Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan
taraqqiyotidagi o'rni
'qqtyonmg
MARKAZIY OSIYO ARABLAR ETNOMADANIYIDENTIKLIGINING
XO'JALIK AN'ANALARI
Sherzod Abdiganievich Iskandarov
Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti
Turkiston o'lkasi aholisi o'rtasidagi etnomadaniy o'zlikni anglashning boshqa bir ko'rinishi haqida antropolog Djon Shoberlayn - Engel: «Milliy belgilar bo'yicha chegaralanish o'tkazilguniga qadar mintaqa aholisi o'z-o'zini anglashining eng muhim mezoni ko'chmanchi chorvadorlar va o'troq voha aholisi o'rtasidagi farq hisoblangan»1, - deb qayd qilgan. Bu o'rinda amerikalik olim aholi identikligining eng muhim ko'rsatkichi etniklik emas, balki xo'jalik-madaniy xususiyat bo'lganligini nazarda tutgan.
XIX-XX asrlarda O'zbekiston arablarining an'anaviy mashg'ulotlari uch xo'jalik-madaniy turlariga bo'lingan: a) o'troq xo'jaliklar; b) ko'chmanchi chorvadorlar; v) yarim ko'chmanchi (yarim o'troq) chorvador-dehqonlar. XX asrning 90-yillaridan boshlab xo'jalik-madaniy turlar asosida etnoslarni tasniflash, etnik identiklik va etnodifferensiatsiya masalalarini o'rganishda madaniy-xo'jalik omillari ham muhim ahamiyat kasb etgan.
Etnograf B. X. Karmisheva bir-birini to'ldirib turuvchi ikki xil xo'jalik turi etnik jarayonlarga ikki yoqlama ta'sir ko'rsatganligini ta'kidlaydi. Uning fikricha, ikki xil xo'jalik turining o'zaro munosabati, etnik muloqotlarni yuzaga keltirib, yaqinlashuv (integratsiya), birikish (konsolidatsiya) va qorishib ketish (assimilyatsiya) jarayonlarini tezlashtiradi. O'troq, yarim ko'chmanchi va ko'chmanchi aholi xo'jaligining ma'lum bir yo'nalishga ixtisoslashuvi maishiy turmush va an'analarning barqarorligini ta'minlaydi . Albatta, chorvador aholi dehqonchilik bilan shug'ullanishga o'tganidan so'ng, avvalo, o'troq dehqon tomonidan ishlatilib kelinayotgan mehnat qurollaridan foydalanishni o'zlashtirishga kirishadi.
XIX asr boshlaridan boshlab mintaqadagi boshqa xalqlar singari arablar ham
1 Шоберлайн-Энгел Д. Перспективы становления национального самосознания узбеков // Восток. -1997. -№ 3.
- С. 55.
2 Дифференциация [лот. differentia - айирма, фарк; фаркланиш] бир бутун нарсанинг турли хил кисмларга, шаклларга, боскичларга ажралиши, булиниши, табакаланиши; бутуннинг кисмларини узаро фарклаш, ажратиш, табакалаш.
3 Кармышева Б. Х. «Кочевая степь» Мавераннахра и ее население в конце XIX
- начале XX. вв. (по этнографическим данным) // СЭ. - 1980. -№ 1. - С. 47.
December 16
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni
o'troq hayotga o'tishdi. Etnografik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, arablarning turmush tarzi va madaniyatiga kommunikatsiya texnologiyalarining kirib kelishi ularning xo'jalik hayotida ham katta o'zgarishlarga olib keldi.
Navoiy viloyatida arablar istiqomat qiladigan qishloqlar tabiiy-geografik xususiyati va aholisi mashg'ulotiga ko'ra uch guruhga bo'lingan4. Cho'l hududida yashaydigan arablar, asosan, chorvachilik bilan shug'ullangan bo'lsa, o'troq yashayotgan arablarning asosiy xo'jaligi dehqonchilik va chorvachilik bo'lgan. Uchinchi turdagi arablar etnomadaniy identikligida esa dehqonchilik va hunarmandchilik asosiy tarmoq bo'lgan.
Farg'ona vodiysida yashovchi arablarning xo'jalik mashg'ulotlari asosan dehqonchilik va bog'dorchilikka moslashgan bo'lib, bu jihatdan ular vodiyning boshqa mahalliy aholisidan farq qilmagan. Xususan, Farg'ona viloyati Rishton tumanida yashovchi arablar tumandagi o'zbek va tojiklar kabi bog'dorchilikning o'ziga xos sir-sanoatlarini yaxshi bilishgan5.
O'zbekiston arablari cho'l hududlarda o'ziga xos turar joylarni barpo etishgan. Uylar gumbazli qilib qurilgan. Cho'l hududlarda yashovchi arablarda «o'tov», «cho 'Igumbaz», «toybon» deb nomlangan uylar mashhur bo'lgan.
1928-1929 yillarda uy-joylarni qurish 4, 47 kv. m. dan 1939 yilda 2 kv. m. ga tushib ketgan6. Bu holat arablarning ham joylashuv areali kengayishiga ta'sir qilgan. Shahar va unga tutash joylarda yashovchi arablar o'troq hayot kechirgan bo'lib, ularning uy-joylarini qurilish texnologiyasi o'zbek va tojiklarning uylaridan deyarli farq qilmagan.
XX asr boshlaridan uy-joy qurish va uni jihozlash an'analarida dastlab pishgan g'ishtdan uy qurish, tunuka bilan tomni yopish, derazalarga oyna solish va ko'cha tomonni ochish kabi yangiliklar kirib kelgan. Kerosin, keyin elektr lampasi, fabrika va zavodlarda ishlangan uy-ro'zg'or buyumlari ishlatila boshlagan. Qishloq uylarida ham yangiliklar bo'lgan bo'lib, ayniqsa, qurilish materiallari va uslubida ko'pgina
n
o'zgarishlar ro'y beradi . Hozirgi vaqtda arablarning turmush tarzidagi o'ziga xos o'zgarishlardan biri-zamonaviy uylar, ko'p qavatli imoratlarda yashash bo'lib, ularning hayot tarzi avvalgidan tubdan farq qiladi. Turar joylar tuzilish va qurilishiga tabiiy-geografik muhit, xo'jalik turmush tarzi, etnik o'ziga xoslik ta'sir ko'rsatgan .
4 Рaжaбов Р. Узбекистондaги aрaблaр тaриxи Ba этногрaфияси... - Б. 276.
5 Yma acap - Б. 286.
6 Узбекистан Республигаси Мapкaзий Дaвлaт apxraa 2888 - фонд, 1-pyйxaт, 14-28-Bapa^ap.
7 Жaббоpов И. Узбеклap. - Тошкент: шэрк, 2008. - Б. 88.
8 Аширов А. А. Узбек xaлкининг вддимий эътикод Ba мapоcимлapи. - Тошкент:
December 16
281
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni
O'zbekistonda yashab kelayotgan arablarning an'anaviy milliy kiyimlarida milliy xususiyat, urf-odatlar hamda estetik did namoyon bo'lgan. Qashqadaryo viloyati Jeynov qishlog'ida oqsoqollar «nabbat» yoki «jaddi», momolar «nabba» yoki «judo», o'rta yoshli erkaklar «sabayin», bolalik ayollar «kadasa», yigitlar «ruz 'on», qizlar «binad», «bint» kiyadilar. Kiyimni yoshga qarab kiyish qadimiy arab odatlaridan bo'lgan9.
Tadqiqot jarayonida arab ayollariga «Milliy kiyim-kechaklaringiz saqlanib qolganmi?» degan savol bilan murojaat qilganimizda respondentlarning asosiy qismi milliy kiyimlarning ma'lum bir turlari, ya'ni «natti», «xattaba» hamda «chet natti», «silsila» kabi taqinchoqlar saqlanib qolganligini ta'kidlashdi. «Arablarda milliy kiyimlar saqlanib qolganmi?» deb berilgan savolga ularning 24% «ha» deb, 41% -«qisman saqlanib qolgan», 29% - «yo'q», 6% esa umuman milliy kiyim-kechaklari saqlanib qolmagan deb javob berishdi.
Xullas, sotsiologik tahlillar shuni ko'rsatdiki, 65% respondentlar arablarning milliy kiyim-kechaklari saqlanib qolgan deb hisoblashadi. Qashqadaryo viloyati Jeynov qishlog'i Andxo'y mahallasida yashovchi xotin-qizlar arab milliy liboslarini ko'proq kiyishadi.
O'zbekiston arablarida momolar oq gizzi kiyganlari singari, yosh qizlar va juvonlar nafis qizil gizzini xush ko'rishadi10. Jeynov arablarida oilada kimdir unashtiriladigan bo'lsa, o'zlarining silsilasini kelinga hadya qilish odati bo'lgan11.
O'zbekiston arablarining milliy liboslar tayyorlash usulida farq bo'lib, Jeynov arablari gizzini asosan oq surpdan, denovlik va samarqandlik arab ayollari esa rangli,
ko'k yoki och binafsha rang matodan tayyorlashgan. Qashqadaryo, Surxondaryo,
12
Buxoro va Samarqandda yashovchi arablarda gizzi 4 metr surpdan tikilgan .
XX asrda arab milliy kiyimlari transformatsiyasiga quyidagi muhim omillar sabab bo'lgan:
a) mintaqada yashab kelayotgan arablar hayotidagi ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar va mafkuraviy siyosat; b) zamonaviy texnologiyalarning kirib kelishi; v) mahalliy aholining ta'siri; g) ichki va tashqi ta'sirlar.
XX asrning 50-60-yillaridan boshlab fabrikalarda ishlab chiqarilgan matolar ommalashgan. Ayniqsa, 50-yillarda kristall mato, 70-yillarga kelib krepsatin, atlas, xonatlas, gulli chitlarning yangi nusxalari, satin, har xil gulli gulsiz rangli kremplin,
Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кyтyбxонаси, 2007. - Б. 177.
9 Ражабов Р. Узбекистондаги араблар тарти ва этнографияси... - Б. 312.
10 Саидов М., Равшанов П. Жейнов тарти... - Б. 252.
11 Силсила, асосан, кyмyшдан тайёрланган такинчок;.
12 Ражабов Р. Узбекистондаги араблар тарти ва этнографияси... - Б. 313-314.
December 16
282
Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science
Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan taraqqiyotidagi o'rni
shoyi, ma^'ilon shoyi, beqasamning yangi nusxalari, shifon, baxmal, chiybaxmal, duxoba kabi matolar ommalashgan. Xalqona kiyimlarda etnik xususiyatlar unutildi. Bu davrda fabrikalarda ishlab chiqarilgan matolarning keng tarqalishi, kiyim tikish texnologiyasining o'zgarishi va unga shahar urfi, ya'ni «modasi»ning «halokatli»
13
ta'siï qilgan .
Arab erkaklarining milliy kiyim-kechaklarida mahalliy xalqlar madaniyatini ta'siгini kuzatish mumkin. Jumladan, 1930 yillarda ko'ylak, yaktak, chopon odatiy kiyim hisoblangan bo'lsa, 1945 yillarda kostyum-shim ommalasha boshlagan. 1950 yillarda palto, plash kirib kelgan bo'lsa, 1970 yillarda jun matolardan tikilgan kiyim keng tarqalgan14. Globallashuv jarayonida arablarning milliy kiyim-kechaklarida an'anaviylik unutildi. Kiyimlar transformatsiyasini tadqiq qilish shuni ko'reatdiki, erkaklar kiyimlari ayollarnikiga qaraganda ko'pгoq o'zgaгishlaгga uchragan.
O'zbekiston arablarining milliy kiyimlari etnik o'zlikni anglashdagi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Bu o'rinda ayollarning milliy liboslaridan kaltacha va jelakni misol tarzid keltirib o'tish joiz. Sherobod arablarining boshqa xalqlardan farqli bo'lib, arab momolarning aksariyati «setra»15 taqib yurishgan.
Ta'kidlab o'tish joizki, o'lka aholisining an'anaviy xo'jalik hayotiga yangi texnologiyalarning kirib kelishi arablarning turmush tarzi va madaniyati o'zgarishiga olib keldi.
O'zbekiston arablarining turar joylari boshqa xalqlarnikidan bir oz farq qiladi. Arablarning uylaridagi derazalar ikki tavaqali (ikki qavatli) bo'lib, ularni arabcha o'ymakoriik san'ati bilan bezatilishi mazkur xalq milliy me'morchiligiga xos xususiyatlardan biri hisoblanadi.
XX asrda yuz bergan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy jarayonlar natijasida arablarda zamonaviy yevropacha kiyim-kechaklarni kiyish urfga aylanib bordi. Bu ham milliy o'zlikni anglashga ta'siï ko'reatdi va arab milliy kiyimlarini unutilishiga olib keldi.
13 Бережнова М. Л. Ткани и производство одежды из них у русских юга Западно -Сибирской равнины последней трети XIX -30-х годов XX века: Автореф. дис... канд. ист. наук. - Омск, 1997.
- С. 27.
14 Дала ёзувлари. Кдшвддарё вилояти Миришкор тумани Жейнов кишлоги, 2011 йил.
15 Дала ёзувлари. Сурхондарё вилояти Шеробод тумани Нуриддин Муродов кишлоги, 2011 йил.
December 16
283