Научная статья на тему 'MAQOM IJROCHILIGI MEZONLARI VA XUSUSIYATLARI'

MAQOM IJROCHILIGI MEZONLARI VA XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
23
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Musiqa / maqom / ijrochilik / kuy / ohang / nim parda / cholg‘u / uslub

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mashxurbek Maribovich Xolmatov

Mumtoz musiqa ijrochilik masalalari, ushbu sohaning asoslari va amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan an’analari, ijro mezonlari, tarkib va xususiyatlar va eng muhimi sifat darajalari muayyan ilmiy amaliy tadqiqotlar asosida yetarlicha o‘ganilmagan mavzulardan biridir. Ayni shu asnoda ushbu maqolamizda milliy musiqa ijrochiligining mezonlari, qonun qoidalari va ijrochilik xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAQOM IJROCHILIGI MEZONLARI VA XUSUSIYATLARI»

MAQOM IJROCHILIGI MEZONLARI VA XUSUSIYATLARI

Mashxurbek Maribovich Xolmatov Yunus Rajabiy nomidagi O'zMMSI

Annotatsiya: Mumtoz musiqa ijrochilik masalalari, ushbu sohaning asoslari va amaliyotda qo'llanilib kelinayotgan an'analari, ijro mezonlari, tarkib va xususiyatlar va eng muhimi sifat darajalari muayyan ilmiy - amaliy tadqiqotlar asosida yetarlicha o'ganilmagan mavzulardan biridir. Ayni shu asnoda ushbu maqolamizda milliy musiqa ijrochiligining mezonlari, qonun qoidalari va ijrochilik xususiyatlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Musiqa, maqom, ijrochilik, kuy, ohang, nim parda, cholg'u, uslub

MAKOM PERFORMANCE CRITERIA AND CHARACTERISTICS

Mashkhurbek Maribovich Kholmatov UzNMAI named after Yunus Rajabi

Abstract: Issues of classical music performance, the foundations and traditions of this area, performance criteria, content and characteristics, and most importantly levels of quality are one of the topics that have not been sufficiently studied on the basis of specific scientific and practical research. At the same time, this article talks about the criteria for the performance of national music, legal regulation and performance features.

Keywords: music, status, performance, melody, tone, semitone, instrument,

style

Ma'lumki, musiqa san'atining asosiy omillaridan bo'lmish ijrochilik an'analari. musiqiy merosning avlodlardan - avlodlarga o'tib kelishiga xizmat qiladi. Bu albatta ota-bobolar amaliyotida shakllanib, rivojlangan bebaho an'analarning saqlanishida va zamon talabi doirasida yangicha badiiy mazmun kasb etishida jonli jarayon sifatida xizmat qilib kelayotganligi ayni haqiqatdir [1.B 4].

Chunonchi, musiqiy merosni o'rganish davomida uning tarixiy o'rni, tarkibiy tuzilish jixatlari, ijrochilik va targ'ibot jabhalariga qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu borada musiqa san'ati tadqiqotchilarining diqqat markazida turgan muammolardan biri bu - albatta musiqa san'atining ijrochilik omillaridir.

Ijrochilik - musiqa saifatining jonli jarayoni. Ijodiyotning har tomonlama ta'minlashiga asos bo'ladigan, ilhombaxsh etadigan va albatta rivojlantiradigan omildir. Shu bois, bu jarayon xalqona hamda mumtoz, ya'ni bevosita ustozonalik

(professional) xususiyat kasb etuvchi mezonlar qoidalari asosida shakllanib, rivojlanib kelgan. Tabiiyki, musiqiy merosning ustozona, ya'ni mumtoz namunalarini ijod etish va talqin etish jarayonida ohang va shakl jihatidan turli ko'rinishlarga ega bo'gan bo'lishi ehtimoldan holi emas.

Ushbu jarayon ko'p asrlar davomida o'tmish ajdodlarimiz ma'naviy dunyosini ohanglar orqali in'ikos etib kelayotgan musiqiy merosimiz namunalarining asosiy mohiyatini ifoda etishdagi muhim mezon bo'lib xizmat qilib kelgan. Chunki musiqiy meros, og'zaki an'ana tarzida ijod etish, o'rganish va ijro etish orqali o'tmishdan hozirgi davrimizgacha vetib kelgan. Albata, ijrochilik an'analari o'zining ravnaqi jarayonida davr talabi va yashash sharoitiariga moslanadi. O'zgacha qilib aytganda ijrochilik amaliyoti o'zining qonuniyatlarini shakllantiradiki, ular har tomonlama davr taraqqiyoti va rivojiga o'zining ijodiy va ijobiy ta'sirini ko'rsatishga qodirligini namoyon etadi.

Oqibatda an'anaviy ijrochilik oqimida asarlarning badiiy talqini bilan bog'liq xilma-xil ijroviy uslub va maktablari vujudga kelgan bo'lib, davrlar osha musiqa amaliyotida evrilishlarni boshidan kechirib, muayyan uslubda shakllanib, o'zining munosib o'rnini egallab kelgan. Ushbu jarayonda ijrochilik shakllarining rang-barangligi musiqa ijodiyotiga ham bevosita o'z ta'sirini ko'rsatadi.

Mumtoz musiqa ijrochilik masalalari, ushbu sohaning asoslari va amaliyotda qo'llanilib kelinayotgan an'analari, ijro mezonlari, tarkib va xususiyatlar va eng muhimi sifat darajalari muayyan ilmiy - amaliy tadqiqotlar asosida o'ganilmaganligini e'tirof etish o'rinlidir. Lekin bu jarayon, merosni o'rganish, uning ta'limi hamda zamon talabi doirasiga xos rivojlanish mezonlariga o'ziga xos ta'sir etishi muqarrardir. Va bu zamon taraqqiyoti negizida ijrochilik an'analarining mutanosib jihatlari bilan sug'orilishida o'zini namoyon etadi. Shu bois bo'lsa kerak ijrochilik an'analari amaliyot mezonining tanlangan uslublari negizida avlodlardan -avlodlarga o'tib kelgan. Ayniqsa, professional rnusiqa ijodiyotining turli ijro yo'nalishlariga ijobiy turtki bo'lganligini e'tirof etish mumkin.

Hozirgi kunda mumtoz musiqa ijrochiligimiz zamon zayli bilan ma'lum jihatlama olib qaraydigan bo'lsak rivojlanayotganligini kuzatishimiz mumkin. Har bir zamonda bo'lgani kabi bizning davrda ham musiqa ijrochiligi zamonaviy ruh bilan uyg'inlashgan deyishimiz mumkin. Zamonaviy texnalogiyalar ovozi past bo'lgan cholg'u asboblarini ovozini ko'tarib berishi, shiraliroq, jarangliroq yoki yo'g'onroq qilish imkoniyatlarini namoyon qiladi. Qolaversa, ayrim cholg'ularda ifodalashning imkoniyati kam bo'lgan nim pardalarimiz ham zamonaviy vositalar yordamida qo'llashimiz mumkin.

Maqomlami amaliy o'zlashtirish, targ'ibot etish va yangi namunalarni yaratishda bilimli ijrochilik mezoni muhim ahamiyat kasb etib kelgan. Mazkur jarayon, mumtoz musiqa merosining amaliyotda mavjud shakllariga tayanib

qolmasdan, balki mumtoz ijrochilik an'analarini o'zida jamlagan beqiyos, yangi-yangi namunalarini yuzaga chiqarishi bilan ham xarakterlanadi. Shu sababli, musiqashunoslik va tarmoqlari - musiqiy sharqshunoslik, maqomshunoslik va musiqiy manbashunoslik ilmi kasbiy musiqa turlarini atroflicha o'rganish va birinchi galda, musiqiy qonuniyatlar kesimida tadqiq etishga katta e'tibor beradi.

Mumtoz musiqa san'atining sozandalik va xonandalik sohalaridagi ijrochilik masalalari, hanuzgacha milliy musiqashunosligimizning ilmiy-nazariy tomonlama tadqiq etishga molik va muhtoj tarmoqlaridan biridir. Bu borada - "...hozirgi kunda qo 'shiqlardan-kuylarga, bir bastakor yoki kompozitordan - ikkinchisiga ko'chib yurgan "ommaviy" ohang usullar izchil tadqiq etilayaptiyu, ularga jon ato etgan, XX asrdagi musiqiy tafakkurimizga karvonboshilik qilganlar xizmati o'rganilmay qolayotganligi achinarli hol..." deb, o'z tadqiqotlarida qayta-qayta bu masalaga o'zini fikrini bildirgan musiqashunos olim T.G'ofurbekovning qarashlari qanchalar to'g'ri ekanligi va bu soha jiddiy munosabatlarga muhtojligini ko'rsatadi.

"Pardani his etish" - ijrochilikning muhim talablaridan biri bo'lib, uning musiqali mahorat darajasini, sifatlarini namoyon etuvchi omil hisoblanadi. Shu omil ijrochining tinglash va sezish qobiliyatlari benuqson bo'lishini taqozo etadi. Har bir ijrochining pardani to'g'ri his etishi va talqin etishi uning ma'naviy dunyosini, bilimi va amaliy mashg'ulotlari bilan bog'liqdir. Hofizning ma'naviy dunyosi qanchalik boy bo'lsa, uning ijrosi shunchalik jozibali, sof va rang-barang bo'lishi begumondir. U qanchalik an'ana va boy tajribaga ega bo'lsa, talqin etayotgan musiqiy ohanglarini shunchalik chuqur tushunib, teran his etib, barcha imkoniyatlari doirasida ifoda (tarannum) etadi. Shu omil ham hofizning ilmi va bilimi darajasi bilan xarakterlanadi. Lekin, bu o'rinda ijrochining muntazam tarzda turli xarakterdagi musiqa namunalarini amaliy tinglash va kuylash me'zoni ham juda muhim hisoblanadi. Har qanday sozanda ijrochining musiqani, pardani mantiqan to'g'ri his etib tarannum etishida, avvalo uning sezgi a'zolari benuqson bo'lishi lozim. Chunki bu jarayon uning o'ziga xos amaliy tushunish bosqichlarini o'taydi. Avvalo, uning sezgi a'zolariga ta'sir etisli maqsadida - unda ichki his (intuitsiya)si uyg'onadi. Ong orqali ta'sir etish jarayoni esa, so'z vositasida turli ma'lumotlarni unga yetkazish bilan xarakterlanadi.

"Badihago'ylik" - ijrochining mavjud bilimi doirasida asarga nisbatan ijodiy yondasha olishdir. Xususan, ijodiy jarayonda she'r, musiqa va boshqa shu kabi sohalarda tayyorgarliksiz ijro etish, ya'ni ijro etish jarayonining o'zida ijod etish. Bu borada manbalarda ko'p fikrlar bayon etilgan. Zamonaviy talqinda esa musiqashunos olimlar tomonidan quyidagicha izohlanganligini guvohi bo'lamiz. - "Musiqada improvizatsiyaning ikki asosiy turi mavjud. An'anaviy (og'zaki an'anadagi) musiqada, shu jumladan, o'zbek musiqa merosida muavyan kuyni badiha tarzida talqin etish - musiqa ijrosining asosiy shakllaridan biri hisoblanadi. Bunda sozanda

yoki xonanda turli musiqa bezak (melizm) lardan mohirona foydalanadi, yangi ohang ibora va jumlalarini ustalik bilan kiritadi, ayj yoki jo'r ovozlami o'zgartirish kabi usullardan foydalanadi. Ikkinchi turi - Improvizatsiya uslubida yangi musiqa asari yaratishdir.

Ijrochilik mohiyatini ko'rsatishda xonanda har bir asari ichki dunyosini tushunib uning obraziga tayyorlangan holda kira olishi va shu obrazni ijodkor tasavvur qilgandek yarata olishi muhim. Shu bilan birga texnik imkoniyatlarini, sifatini ko'satishda avvalo o'z ijrosini o'zi tinglashi va o'z bilimi doirasida to'g'ri idroklashi lozim. Shu jarayon musiqa san'atida muhim omillardan bo'lgan. Avniqsa cholg'u va ashula ijrochiligida katta ahamiyatga ega bo'lgan ijro bilan bevosita bog'liq boigan qator o'ziga xos xususiyatlarini o'z ichiga oiadi. Ijro asar ruhiga (obraziga) kirishi va o'z imkoniyatlarini ko'rsatishdagi muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Soibjon Begmatov. Mumtoz musiqa ijro uslublari. Toshkent. 2023.

2. O'ktamjon Rasulov. Cholg'u ijrochiligi. Toshkent. 2020.

3. Rozaxon Haydarova. An'anaviy cholg'u ijrochiligi (chang): o'quv qo'llanma Toshkent: "Musiqa". 2021, 168 b;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.