Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences A ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
SHAMSIDDIN SAMARQANDIY VA ABDURRAHMON SAMARQANDIYNING ASARLARIDA "BAHS-MUNOZARA" ATAMASI VA
UNING TAHLILI
d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-3-817-822
Salimova Guzal Qahramon qizi
Xalqaro islom akademiyasi doktoranti Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi xodimi +998933377747
ANNOTATSIYA
Ushbu tadqiqot ishining asosiy maqsadi bahs, munozara, jadal, diskussiya, diskusiya, polemika, tortishuv kabi atamalarning bir-biridan farqlab, ularning ma 'nolari va olib borilish tartibini qiyosiy tahlil orqali tartibga solishdan iborat.
Kalit so'zlar. Bahs, munozara, jadal, polemika, tortishuv, diskussiya, diskursiya, Shamsiddin Samarqandiy, G'azzoliy, Abdurrahmon Samarqandiy
АННОТАЦИЯ
Основной целью данного исследования является разграничение таких терминов, как дебаты, дискуссия, дебаты, дебаты, полемика, дебаты, а также регулирование их значений и порядка проведения посредством сравнительного анализа.
Ключевые слова: Дебаты, полемика, жадал, обсуждение, Шамсиддин Самарканди, Газзали, Абдуррахман Самарканди
ABSTRACT
The main purpose of this research is to differentiate between terms such as debate, discussion, debate, debate, controversy, debate, and to regulate their meanings and order of conduct through comparative analysis.
Keywords: Debate, controversy, jadal, discussion, Shamsiddin Samarkandi, Ghazzali, Abdurrahman Samarkandi
KIRISH
Avvalo, bahs - munozara - mujodala - tortishuvlarning axloqiy xususiyatlari, uning hozirgi zamondagi ahamiyatini gapirishdan avval, bu atamalarning ma'nosi va mazmuni, va ayni damdagi bu so'zlarning siyosatda, xalqaro munosabatlarda, saylovlarda qanday nomlar bilan atalishini ham ko'rib o'tamiz. Chunki, bahs - munozara - tortishuv va jadal bir biridan biroz bo'lsada farq qiladi. Shuningdek, G'arb falsafasida, mantiqda bu atamalar
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
o'zgacha nom bilan ham ataladi. Yuqoridagi tushunchalarning aksariyati o'zbek tilining izohli lug'atida sinonim tarzida berilgan bo'lib, aslida esa, Shamsiddin Samarqandiy, Abdurrahmon Samarqandiy, G'azzoliy kabi allomalarning asarlarini o'rganadigan bo'lsak, ular bir-biridan ma'nosi, amaliyotda qo'llanilishi va olib borilish tartibi bilan bir-biridan farq qiladi. Shuning uchun, bahs-munozara olib borilishing axloqiy jihatlarini ko'rishdan avval, ma'nolarini yaxshilab tushunib va farqlay olishimiz darkor.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbek tilining izohli lug'atida munozara haqida shunday deyiladi: "Munozara - [a. oj^U* - bahs, mubohasa, tortishuv; nazorat] 1. Ilmiy, adabiy, siyosiy, diniy va shu kabi masalalar yuzasidan tortishuv; bahs. Ilmiy munozara." [1.640] O'zbekiston Milliy ensiklopediyasida esa mana shunday ta'rif berilgan: "Munozara - 1) bahs, fikrlar tortishuvi. 2) mumtoz adabiyotda keng tarqalgan janr. Fikrlar kurashi shaklida yozilgan badiiy asar. Munozarada turli narsa, hodisa, tushuncha, holat va boshqalar konfliktga kirishadi. Munozaraning qissadan hissa chiqarish yoki muallifning muayyan masala haqidagi xulosasi bilan tugallangan shakllari ham bo'ladi." [2.130]
Yuqorida keltirilgan ta'riflardan shu ma'lum bo'ladiki munozara, mubohasa, bahs va tortishuv atamalari sinonim tarzida berilgandir. Endi esa, bu atamalarga berilgan izohlarni alohida ko'rib o'tsak.
"Tortishuv - bahs, munozara". [1.154]; "Bahs - [a. - muhokama; tadqiqot, mubohasa] - 1. Biror narsa, holat yoki masalani yoqlash maqsadida o'tadigan munozara, tortishuv. 3. Musobaqa, bellashuv." [1.198]
Yuqoridagi izohlardan ma'lum bo'ldiki, bahs - munozara - tortishuv aynan bir ma'noni anglatar ekan. Lekin falsafada - mantiqda bu sohaga aloqador yana bir qancha atamalar bor va u xalqaro munosabatlarda o'z nomi bilan ataladi va ko'pincha tarjima qilinmaydi.
Diskussiya bu - bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan fikrlar kurashi emas, balki hamkorlikda ishlash shaklini o'zida namoyon qiladi. Bu fikrimizga (lot.discussion -tadqiqot, muhokama) diskussiya so'zning etimologiyasi ham mos keladi. [3.29]
Diskussiya bu - (lot. discussio - ko'rib chiqish, tadqiq qilish) - to'g'ri olib borilishi nazarda tutiladigan tortishish(cnop)ning o'ziga xos shakli bo'lib, va undan asosiy maqsad tomonlar o'rtasidagi kelishuvga erishishdir.[4.13]
Ya'ni, diskussiya bu tortishuvning o'zaro shaklidir, diskussiyadan maqsad tomonlar hamkorlikda, tadqqiot qilib, o'zaro bilim almashib, kelishuvga erishishdir. Diskussiyada Imom G'azzoliy ta'kidlaganidek, "Suhbatdoshini gapirtirmasdan,
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
"o'chirib" qo'yish"[5.34]ni o'z oldiga maqsad qilmaydi. Balki bir - birini bilimini to'ldirib, bir xulosaga kelinadi.
Bahs - munozaraning falsafadagi yana bir turlaridan biri bu polemikadir. Polemika - ham diskussiya kabi o'rtada paydo bo'lgan tortishuv, nizoning to'g'ri hal qilinishining shakllaridan biridir, ammo polemika olib borishda o'z qarashlarida mahkam turib olib, raqibning fikrlarini qat'iyan rad etiladi. Ikki tomonning qarashlarini jamlab bir xulosaga kelish diskussiya uchun omadli, polemika uchun esa noodatiy yakundir.[6] Bu yo'nalish disput va diskussiyadan o'z maqsadini yo'naltirilganiga ko'ra farq qiladi. Diskussiya ishtirokchilari qarshi tomon bilan haqiqatga yetishish uchun umumiy xulosaga kelish yo'llarini qidirsalar, polemikadan ko'zlangan asosiy maqsad esa, raqibining ustidan g'alaba qozonib, o'z pozitsiyasiyasida qat'iy turib olish bo'ladi.[7] Ko'rib turibmizki, diskussiyada tomonlar kelishib, bir xulosaga kelinsa, polemikada esa aynan bir tomonning g'olibligi tan olinishi kerak. Biz yuqorida bahs munozaralarning izohli lug'atlarda sinonim sifatida berilganligining guvohi bo'lgan edi, lekin e'tiborimizni G'azzoliyning "Ihyou Ulumiddin" asaridagi aynan mana shu diskussiya va polemika o'rtasidagi farqni o'z tilida tushuntirganiga qaratamiz: "Suhbatdoshini gapirtirmaslik, kamsitish, nodonlikda ayblash maqsadida qilinadigan bahs, shubhasiz mujodala -tortishuvga aylanadi"[5.34].
Ko'rib turibmizki, G'azzoliyning qarashlari bo'yicha, diskussiya - bu bahs, polemika esa mujodala - tortishuvdir.
Bilamizki, hozirda, nafaqat ilm sohasida, balki xalqaro siyosiy maydonlarda biror bir siyosiy, ijtimoiy va boshqa muammolarni hal qilish uchun omma oldida munozara qilish demokratiyaning bir ko'rinishi deb hisoblanadi. Bu esa bahs qilish, munozaraning boshqa bir turini keltirib chiqaradi. Bulardan biri "debat"dir.
"Debat - bu konkret argument - dalillar keltirgan holda jamoatchilikning ko'z oldida tortishishdir." [4.15] Debatda tortishayotgan ikki tomonning ham o'rni muhim ahamiyatga ega. Chunki raqiblarning har ikkisi ham "zal"(omma)ga o'z ta'sirini o'tkazadi. Va asosiysi opponentlar o'rtasida aynan mana shu "ta'sir" uchun kurash bo'ladi. Munozaraning bu shakli mazmunan polemikaga o'xshab ketadi.
Yana bir munozaraning shakllaridan biri bu - disputdir.
"Disput - ilm ahli atrofida akademik tarzda qilinadigan debatdir."[4.16] Bahs -munozaraning aynan mana shu shaklidan O'rta asr universitetlari unumli foydalanganlar. Disputni ilmiy munozara deb atasak ham bo'ladi.
"Disput - (lat. disputatio. disputare - tortishish). Biror ilmiy predmet bo'yicha tortishish. Dissertatsiyani ommaviy himoya qilish. 1) ilmiy munozara 2)
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Dissertatsiyani ommaviy himoya qilish, ilmiy daraja olish uchun biror bir predmetdan yozilgan risola, asar."[8]
Disputning debatdan farqi quyidagilarda namoyon bo'ladi:
1) Arbitr (omma) - Omma disputantlarning qay biri g'olib bo'lganligini belgilaydi. Debatdagi ommadan farqli o'laroq, disputda omma bir kishidan iborat bo'lishi ham mumkin.
2) Disputant omma oldida nufuzini oshirish uchun o'z nutqida ko'proq hikmatli so'zlar, asarlardan sitatalar (matndan parchalar) va havolalarni dalil qilib keltirishlari zarur.
3) Ma'lum bir shaxs yoki guruh biror bir mavzu bo'yicha o'z qarashlarini ilgari suradi, opponent esa uning fikrlarini inkor etishi zarur. O'z g'oya yoki qarashlarini ilgari surgan tomonga dalillar va isbotlar keltirib o'zini oqlash yuki tushadi.
4) Disputda ko'pincha ilgari surilgan qarash yoki tezis bitta bo'ladi, unga bildirilgan opponent fikrlar esa bir nechta bo'lishi mumkin. [9.48]
Bahs -munozaradan HAQIQAT dunyoga keladi. Aynan mana shu hikmatli so'z bahs - munozaraning hayotda, ilm - fanda, siyosiy va ijtimoiy faoliyatda katta ahamiyat kasb etishiga urg'u beradi.
Polemika va debatlarda bahslashayotgan tomonlar o'zlarining haq ekanliklarini va muqobil tomonning fikrlarini yolg'onligini isbotlashga harakat qiladilar, shu bilan birga o'z fikrlarining to'g'riligini isbotlash jarayonida turli xil hiylalar ishlatadilar. Shamsiddin Samarqandiy, G'azzoliy va Abdurahmon Samarqandiylarning asarlarida bahs - munozara faqat haqiqatga erishish uchun qilinishi kerak degan g'oya ilgari surilgan. Lekin hozirda, asosan bahs - munozaralarimizda raqibini ustidan g'alaba qozonish eng muhim o'ringa chiqqan. Zero, Suqrot, Aflotundan bahs munozaralarda nutq orqali kishilarni ishontirish nimalardan iborat ekanligi haqida so'raydi: "Suqrot. Sen ko'rkam nutq orqali kishilarni ishontirish haqida gapiryapsan, lekin bu qanday ishonch va u nimalarga tegishli?".[10.484] Kurib turibmizki, Suqrot ham bahs -munozaralarda faqatgina ta'sirchan nutq emas, balki dalillarga boy, va hech qanday axloqsizliklar bo'lmagan bahs munozaralarni nazarda tutib savol berayapti
Yuqorida keltirilgan dalillardan ma'lum bo'ladiki, Imom G'azzoliyning Ihyou Ulumiddin va Abdurrahmon Samarqandiylarning "Abu Lays hikmatlari", Shamsiddin Samarqandiyning "Bahs-munozara odobi" asarlarini o'rganish hozirgi kunda juda ham dolzarb va ahamiyatga egadir. Chunki jamiyatimizning siyosiy, ijtimoiy va ilmiy jabhalarini rivojlantirish aynan ilm ahlining, jamoat arboblarining bahsi, ilm bilim va
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
tajriba almashinishga bog'liq ekan, aynan mana shu asarlari bizga eng katta ko'makchi bo'ladi degan fikrdamiz.
Shamsiddin Samrqandiy, Abu Homid G'azzoliy va Abdurrahmon Samarqandiylarning asarlarining tahlilidan shuni bilib olishimiz mumkinki, bahs -munozara va uning olib borilishining o'z qoidalari va me'yorlari bor. Olimlarimiz tomonidan agar bu me'yorlarga amal qilinmasa nima hodisalarga olib kelinishi ham bayon etilgan. Imom G'azzoliyning "Ihyou Ulumiddin" kitobida salbiy munozaralarni keltirib chiqaruvchi yomon xulqlar sanab o'tilgan. Axloq normalari deb amallarga joriy qiladigan umumiy buyruqlar va taqiqlar orqali kishilar hatti harakatini tartibga soluvchi axloq - odob talablarining shakliga aytiladi. G'azzoliy sanab o'tgan o'nta ofat axloq normalariga mutlaqo zid bo'lib, ular quyidagilardir:
Hasad, takabburlik, hiqd(gina-qudrat), g'iybat, josuslik, odamlarning nochorligidan sevinish, nifoq (ikkiyuzlamachilik), haqdan yuz o'girish, riyo kabilardir.[11.106]
Aynan mana shu asarlarni o'rganish orqali biz kelajakda o'z oldimizga qo'ygan maqsadlarimiz - farovon jamiyat qurish, demokratik islohotlar qilish orqali jamiyatning yashash turmush tarzini yaxshilash, qonunlarimizni bahs - munozara qilish orqali mukammallashtirish kabilarga erishamiz.
REFERENCES
1. Уэбек тилининг изошли лугати. Иккинчи жилд. Е - М. "Узбекистан Миллий энциклопедияси" Давлaт илмий нашриёти, 2006. 856 b.
2. Узбекистан Миллий энциклопедияси. 6. М - П. "Узбекистан Миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, 2003. 690 b.
3. Хачатурова Татьяна Владимировна. Дискуссия и правила ее проведения. УДК 654.19,ББК 76. 32. 2018.
4. Поварин С. Искусство спора: О теории и практике спора. - М.: ТЕРРА -Книжный клуб, СПб.: Северо - Запад. 2009. 192 b.
5. Газзолий, Абу Х,омид. Тил офатлари китоби. - T.: "Sharq", 2018. 264 b.
6. https://thequestion.ru/questions/62347/v_chem_razlichie_mezhdu_debatami_spor om_i_a0a4ab3a
7. Искусство спора. В.Д. Неклюдов. УДК 811.03. Вестник Брянского государственного университета №2 , 2013. 14 b.
8. https//dic.academic.ru/dic.nsf/dic_fwords/10398/ДИСПУТ
9. Поварин С.И. Спор: О теории и практике спора. М., 2002. 265 b.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 3
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
10. Платон. Собрание сочинений: В 4 т. М.: Мысль, 1990. Т. I. 650 b.
11. G'azzoliy, Abu Homid Muhammad ibn Muhammad "Ihyo Ulum ad-din"/ Mas'ul muharrir Shayx Abdulaziz Mansur: tarjimon Mubasshir Ahmad. -Toshkent: Islom universiteti, 2014. 512 b.