Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYODA BAHS-MUNOZARA ODOBI SHAKLLANISHI VA UNDA MUTAFAKKIRLARNING O‘RNI'

MARKAZIY OSIYODA BAHS-MUNOZARA ODOBI SHAKLLANISHI VA UNDA MUTAFAKKIRLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

183
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bahs-munozara / axloq me‟yorlari / Arastu / Beruniy / ibn Sino / Ma‟sumiy / bahs-munozara qilish axloqiy me‟yorlari

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Qahramon Qizi Guzal Salimova

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar tomonidan olib borilgan bahs-munozara qilish odobi va ular amal qilgan axloqiy me‟yorlar tahlil qilinadi. Allomalar tomonidan olib borilgan bahs-munozaralar turli xil mavzular doirasida bo„lib, har bir munozarada bir necha savol va javoblar bo„lgan. Bu ilmiy munozara va olimlar o„rtasidagi savol javob qilish axloqiy me‟yorlari jadal qilishning o„ziga xos uslubini amaliyotga tatbiq etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article analyzes the etiquette of the debate conducted by Abu Rayhan Beruni and Abu Ali ibn Sina and the ethical norms they followed. Discussions by scholars were on a variety of topics, with several questions and answers in each discussion. It has put into practice a unique way of accelerating the scientific debate and ethical question-and-answer ethics among scholars.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYODA BAHS-MUNOZARA ODOBI SHAKLLANISHI VA UNDA MUTAFAKKIRLARNING O‘RNI»

MARKAZIY OSIYODA BAHS-MUNOZARA ODOBI SHAKLLANISHI VA UNDA MUTAFAKKIRLARNING O'RNI

Ushbu maqolada Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali ibn Sinolar tomonidan olib borilgan bahs-munozara qilish odobi va ular amal qilgan axloqiy me'yorlar tahlil qilinadi. Allomalar tomonidan olib borilgan bahs-munozaralar turli xil mavzular doirasida bo'lib, har bir munozarada bir necha savol va javoblar bo'lgan. Bu ilmiy munozara va olimlar o'rtasidagi savol javob qilish axloqiy me'yorlari jadal qilishning o'ziga xos uslubini amaliyotga tatbiq etgan.

Kalit so'zlar. Bahs-munozara, axloq me'yorlari, Arastu, Beruniy, ibn Sino, Ma'sumiy, bahs-munozara qilish axloqiy me'yorlari

This article analyzes the etiquette of the debate conducted by Abu Rayhan Beruni and Abu Ali ibn Sina and the ethical norms they followed. Discussions by scholars were on a variety of topics, with several questions and answers in each discussion. It has put into practice a unique way of accelerating the scientific debate and ethical question-and-answer ethics among scholars.

Keywords: Debate, ethics, Aristotle, Beruni, Ibn Sina, Masumi, debate ethics.

Sharq xalqlari tarixiy rivojlanishining bir qancha manbalari bo'lib, ular dan biri Sharq axloq me'yorlari qoidalaridir. Bu manbalarda axloq tamoyillari va me'yorlarining namunalarini ko'rishimiz mumkin. Darhaqiqat axloq me'yorlari va tamoyillari jamiyatning har qanday muammolarini hal qilishda tayaniladigan, necha asrlar davomida xalqimiz tomonidan shakllantirilgandir. Hozirda globallashuv davrida rivojlanayotgan "ommaviy madaniyat" va "nigilizm" kabi illatlarga qarshi kurashishda ham aynan axloq qonun-qoidalariga tayanishimiz zarur. Yurtimiz allomalari, xattoki, ilmiy bahs-munozaralar paytida ham axloqiy me'yorlarga amal qilganlar. Bunga misol tariqasida Abu Rayhon

Qahramon qizi Guzal Salimova

O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi doktoranti sevda [email protected]

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

March, 2022

Beruniy va Abu Ali ibn Sino tomonidan olib borilgan ilmiy bahs-munozaralarni keltirishimiz mumkin. [1]

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Biz namuna tarzida keltirayotgan bahs-munozaramiz ibn Sino va Beruniy yozishmalariga oiddir. Ya'ni, ibn Sino va Beruniy yozishmalar orqali olib borgan bahs-munozarada Beruniy ibn Sinoning javoblaridan qoniqmagan. Ma'sumiy nomli olim esa sakkiz marotaba davom etgan bu bahs-munozaraga o'z munosabatini bildirgan holda Beruniyni tanqid qilgan. Beruniy ilk bahs-munozaralardanoq ibn Sinoning javoblaridan norozi bo'lgan va o'z noroziligini bildirish uchun qisqa va lo'nda javoblar bilan uning fikriga qo'shilmasligini bayon etgan. Bahs-munozaraning sakkizinchi qismida esa ibn Sinoning shogirdi va do'sti Ma'sumiy Beruniyning fikrlarini qattiq qoralagan holda, bahs-munozara masalalariga o'z fikrini dalillar orqali birma-bir keltirib o'tgan.[2]

Xorazmlik Abu Rayhon Muhammad Ahmad Beruniy (362-442/973-1050) Abu Ali Husayn Abdulloh ibn Sinoga(370-428/980-1037) o'n sakkizta savol berdi. O'nta savol Arastuning "Osmon kitobi"("as-Sama val Alam") asaridagi turli tushuncha va g'oyalar bilan bog'liq edi. Ikki olimning bahs-munozaralarining birinchi qismida, ibn Sino Beruniyning savoliga javob beradi va o'z fikrini tasdiqlash uchun Arastu keltirgan osmon jismlarining aylanma harakati ularning tug'ma xususiyati ekanligi haqidagi sabablarni dalil qilib oladi. Ibn Sino Beruniy tomonidan berilgan savollarning har biriga o'ziga xos tarzda javob berdi. Bu javoblardan qonoatlanmagan Beruniy birinchi bahs-munozaradagi sakkizta javobni va ikkinchi bahs-munozaradagi yettita javobni sharhlab xat yozdi. Bu safar esa javob Abu Said Ahmad ibn Ali Ma'sumiydan keladi. Abu Said Ahmad ibn Ali Ma'sumiy ibn Sinoning shogirdlari orasida yuksak mavqega erishib faqih unvonini olgan edi. U islom natur falsafasining yirik vakilllaridan biri bo'lgan ustozi ibn Sino nomidan yozdi. "Shu tarzda, Ma'sumiyning uzundan-uzun javobi ikki buyuk alloma, islom taffukkurining yorqin yulduzlarining murakkab va mukammal muzokaralariga yakun yasaydi" - deb yozadi Sayyid Xusayn Nasr - munozara olib borilgan mavzularning jiddiyligi va ahamiyatliligi islom intellektual tarixi va umuman o'rta asrlar tabiaty falsafasi va ilm - fanning eng yorqin nuqtalaridan biridir. [3]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Beruniy va ibn Sino o'rtasidagi bahs-munozara

asosan Arastuning „Osmon haqida" va „Fizika" asarlarida

March, 2022

keltirilgan fikrlar haqida bo'lib o'tgan.[4] Biz ikki olim o'rtasidagi bahs-munozarani Ma'sumiyning yozgan raddiyasi orqali bilib olishimiz mumkin.

"Mehribon va rahmdil Alloh nomi bilan..." deb boshlanadi maktub

1. Ustoz Abu Ali Husayn Abu Abdulloh ibn Sino rahmatullohi alayh dedilar:

"Barcha hamdlar olamlarning parvardigori Allohga bo'lsin, U o'zi kifoya va U eng

yaxshi vakildir. G'alaba beruvchi, yordam beruvchi. Alloh taolo hazratimiz

Muhammad alayhissalomga, uning oilasi va barcha sahobalariga salovotlar bo'lsin deb bahs-munozaramizni boshlaymiz:

2. Bu xat Xorazmlik Abu Rayhon Beruniy tomonidan yuborilgan savollarga javobdir. Alloh taolo sizga ikki dunyo saodatni ato etsin va sizni har ikki hayotda yomon ko'radigan narsalardan saqlasin. Arastuga "As-Sama' va'l-Olam" kitobida keltirilgan ba'zi masalalarga , oydinlik kiritishni so'radingiz va siz ularni muammoli deb topdingiz. Men bularni qisqacha va ixcham tarzda tushuntira boshladim, Lekin ba'zi dolzarb masalalar keltirilgan savollarga o'z holicha javob berishimga to'sqinlik qildi. Qolaversa, sizga javob jo'natish, Ma'sumiyning sizga maktub jo'natishini kutib, kechiktirildi. Endi men sizning savollaringizga javob berishdan oldin, ayrim fikrlaringgizni keltirib, keyin har bir savolga qisqacha javob beraman.

Yuqoridagi bahs-munozara uslubini ko'rib turganimizdek, olimlar bir-birini fikrlarini hurmat qilgan holda, o'z e'tirozlarini bildirishi axloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri - insonparvarlikdan dalolat beradi. U - insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va barqaror etadigan g'oyalar, qarashlar va e'tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr - qimmati, uning baxtli bo'lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga yengilmas ishonch.

Agar insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq - huquqlari himoyasida tursa, ya'ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo'lsa, erkparvarlik tamoyili uning ma'lum ma'noda muayyanlashgan bir qismi hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi - erkin, ozod yashash huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero erksiz inson - asir, erksiz millat - qul, erksiz mamlakat -mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o'z millati o'z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo'ygan insonlar tamoyilidir. Ayni paytda, bu tamoyil keng ijtimoiy siyosiy ma'noda ham qo'llaniladi. Buni erkparvar davlatlar faoliyatida ko'rish mumkin.

3. Birinchi savolinggiz: Siz(Alloh sizni asrasin) nega Arastu samoviy jismlarda tortishish kuchi ham yo'q, deb da'vo qildi va nega

markazdan markazga harakat yo'qligini inkor qildi, deb

so'radingiz. Biz taxmin qilishimiz mumkinki, osmon eng og'ir

March, 2022

jismlar qatorida bo'lgani uchun - va bu tahmin emas, balki aniqlik - u markazga qarab harakat qilishni talab qilmaydi, chunki uning barcha qismlariga o'xshash deb hisoblanadigan universal qonun.

4. Ikkinchi savolinggizga javob: Alloh sizni baxtli qilsin, siz meni osmonda na ko'tarilish, na tortishish kuchi borligini isbotlashdan qutqardingiz, chunki siz muqaddimangizda osmondan yuqorida harakat qiladigan joy yo'q, u ham harakat qila olmaydi, ham pastga siljiy olmaydi, chunki uning barcha qismlari bog'langan deb tan oldingiz. Shu fikringgizdan kelib chiqib, biz uni ajratilgan deb tahmin qilishimiz mumkin - bu barcha elementlarning tabiiy pozitsiyalaridan harakatlanishiga olib keladi va bunga na ilohiy, na tabiiy qonunlar tomonidan ruxsat berilmaydi. Va bu tabiiy qonunlarda ruxsat etilmagan bo'shliqni ham o'rnatadi.

Yuqorida keltirilgan jadal tahlilidan shuni bilib olishimiz mumkinki, bahs -munozara va uning olib borilishining o'z qoidalari va me'yorlari bor. Olimlarimiz tomonidan agar bu me'yorlarga amal qilinmasa nima hodisalarga olib kelinishi G'azzoliyning "Ihyou Ulumiddin" kitobida bayon etilgan. Bu asarda salbiy munozaralarni keltirib chiqaruvchi yomon xulqlar sanab o'tilgan. Axloq normalari deb amallarga joriy qiladigan umumiy buyruqlar va taqiqlar orqali kishilar hatti harakatini tartibga soluvchi axloq - odob talablarining shakliga aytiladi. G'azzoliy sanab o'tgan o'nta ofat axloq normalariga mutlaqo zid bo'lib, ular quyidagilardir: Hasad,takabburlik, hiqd (gina-qudrat), g'iybat, josuslik, odamlarning nochorligidan sevinish, nifoq (ikkiyuzlamachilik), haqdan yuz o'girish, riyo kabilardir.[4]

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, axloq me'yorlariga amal qilingan holda olib borilgan ilmiy-bahs-munozaralar orqali fanda, umuman olganda jamiyat uchun foydali bo'lgan yakuniy xulosalarga erishish mumkin. Masalan, biz misol tarzida keltirgan Beruniy va ibn Sino o'rtasidagi bahs-munozaraning eng yaxshi natijalaridan biri bu issiqlik va elektr toki haqidagi fikrlarning tugal yakuniy xulosaga kelinishidir.[5] Mana shu kabi allomalarimizning asarlarini o'rganish, falsafiy tahlil qilish orqali axloqning tarkibiy tuzilishiga kiradigan axloqiy ong, axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlarning[6] jamiyatimizda yanada qaror topishiga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz. Malumki sharqda g'arbdan farqli o'laroq azaldan kollektivizm jamiyatda, ijtimoiy munosabatlarda muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Bu omil sharqda jamiyat a'zolarining o'zaro mehr rishtalarini bog'lashligi bilan jamiyatining hamjihatligini ta'minlab kelgan. Biz Beruniy, ibn

Sino, Abdurrahmon Samarqandiy, Shamsiddin Samarqandiy kabi

March, 2022

olimlarning asarlari bilan tanishib chiqib, sharqdagi kollektivizm g'oyalariga sharq mutafakkirlarning Islom ta'limotlariga asoslangan qarashlari sabab bo'lgan degan xulosaga kelamiz. Aynan mana shu mutafakkirlarimizning asarlarni o'rganish natijasida biz kelajakda o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz - farovon jamiyat qurish, demokratik islohotlar qilish orqali jamiyatning yashash turmush tarzini yaxshilash, mukammallashtirish kabilarga erishamiz.

REFERENCES

1. Ибн Сино. Переписка Беруни и Ибн Сино. - Абу Али ибн Сино. Избранные произведения. Т.1. [Текст]. - Душанбе : Ирфон, 1980. B - 250.

2. Диноршоев, М. Натурфилософия Ибн Сины [Текст]. - Душанбе : Дониш, 1985. B - 105.

3. Сейид Хусейн Наср. Философии ислама : Авиценна (ибн Сина), ас -Сухраварди, ибн Араби/ Перевод с английского, предисловие и комментарии Р. Псху. ООО "Садра", г. Москва. 2014. B - 95.

4. G'azzoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad "Ihyo Ulum ad-din"/ Mas'ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur: tarjimon Mubasshir Ahmad. -Toshkent: Islom universiteti, 2014. B - 106.

5. Ибн Сино. Переписка Беруни и Ибн Сино. - Абу Али ибн Сино. Избранные произведения. Т.1. [Текст]. - Душанбе : Ирфон, 1980. B - 279.

6. "Axloqshunoslik" O'quv qo'llanma. -Po'latova D. A.,Ro'zmatova G.M., Jalolova O'.K. T.: TDSHI, 2013. B - 116.

March, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.