Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYODA ARABLAR BILAN BOG’LIQ IJTIMOIY QATLAMLAR'

MARKAZIY OSIYODA ARABLAR BILAN BOG’LIQ IJTIMOIY QATLAMLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
162
9
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Eshon / sayyid / xo’ja / to’ra / toifa / imtiyoz / payg’ambar / avlod / shayx / tariqat / pir / qoracha / qatlam / fors / tojik / arab / nasab / qozi / Eshan / sayyid / khoja / tora / category / privilege / prophet / generation / shaykh / tariqat / pir / Karacha / stratum / Persian / Tajik / Arabic / nasab / qazi

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mamarajabov, Bobur Normo’min O’g’li

Markaziy Osiyoga islomning kirib kelishi musulmon madaniyatini va tub aholi o’rtasida o’ziga xos sotsial qatlamlarni shakllantirdi. O’lkada islom mafkurasining keng tarqalishida faol ishtirok etgan shaxslar, muayyan sotsial guruhlarning a’zolari islom mafkurachilari tomonidan rag’batlantirilib, ijtimoiy hayotda o’zlari uchun zarur bo’lgan maqomni egallashga muyassar bo’lgandilar. Sababi – mavjud maqom unga jamiyatda o’z mavqeini mustahkamlash bilan birga ko’plab haq-huquqlarni berardi. Markaziy Osiyo, xususan, bugungi O’zbekiston hududida Husayniy sayyidlar va Hasayniy sayyidlar istiqomat qilishadi. Mintaqada ko’pchilikni tashkil etgan Husayniy, ya’ni imom Husayn avlodlari deyarli mamlakatning hamma viloyatlariga joylashishgan. Ilmiy manbalarda imom Hasandan avlodlar tarqalgani to’g’risida ma’lumotlar uchramaydi, sayyidlarning bir qancha vakillari o’zlarini shu zotga muqim bog’laydilar. Yuqori maqomdagi oilalar kelin olishda istagan toifadagi oila bilan quda-andachilik qilishi mumkin, ammo qizlar qat’i ravishda faxriy unvonli oila a’zosiga uzatiladi. Chunki avlod martabasi faqat erkak kishi tomonidan belgilanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL LAYERS ASSOCIATED WITH ARABS IN CENTRAL ASIA

The introduction of Islam to Central Asia formed Muslim culture and unique social strata among the indigenous population. Individuals who actively participated in the spread of Islamic ideology in the country, members of certain social groups were encouraged by Islamic ideologues and managed to occupy the necessary status for themselves in social life. The reason is that the existing status gave him many rights along with strengthening his position in the society. Central Asia, in particular, today's territory of Uzbekistan is inhabited by Husayni Sayyids and Hasaini Sayyids. The descendants of Imam Husayn, who constituted the majority in the region, settled in almost all regions of the country. There is no information about the descendants of Imam Hasan in scientific sources, several representatives of the sayyids attribute themselves to this breed. High-status families can beg for brides with families of any rank, but girls are strictly given to a member of the family with an honorary title. Because the career of the generation is determined only by a man.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYODA ARABLAR BILAN BOG’LIQ IJTIMOIY QATLAMLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

MARKAZIY OSIYODA ARABLAR BILAN BOG'LIQ IJTIMOIY

QATLAMLAR

Mamarajabov Bobur Normo'min o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Markaziy Osiyoga islomning kirib kelishi musulmon madaniyatini va tub aholi o 'rtasida o 'ziga xos sotsial qatlamlarni shakllantirdi. O 'Ikada islom mafkurasining keng tarqalishida faol ishtirok etgan shaxslar, muayyan sotsial guruhlarning a 'zolari islom mafkurachilari tomonidan rag'batlantirilib, ijtimoiy hayotda o'zlari uchun zarur bo 'lgan maqomni egallashga muyassar bo 'lgandilar. Sababi - mavjud maqom unga jamiyatda o'z mavqeini mustahkamlash bilan birga ko'plab haq-huquqlarni berardi. Markaziy Osiyo, xususan, bugungi O 'zbekiston hududida Husayniy sayyidlar va Hasayniy sayyidlar istiqomat qilishadi. Mintaqada ko'pchilikni tashkil etgan Husayniy, ya 'ni imom Husayn avlodlari deyarli mamlakatning hamma viloyatlariga joylashishgan. Ilmiy manbalarda imom Hasandan avlodlar tarqalgani to'g'risida ma'lumotlar uchramaydi, sayyidlarning bir qancha vakillari o'zlarini shu zotga muqim bog 'laydilar. Yuqori maqomdagi oilalar kelin olishda istagan toifadagi oila bilan quda-andachilik qilishi mumkin, ammo qizlar qat 'i ravishda faxriy unvonli oila a 'zosiga uzatiladi. Chunki avlod martabasi faqat erkak kishi tomonidan belgilanadi.

Kalit so'zlar: Eshon, sayyid, xo'ja, to'ra, toifa, imtiyoz, payg'ambar, avlod, shayx, tariqat, pir, qoracha, qatlam, fors, tojik, arab, nasab, qozi

ABSTRACT

The introduction of Islam to Central Asia formed Muslim culture and unique social strata among the indigenous population. Individuals who actively participated in the spread of Islamic ideology in the country, members of certain social groups were encouraged by Islamic ideologues and managed to occupy the necessary status for themselves in social life. The reason is that the existing status gave him many rights along with strengthening his position in the society. Central Asia, in particular, today's territory of Uzbekistan is inhabited by Husayni Sayyids and Hasaini Sayyids. The descendants of Imam Husayn, who constituted the majority in the region, settled in almost all regions of the country. There is no information about the descendants of Imam Hasan in scientific sources, several representatives of the sayyids attribute themselves to this breed. High-status families can beg for brides with families of any rank, but girls are strictly given to a member of the family with an honorary title. Because the career of the generation is determined only by a man.

Keywords: Eshan, sayyid, khoja, tora, category, privilege, prophet, generation, shaykh, tariqat, pir, Karacha, stratum, Persian, Tajik, Arabic, nasab, qazi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(5), May, 2023

KIRISH

Arablarning mintaqa etnomadaniy jarayonlarida ishtiroki bilan bog'liq yana bir masala shuki, mahalliy aholi orasida "eshon", "xo'ja" yoki "sayyid" (sayd, sayid, sayit) deb ataluvchi ijtimoiy toifalarning arablar bilan qanchalik darajada aloqadorligidir. Ma'lumki, ushbu atamalar asosan islom diniga aloqador shaxslarga nisbatan ishlatilib, ular orasida o'zlarining kelib chiqishlarini Muhammad payg'ambar avlodlariga, pirovardida arablarga bog'lash an'anasi mavjud[1] va oddiy mahalliy aholi orasida ham bu talqin ancha-muncha tarqalgan. Faqat mazkur ijtimoiy toifalarning vakillari o'zlarini mintaqa arablariga qanchalik aloqador hisoblashlari, umuman olganda, o'z etnik mansubliklarini aynan qaysi elat va millat bilan bog'lashlari masalasi munozarali. Chunonchi, mintaqada aholisini, asosan, xo'jalar tashkil qiladigan ko'plab qishloqlar mavjud: Xo'ja, Xo'jalar, Xo'jaobod, Xo'jailg'or, Xo'jaqishloq, Xo'jaipok, Xo'jaasmin, Xo'jaxayron va hokazo.

Bevosita xo'ja nomi bilan bog'liq bo'lgan etnotoponimlar tahlilicha, O'rta Osiyo hududida xo'jalar nomi bilan yuritiluvchi qishloq va aholi manzillarining tarqalishi turlicha bo'lgan.

Musulmon dini keng yoyila boshlagan VII-VIII asrlardan buyon payg'ambarning qizlari Fotimadan tarqalganlar "sayyid" atalib, alohida hurmatga sazovor toifa sifatida islom dunyosining deyarli barcha o'lkalarida aholi tomonidan e'zozlanib kelingan.

Jumladan, Sohibqiron Amir Temurning payg'ambar avlodlari sanalgan sayyidlarga ehtirom ko'rsatib, ularni pir tutgan holda davlat boshqaruvida ularning maslahatlariga amal qilganligi yozma manbalarda aks etgan.

Masalan, Amir Temur huzurida faoliyat yuritgan mashhur olim, to'liq ismi Abul Hasan Ali ibn Muhammad ibn Ali Sayyid Sharif al-Jurjoniy Hanafiy bo'lgan al-Jurjoniy (1340-1413) bilan bog'liq saqlanib qolgan ma'lumotlarni keltirish mumkin. Jurjoniy bilan o'z davrining yetuk diniy ulamosi, Amir Temur istagi bo'yicha Samarqandda faoliyat yuritayotgan Sa'duddin ibn Umar ibn Abdulloh Taftazoniy (1322-1390) orasida Sohibqiron huzurida bo'lib o'tgan ilmiy bahsda Amir Temur shunday deydi: "Bu ikki olim fazilat va irfonda teng ekanligini bilsak ham, Jurjoniyning nasab jihatdan ustunligi bor. Ya'ni u ham sayyid, ham sharifdir, Taftazoniy esa bizlar kabidir"[2].

Manbalardan Buxoro amirlari sayyidlar xonadoni bilan quda-andachilikni yo'lga qo'yganliklari, shu tufayli ulardan bir necha nafarining ismi va unvoni oldida sayyid atamasi qo'shib ishlatilgani ma'lum. Xuddi shunga o'xshash holat Xiva xonligida ham ko'zga tashlanib, so'nggi hukmdor sulolasi bo'lmish qo'ng'irotlar xonadoni vakillarining sayyidlar bilan qarindoshlik rishtalarini bog'laganliklari va o'z

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

unvonlariga faxriy ma'noda "sayyid" unvonini qo'shganliklari manbalarda qayd etilgan.

Sayyidlar son jihatdan kamchilikni tashkil etib, asosan shaharlarda, ko'proq boshqaruv markazlari poytaxt va yirik shaharlarda yashashgan[1]. Ular davlat boshqaruvida alohida imtiyozga ega bo'lishlari barobarida madaniy-ma'rifiy ishlar bilan shug'ullanishgan va madrasalarda mudarrislik qilishgan. Shuningdek, qozilarning ko'pchiligi sayyidlardan tayinlangani haqida ma'lumotlarning uchrashi ularning islom ahkomlarini yaxshi biladigan shaxslar sifatida huquq sohasiga keng jalb qilinganligidan darak beradi. Bizgacha yetib kelgan yozma manbalar va aholidan yig'ilgan etnografik materiallar sayyidlarning Buxoro, Toshkent, Qo'qon kabi yirik shaharlarda istiqomat qilib kelganliklarini ko'rsatadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XX asrning 80-yillarida Farg'ona vodiysi arablarini tadqiq etgan S.S. Gubayeva Farg'ona vodiysida azaldan arablar, uyg'urlar, dunganlar, eroniylar, tatarlar ham yashab kelganliklari haqida ma'lumot beradi.

"Farg'ona vodiysining azaliy o'troq aholisi orasida O'rta Osiyo hududida va musulmon olamida bo'lgani kabi, - deb yozadi S.S. Gubayeva, - sayyidlar va xo'jalar, o'zlarini Payg'ambar Muhammad (s.a.v.)ning, sahobalarning, umuman, arablarning, hatto, mahalliy aziz-avliyolarning avlodlari deb hisoblovchi imtiyozga ega bo'lgan toifasi yaqqol ajralib turadi" Ularning hammasi o'zlarini "oq suyak" hisoblab, qolgan barcha aholini "qorachalar" deb ajratadilar[3].

Xo'jalarning eng favqulodda jihatlari faqat yaqin qarindoshlari va qavmdoshlari bilan qiz berib, qiz olishda namoyon bo'lardi. "Qoracha"lar bilan nikohga kirishish taqiqlangan, bu eng avvalo, xotin-qizlarga tatbiq etilardi, ammo, bunga erkaklar ham itoat etardilar. Bu taqiq ularning tasavvuriga ko'ra, go'yo turli-tuman baxtsizliklar (masalan, bedavo dardga chalinish, aqldan ozish, jarohat olish va boshqalar) nafaqat ularning o'zini, balki bir necha avlodiga ham ta'sir qilishi mumkin deb talqin qilinar edi.

Xo'jalarning, imtiyozli mavqelariga qaramay, katta qismi oddiy mehnatkash kishilar edilar. Mohir dehqonlar, qo'li gul hunarmandlar ular orasida ko'p bo'lgan. Ular Farg'ona vodiysining suv chiqmaydigan juda ko'p qaqroq yerlarini o'zlashtirganlar. Masalan, bundan 150-200 yil muqaddam Marg'ilondan Quvasoy tumanining Xo'jaqishlog'iga ko'chib kelib, shu joyga asos solgan 25 nafar arab xonadonlari Isfayramsoydan adirlarni teshib bo'lsada, suv olib kelib, toshloq, quruq yerni gullagan vohaga aylantirganlar.

Yuqorida aytib o'tilganidek sayyidlardan bir qismi qishloqdarda ham yashaydilar. Ularni ko'proq aholisining asosiy qismini xo'jalar yoki chig'atoy deb

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

ataluvchi o'zbek va tojik tilli guruhlar tashkil qiluvchi qishloq va mahallalarda istiqomat qilishi ko'zga tashlanadi. Jumladan, ular Surxondaryoning tog'lik va tog'oldi tumanlaridagi Dug'oba, Shotut, Luchchak, Qo'rg'oncha, Dibolo, Zervaraz, Fangad kabi qishloqlarida chig'atoy va xo'jalar bilan aralash yashaydilar. Faqat Boysundaryo havzalaridagi Luchchak qishlog'ida ko'pchilikni sayyidlar tashkil etishadi[4]. Shuningdek, vohaning Sayrob, Boysun, Shayit, Passurxi, Sariosiyo, Avlod, Langar, Omonxona, Xomkon, Dashnobod, Denov, Xo'jayipok, Solliobod kabi qishloqlarida ham aholining sezilarli bir qismi sayyid va xo'jalardan iborat[1].

Aholi orasida xo'ja deb yuritiladigan, tarixiy manbalarda esa xoja atamasi ostida ma'lum bo'lgan aholi tabaqasi sayyidlardan keyingi mavqeda turadilar. Forscha "xoja"- "sohib, xo'jayin" tasavvuf ta'limotida tariqat mashoyiqlariga berilgan unvon bo'lib, bu unvon asosan so'fiylar ustozi Yusuf Hamadoniydan boshlab ishlatila boshlagan. Jumladan, Xo'ja Yusuf Hamadoniy, Xo'ja Abduholiq G'ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Xo'ja Bahouddin Naqshiband, Xoja Ahror Valiy kabi mo'tabar shaxslar ismiga ushbu faxriy unvon qo'shilib aytilgan. Bundan avval tasavvuf ulamolari "shayx" deb yuritilgan[5].

Eshonlar esa ko'p xollarda xo'jalar bilan bitta ma'noda, sinonim atama sifatida ishlatiladi. Ba'zan esa eshon va xo'jalarga alohida-alohida ijtimoiy guruh sifatida qaraladi[6]. "Eshon" so'zining lug'aviy ma'nosi bo'yicha ikki xil qarash mavjud bo'lib, ayrim tadqiqotchilar uni forscha hurmat ma'nosidagi eshon (ular) so'zi bilan tenglashtirsalar, bir guruh olimlar uni turkiycha esh "do'st, esh, yo'ldosh" va forscha ko'plik yasovchi -on (-lar) qo'shmchasi birikmasidan hosil bo'lgan so'z deb qaraydilar va "do'stlar, yo'ldoshlar, izdoshlar" mazmunini bildiradi, deb izohlaydilar.

Acidan, mazkur ikki atama nisbatan bir xil ijtimoiy tabaqani ifodalagan bo'lib, turli regionlarda turlicha ishlatilgan. Jumladan, respublikamizning Toshkent, Farg'ona vodiysi kabi shimoli-sharqiy hududlarida mazkur ijtimoiy tabaqa uchun, asosan, "xo'ja" so'zi ishlatilib, xuddi shunday tabaqa vakillari Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo singari markaziy va janubiy viloyatlarda "eshon" deb atalgan. Shunga qaramay, har ikkala atama respublikamizning turli viloyatlarida baravar ishlatilib, ba'zan farqlangan.

Shuningdek, oddiy xalq orasida ham ularni arablardan kelib chiqqan deb qarash hollari onda-sonda bo'lsa ham uchrab turadi. Biroq ularning mahalliy aholi (o'zbek, tojik, turkman, qozoq va hokazo) orasida aralashib yashaganliklari tufayli mintaqa arablari bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqalari deyarli yo'q hisobi. Ya'ni ularning aksariyati mazkur xalqlar yashaydigan aholi manzillarida aralash (ba'zan alohida mahalla) bo'lib yashashlari tufayli o'zlarini mazkur millatlardan etnik jihatdan deyarli farqlamaydilar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(5), May, 2023

Hatto, faqatgina xo'jalar yoki eshonlardan tashkil topgan aholi manzillarida ham o'zlarini arab deb atash an'anasi deyarli uchramaydi. Shu jihatdan olganda, garchi ular orasida payg'ambar avlodlariga, xalifa va sahobalarga yoki bo'lmasa arab lashkarboshilarga bog'lash hollari uchrab tursada, ularni tom ma'noda mintaqa arablari qatoriga qo'shib bo'lmaydi.

Ayrim hollarda ular orasida o'ziga xosliklar ko'zga tashlansada, bu belgilar arablarga xos old osiyolik ko'rinishidan ko'ra ko'proq fanda "O'rta Osiyo ikki daryo oralig'i tipi" deb yuritiluvchi irqni eslatadi. Bu esa mazkur ijtimoiy tabaqa vakillarining kelib chiqish jihatidan tubjoy mahalliy etnoslarga, ehtimol, so'g'diy va qadimgi o'troq turkiy aholiga borib taqalishidan darak beradi. Shunga qaramay ular orasida o'z kelib chiqishlarini ifodalovchi ko'p asrlik hujjatlar shajaralariga ega oilalar mavjud bo'lib, bu esa xo'ja va eshonlardan hech bo'lmaganda bir qismining kelib chiqish jiatidan arablarga aloqadorligini tasdiqlaydi[1].

O'rta Osiyo xalqlari etnogenezida ishtirok etgan arab toifalari orasida yuqoridagi tabaqalardan tashqari yana bir qator kichik ijtimoiy guruhlar qatnashgan.

Xullas, bir qismi Old Osiyo muhitida shakllangan imtiyozli ijtimoiy toifalar (masalan, sayyidlar) O'rta Osiyoda ham o'z mavqelarini saqlab qolgan. Shu bilan birga, bu kabi toifalarning bir qismi aynan O'rta Osiyo va unga qo'shni hududlar ijtimoiy muhitida shakllangan. Xususan, "eshonlar" toifasining tashkil topishi bevosita ushbu mintaqaga aloqadordir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Rajabov.R. O'zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-120.b

2. Yiiksel М.. Timurlularda Din-Devlet tlikisi. - Anqara, 2009. - 86-87-b.

3. Губаева С.С. Население Ферганской долины в конце XIX - начале XX в. Т.: Фан, 1991.-С. 10.

4. Каюмов А.Р. Этническая ситуация на территории Южного Узбекистана в XIX - начале XX века (по материалам Сурхан-Шерабадской долины).:

5. O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 9-jild. - T.: UzME nashriyoti, 2005. - 447, 525-betlar.

6. Ergashev E. Beshkent tarixi. - Qarshi: Nasaf, 2000. - 16-bet.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.