Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDAGI MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISHNING RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH'

MAMLAKATIMIZDAGI MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISHNING RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
13
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
raqobat muhiti / bozor / monopoliya / monopoliyaga qarshi kurashish / kichik biznes va xususiy tadbirkorlik / soliq tizimi.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Umirova G.Sh., Khurmatov B.

Ushbu maqolada, mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish yo‘llari, monopol faoliyatni oldini olish shu bilan birgalikda O‘zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish jarayonidagi istiqbollarini ko‘rib chiqish haqidagi ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDAGI MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISHNING RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH»

Umirova G.Sh.

Jizzax politexnika instituti Iqtisodiyot va menejment kafedrasi assistenti

Khurmatov B.

Abu ali Ibn Sino nomidagi Tojikiston Davlat tibbiyot universiteti o'qituvchisi

MAMLAKATIMIZDAGI MONOPOLIYAGA QARSHI KURASHISHNING RAQOBAT MUHITINI SHAKLLANTIRISH

Annotatsiya. Ushbu maqolada, mamlakatimizdagi monopoliyaga qarshi kurashishning raqobat muhitini shakllantirish yo 'llari, monopol faoliyatni oldini olish shu bilan birgalikda O'zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish jarayonidagi istiqbollarini ko 'rib chiqish haqidagi ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so 'zlar: raqobat muhiti, bozor, monopoliya, monopoliyaga qarshi kurashish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, soliq tizimi.

Umirova G.Sh. assistant

Department of Economics and Management Jizzakh Polytechnic Institute Khurmatov B. teacher

Tajik State Medical University named after Abu Ali Ibn Sina

FORMING THE COMPETITIVE ENVIRONMENT OF THE FIGHT AGAINST MONOPOLY IN OUR COUNTRY

Annotation: this article provides information on ways to form a competitive environment of antitrust in our country, prevention of monopolistic activity, and at the same time consider the prospects for the formation of a competitive environment in Uzbekistan.

Key words: competitive environment, market, monopoly, fight against monopoly, small business and private entrepreneurship, tax system.

Bugungi vaqtda yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar asosida tadbirkorlarimiz ham raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishmoqda. Buning zamirida bozor iqtisodiyoti sezilarli darajada rivojlandi. Jahon bozoriga o'zbek brendi ostida juda ko'p mahsulotlar eksport qilinib sotilmoqda. Shuni aytib o'tish joizki, bunday natijalarga erishish uchun albatta arzon, sifatli va raqobatbardosh mahsulotlari ishlab chiqarish bilan erishishimiz mumkin. Raqobatbardosh mahsulotlar albatta bozorni rivojlantiradi.

Hammamizga ma'lumki, har bir sohada sog'lom raqobatga amal qilinishi natijadorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.

O'zbekistonda raqobat muhitini shakllantirish hamda uning istiqboldagi yo'nalishlarini belgilash uchun eng avvalo bozorning hozirgi vaqtdagi real holatini o'rganish, uni tahlil qilish juda muhim bo'lgan omillardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda raqobat muhiti hozirgi kunda ancha rivojlangan bo'lib, uning shakllanishi uchun barcha tashkiliy-huquqiy shart-sharoitlar yaratilgandir. Shu bilan bir qatorda, ayrim tizimlarda monopollashishni ko'rishimiz ham mumkin.

Monopol faoliyatni oldini olish hamda qonunbuzarliklarga yo'l qo'ymaslik uchun eng avvalo qaysi tarmoqlarning monopollashganligini yoki bozorda ustunlik mavqeini egallab turganligini bilishimiz zarur. Shu maqsadda hozirgi kunda respublikamizda ko'pgina xorij davlatlaridan farqli ravishda monopolist korxonalar davlat reestri yuritib kelinmoqda. Ushbu reestrga tovar bozorida 65 foizdan ortiq ulushga ega bo'lgan hamda qonunchilikda belgilangan ayrim holatlarda monopoliyaga qarshi davlat organi qaroriga muvofiq tovar bozoridagi ulushi 35 foizdan yuqori bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlar kiritib boriladi.

Mamlakatimizda raqobat muhiti bugungi kunga kelib qay darajada rivojlanganligini ushbu reestrda yuzaga kelayotgan o'zgarishlar va boshqa bir qator ko'rsatkichlar orqali bilib olishimiz ham mumkin. Raqobatni rivojlantirish hamda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarning amalga oshirilishi orqali bu borada juda katta yutuqlarga erishildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi, monopolist korxonalarga raqobatchi bo'lgan yangi xo'jalik yurituvchi subyektlarning tashkil etilishi hamda ular tomonidan raqobatbardosh tovar (ish, xizmat)lar ishlab chiqarilishi natijasida tovar bozorida o'z ustunlik mavqeini yo'qotgan monopolist korxonalar - Monopolist korxonalar davlat reestri ro'yxatidan chiqarildi.

Hozirgi vaqtga kelib, respublikada nodavlat mulkning har xil shakllarini rivojlantirish uchun barcha zarur huquqiy va iqtisodiy shart - sharoitlar yaratilgan. Respublika iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yaratilayotgan mahsulotning kattagina qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to'g'ri kelmoqda. Bu yutuqlar mamlakatimizda olib borilgan iqtisodiyotni erkinlashtirish siyosati hamda hukumatimiz tomonidan aniq chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilganligining samarasidandir.

Respublikamizda davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan tadbirkorlik subyektlari juda tez sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Davlat tomonidan tadbirkorlik subyektlariga soliq va boshqa imtiyozlarning berilishi hamda ularni qo'llab-quvvatlovchi turli institutlarning tashkil qilinishi shular sirasiga kiradi. Jumladan, xo'jalik yurituvchi subyektlarning soliq yukini kamaytirish bo'yicha bir qancha ijobiy ishlar ham amalga oshirilmoqda, O'zbekistonda aholi va tadbirkorlarning soliq yukini kamaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yangi O'zbekistonning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasini

2022-yilda amalga oshiгish bo'yicha —Yo'l xaгitasida nazaгda tutilgan. Loyihaga ko'ra, aholi va tadbiгkoгlik subyektlaгiga soliq yukini kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi hamda korxonalarning mol-mulk solig'i stavkasini 2 foizdan 1,5 foizga kamaytirish belgilandi65.

Shuningdek, Respublika bo'yicha qo'shimcha 200 ta sanoat zonalarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bunda:

> sanoat zonalarining har biriga kamida 15 ta korxonani joylashtirish;

> elektr, tabiiy gaz, suv taгmoqlaгi va yo'l infгatuzilmasi yetkazib berishni to'liq Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan amalga oshiгish (buning uchun 2022 yilda 1,5 tгln. so'm ajгatish)66.

Bularning barchasi kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli гag'batlantiгuvchi omillaг yaгatadi.

Respublikada faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)larning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi ham yildan yilga ortib bormoqda. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning roli va o'mi tobora mustahkamlanib boгayotganining o'zi iqtisodiyotimizning taгkibida bo'layotgan ijobiy o'zgaгishlaгdan dalolat beгmoqda.

Monopoliyaga qarshi faoliyatning funksional va instituttsional jihatlaridan samarali foydalanish asosan soliq tizimida olib borilayotgan islohotlar asosiy o'rinda tuгadi. Soliq tizimi iqtisodiyotning ajralmas biг qismi bo'lib, mamlakatni ijtimoiy hamda iqtisodiy гivojlantiгishning ustuvor yo'nalishlaгiga eгishishda muhim mexanizm sifatida yo^in namoyon bo'ladi.

Xulosa qilib aytganda, soliq mexanizmini takomillashtiгish, uni to'lash intizomiga qattiq гioya qilish, soliq qonunbuzariigiga yo'l qo'ymaslik, soliq to'lovcM^ va soliq oгganlari xodimlarining ma'naviyatini yuksaltiгish korxonalarning monopoliyaga qarshi faoliyatning raqobat muhitini shakllantirishning institutsional jihatlaridan samarali foydalanishni ta'minlashda muhim omillardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli, 2022-2026-yillaгga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taгaqqiyot stгategiyasi to'g'risidagi faгmoni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvaгdagi —2017-2021 -yillaráa O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Haгakatlaг stгategiyasini —Faol tadbrikoriik, innovatsion g'oyalaг va texnologiyalami qo'llab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risidagi PF-5308-sonli Farmoni. - Toshkent, 2018 y.

3. Pardaev M, Xasanov B., Isroilov J., Pulatov M., Eshboev O', Xoliqulov A.N. Moliyaviy va boshqamv tahlili. O'quv-qo'llanma, T.: Cho'lpon, 2012, 400 bet

65 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli, 2022 — 2026-YILLARGA MO'LJALLANGAN YANGI O'ZBEKISTONNING TARAQQIYOT STRATEGIYASI TO'G'RISIDAGI FARMONI

66 https://qalampir.uz/news/tadbirkorlarning-solik-yuki-kamaytiriladi-52463

4. Xoliqulov A.N., Maxmudova D.R. Iqtisodiyotni strategik rivojlantirish sharoitida kichik biznesni boshqarishni takomillashtirish. Monografiya. Samarqand, SamDCHTI nashr-matbaa markazi, 2020 yil - 126 bet

5. Abdullaev, A., Abdullaeva, G., & Umirova, G. (2022). SODERJANIE STRESSTESTIROVANIYA EKONOMICHESKOY BEZOPASNOSTI BANKOVSKOY SISTEMI. InterConf

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.