Научная статья на тему 'SURXON-SHEROBOD VOHASI QO‘NG‘IROTLARINING KIYIM-KECHAKLARI VA ETNIK XUSUSIYATLAR'

SURXON-SHEROBOD VOHASI QO‘NG‘IROTLARINING KIYIM-KECHAKLARI VA ETNIK XUSUSIYATLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
596
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qo’ng’irot / Surxon vohasi / etnik guruh / urug’ / kiyim / chakmon / to’n / mato / urf-odat / bo’z. / call / Surkhan oasis / ethnic group / clan / clothes / chakmon / ton / fabric / tradition / gray.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Qarshiyev, Islom

Maqolada Surxon-Sherobod vohasi qo‘ng‘irotlarining kiyim-kechaklari va ulardagi etnik xususiyatlar haqida so’z boradi. An’anaviy kiyimlar moddiy madaniyatning mushtarak bir qismini tashkil etib, xalqimizning milliy xususiyatlari, urf odatlari hamda estetik didini namoyon etgan. Vohada yashovchi boshqa etnik guruhlar singari kiyimlari singari Surxon-Sherobod vohasi qo‘ng‘irotlarining ananaviy kiyimlari uzoq tarixiy jarayonlar davomida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda urf-odat, marosim, anʼanalar tasirida davrlar o‘tishi davomida o‘ziga xos xususiyatda shakllanib, rivojlanib kelgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DRESSES AND ETHNIC CHARACTERISTICS OF SURKHAN-SHEROBAD OASIS

The article talks about the clothes of the bells of the Surkhan-Sherabad oasis and their ethnic characteristics. Traditional clothes are a common part of material culture and show the national characteristics, customs and aesthetic taste of our people. Like the clothes of other ethnic groups living in the oasis, the traditional clothes of the Surkhan-Sherabad oasis have been formed and developed in their own way during long historical processes, socio-economic development and the passage of time under the influence of customs, rituals and traditions. came

Текст научной работы на тему «SURXON-SHEROBOD VOHASI QO‘NG‘IROTLARINING KIYIM-KECHAKLARI VA ETNIK XUSUSIYATLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SURXON-SHEROBOD VOHASI QO'NG'IROTLARINING KIYIM-KECHAKLARI VA ETNIK XUSUSIYATLAR

Qarshiyev Islom

Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

Maqolada Surxon-Sherobod vohasi qo'ng'irotlarining kiyim-kechaklari va ulardagi etnik xususiyatlar haqida so 'z boradi. An 'anaviy kiyimlar moddiy madaniyatning mushtarak bir qismini tashkil etib, xalqimizning milliy xususiyatlari, urf odatlari hamda estetik didini namoyon etgan. Vohada yashovchi boshqa etnik guruhlar singari kiyimlari singari Surxon-Sherobod vohasi qo'ng'irotlarining ananaviy kiyimlari uzoq tarixiy jarayonlar davomida, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish hamda urf-odat, marosim, an 'analar tasirida davrlar o 'tishi davomida o 'ziga xos xususiyatda shakllanib, rivojlanib kelgan.

Tayanch so 'z va iboralar: qo 'ng 'irot, Surxon vohasi, etnik guruh, urug', kiyim, chakmon, to 'n, mato, urf-odat, bo 'z.

В статье говорится об одежде колоколов Сурхан-Шерабадского оазиса и их этнических особенностях. Традиционная одежда является неотъемлемой частью материальной культуры и отражает национальные особенности, обычаи и эстетический вкус нашего народа. Как и одежда других этносов, проживающих в оазисе, традиционная одежда Сурхан-Шерабадского оазиса формировалась и развивалась по-своему в ходе длительных исторических процессов, социально-экономического развития и течения времени под влиянием обычаев, обряды и традиции.

Ключевые слова и фразы: призыв, Сурханский оазис, этнос, род, одежда, чакмон, тон, ткань, традиция, серость.

The article talks about the clothes of the bells of the Surkhan-Sherabad oasis and their ethnic characteristics. Traditional clothes are a common part of material culture and show the national characteristics, customs and aesthetic taste of our people. Like the clothes of other ethnic groups living in the oasis, the traditional clothes of the Surkhan-Sherabad oasis have been formed and developed in their own way during long historical processes, socio-economic development and the passage of time under the influence of customs, rituals and traditions. came

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Keywords and phrases: call, Surkhan oasis, ethnic group, clan, clothes, chakmon, ton, fabric, tradition, gray.

An'anaviy xalq kiyimlari moddiy madaniyatning asosiy komponentlaridan bin sifatida muayyan etnosning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy darajasini ham ko'rsatib turishini aytib o'tish joiz. SHu bilan birga u har bir etnik jamoalarning boshqa xalqlar bilan etnomadaniy aloqalarini o'zida aks ettiradi.

Ma'lumki, kiyim tayyorlash uchun avvalo mato ishlab chiqarilgan. Mato ishlab chiqarishda paxta va ipak tolasi, jun va teri asosiy xom ashyo hisoblangan. Paxta va ipak tolasidan mato to'qish ko'proq o'troq yashagan aholida, jun va teridan mato tayyorlash esa chorvachilik bilan shug'ullanuvchi etnik jamoalarda jumladan, qoraqalpoq xalqida ham rivoj topgan edi. XX asrning birinchi choragidan teri va jun matolardan kiyim-kechak tayyorlashdan ip-gazlama matolardan kiyim foydalanishga o'tish sezilarli darajada rivojlandi. Bu jarayon XX asrning o'rtalaridan ommaviy tus oldi. Umuman, xalqona kiyimlar uchun asos bo'lgan matolarni tayyorlashda ham badiiy uslub asta-sekin o'zgarib bordi, ammo XX asrning 20-yillari oxiridayoq to'qish texnikasida muayyan siljishlar sodir bo'lgan. Chunonchi, mahalliy ustalar tomonidan ishlab chiqariladigan matolarga fabrika iplarining qo'shilishi, jumladan, mahalliy usulda tayyorlanadigan alachalarga Rossiya fabrikalarida tayyorlangan iplarni qo'shib tayyorlash ularning yuqori sifatli, nafis va tekis matoga aylanishiga olib kelgan. Lekin sobiq sovet hokimiyatining dastlabki yillarida ishlab chiqarilgan matolar o'zining an'anaviy ko'rinishini saqlab qoldi. Bu davrda voha aholisi kiyimlari avloddan-avlodga o'tib kelayotgan qadimiy matolardan - olacha, bo'z, xonatlas, qalami, banoras, shoyi, beqasam, adras, so'si va boshqa matolardan tikilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Surxon vohasi qo'ng'irotlari ip yigirish uchun "urchuq", gilam to'qish uchun esa "o'rmak" deb atalgan oddiy moslama dastgohdan foydalanganl.[12,-2019]

Surxon vohasi qo'ng'irotlarining XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab kiyimlaridagi etnik va umummintaqaviy jihatlar hamda an'anaviy qo'ng'irot kiyimida yuz bergan transformatsiya jarayonlarni tahlil qilish uchun dastavval XIX -XX asr boshlarida voha aholisining kiyimlariga qisqa tarzda bo'lsada tavsif berishni lozim. Etnologiya fanida aholi kiyimlarini yoshiga qarab bolalar, kattalar va keksalar libosi; kishini jinsiga qarab esa erkaklar va ayollar kiyimi; qanday maqsadda kiyinishiga qarab bayram, marosim, kundalik va ish kiyimlari; insonning ijtimoiy holatiga qarab boy va kambag'allar kiyimi hamda yilning fasllariga mos tarzda

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bahorgi, yozgi, kuzgi va qishki kiyimlarga bo'linadi.[3,-B.16] SHuningdek, har bir kiyim turi o'z o'rnida yana bir necha turga ajratib ko'rsatiladi. Xususan, ichki kiyimlar, ustki, bosh va oyoq kiyimlar shular jumlasidandir Albatta, ushbu tasniflash Surxon vohasi qo'ng'irotlari an'anaviy kiyimlari uchun ham xos bo'lib, ularning kiyimlari asrlar davomida mahalliy xalqlar ta'sirida o'ziga xos umumiylik va xususiylik kasb etgan.

Kiyimlar vaqt o'tishi bilan transformatsiyaga uchraydi. Bugun milliy kiyimlardan guppi, kebanak, chakmon, mursak, kasava, kiygich, jelak kabilar unutildi yoki unutilish arafasida turibdi. Xo'sh, aholi kiyim-boshlarida bunday o'zgarishlarning ro'y berishining asosiy sababi nimada? Albatta, buning bosh sababi, o'rganilayotgan davr va hududda kechgan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy jarayonlardir. Respublikaning barcha hududlarida va etnik guruhlarida bo'lgani singari bugun Surxon vohasi qo'ng'irotlarida ham tilga olingan omillar o'tgan davr ichida aholi kiyim-kechaklarining ayrimlarini unutilishiga, urfdan qolishiga yoki yangi noodatiy kiyim-kechaklarning tarqalishiga, an'anaviy kiyimlar o'rniga noan'anaviy, zamonaviy kiyim-kechaklarning urf bo'lishiga sababchi bo'ldi.

Surxon vohasi qo'ng'irotlari erkaklarining ust kiyimlaridan biri to'n hisoblanib, u mahalliy barcha etnoslar tomonidan ommaviy ravishda kiyilgan va eng ko'p tarqalgan kiyim sanaladi. To'n juda qadimiy kiyim hisoblanib,[4,-B.77] mazkur ustki kiyim old tomoni ochiq qilib tikilgan. Asosiy ustki kiyim hisoblangan to'n aholining jinsi, yoshi va ijtimoiy mansubligiga qarab bir necha xilda bo'lgan.

XIX asr oxiri - XX asr boshlarida Surxon vohasi qo'ng'irotlari erkaklar to'nlari vohada yashovchi boshqa etnik guruhlar erkaklari to'nidan farq qilib, bu farqni to'nning bichilishida ve keng qilib tikilishida ko'rishimiz mumkin.[13,-2019] Umuman olganda, XX asrning birinchi yarmiga qadar vohada erkaklar ustki kiyimini chopon, jelak, chakmon, kebanak, po'stin tashkil etgan. Vohada chopon, ya'ni to'n ustidan kiyiladigan yengil ust kiyimlardan biri jelakdir . Vohaning ayrim hududlarida yaktak deb atalgan.

Jelak paxtasiz avra-astar yoki avradan iborat yengil kiyim bo'lib, yoshi katta kishilar chopon ustidan kiyib yurganlar. U kishiga ko'rk baxsh etish bilan birga choponlarni tezda kir bo'lishdan saqlagan. SHimoliy Surxon vohasida tadqiq etilayotgan davrda yoz fasllarida chopon kiyilmasdan, ko'ylak ustidan jelak kiyilgan.

Surxon vohasi qo'ng'irotlari ham vohada yashovchi boshqa chorvador etnik guruhlar kabi qo'y terisidan po'stin tayyorlaganlar. Qish mavsumining ayozli kunlarida qo'ng'irotlar to'n ustidan po'stin yoki chakmon kiyishni xush ko'rgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Surxon vohasi qo'ng'irotlarining qadimiy kiyimi bo'lgan chakmon qo'y yoki tuya junidan xonaki usulda to'qilgan matodan tikilgan astarsiz, faqat avradan iborat, choponga o'xshagan kiyimdir. CHakmon keng va uzun tikilib, etaklari, yoqasi va yeng uchlariga chiroz jiyak tikilgan. U chopon ustidan kiyilib, belbog' bog'lanmagan. Voha Surxon vohasi qo'ng'irotlarida chakmonning tivitli, bosma va qoqma kabi turlari bo'lgan . CHakmon O'rta Osiyoning turli halqlarida aynan shu nom bilan -qirg'izlarda "chekpen", turkmanlarda - "chekmen", tojiklarda - "chakmon", boshqirdlarda - "sekmen" nomi bilan atalib kelingan.[11,-B.176] Kiyimlardagi bunday yaqinlik va o'xshashlik O'rta Osiyo xalqlarining madaniy aloqalari qadimdan rivoj topganligidan dalolat beradi.

Belbog' erkaklar ust kiyimi, ya'ni chopon, jelak ustidan belga bog'lanadigan ro'mol bo'lib, bo'z, shoyi kabi matolardan kashtali hamda kashtasiz tikilgan. Voha chorvador aholisining jundan to'qilgan matolardan ham belbog'lari bo'lgan . XX asrning birinchi choragida vohada chopon kiyganda albatta, belbog' bilan belini bog'lab yurganlar. SHuningdek, to'ylarda sarpo sifatida, erkak kishilar beliga belbog' bog'langan. Xususan, to'yda kuyovga to'n kiydirib, belbog' bog'lashgan. YOshi katta keksa kishilar oq matodan tikilgan belbog'lar bog'lashgan. YOsh yigitlar esa katta rangdor kashtali, bezakli belbog'lar bog'lashgan. Davlatmand odamlar ikki, uchta belbog' bog'lab yurishgan. Bu esa ularning qay darajada hurmat - e'tiborga loyiqligi hamda boyligidan dalolat bergan . XX asrning 30-40-yillariga kelib yoshlar va o'rta yoshdagi erkaklar belbog' bog'lamay qo'yganlar. Bu esa vohada erkaklarning belbog' bog'lash an'anasining asta-sekin kundalik turmushdan chiqa boshlaganligidan dalolat beradi.

Har bir xalqning kiyimlarini o'rganish mazkur xalq moddiy madaniyatining etnik mansubligini yorqin ifodalovchi elementlaridan biridir. Surxon vohasi qo'ng'irot ayollar kiyimlari o'ziga xos etnolokal xususiyatlari bilan vohada yashovchi boshqa etnik guruhlar kiyimlaridan ajralib turgan. Lekin, shu bilan birga uzoq vaqt davomida transformatsion jarayonlar ta'sirida istiqomat qilib kelgan qo'ng'irot etnik guruhlari ayollar kiyimlari XIX asr oxiri - XX asr boshlaridagi integratsion va konsolidatsion jarayonlar natijasida o'zgarishlar sodir bo'ldi.

Surxon vohasi qo'ng'irot ayollar kiyimlarining muhim jihatlaridan biri ularning o'ziga xos naqshlar sematikasida edi. Axborotchilar Surxon vohasi ayollari kiyimlari naqshlarida asosan xo'jalik an'analari bilan bog'liq naqshlar tasvirlanganligini ta'kidlaydilar.[14,-2022]

Surxon vohasi qo'ng'irot ayollarining kiyimlari ko'ylak, ishton (lozim), kamzul - kalta to'n, yengsiz chopondan iborat bo'lgan. Ayollar ko'ylaklari vohada yashovchi

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

boshqa etnik guruh ayollari ko'ylaklariga nisbatan keng, yenglari uzun, yoqasi jiyakli qizlarniki yonbosh (gorizontal), keksa yoshdagi ayollarniki tik (vertikal) yoqa shaklida tikilgan. Islom dini keng tarqalgan O'rta Osiyo hududida ayollar kiyimlarining keng, yenglari uzun, yoqalari bo'yin qismigacha tik yoqa shaklida tikilishi shariat qoidalari bilan ham bog'liq bo'lgan. Chunonchi, islom dinida qo'lning bilakdan yuqori qismi, oyoqning to'piqdan yuqori qismlari avrat hisoblangan. Shuningdek, ayol gavda qismi va qomatini nomahramlardan saqlash eng muhim shartlardan biri hisoblangan. Arab islom davlatlarida hozirgi vaqtda ham ayollar ko'ylaklari bosh kiyish qismidan tashqari uning old va orqa qismlari butun eni bo'yicha tashlab, ikki yonidan tikiladi. Albatta, bunda ko'ylaklarga zamonaviy bezak va o'ziga xos dizayn beriladi.

Surxon vohasi qo'ng'irotlarining an'anaviy kiyimlarini o'rganishdan ma'lum bo'ladiki, XX asrning ikkinchi yarmida Surxon vohasi qo'ng'irotlarining kiyimlarida qator o'zgarishlar yuz bergan. Bunday o'zgarishlar avvalo ularning turmush tarzi, xususan yashash sharoitidagi yangiliklar bilan bog'liq bo'lib, bunday transformatsiyalashuv, shubhasiz yangi xo'jalik yuritish usuliga o'tish natijasida sodir bo'ldi. Natijada voha qo'ng'irotlari kiyimlari yangi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sharoitda mahalliy xalqlarniki bilan birxillasha bordi.

Etnoslararo xo'jalik madaniy aloqalarning rivojlanishi voha qo'ng'irtolari milliy kiyimlarida ham o'z aksini topgan. Tadqiqotchi O.A.Suxareva O'rta Osiyo xalqlarining an'anaviy kiyimlariga bag'ishlangan bir ishida kiyimlardagi o'zgarishlar asrlar davomida yuz berganligini ta'kidlab shunday yozgan edi: "... qachonlardir O'rta Osiyo xalqlari turli qavmlari kiyimlarida sezilarli farq bo'lgan bo'lsa-da, ammo asrlar davomida ulardagi farqlar sayqallashib, umumiy ko'rinishga ega bo'lib ulgurgan edi"[6,-B.1]

Yuqorida aytib o'tilganidek, O'rta Osiyo xalqlariga xos bo'lgan boshqa etnoslarning kiyimlari bilan unifikatsiyalashuv voha qo'ng'irtlarining kiyim-kechaklarida ham o'z aksini topgan. XX asrning o'rtalaridan boshlab barcha xalq va elatlar hayotidagi kabi voha qo'ng'irtlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ham katta o'zgarishlar sodir bo'ldi. Ishlab chiqarish mahsuldorligining o'sishi, sanoatlashgan zavod va fabrikalarning qurilishi, barqaror turmush tarzining tarkib topishi xalq xo'jaligining barcha sohalarida jadal rivojlanishga olib keldi.

Xulosa sifatida shuni ta'kidlash mumkinki, O'rta Osiyo, xususan, voha qo'ng'irtlari an'anaviy kiyimlari XIX asr oxiri - XX asr boshlarida, bir necha

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 12

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

an'anaviy kiyim nusxalari xalq iste'molidan asta-sekin chiqa boshladi, uning o'rnini o'sha davr ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy talablariga mos keluvchi yangi kiyim nusxalari egalladi.

XX asrning birinchi yarmida Surxon vohasi qo'ng'irotlarining kiyimlarida an'anaviylik saqlangan bo'lib, erkak va ayollar kiyimi asosan an'anaviy qadimiy bichimini saqlab qolishi bilan birga ayrim yangi zamonaviy bichim va rusumdagi ko'ylaklar paydo bo'la boshlagan. Ayniqsa, XX asrning 30-40-yillaridan boshlab umumo'zbek milliy kiyimlari kabi Surxon vohasi qo'ng'irotlarining kiyimlari ham o'ziga xos tashqi va ichki omillar, xususan, ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, mafkuraviy jarayonlar, industrlashtirish siyosati, yengil sanoat va kimyo korxonalarida erishilgan yutuqlar, kiyimlar uchun zarur bo'ladigan matolarni fabrikalarda ishlab chiqarilishi, fabrikalarda tayyorlangan tayyor kiyimlarning vohaga kirib kelishi, mahalliy aholi kundalik turmush tarziga zamonaviy texnologiyalarning jalb etila borishi hamda etnomadaniy aloqalar va savdo-sotiq aloqalarining takomillashuvi natijasida o'ziga xos tarzda trasformatsiyalashgan. Qolaversa, an'anaviy kiyimlarning konstruktiv-texnologik va kompozitsion qurilishida yangi usullar, bichimlarning kirib kelishi ularning keyingi taraqqiyotiga asos bo'lishi bilan birga milliy kiyimlar bilan o'zaro uzviylashib, ularning ajralmas qismlaridan biriga aylangan.

REFERENCES

1. Жабборов И. М. Узбек халки этнографияси. - Тошкент: Укитувчи, 1994. -312 б.

2. Жабборов И. М. Узбеклар: турмуш тарзи ва маданияти (этнотарихий лавх,алар). - Тошкент: Укитувчи, 2003. - 208 б.

3. Исмоилов Х.И. Анъанавий узбек кийимлари. Тошкент. "Фан". 1979. - Б.16.

4. Малов Е.Е. Памятники древнетюркской письменности. Москва. 1951. -С.31. 979. - С. 77-103.

5. бурбонов А. Шимолий Сурхон вохдси этнографияси (XIX аср охири - ХХ асрнинг биринчи ярми). - Тошкент: Янги нашр, 2014. - 160 б.

6. Сухарева О. А. Опыт анализа покроев традиционный "туникообразный" среднеазиацкий одежды в плане их истории и эволюции. - Москва: Наука, 1

7. Турсунов С.Н. ва бошкалар. Сурхондарё тарих кузгусида. - Тошкент, 2001. -384 б.

8. Турсунов С. Н. Сурхондарё - этнографик макон. - Тошкент: Акадэмнашр, 2012. - 232 б.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

9. Турсунов С.Н. Узбекистонда этник кадриятлар ва миллий-маданий мерос. профессор-укитувчиларининг илмий назарий конференцияси материаллари. -Тошкент: Университет, 2000.

10. Турсунов. Н. Н. Жанубий Сурхон вохдси этнографияси. - Тошкент: Янги нашр, 2015. - 160 б.

11. Захарова И. В., Ходжаева Р. Д. Казахская национальная одежда XIX -начало XX века. - Алма-Ата: Наука, 1964. - С. 176.

12. Дала ёзувлари. Шеробод тумани Истара кишлоги. 2019 йил.

13. Дала ёзувлари. Шеробод тумани. Хомкон кишлоги. 2019 йил.

14. Дала ёзувлари Бандихон тумани. Обод юрт махдлласи. 2022 йил

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.