Научная статья на тему 'NAY IJROCHILIGI XUSUSIDA USLUBIY KO’RSATMALAR'

NAY IJROCHILIGI XUSUSIDA USLUBIY KO’RSATMALAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
326
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nay / cholg'u / ustoz / o'quvchi / ijro apparati / ijro nafasi / lablar / til / asar. / най / инструмент / учитель / ученик / исполнение / дыхание исполнения / губы / язык / произведение.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Vohidov Yusufjon Qodirovich

Bugungi kunda nafaqat musiqa yo'nalishida tahsil olayotgan, balki umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qiyotgan yoshlarimizning ham musiqiy savodxonligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu qatorda esa musiqa o'qituvchilariga bo'lgan talab yanada ortadi. Bu esa cholg'u ijrochiligi ta'limi sohasida yanada ko'proq izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Ushbu maqolada nay cholg'usi ijrochiligini bolalarga o'rgatishda ahamiyat qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar xususida so'z boradi. Shuningdek, nay ijrochiligini o'rgatish borasida bir nechta uslubiy ko'rsatmalar haqida ma'lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Сегодня особое внимание уделяется музыкальной грамотности не только нашей молодежи, обучающейся по музыкальным направлениям, но и обучающейся в общеобразовательных школах. При этом спрос на учителей музыки еще больше возрастет. Это требует дальнейших исследований в области обучения игре на инструменте. В данной статье рассказывается об аспектах, которые необходимо учитывать при обучении детей игре на инструменте най. Также приводится информация о нескольких методических указаниях по обучению игре на нем.

Текст научной работы на тему «NAY IJROCHILIGI XUSUSIDA USLUBIY KO’RSATMALAR»

NAY IJROCHILIGI XUSUSIDA USLUBIY KO'RSATMALAR

Vohidov Yusufjon Qodirovich

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Cholg'u ijrochiligi" kafedrasi o'qituvchisi [email protected]

ANNOTATSIYA

Bugungi kunda nafaqat musiqa yo'nalishida tahsil olayotgan, balki umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qiyotgan yoshlarimizning ham musiqiy savodxonligiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu qatorda esa musiqa o'qituvchilariga bo'lgan talab yanada ortadi. Bu esa cholg'u ijrochiligi ta'limi sohasida yanada ko'proq izlanishlar olib borishni taqozo etadi. Ushbu maqolada nay cholg'usi ijrochiligini bolalarga o'rgatishda ahamiyat qaratilishi lozim bo'lgan jihatlar xususida so'z boradi. Shuningdek, nay ijrochiligini o'rgatish borasida bir nechta uslubiy ko'rsatmalar haqida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: nay, cholg'u, ustoz, o'quvchi, ijro apparati, ijro nafasi, lablar, til,

asar.

АННОТАЦИЯ

Сегодня особое внимание уделяется музыкальной грамотности не только нашей молодежи, обучающейся по музыкальным направлениям, но и обучающейся в общеобразовательных школах. При этом спрос на учителей музыки еще больше возрастет. Это требует дальнейших исследований в области обучения игре на инструменте. В данной статье рассказывается об аспектах, которые необходимо учитывать при обучении детей игре на инструменте най. Также приводится информация о нескольких методических указаниях по обучению игре на нем.

Ключевые слова: най, инструмент, учитель, ученик, исполнение, дыхание исполнения, губы, язык, произведение.

ABSTRACT

Today, special attention is paid to the musical literacy not only of our young people studying in musical directions, but also studying in secondary schools. At the same time, the demand for music teachers will increase even more. This requires further research in the field of learning to play the instrument. This article describes

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

the aspects that need to be taken into account when teaching children to play the nai instrument. There is also information about several guidelines for learning to play it.

Keywords: nay, instrument, teacher, student, performance, performance breath, lips, tongue, work.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qaroriga binoan 2022/2023-o'quv yilidan boshlab umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarga milliy musiqa cholg'ularidan kamida bittasini chala olish mahorati o'rgatiladi va bu ularning shahodatnomasida qayd etiladi. Musiqa fani o'qituvchilarining milliy cholg'ulardan kamida bittasini, 2023/2024-o'quv yilidan boshlab esa kamida uchtasini chala olish mahoratiga ega bo'lish majburiy hisoblanadi.

Mana shu qarordan kelib chiqqan holda har bir o'quvchi o'zining qiziqishidan kelib chiqqan holda o'zi o'rganishni istagan cholg'uni tanlaydi. Nay cholg'usini o'rganishni istagan o'quvchilarni san'at olamiga yetaklash, o'zbek xalqining mumtoz musiqa merosi durdonalarining yuksak namunalaridan keng bahramand qilish, estetik bilimlar targ'ibotini yo'lga qo'yish kabi vazifalarni amalga oshirish muhimdir.

Dars jarayonida o'quvchilar ijrochilik ko'nikma va malakalarni shakllantirish bilan birga nay cholg'usining tarixiy manbalari, o'rganiladigan har bir asarning rivoyati, cholg'uni mohirona ijro etgan mohir sozandalar, bastakorlar va nay yasovchi ustalar haqidagi bilimlarni ham berish lozim. O'quvchilarning nay cholg'usida ijrochilik darajalari bo'yicha egallagan bilim, ko'nikma va malakalari ta'lim mazmuniga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, nazariy va amaliy faoliyatlar majmuasidan tashkil topgan. Nay cholg'usining barcha o'ziga xos hususiyatlarini bilish va boshqa milliy sozlarimizning tovush tembrlarini farqlashni o'rgatish ham muhim sanaladi.(1,7) Qolaversa, turli janr va murakkablikdagi texnik asarlaridan namunalarini badiiy va ohang jihatdan mukammal, mazmunan idrok etgan holda ijro eta olish, yakka va ansamlda jo'rnavoz bo'la olishi, musiqiy asarni notadan o'qiy olish, kuyga tavsif berish, xalq musiqa merosi haqida tushunchaga ega bo'lish, musiqaga oid atamalarni bilish, musiqaning ifoda vositalarini bilish, ijrochilik turlarini ijro sadolaridan farqlay olish, musiqa janrlarini bilish va ijro uslubidan ularni farqlay olish, har bir mahalliy uslubda o'ziga xos ijrochilik uslublari va cholg'u turlarini bilish o'quvchilarning musiqiy savodxonligini yanada oshiradi. Qoraqalpog'iston Respublikasi, Farg'ona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslubidagi xalq kuyi namunalaridan ijro eta olish, milliy musiqa amaliyotida o'zbek xalq ommaviy va kasbiy musiqa janrlarining mahalliy uslub variantlarini tinglab ajrata olish, uch voha (Xorazm

maqomlari, Shashmaqom, Farg'ona-Toshkent maqomlari) maqomlaridan, O'zbek bastakorlarining asarlaridan namunalar ijro eta olish esa bolalarning o'zbek mumtoz musiqasini nafaqat anglash, balki his eta olish imkonini tug'diradi.(2,14)

O'quvchilarning nay cholg'usida ijrochilikni o'zlashtirishlari uchun o'qitishning ilg'or va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion-pedagogik texnologiyalarni tadbiq etish muhim ahamiyatga ega. Bu boradadarslik, o'quv va uslubiy qo'llanmalar, tarqatma materiallar, elektron materiallar, sintezatorlar hamda musiqiy kompyuter dasturlaridan foydalaniladi. Shuningdek, darslarda "Ustoz-shogird an'analari"dan keng foydalaniladi.

Dars o'tish murakkab ijodiy mehnat jarayon, aslida. O'qituvchi tushuntirish ishlarini nayda ijro etib ko'rsatish bilan uzviy bog'langan holda olib borishi dars o'tish shakl va uslubiy jihatdan to'g'ri ekanidan dalolat beradi.(3,7) Shunda o'quvchining darsga bo'lgan diqqat va e'tibori to'la jalb etiladi hamda unga qiziqishi ortadi.

Dars jarayonida o'quvchiga ojro jarayonida qomatni qanday tutish lozimligi haqida albatta tushuntirilishi kerak. Nay cholg'usini chalishda qomatni tutish deyilganda ijrochining gavda holati, cholg'uni ushlay olish va tovushni chiqarish yo'li tushuniladi. Bunda yelkalar sal kerilgan tirsaklar bir oz ko'tarilgan holda tutilishi lozim, aks holda, ko'krak qafasi siqilib, nafas olish qiyinlashadi. (4, 27) Bu esa salomatlikka va o'sib rivojlanayotgan organizmning to'g'ri shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Nay cholg'usini ushlaganda qo'llar holati tabiiy, erkin bo'lishi lozim, shundagina har qaysi barmoqning yengil harakat qilishi uchun imkoniyat yaratiladi. Tovushni tembr jihatdan to'g'ri hosil qilish uchun ma'lum qoidalarga rioya qilish zarur. Tovush hosil qilishda lablarga o'ta zo'r bermaslik, puflab chiqarilayotgan havoning kuchi muayyan balandlikdagi tovush uchun zarur normada bo'lishi va bunda havo oqimi lablar oraligini kengaytirmasligi kerak.

Puflab ijro etiladigan cholg'uda ijro etayotganda nafas olish va nafas chiqarish goh bir tekis, goh asta tezlashib, goh esa ohista sekinlashib boradi. Bu ijro etilayotgan asarning xarakteriga, kuyning ma'lum qismlari va ohangiga bog'liqdir. Nafasning eng to'g'ri uslubi diafragmatik yoki ko'krak qorin uslubidir. Bu uslub uchun yelkani ko'tarmasdan va bo'yin mushaklarini zo'riqtirmasdan nafas olinishi lozim. Bu holda diafragma faol ishlaydi va nafas kengayadi.

Ijrochilik nafasini to'g'ri bajarish shartlari aniq va oddiy bo'lib, bu shartlar diafragma, pastki va o'rta qovurg'alarning faolligi hamda nafas olganda yelkalarning qimirlamasligidan iborat. Nafas musiqaviy ifodalikning eng muhim vositalaridan biridir. U ijrochida qanchalik taraqqiy etgan bo'lsa, uning kuyga mosligi va tovush sifati yorqin, tiniq va xilma-hil bo'ladi. Nafas olish malakasini har tamonlama

Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance

taraqqiy ettirish va undan musiqiy ifoda vositasi sifatida barcha turdagi ijro usullarini keng o'rganish mumkin.

Nay cholg'usida texnik ijrochilik mahoratini rivojlantirishda milliy pardalar asosida tuzilgan gamma, arpedjio, turli mashq va mashqlarni muntazam ravishda o'rganib borish katta ahamiyatga egadir. Gamma, arpedjio va mashqlar ustida ishlashda ijrochilikning sifatiga, mayin xarakatiga va uning yumshoq ijrosiga, tovushning nafisligiga, ritmni aniq his etishiga, musiqiy ohang (intonatsiya) aniqliligiga va sadolanayotgan milliy ohangning sifatiga e'tibor berish zarur. (5,17)

O'quvchi uchun o'zlashtirishi qiyin bo'lgan o'quv materialini chetlab o'tmay, balki bunday qiyinchiliklarni engishga ko'nikma hosil qilish, o'zlashtirishda yaxshi natijalarga olib keladi. Faqatgina yengil o'quv materiallari ustida ishlash esa o'quvchining murakkab texnik ijrochilik ko'nikmasining rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi, ma'lum darajada uning umumiy musiqiy ijrochiligining rivojlanishini cheklab qo'yishi mumkin. Har bir o'quvchining asosiy imkoniyatiga qarab o'qituvchi unga aniq vazifa berishi va uning bajarilishini muntazam tekshirib bormog'i lozim.

Musiqa asarini o'rganishga kirishishdan avval o'rganilayotgan asarni tahlil etish yuzasidan o'tkaziladigan muntazam mashg'ulotlar o'quvchining ijrochilik kamolotida katta rol o'ynaydi. Masalan: yangi asarni o'rganishdan avval o'quvchini musiqa asarining kelib chiqish tarixi yoki afsonasi, ijrochilari haqida, kalit oldi belgilari, qaysi tonallikda yozilganligi, asarning musiqiy bezaklari, uning dinamik belgilari bilan tanishtiriladi. Musiqa asarining murakkab joylari o'quvchiga tushuntiriladi. Umuman, yangi asar berilayotgan vaqtda o'qituvchi avvalam bor ushbu asarni o'quvchiga o'zi ijro etib berishi yoki magnit yozuvlarini eshittirishi maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Matyakubov B. Damli va zarbli cholg'ularda chalishni o'rgatish uslubiyati.-T., «Musiqa» 2009.

2. Omonullaev D.F va boshqalar "Birinchi sinfda musiqa darslari", o'quv uslubiy qo'llanma. T., 1987,

3. Omonullaev D.F va boshqalar "Ikkinchi sinfda musiqa darslari", o'quv uslubiy qo'llanma. T., 1988.

4. Petrov P., Matyoqubov B. Cholg'ushunoslik va cholg'ulashtirish. -T., «Turon-Iqbol», 2006.

5. Nigmatov R. Damli cholg'ular ansambllari. «Nishon-Noshir» -T., 2013.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.