Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDAGI ARABLARGA OID TARIXIY VA ETNOGRAFIK MA’LUMOTLAR TAHLILI'

O‘ZBEKISTONDAGI ARABLARGA OID TARIXIY VA ETNOGRAFIK MA’LUMOTLAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
298
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arab / islom / musulmon / xalq / etnos / madaniy / sayyoh / ko‘chmanchi / o‘troq / Zarafshon / Ko‘lob / gazlama / savdo / nasab / urug‘. / Arab / Islam / Muslim / people / ethnos / cultural / tourist / nomad / settler / Zarafshan / Kolob / gazlama / trade / lineage / clan

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Mamarajabov, Bobir Normo‘min O‘g‘li

Ma’lumki, arablarning Movarounnahrga kirib kela boshlagan ilk davridan bugungi kungacha ming yildan ortiq vaqt o’tdi. Kechgan bu davr mobaynida arablar ham o’rta osiyolik boshqa etnoslar qatori mahalliy aholining bir parchasiga aylana borib, mintaqada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlarda faol ishtirok etganlar. O'zbekistonga arablarning kirib kelish bosqichlari va joylashish tarixi, ularning keyingi hayoti va taqdiri tarixiy-etnografik ko’lami, shuningdek, arablarning respublika hududida o’troqlashuvi va etnomadaniy hayoti hamda madaniy-maishiy turmush tarzini yoritishda tarixiy manbalar asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF HISTORICAL AND ETHNOGRAPHIC INFORMATION ABOUT ARABS IN UZBEKISTAN

It is known that more than a thousand years have passed since the first Arabs entered Movarounnahr until today. During this period, Arabs, along with other Central Asian ethnic groups, became part of the local population and actively participated in the socio-political and ethno-cultural processes that took place in the region. The stages of arrival of Arabs in Uzbekistan and the history of their settlement, their subsequent life and fate are covered on the historical-ethnographic scale, as well as the settlement of Arabs in the territory of the republic and the ethno-cultural life and cultural-household lifestyle of the Arabs on the basis of historical sources.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDAGI ARABLARGA OID TARIXIY VA ETNOGRAFIK MA’LUMOTLAR TAHLILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

O'ZBEKISTONDAGI ARABLARGA OID TARIXIY VA ETNOGRAFIK

MA'LUMOTLAR TAHLILI

Ma'lumki, arablarning Movarounnahrga kirib kela boshlagan ilk davridan bugungi kungacha mingyildan ortiq vaqt o'tdi. Kechgan bu davr mobaynida arablar ham o'rta osiyolik boshqa etnoslar qatori mahalliy aholining birparchasiga aylana borib, mintaqada yuz bergan ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlarda faol ishtirok etganlar. O'zbekistonga arablarning kirib kelish bosqichlari va joylashish tarixi, ularning keyingi hayoti va taqdiri tarixiy-etnografik ko'lami, shuningdek, arablarning respublika hududida o'troqlashuvi va etnomadaniy hayoti hamda madaniy-maishiy turmush tarzini yoritishda tarixiy manbalar asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Arab, islom, musulmon, xalq, etnos, madaniy, sayyoh, ko'chmanchi, o'troq, Zarafshon, Ko'lob, gazlama, savdo, nasab, urug'.

It is known that more than a thousand years have passed since the first Arabs entered Movarounnahr until today. During this period, Arabs, along with other Central Asian ethnic groups, became part of the local population and actively participated in the socio-political and ethno-cultural processes that took place in the region. The stages of arrival of Arabs in Uzbekistan and the history of their settlement, their subsequent life and fate are covered on the historical-ethnographic scale, as well as the settlement of Arabs in the territory of the republic and the ethno-cultural life and cultural-household lifestyle of the Arabs on the basis of historical sources.

Key words: Arab, Islam, Muslim, people, ethnos, cultural, tourist, nomad, settler, Zarafshan, Kolob, gazlama, trade, lineage, clan

O'rta Osiyoda, shuningdek, O'zbekiston hududida VII asr o'rtalaridan buyon yashab kelayotgan arablarning umumiy soni ma'lum davrlargacha aniqlanmasdan keldi. Bu hol birgina arab nufusiga taalluqli bo'lmay, balki tub joy aholisiga ham bevosita daxldordir, chunki o'tmishda aholini ro'yhatga olish taomilga kirmagan edi. Ammo qishloq oqsoqollari, urug' boshliqlari, shaharlar hokimlari o'z qo'l ostidagi nufusning miqdorini, jon sonini taxminan bilgan. Chunonchi, keyingi asrlarda o'zbek xonliklari bir qancha bekliklarga bo'lingan, har bir beklik o'z aholisi nisbatiga ko'ra

Mamarajabov Bobir Normo'min o'g'li

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

xon qo'shinlariga sipohiylar bergan, zarur bo'lgan vaqtda aniq miqdorda lashkar to'plagan. Bundan tashqari, soliq ishlari (ayniqsa, jon boshi solig'i)da hisob-kitob to'g'ri yo'lga qo'yilgan. Vaqf xujjatlarida ham tuman va qishloqlaming nufusi va soni aniq ko'rsatilgan. G.Meyendorf arablar haqida quyidagicha xabar beradi: "Ular qishloqlarda yashaydilar, bir qismi esa Buxoro shahriga qo'shni turadilar. Ayrim arablar ko'chmanchi, shuningdek, yarim ko'chmanchi, Termiz yo'nalishi va Qarshi atroflarida ko'chib yuradilar. Arablarning ko'pchiligi dehqonlar. Ularning cho'llarda chorva boqib yuradigan otarlari borki, bu savdo sotiqda muhim bo'lgan mashhur barra terilarni yetkazib berish manbai sanaladi" G.Meyendorf, Buxoro viloyati (xonlik)da yashovchi arablarning o'sha paytdagi umumiy sonini 50 ming kishi deb ko'rsatgan.

Vengriyalik sharqshunos olim va sayyoh Herman Vamberi ham Buxoro amirligidagi tubjoy aholi qatori kichik etnoslar, ularning hayot tarzi, soni, yuz qiyofasi singari masalalarga qiziqqan. Buxoro amirligidagi arablarning mahalliy aholiga aralashib, unga tobora singib borayotganini Herman Vamberi quyidagicha tasvirlaydi: "Ularning afti-angoridan bo'lak Iroq va Hijozdagi birodarlariga o'xshashlikdan asar ham qolmagan. Men, hatto,arabcha gaplashuvchilarni ham kam uchratdim. Ularni 60000 ga qadar deb hisob qiladilar. Ularning asosiy qismi Vardonze va Vobkent atroflarida o'troq hayot kechiradi".

Herman Vamberi bu raqamlarni keltirganida o'lkamiz xalqlariga xos an'anaviy hisob-kitoblardan kelib chiqqan, albatta. Demak, o'zbek xonliklarida aholini ma'lum tartibda hisob-kitob qilish usuli bo'lgan. Ma'lumki, Pyotr I davridan boshlab Rossiya imperiyasi Turkistonni mustamlakaga aylantirish uchun uni keng ko'lamda o'rganish ishlarini boshlab yuborgan edi. Ayniqsa, XVIII-XIX asrlarda rus elchilari, olimlari va sayyoh-josuslari Turkistonga tez-tez qatnaydigan bo'lganlar. Turkiston haqida bu davrda yuzlab kitoblar, hisobotlar, esdaliklar yozilgan. Ularning ba'zi birlarida o'lkada istiqomat qilib kelayotgan arablar xususida ham ma'lumotlar uchraydi. Ta'kidlash kerakki, O'zbekiston arablari tarixini o'rganishda ushbu ma'lumotlar alohida ahamiyatga ega.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jumladan, P.Savelevning "Buxoro 1835 yilda" deb nomlangan asarida shaharda qancha aholi yashayotgani qayd etiladi. "Buxoro aholisini, - deb yozadi muallif, -baron Meyendorf 70000 kishi deb qayd etadi, poruchik Byorns 160000 tagacha, doktor Eversman esa 200000 ta deb ko'rsatadi. G.Demezon va G.Meyendorf tomonidan aytilgan raqam, boshqalaridan ko'ra, haqiqatga yaqindir"

1840 yilda Buxoroda bo'lgan N.Xanikov xonlikning aholi tarkibi va etnomadaniy xususiyatlarini diqqat bilan o'rganib, quyidagi fikrlarni qayd etgan:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

"Buxoro xonligining hozirgi aholisi tarkibiga kiruvchi qabilalarga razm solgan har bir kishi ularning turli-tuman qavm va urug'lar aralashmasidan iborat ekanligiga, faqat din tufayli bir butunlikni tashkil etganlariga iqror bo'ladi...

Bu arab qabilalari xonlikning shimoliy qismlarida tarqalgan bo'lib, ko'proq Vardonze (hozirgi Shofirkon tumani) va Samarqand atrofida yig'ilganlar. Ular hozirga qadar ajdodlarining ko'chib yurish odatlarini tark etmaganlar, faqat bir farqi shundaki, bu joydagi keskin iqlim hozirgilariga chodirni uyga almashtirishni taqozo etgan. Ularning juda oz qismi o'troqlashgan hamda savdo ishiga majburiyat sezadilar. Ularning yuz tuzilishi kelib chiqishlarini oshkor etib turadi, ko'plarining ko'zlari katta va sochlari kabi tim qora. Terilari quyosh nurini juda kuchli qabul qilishga moyilki, aksariyati tamomila quyoshda kuyib, qorayib ketgan. Ular o'zaro arabcha gaplashadilar, ammo bu sof arab tili emas. Ularning asosiy sanoati qo'ylarni urchitishdan iborat. Qora va kulrang barra terilarni xonlik bozoriga olib chiqadilar. ...afsuski, ular bilan nihoyatda oz munosabatda bo'ldik.

Umuman, ular odob-axloq bobida juda yuqori turadi, chog'i. Zero, Buxoroda o'tkazgan hayotimiz davrida ular haqida biror yomon gap eshitmadik. Buxoroliklar ulardan bir narsada ozroq qo'rs muomala va odamshinavandalikni bilmasliklaridan koyinishadi". N.Xanikov ma'lumotlaridagi uch jihat e'tiborga molikdir. Birinchisi, Buxoro xonligidagi arablarning bir qismi XIX asrning birinchi yarmida ajdodlari an'anasiga amal qilib, ko'chmanchi hayot kechirganlar. Lekin bu hol arablarning mahalliy aholi bilan keng ijtimoiy-iqtisodiy, etnomadaniy va demografik aloqalar o'rnatishlariga xalaqit bermagan. Ikkinchisi, bu davrda arablar ona tilini saqlashga va o'zaro arabcha gaplashishga intilganlar. N.Xanikov ularning nutqi sof arabcha emas, deydi. Bu o'rinda tilda, nutqda kontaminatsiyalashish jarayonlari o'z aksini topgan. Uchinchisi, Buxoro xonligidagi arablarning aksariyat qismi ota-bobolaridan farqli o'laroq chodirdan voz kechib, asta- sekin mahalliy aholiga taqlid qilib paxsadan uy-lar qurib, o'troq yashay boshlaganlar. Paxsa uylarda yashash XVIII asrdan avval boshlangan, albatta. Bunday assimilyatsiyalashuv jarayonlari Sharqiy Buxoro arablari hayotida ham ko'zga tashlanadi. Masalan, Ko'lob arablari hayot tarzini o'rgangan B.X.Karmisheva shunday yozadi: "Ko'lob bekligida arablar Ko'lob shahrida va 6 ta qishloqda yashaganlar. Pahar tumanidagi arablar chorvador-ko'chmanchilar bo'lib, ko'rsatilgan qishloqlar (Lagmen, Jangalboshi, Navbuloq, Arab, Qaroqchij ularning qishlov joylari edi. Yozni ular Qoratog' o'ngirlariga yaqin yaylovlarda o'tkazadilar. Vaxsh vodiysida Jo'ybor anhorining (Qumguzardan Uzunga qadar) ikkala tomonida arab chorvadorlari qishlaganlar, qolgan vaqtlarda uyurlar bilan adir va tog'lar bo'ylab ko'chib yurganlar XIX asr rus sayyohlari orasida A.D.Grebenkin o'zining Zarafshon vodiysidagi arablar haqidagi maqolasida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

arablarni shunday ta'riflaydi: "Okrug arablari ikki xilga bo'linadi. Ulardan birinchisi xiyla cho'ziq yuzli, sochlari qalin o'sgan, ko'zlari katta ma'noli va turli rangda, biroq ko'proq qoramtir, qo'yko'zli, burunlari uzun, burgut monand. Ular o'rta bo'ydan balandroq, zuvalasi pishiq va kuchlidirlar. Bu arablar Samarqandga yaqin Xo'ja Ahror mavzesida yashaydilar. Kattaqo'rg'onda esa ular Arabxona mahallasi va uning yon-atrofidagi bir qancha qishloqlarda o'rnashganlar. Arablar okrugning Kattaqo'rg'on qismida Samarqanddagidan ko'proq deb hisoblanadilar. A.D.Grebenkinning qayd etishicha, arablar orasida yarim ko'chmanchilar va dehqonlar ham bo'lgan. Nisbatan boyroq arablarda 350 tagacha, qolganlarida o'rtacha 100 bosh atrofida qo'y bo'lgan. Samarqand arablari Og'oliq (Ohalik) tog'i, Mironqul va Qodirberdi ko'li atroflarida, Kattaqo'rg'on arablari esa Chimboy, Jomgacha ko'chib yurganlar. Bu esa ularning turmush tarzida chorvachilik xo'jaligi ustuvor bo'lganini ko'rsatadi. Arablar jun va ip gazlama to'qish bilan shug'ullanganlar. Ular to'qigan gilam ajabtovur bezakli bo'lgan. Ular o'zlaridan uylanganlar va hatto Kattaqo'rg'onlik arablar boshqa elatlar bilan quda-anda bo'lganlarni xush ko'rmaganlar. Qalin 40 so'mdan 200 so'mgacha to'langan. Kambag'allar o'zlarining yaqin qarindoshlariga qalinsiz uylanganlar.

"Birinchi xil arablar, - deb yozadi A.D.Grebenkin, - harbiy xizmatda kamdan-kam bo'ladilar, ikkinchilari hamisha sipohiy bo'lib kelganlar. Savodlilar arablar orasida juda kam Okrugda arablar soni 2000 xo'jalikdan oshmaydi" A.D.Grebenkin Samarqand okrugining Kattaqo'rg'on qismida yashovchi arablar haqida ma'lumot berganida, ularning "qarindoshlari Qarshi okrugining g'arbiy qismida yashashlarini, ular yaxshi otlari va alohida zotdor qo'ylari bilan mashhur ekanligini ta'kidlaydi. Shu bilan birga u Qarshi arablari o'zaro buzilgan arab tilida gaplashadilar", deb eslatib o'tadi. Xuddi shuningdek, L.N.Sobolev N.Xanikovning arablar Samarqand atrofida ko'chmanchi hayot kechiradilar, degan fikrini ham ma'qul topmaydi. "Bu to'g'ri emas, - deb yozadi ular yo to'la o'troqlashgan, yo yarim ko'chmanchi hayot kechiradilar, ya'ni yerga ishlov berish ularning asosiy mashg'uloti bo'lib, chorvachilik ikkinchi darajalidir. Kattaqo'rg'on qismida arablar ko'chmanchi hayotga yaqin turmush kechiradilar.

Okrugda ular kam sonli, ammo o'zligini saqlab, qiyinchilik bilan o'zga elatga singishib boradi. Samarqand qismidagi arablar Angar (Darg'om- R.R.) tumanining bir chetida o'tirishadi, ularni bu joyda 1200 jon hisob qiladilar. Shu hududning Ofarinkent tumanidagi Arabxona degan qishloqda 246 odam yashaydi. Bundan tashqari, aytish joizki, ular Yangiqo'rgon tumanida juda oz (45 jonga qadar) miqdorda o'rnashganlar. Kattaqo'rg'on qismida, ko'rib o'tganimizdek, arablar aynan Kattaqo'rg'on shahrida (Arabxona mahallasida - 145 jon) va uning yon- atrofidagi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

ba'zi qishloqlarda yashaydilar".

O'zbekiston hududida yashab kelgan arablarning geografik joylashuvi va miqdori haqida I.I.Geyler, A.Kun, D.N.Logofet, Girshfeld va Galkinlar ham ma'lumotlar berganlar. "Turkestanskiye vedomosti" gazetasining 1875 yil 10-sonida, masalan, Amudaryo bo'limidagi (Qaraqalpog'iston) Sho'raxon mavzesida 47 xonadondan iborat arab jamoasi hayot kechirayotgani haqida xabar berilgan. Sho'raxon arablari haqida yana O.I.Shkapskiy ham eslatib o'tgan. L.Kostenkoning 1871 yilda chop etilgan "O'rta Osiyo va unga rus fuqaroligining kiritilishi" nomli asarida Zarafshon vohasida kam sonli ko'chmanchi arablar yashayotgani qayd etilgan. Girshfeld va Galkinlar Xiva xonligining harbiy statistik tavsifiga bag'ishlangan tadqiqotlarida Xorazmda arablar voha aholisi umumiy sonida juda kam foizni tashkil etishi, faqatgina Pitnak bekligida aholining 19% arablar ekanligi aniqlangan.

Asarning nomidan ham ko'rinib to'rganidek, masalaga harbiy nuqtai nazardan yondoshgan mualliflar aholi sonining aniq bo'lishiga katta ahamiyat qaratganlar. Masalan, Xiva vohasida yashaydigan arablar 1926 kishi ekanligi (Xiva va uning atrofida 108 oila, 540 jon; Pitnakda 240 oila va 1200 jon; Amudaryo qismining Sho'raxon bo'limida esa 31 oila, 186 jon) ko'rsatib o'tilgan.

Buxoro xonligi haqida bir necha kitoblar yozgan D.N.Logofet Buxoro vohasida arablarning Bakr ibn Vali, Bani Ali, Bani Tamim va Abdulqays urug'larining avlodlari yashayotganligini qayd etadi. "Buxoro xonligida joylashgan arablar, deb yozadi u, - asrlar o'tishi bilan ko'p jihatdan o'zbeklarga qo'shilib ketgan bo'lsada, biroq xonlikda hamisha alohida yashab, alohida jamoani tashkil etganligi sababli, o'z qabilasining ba'zi bir tashqi alomatlarini saqlab qola olgan. Hozirgi vaqtda arablar Kabodiyon, Shahrisabz, Hisor, Chiroqchi bekliklarida uncha ko'p bo'lmagan miqdorda uchraydi, zero, geografik xaritaga nazar tashlansa, arablar qachonlardir Balx va Samarqand yo'li bo'ylab joylashganligini ko'rish mumkin" Bundan ko'rinadiki, ushbu ma'lumotda boshqa mualliflarda uchramaydigan, ammo arablar oz bo'lsada, yashab kelayotgan bekliklar sanab o'tiladi.

N.Xanikov o'zbeklarning urug'larga bo'linishi haqida fikr yuritib, D.N.Logofet ta'kidlagan "arab" urug'ini tilga olgan edi. Professor X.Doniyorovning ko'rsatishicha, N.Xanikov Buxoroda bo'lgan vaqtida qandaydir bir o'zbek kishi tomonidan yozilgan "Насядь Памяти - Узбекия" ("Nasabnomayi O'zbakiya") degan kitobni qo'lga kiritgan va o'zi tomonidan yozib qoldirilgan urug'larning ko'pchiligini o'sha qo'lyozmadan olganligini qayd etib o'tgan. U o'zbeklarning juda ko'p urug' va qabilalarga bo'linishi haqida gapirar ekan, yuqoridagi qo'lyozmaga asoslanib, o'zbeklarning quyidagi urug'larini misol qilib keltiradi: 1. Mang'it. 2.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Ming. 3. Yo'z. 4. Qirq. 5. O'ng. 6. O'ng'ochit. 7. Jaloyir. 8. Saroy. 9. Qo'ng'irot. 10. Yalchin (Olchin). 11. Orgun (Arg'un). 12. Nayman. 13. Qipchoq. 51. Arab...".

N. Xanikov o'zbek urug' va qabilalarining hamda ularning har xil katta-kichik bo'linishlarining 300 dan ko'proq nomini keltiradi. Ular ichida arab etnonimi borligini ham ta'kidlaydi. Demak, D.N.Logofet aytgan o'zbeklarning "arab" urug'i ular tomonidan arablarga nisbat berilgan va XIX asrning birinchi yarimlarida, hatto, mahalliy yozma manbalarda ham ko'p sonli o'zbek urug'laridan biri sifatida sanab o'tilgan etnonimdir.

XIX asr oxirlarida Rossiya imperiyasi hukumati butun mamlakatda (mustamlakalarda ham) aholini ro'yhatga olish yo'riqlarini belgilaydi. 1897 yili Rossiyada birinchi aholini ro'yhatga olish o'tkaziladi. Bu tadbir jarayonida masalan, butun Turkiston o'lkasi bo'yicha birgina Sirdaryo viloyatida yashaydigan 634 nafar arab hisobga olingan, holos V.V.Bartold Samarqand viloyati bo'yicha yo'l ko'rsatkich dalillariga asoslanib, o'sha paytda birgina Samarqand okrugida 20000 nafar arab yashagan, deb ko'rsatib o'tadi.

V.V.Bartold Buxoro xonligida asrlar osha yashab kelayotgan arablarning o'z qabila nomlarini saqlab kelayotganini ta'kidlaydi. U arab qabilalari orasida, ayniqsa, Darvoz chegarasidagi Yaxsuvda qurayshiylar yashashini, ular ona tilini unutib, o'zbekcha gaplashishlarini qayd qilib o'tadi. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish kerakki, ona tilini yo'qotgan arablarning tubjoy aholidan tafovuti ularning hunarmandchiligida saqlanib qolgan. Masalan, jundan to'qilgan gilamlarda, matolarga solingan bezaklarda arab ornamentlari naqshlari an'anaviy tarzda davom ettirilgan.

REFERENCES

1. Rajabov.R. O'zbekistondagi arablar tarixi va etnografiyasi-T.Sharq.2012-164.b.

2. Вамбери X. Путешествие по Средней Азии. - М., 1867. - С. 308

3. Савельев П. Бухара в 1835 году. - СПб., 1856. - С. 12.

4. Ханыков Н. Описание Бухарского ханства. - СПб., 1843. - С. 53-57.

5. Гребенкин А.Д. Мелкие народности Зерафшанского округа // Русский Туркестан. Сборник, изданный по поводу политехнической выставки. Вып. 2.-M., 1872.-С. 113-114

6. Гиршфельд. Военно-статистические описания Хивинского оазиса. - Т., 1903.-С. 74.

7. Логофет Д.Н. Бухарское ханство под русским протекторатам. Т. 1. - СПб., 1911. - С. 174.

8. Doniyorov X. O'zbek xalqining shajara va shevalari. - T.: Fan, 1968. - 36-37-betlar.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

9. Mamarajabov, B. N. M. O. G. (2022). ARABISTON YARIM OROLIDA DAVLATCHILIKNING SHAKLLANISHI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(10), 118-121.

10. Mamarajabov, B. N. O. L. (2021). SAUDIYA ARABISTONDAGI OZBEK (TURKISTONLIK) LARGA DOIR TARIXIY JARAYONLAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(11), 895-900.

11. Marajabov, B. N. M. O. G. (2022). MARKAZIY OSIYO XALQLARINING HAJ ZIYORATI TARIXIGA NAZAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(5-2), 862-868.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.