligining ichki omillari, boshqa davlatlarning siyosiy bosimi va xatti-harakatlari xonlikning Sharqiy Turkiston borasida muayyan geosiyosiy maqsadlarini amalga oshirishiga to'sqinlik qilgan.

Sharqiy Turkiston masalasiga o'z e'tiborini qaratgan dastlabki Qo'qon hukmdori Erdonabiy (1753-1763) hisoblanadi. U davlati hali yosh, tajribasiz, siyosiy va harbiy jihatdan kuchsiz bo'lganligi uchun Sharqiy Turkiston ishiga extiyotkorlik bilan yondashadi. Erdonabiy Sarimsoqxo'ja va u bilan birga kelgan 9 ming Sharqiy Turkiston aholisiga Qo'qon xonligida yashashlariga ruxsat berib, Sin imperiyasining ularni qaytarish to'g'risidagi talablariga rad javobini beradi. Bu Sharqiy Turkistonda Qo'qon xonligining obro'si oshishiga sabab bo'lgan. Natijada, Sinlar hukumati Qo'qon xonligi misolida o'z siyosiy kuchiga ishongan raqibini ko'rgan. Bunday olib borilgan tashqi siyosat Erdonabiyning naqadar zukko diplomat bo'lganligini bildiradi.

"Xonlikda uyg'urlarning asosiy qismi Qashg'ar bilan chegaradosh bo'lgan Andijon, O'sh, Shahrixon atroflarida yashagan. Uyg'urlarning mashg'ulotlari o'zbek va tojiklarniki bilan deyarli bir xil bo'lgan" [Z.Madraximov: 95].

Erdonabiydan so'ng hokimiyatda turgan Norbo'tabiy (1763-1798) Sin imperiyasi bilan do'stona munosabatda bo'lishga intilgan. Ayni paytda Sharqiy Turkistondagi tinchlik Qo'qon xonligiga bog'liq ekanligini tushunib yetgan Sin hukumati ham Qo'qon xonligi bilan yaxshi qo'shnichilik siyosatini olib borishga intilgan.

Norbo'tabiyning o'gli Olimxon (1798-1810) davrida Qo'qon xonligi hech kimga qaram bo'lmagan mustaqil tashqi siyosat yurita oladigan davlatga aylandi. Olimxonning eng asosiy maqsadlaridan biri Sharqiy Turkistonni o'z tasir doirasiga olish bo'lgan. Mirzo Olim Mushrif o'z asarida Olimxon haqida: "Shahri Qoshg'ar tasarrufiga kirib, ko'p siyosatlik podshoh bo'ldi" deydi. Olimxonning o'zi ham ulamolar, harbiy ma'murlar, saroy amaldorlari qatnashgan mashvaratda

shunday deydi: "Qashg'ariyaning yetti viloyat hokimlari Chin Mochin xoqonlariga xizmatlarini unutib, o'ylab o'tirmasdan mening buyrug'imga bosh egdilar. Ular Qo'qon va Toshkent hokimlariga atab savdo karvonlari tashkil etdilar. Menga boj-hiroj va sovg'alar jo'natdilar" [Sh.Qo'ldashev: 120]. Albatta, Sharqiy Turkiston singari tranzit karvon yo'llari ustida joylashgan, yerlari unumdor, yer osti boyliklari bisyor, iqtisodiy imkoniyati yuqori bo'lgan ushbu hududning xonlik tasir doirasiga o'tishi mamlakat taraqqiyoti uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan.

Olimxon suiqasd qilib o'ldirilganidan so'ng taxtga ukasi Umarxon (1810-1822) chiqdi. U davlatchilik uchun muhim bo'lgan tashqi aloqalarni yo'lga qo'ygan hukmdor hisoblanadi. Umarxon Sharqiy Turkiston masalasida Sin hukumati bilan o'rtalaridagi munosabatlarni chigallashtirmaslikga intilgan. Sarimsoqxo'janing o'g'li Jahongirxo'ja Sharqiy Turkistonda qo'zg'olon ko'tarish uchun Umarxondan yordam so'raydi, ammo rad javobini oladi. Jahongirxo'ja o'zi kurashmoqchi bo'lib Sharqiy Turkistonga boradi, u yerda muvaffaqqiyatsizlikga uchrab Qo'qon xonligiga qaytib keladi, xon buyrug'iga binoan qo'lga olinib, saroyda saqlanadi. Bundan tashqari Umarxon xonlik manfaatlarini ko'zlab xo'jalardan maxfiy tarzda Sin hukumati bilan muzokaralar olib borib bir qancha shartnomalar tuzadi.

Umarxondan keyin taxtga o'g'li Muhammad Alixon (1822-1842) o'tirdi. Muhammad Alixon davrida ham otasi tomonidan Sin hukumati bilan tuzilgan shartnomalar o'z kuchida bo'lgan. Ba'zan Muhammad Alixon xonlik manfaatlari yo'lida Sharqiy Turkistondagi siyosiy jarayonlarga aralashib, Sin hukumati oldidagi avval kelishilgan majburiyatlaridan ko'z yumgan xollar ham tez-tez sodir bo'lgan.

"Muhammad Alixon ham Jahongirxo'jani o'z saroyida saqlagan. 1822-yilda Farg'ona vodiysida yuz bergan daxshatli zilzila tufayli Jahongirxo'ja Oloyga qochib borgan, u yerda qirg'izlar bilan birga Qashg'arga hujum qilishga tayyorgarlik ko'rgan. 1824-yilning qishida u o'z odamlari bilan birga Qo'qon-Xitoy chegarasidagi qorovulxonaga hujum qilib, bir necha Xitoy askarlarini yo'q qilgan. Nihoyat, 1826-yilning mart oyida Jahongirxo'ja ko'ngillilar guruhi chegaradan o'tib, Qashg'ar atrofini bosib oladi. Jahongirxo'ja xiyla ishlatib 7 ming manjur askarini qurshovga olib qirib yuboradi. Bu g'alabaning dovrug'i butun Markaziy Osiyoga tarqaladi. Jahongirxo'ja Qo'qon, Buxoro, Xiva, Qunduz, Badaxshon hududlariga elchilar yuborib, yordam so'raydi. Muhammad Alixonga noma yo'llab shunday deydi: "Gulbog' qal'asi hali olingan emas va biz sizning yetib kelishingizni kutamiz, agar shaxsan o'zlari kelsalar biz bu yerni olamiz". Gulbog' Jahongirxo'jaga taslim bo'lmagan Qashg'ardagi yagona mustahkam qal'a bo'lgan. Muhammad Alixon shaxsan o'zi 30 ming kishilik qo'shin bilan bu qal'ani qamal qiladi. Qo'qon qo'shini qamal payti porox to'kib turganida Xitoy askarlari buni payqab uni portlatib yuborishadi, natijada 400 nafar qo'qon askari o'lgan. Gulbog' 3 oy qamal qilinib, 15 ming qo'qonlik askar halok bo'ladi. Bunday katta talofatlar Muhammad Alixonni larzaga soladi, saroy ayonlari bilan maslahatlashib Xaqquli mingboshini Jahongirxo'jaga qoldirib qamalni davom ettirishni buyuradi, o'zi esa Qo'qonga qaytadi. Bir qancha vaqtdan so'ng qal'a olingani to'g'risida hushxabar keladi. Muhammad Alixon "G'oziy" laqabini oladi" [Sh.Qo'ldashev: 120-132].

Jahongirxo'ja ham Sharqiy Turkistonda hukmronligini o'rnatadi, ammo bu uzoqga cho'zilmaydi. U dushmanni to'liq bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko'rish o'rniga ichkilikga berilib eng kerakli paytda eng keraksiz ishlar bilan mashg'ul bo'ladi. Qulay paytdan foydalangan Xitoy askarlari hujumga o'tishadi, Jahongirxo'ja asirga olinib Pekinga olib borib qatl etiladi. Sin hukumati Jahongirxo'ja qo'zgoloniga yordam berganlikda Qo'qonni ayblaydi va Qo'qon savdogarlarini Sharqiy Turkistondan quvib soladi. Bundan juda g'azablangan Muhammad Alixon Jahongirxo'janing ukasi Muhammad Yusufni Buxorodan chaqirib olib qo'shin bilan Sharqiy

Turkistonga yuboradi. Bundan tashqari Toshkent hokimi Ili daryosi bo'ylariga hujum uyushtirib, bu yerlarni Qo'qon xonligi tarkibiga qo'shadi. Endi Qo'qon-Xitoy bevosita chegaradosh bo'lib qoladi. Bu hol Sin hukumatini tashvishga solib qo'yadi, ular Qo'qon xonligi bilan kelishish siyosati olib borishga majbur bo'lishadi. 1832-yil 13-yanvar sanasida Qo'qon vakili A'lam pochcha va Sin hukumati o'rtasida Qo'qon xonligi uchun foydali, Xitoy uchun teng bo'lmagan shartnoma imzolanadi. Bu Muhammad Alixon tashqi siyosatidagi eng katta yutug'i edi. Shartnoma bandi quyidagicha edi:

"- Sharqiy Turkistonning olti shahariga ya'ni Oqsuv, Uchturfon, Qashg'ar, Yangihisor, Yorkent, Xo'tonga mol olib kelgan barcha chet ellik savdogarlardan boj olish huquqini Qo'qon tomonga topshirish;

- Sharqiy Turkistondan Qo'qon savdogarlari va fuqarolari chiqarib yuborilganda, ularning tortib olingan mol-mulklari evaziga Qo'qon xoniga tovon to'lash;

- Jahongirxo'ja qo'zg'olonini bostirish paytida qo'lga olinib, Xitoyning ichki hududlariga qul qilib sotib yuborilgan Sharqiy Turkiston aholisini, o'z navbatida Muhammad Yusuf yurishi vaqtida asir olingan xitoyliklarni qaytarib berish;

- Qo'qon xoni Sharqiy Turkistonda o'z oqsoqolini tayinlash;

- Oqsoqol Sharqiy Turkiston aholisining H qismidan soliq yig'ib olishi;

- Qo'qon xonligi Xo'jalarni Sharqiy Turkiston hududiga o'tkazmasligi.

Xitoy imperatori Daoguang 1832-yil 13-aprel kungi farmoni bilan mazkur shartnoma bo'yicha barcha zaruriy choralarni ko'rishni buyurdi" [https://shosh.uz/uz/ 6].

Qadimda Sharqiy Turkiston nomi bilan atalgan, bugungi kunda Xitoyning juda ham muhim tranzit hududi hisoblangan Shinjan-Uyg'ur avtonom rayoni va jonajon vatanimiz O'zbekiston o'rtasida o'zaro munosabatlar mustaqillikdan so'ng boy tarixiy aloqalar hisobiga yanada rivojlandi.

Xitoy xalq respublikasining Shinjan-Uyg'ur avtonom rayoni Xalq hukumati raisi Erkin Tuniyoz boshchiligidagi delegatsiyaning 2024-yil 28-mart sanasida mamlakatimizga tashrifi o'zaro aloqalarda ijobiy ahamiyat kasb etdi. Davlat rahbarimiz birodar xalq yetakchisini quchoq ochib kutib oldi, uchrashuv davomida O'zbekiston-Xitoy do'stlik va strategik sheriklik munosabatlari bugungi yuksak daraja katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Каримова Н., ^улдошев Ш., Джуманиёзова Ф., Азимов Х., Узбекистан -Хитой муносабатлари тарихидан.-Тошкент, 2022. 170-171-бетлар.

2. Шерали ^улдошев. ^укон хонлиги ва Шаркий Туркистон: сиёсий, иктисодий ва маданий алокалар.-Тошкент: Akademnashr, 2021. 65-бет

3. ^улдашев Ш. ^укон хонлиги ва Хитой (Чинг империяси) уртасидаги дипломатик муносабатлар.-Тошкент, 2019. 120-132-бетлар.

4. Бобобеков Х,.Н. ^укон тарихи.-Тошкент: Фан, 1996.-Б. 114.

5. Мушриф Мирзоолим. Ансоб ус-салотин ва таворих: "Султонлар насаби ва хоконлар тарихи" (Кукон хонлиги тарихи). Нашрга тайёрловчи: А.Матгозиев, М.Усмонова; суз боши муаллиф А. МатFOЗиев.-Tошкент: G'.G'ulom, 1995.-Б. 18.

6. https://shosh.uz/uz/qoqon-xonligi-hamda-sin-imperiyasi-xitoy-ortasida-1832-yilda-tuzilgan-shartnoma/16.04.2024

7. Зохид Мадрахимов. ^укон хонлигида савдо муносабатлари тарихи. - Тошкент, 2014. 95-бет.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.