Научная статья на тему 'QO‘QON XONLIGIDA MALIKALAR NOMI BILAN BOG‘LIQ MADRASALAR'

QO‘QON XONLIGIDA MALIKALAR NOMI BILAN BOG‘LIQ MADRASALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
663
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Malikalar / madrasa / Ming oyim / Oftob oyim / Mohlar oyim / Xokim oyim / Chalpak / Xomtama. / Malikala / madrasah / Ming ayim / Oftob ayim / Mohlar ayim / Khokim ayim / Chalpak / Khomtama.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullayev Ravshanjon Inomjon O‘g‘li

Maqolada Ming sulolasi malikalari haqidagi qisqacha ma’lumotlar va ular tomonidan bunyod etilgan madrasalar, ushbu madrasalarning tuzilishi, faoliyati, bugungi kundagi taqdiri haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MADRAS NAMED AFTER THE KINGS OF THE KOKAND KHANAT

The article provides a brief overview of the queens of the Ming dynasty and the madrasahs built by them, the structure, activities and current fate of these madrassas.

Текст научной работы на тему «QO‘QON XONLIGIDA MALIKALAR NOMI BILAN BOG‘LIQ MADRASALAR»

Abdurashidxonov yordami bilan «Turkiston» kutubxonasida bosmadan chiqadi. SHu yili uning yana bir pesasi «YAngi saodat» Turkistondagi «Matbai G'ulomiya»da toshbosmaxonada chop etiladi. Xulosa qilib aytish kerakki, Hamza Hakimzoda Niyoziy yilda vafotidan so'ng, uning asl qiyofasi o'rniga, o'zgartirilgan soxta va mavhum obrazi yaratildi. Ammo bundan Hamzani

sovetlar hokimiyati o'rnatilguncha teatrchilik ishlari bilan shug'ullanmagan deb bo'lmaydi. Shoir inqilobgacha ko'plab p'esa va dramalar yozadi. Bularni kitob holida nashr ettirish, sahnalashtirishga tavsiya etish bilan shug'ullanadi. Hamza dramaturgiya janrlarida ham samarali ijod qildi va o'zbek dramaturgiyasiga asos soluvchilardan biri bo'ldi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karomatov F. Hamza qo'shiqlari// Sharq yulduzi. № 11. 1959 yil 5 noyabr.- B. 125.

2. Qayumov L. Hamza. T;. YOsh gvardiyachi. 1997. B 19, Rizaev SH. Jadid dramasi. -T;. Sharq. 1997. -B. 72.

3. Munavvar Qori Abdurashidxonov. Tanlangan asarlar. -T;.Ma'naviyat. 2003. -B. 38.

4. Mirtursunov Z. Mohir pedegogning o'lmas g'oyalari // O'qituvchilar gazetasi. 1989 yil 18 yanvar. -B. 3.

5. Turdaliev B. Hamza asarlarining tili haqida ba'zi mulohazalar // O'zbek tili va adabiyoti. 1969 yil № 3. -B. 34.

6. «O'qituvchilar» gazetasi. 1987 yil 4 aprel. - B. 2.

7. O'zbekiston yangi tarixi. 1-kitob. Turkiston CHor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida.- T.: SHarq, 2000.- B.314.

8. O'zRFa Davlat adabiyot muzeyi. "O'zbekiston yozuvchilar arxivi", Hamza arxivi fondi. № 531 papka. 2 hujjat. 2 varaq

9. O'zRFa Davlat adabiyot muzeyi. "O'zbekiston yozuvchilar arxivi", Hamza arxivi fondi. № 681 papka. 1 hujjat. 1 varaq

10. O'zRFa Davlat adabiyot muzeyi. "O'zbekiston yozuvchilar arxivi", Hamza arxivi fondi. № 249 papka. 1 hujjat. 2 varaq

QO'QON XONLIGIDA MALIKALAR NOMI BILAN BOG'LIQ MADRASALAR МАДРАСА ИМЕНИ КОРОЛЕВ КОКАНДСКОГО ХАНАТА MADRAS NAMED AFTER THE KINGS OF THE KOKAND KHANAT

Abdullayev Ravshanjon Inomjon o'g'li

O'zbekiston fanlar akademiyasi, Tarix instituti kichik ilmiy xodimi

Annotatsiya: Maqolada Ming sulolasi malikalari haqidagi qisqacha ma'lumotlar va ular tomonidan bunyod etilgan madrasalar, ushbu madrasalarning tuzilishi, faoliyati, bugungi kundagi taqdiri haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Malikalar, madrasa, Ming oyim, Oftob oyim, Mohlar oyim, Xokim oyim, Chalpak, Xomtama.

Аннотация: В статье дается краткий обзор королев династии Мин и построенных ими медресе, структура, деятельность и текущая судьба этих медресе.

Ключевые слова: Маликала, медресе, Минг айим, Офтоб айим, Мохлар айим, Хоким айим, Чалпак, Хомтама.

Resume: The article provides a brief overview of the queens of the Ming dynasty and the madrasahs built by them, the structure, activities and current fate of these madrassas.

Key words: Malikala, madrasah, Ming ayim, Oftob ayim, Mohlar ayim, Khokim ayim, Chalpak, Khomtama.

Qo'qon xonligida me'moriy yodgorliklarni barpo etishda, o'z davrining ilm maskanlari sanalgan madrasalar qurilishiga alohida ahamiyat qaratilgan. Xonlikdagi madrasalar hukmron sulola vakillari, yuqori martabali amaldorlar, ma'rifatli boy zamindorlar, islom ulamolari hamda tasavvuf namoyandalari tomonidan qurdirilgan bo'lib, odatda ushbu madrasalar uni qurdirgan shaxs nomi bilan atalgan.

Qo'qon madrasalari orasida Ming sulolasi malikalari nomi bilan bog'liq madrasalarni ham qayd etish joiz. Xususan, Qo'qon xonligi malikalari orasida birinchilardan bo'lib malika Ming oyim tomonidan madrasa bunyod ettiriladi. Ushbu malika haqida manbalarda ma'lumotlar kam uchraydi. Uning tug'ilgan va vafot etgan yillari qayd etilmagan. Ming oyimning asl ismi Faxrinniso bo'lib, Imomqulibekning qizi edi. Mazkur malika Qo'qon xonligini 1863-1898 yillarda boshqargan Norbo'tabiyga turmushga chiqadi. Bu haqda manbalarda quyidagicha ma'lumotlar uchraydi, "Erdonabiy davrida Irisqulbiy Marg'ilonda hukumat yurgizardi. Erdonabiy vafot etgach, Irisqulbiy boshchiligida amirlar Qo'qon taxtiga Sulaymonbiy ibn Shodibiyni o'tqazdilar. Ammo Sulaymonbiy davlat ishlariga layoqatsiz bo'lganligidan olti oylik hukmronlikdan so'ng unga qilingan suiqasd natijasida hayotdan ko'z yumadi, Qo'qon taxtiga esa Abdurahmonbiyning o'g'li Norbo'tabiy (1763-1798) o'tiradi. Uning ham taxtga o'tirishida davlat boshqaruvida nufuzi katta bo'lgan amaldorlar Irisqulibiy va Abdurahmon Bahodir muhim rol o'ynaganliklari qayd etiladi [1]. Bir necha vaqtdan so'ng Norbo'tabiy va Irisqulibiy o'rtasida qarama-qarshilik vujudga keladi. O'sha paytlarda Irisqulibiyning qarindoshlaridan ikki nafar amirzodalar Chust viloyatida bo'lib, ular ham Norbo'tabiyga qarshi qo'zg'ala

boshlaydilar. Norbo'tabiy bu xabarni eshitiboq qo'zg'alonni bostirish uchun qo'shin bilan Chustga tomon yurish qiladi. Dastlabki hujumdayoq Chust qal'asini ishg'ol qiladi va qo'zg'alon ko'targan ikki amirzodani qo'lga olib qatl ettiradi. Bu xabarni eshitgan Irisqulibiy dono elchilarni Norbo'tabiy oldiga jo'natib, yarash va sulh taklif qiladi. Nihoyat o'rtada kelishuvga erishilib, Irisqulibiy ukasi Imomqulibiyning qizi Ming oyimni Norbo'tabiyga nikohlab beradigan bo'ladi [2]. Yana bir manbada ushbu nikoh shunday tasvirlanadi, "Norbo'tabiy Faxrinniso nom, laqabi Ming oyim bo'lgan Imomqulibekning muhtarama qizini sharif shariat qoidalariga binoan o'z nikohiga kiritib, shohona to'ylar qildi" [3]. Shu tariqa Ming oyim Norbo'tabiyning nikohiga kiradi.

Ming oyim haqida Qo'qon xonligi tarixi bilimdon Muhammad Yahyoxon Xo'qandiy shunday yozadi, "Xo'qand malikasi, Norbo'tabiyning zavjalari, Imomqulibiy otaliqning qizlari, Ming sulolasidan bo'lganliklari uchun "Mingoyim", go'zalliklari tufayli "Zuhro oyim", xayr-exson borasidagi faoliyatlari uchun "Xalq onaxoni" deb nom olgan" [4]. Ming oyim nomi arxiv xujjatlarida Izzat bibi tarzida ham qayd etiladi [5].

Norbo'tabiyning nikohida Ming oyimdan boshqa yana bir ayoli bo'lib, ushbu 2 malikadan 5 ta o'g'il, 5 ta qiz farzandlar dunyoga kelgan. O'g'il farzandlari ichida Olimxon va Umarxonlarning onasi Ming oyim bo'lgan [6]. Norbo'tabiy vafot etgach unig vorislari o'rtasida toj-u taxt uchun kechgan kurashlarda Olimxon g'alaba qilib, Qo'qon xonligi taxtini egallaydi. O'g'li Olimxon (1798-1810) davrida malika Ming oyim 1805-yilda Qo'qonda Chorsu maydonining sharqiy tomonida madrasa qurdiradi [7]. Madrasa qurilishiga Ming oyim bosh bo'lgani uchun madrasani malika nomiga Madrasai Mingoyim deb nomlaydilar. Ilm

toliblariga to'la bo'lgan madrasaga ko'p vaqflar ajratiladi [3]. Madrasa katta yo'lning ikki chetida qurilganligi uchun "Qo'sh madrasa" deb ham atalgan [4].

Qo'qon xoni Norbo'tabiy va Ming oyimlarning o'g'il farzandlaridan tashqari qizlari ham bo'lganligini yuqorida ko'rsatgan edik. Ushbu qizlar ichida Oftob oyim onasi Ming oyimdan o'rnak olib, madrasa barpo ettiradi. Ushbu madrasa 1806-yilda qurilgan bo'lib, Oftoboyim madrasasi deb atalgan [8]. Muhammad Yahyoxon Xo'qandiyning ko'rsatishicha madrasa hijriy 1221-yilda Norbo'tabiy qizlari, Ma'sumxon to'raning zavjalari, Olimxon va Amir Umarxonning opalari Oftob oyim tomonidan qurilgan. Qo'qonning Degrezlik va Rixtagarlik mahallalari tutashgan yerda joylashgan. Bosh mudarrislikka mullo Sarvariddin oxund domla Sadriddin o'g'illari tayinlanganlar. Madrasa hujralari soni 20 ta bo'lib, 4 nafar mudarris 42 tolibi ilmlarga saboq bergan. Hozirgi paytda kichik bir qismi saqlanib qolgan [4].

Malika Ming oyim kichik o'g'li Umarbekka 1808-yilda Andijon hokimi Rahmonqulibiyning qizi Mohlar oyimni kelin qilib tushuradi. Bu vaqtda Umarbek Marg'ilonda hokimlik qilar edi. Dastlab Andijondan Marg'ilonga kelin bo'lgan Mohlar oyim oradan 2 yil o'tgach turmush o'rtog'i Umarbekni Qo'qon taxtiga (18101822) chiqishi bilan Qo'qonga xon saroyiga ko'chib o'tadi. Nodira, Komila, Maknuna tahalluslari bilan ijod qilgan mazkur malika qayin onasidan ibrat olib o'g'li Muxammad Alixon (1822-1842) hukmronligi davrida madrasa qurilishiga bosh bo'ladi. Mohlar oyim nomi bilan atalgan ushbu madrasa 1840-yilda Qo'qonning Taroqchilik mahallasining shimoliy qismida qurilgan bo'lib, 37 hujradan iborat bo'lgan [9]. Mohlar oyim madrasasi 1918-yilgi janglar natijasida vayron bo'lgan.

Xonlik malikalari tomonidan qurilgan madrasalarning keyingilari qirg'izlarning saru urug'idan bo'lgan malika Jarqin oyim nomi bilan bog'liq. Jarqin oyim Qo'qon xoni Sheralixon (1842-1845)ning rafiqasi bo'lib, xalq orasida "Hokim Oyim" degan nom bilan mashhur edi. Jarqin Oyim tomonidan

Qo'qonning Katta Qabristoni hududida hijriy 1260 (milodiy 1844) yilda Chalpak deb nomlangan madrasa qurdirilgan. Madrasa inshooti 29 hujra, bir necha darsxona, masjid, tahoratxona va yordamchi binolardan iborat bo'lgan. Masjid, darvozaxona kabi qismlari saqlangan. Inshoot Usta Bozor Muxandis nomli me'mor boshchiligidagi ustalar tomonidan qurilgan. Madrasaning "Chalpak" deb nomlanishiga sabab shuki, bu yerda dastlab Hokim oyim, keyinchalik shahar boylari hisobidan ko'p miqdorda chalpak pishirilib, muhtojlarga ulashib turilgan. Madrasa Qo'qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivalining o'tkazilishi munosabati bilan qayta tamirlangan.

Jarqin oyim o'g'li Xudoyorxon (18451858, 1862-1863, 1865-1875) davriga kelib, 1858-yilda yana bir madrasa qurdiradi [10]. Madrasai Xomtama nomi bilan ataluvchi ushbu madrasa Qo'qonning Yangi Chorsu mavzeyida qad rostlaydi. Mazkur madrasada tolibi ilmlarga vaqf mulklaridan kelgan daromad hisobidan nafaqadan tashqari xom yemish, ya'ni xom oshlik ham berib turilgan. Eski o'zbek tilida xom oshlik "xomtomog'" deb ham atalgan. Talaffuzda "xomtomog'" "xomtama" shakliga kelib qolgan. 26 ta xujradan iborat bo'lgan Xomtama madrasasi ham boshqa ko'plab madrasalar kabi sho'rolar davrida buzib yuborilgan [4].

Hokimoyim dono maslahatchi, qanchadan-qancha savob ishlarning tashabbuskori bo'lgan, o'zining vafotidan so'ng qilinishi lozim bo'lgan xayrli amallarni o'g'li Xudoyorxonga vasiyat qilib qoldirgan. 1868-yil ramazon oyida Hokimoyim vafot etadi. Uni Qo'qon malikalarining hazira(bir urug' yoki oila a'zolarining qabrlaridan iborat kichik qabriston)siga dafn etadilar. Janozadan qaytgan xon uzlatda o'n kecha-kunduz surunkasiga toat-ibodat qilib, shundan keyingina davlat ishlariga aralashib, haramga kiradi [14].

Onasining vafotidan so'ng Xudoyorxon Hokimoyimga atab madrasa qurdirishga farmon beradi. Manbalarga ko'ra madrasa 1869-1870-yillarda qurib bitkazilgan. Madrasa bunyod etilgan joy va uning me'mori haqida quyidagicha

ma'lumot uchraydi: "Xudoyorxon volidai sharaflarini vasiyatlari birla onalarini nomig'a madrasa solmoq bo'lub, mulla Turdiali mirzoni ishboshi qilib, masjidi jomening sharqida madarsayi oliy binosig'a mashg'ul bo'lib, sahl vaqtida itmomig'a etib, Madrasai "Hokim oyim" nomzod qildi. Va yana madrasai "Hokim oyim"g'a Shahrixon ustida daryodan ariq chiqarib, hiroji vaqf ayladi" [11]. Muhammad Aziz Marg'iloniyning yozishicha, madrasa barpo etishga sarf-xarajat nisbatan kam bo'lgani sababli u anchagina sifatsiz qurilgan edi. Natijada, ma'lum vaqt o'tgach uning devorlari yorila boshlagan [12].

Xudoyorxonning ukasi Marg'ilon hokimi Sulton Murodbek ushbu madrasani qayta qurdirgan va unga vaqflar ajratgan.

Xususan, Marg'ilondagi Chitfurishlik bozori qarshisida karvonsaroy tiklatib, madrasaga vaqf qilgan. Xudoyorxon ham Hokim Oyim madrasasi to'laqonli faoliyat yuritishi uchun markaziy bozordagi 214 ta do'kon va bitta hammomni vaqf sifatida ajratishga buyruq bergan. Shuningdek madrasaga Xonobod, Yangi qishloq, Tojik qishloq, Qang'li, Tiliming, Oqqo'rg'on, Isa avliyo qishloqlari va yana Qo'qondagi 32 ta do'kon ham vaqf mulki qilib berilgandi [13].

Xulosa qilib aytganda Qo'qon xonligi malikalari mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida faol qatnashib, ilm ahliga homiylik qilgan, ko'plab bunyodkorlik ishlariga bosh bo'lishgan. Ayniqsa madrasalar barpo etish, Qo'qon malikalari orasida an'anaga aylangan.

Foydalanilgan manba va adabiyotlar:

1. Sh.Yu.Maxmudov. Qo'qon xonligining ma'muriy-boshqaruv tizimi (1709-1876 yy.) Tarix fanlar nomzodi. ...diss. Toshkent. 2007. 35-bet

2. Muhammadxakimxon to'ra. Muntaxab at-tavorix (Xo'qand va Buxoro tarixi, sayohat va xotiralar). Toshkent. 2010. 244-245-betlar.

3. Xudoyorxonzoda. Anjum at-tavorix. Toshkent. 2014. 139-bet.

4. M.Ya.Xo'qandiy. Xo'qandi latif manoqibi. Toshkent. 2018. 65-68-78-betlar.

5. O'zbekiston milliy arxivi. I-47-fond, 1-ro'yxat, 328-yig'majild, 3-varaq.

6. Mirzo Olim Maxdum hoji. Tarixi Turkiston. Toshkent. 2008. 60-bet.

7. O'zbekiston milliy arxivi. I-47-fond, 1-ro'yxat, 328-yig'majild, 30 - a varaq.

8. Sh.H. Vohidov. Qo'qon xonligi tarixi (xonlik tarixi - manbalarda). Toshkent. 2014. 54-bet.

9. O'zbekiston milliy arxivi. I-47-fond, 1-ro'yxat, 328-yig'majild, 32 - a varaq.

10. O'zbekiston milliy arxivi. I-47-fond, 1-ro'yxat, 328-yig'majild, 34 - a varaq.

11. Mirzoolim Mushrif. Ansob us-salotin va tavorix ul-havoqin / Nashrga tayyorlovchilar A.Matg'oziev, M.Usmonova. Toshkent. 1995. 79-bet.

12. Muhammad Aziz Marg'iloniy. Tarixi Aziziy / Nashrga tayyorlovchilar Sh.Vohidov, D.Sangirova. Toshkent. 1999. 15-bet.

13. M.O. Alixojiyev. Qo'qon xonligining madaniy hayotida maktab va madrasalarning tutgan o'rni (1800-1876 yy.): Tarix fanlari nomzodi... dis. Toshkent. 2012. 101-bet.

14. Umarov Sh. Xudoyorxon avlodlari tarixi. Toshkent. 2016. 180-bet.

УЗБЕК ТИЛИ ОНОМАСТИК ТИЗИМИДА КОНВЕРСИЯ

КОНВЕРСИЯ В ОНОМАСТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЕ УЗБЕКСКОГО ЯЗЫКА

CONVERSION IN THE ONOMASTIC SYSTEM OF THE UZBEK LANGUAGE

Д.Сативолдиева - мустакил тадкикотчи, Наманган ДУ Ш.Д.Каримов- докторанти, Самарканд ДУ

Аннотация: Маколада ономастик конверсия усули ва у билан ономастик бирликлар хосил килиш далиллар асосида ёритилган.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.