Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARI SALOHIYATINI OSHIRISHNING
IQTISODIY ASOSLARI HAMDA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Asliddin Junaydullayevich Abdulloyev Akmal Anvar o'g'li Rahmatov
Iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori Buxoro davlat universiteti Iqtisodiyot (PhD), dotsent (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)
mutaxassisligi 1-bosqich magistranti
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada tadbirkorlik subyektlari salohiyatini loshirishning iqtisodiy asoslari, tadbirkorlik subyektlariga iqtisoyotning turli tarmoq va sohalarida yaratilayotgan erkinliklar va imtiyozlar hamda ushbu iqtisodiy islohotlarning milliy qonunchiligimizda aks etishi borasida so'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: tadbirkorlik subyektlari, milliy iqtisodoyot, iqtisodiy islohotlar, xususiy mulk, davlat xususiy sherikchiligi, inklyuziv va barqaror iqtisodiy o'sish, soliq va bojxona sohasidagi imtiyozlar.
Kirish
2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish, shuningdek, inklyuziv va barqaror iqtisodiy o'sishga erishish orqali kambag'allikni ikki barobarga qisqartirish, iqtisodiyotda raqobatni ta'minlash, tadbirkorlik subyektlariga teng sharoitlar yaratish, bozor munosabatlariga to'laqonli o'tishni jadallashtirish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, xususiy investitsiyalar hajmini keskin oshirish hamda biznes doiralarning ishonchini yanada mustahkamlash bugungi iqtisodiyot oldida turgan ustuvor vazifalardan biridir.
Shu munosabat bilan 2022-yil 8-aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o'sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to'g'risida"gi farmoni e'lon qilindi.
Muhokama va natijalar
Iqtisodiy o'sishni ta'minlashda xususiy sektorning rolini oshirish, barcha tarmoq va sohalarda xususiy sektorning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning asosiy yo'nalishlari sifatida quyidagilarni e'tirof etish mumkin:
xususiy mulk daxlsizligi va tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash borasidagi institutsional va ma'muriy islohotlarni davom ettirish hamda bu borada qonun ustuvorligini ta'minlash;
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini shaffof tarzda xususiylashtirish mexanizmlaridan, eng avvalo, xususiy investorlarni jalb qilishning muhim omili sifatida foydalanish hamda yerlarni auksionga chiqarishda ularning jozibadorligini oshirish uchun infratuzilma va boshqa zaruriy sharoitlarni yaratib berish;
davlat ishtiroki saqlanib qolayotgan tovar va xizmatlar bozorini erkinlashtirish hamda ushbu sohalarga xususiy sektorning kirib kelishi uchun sharoit yaratish, monopoliyaga qarshi organning institutsional salohiyati va vakolatini kuchaytirish orqali sog'lom raqobat muhitini shakllantirish;
"tartibga soluvchi gilotina" usulini manzilli qo'llash orqali imtiyozlar, eksklyuziv huquq va ustunliklarni bekor qilish;
davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda xususiylashtirishni jadallashtirish, iqtisodiyotda samarasiz ishlayotgan korxonalar ulushini kamaytirish hisobiga sifat jihatidan yangi, xususan, ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv (ESG) tamoyillariga asoslangan investitsiyalar va ishlab chiqarish unumdorligi yuqori bo'lgan texnologiyalarning ko'payishini rag'batlantirish;
pul va kapital bozorlarini yanada erkinlashtirish hisobiga moliya bozoridagi turli segmentlarning rivojlanishiga turtki berish, shu orqali xususiylashtirilgan va transformatsiya jarayonidagi korxonalarga o'z faoliyatini moliyalashtirishning muqobil manbalarini shakllantirishga sharoit yaratish;
iqtisodiyotning drayver tarmoqlari, xususan, tog'-kon, neft-gaz, kimyo, qurilish materiallari sanoati va boshqa sohalarni kafolatlangan xomashyo bazasi bilan ta'minlash uchun geologiya-qidiruv ishlariga, qazib chiqarish va qayta ishlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishni jadallashtirish, mineral xomashyo bazasi zaxiralarini ko'paytirishni qo'llab-quvvatlash;
energiya resurslari, transport va kommunikatsiya bozorlarini rivojlantirish va sohaga xususiy investitsiyalar kirib kelishi uchun sharoitlar yaratish;
ichimlik va oqova suv ta'minoti, issiqlik ta'minoti, obodonlashtirish, yo'l qurilishi, aviatsiya infratuzilmasi sohalarida davlat-xususiy sheriklik loyihalarini keskin ko'paytirish;
barcha soha va tarmoqlarda korrupsiya holatlarining har qanday ko'rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish va unga qarshi ayovsiz kurashish;
davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, shu jumladan "komplaens" nazorat tizimini keng joriy etish, xaridlar tizimi shaffofligini ta'minlash orqali korrupsiyaning oldini olish.
Mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yaxshilash, tadbirkorlik subyektlarning salohiytaini oshirish hamda ularga yanada keng imkoniyatlar yaratishda xususiy mulkchilik va ko'chmas mulk savdosi ham muhim o'rin tutadi. Bu ayniqsa, chet el
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
fuqarolariga hamda Respublikamizda istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo'lmagan shaxslarga ko'chmas mulk xaridlarini amalga oshirish, shu orqali investitsion jozibadorlikni ta'minlashga xizmat qiladi.
2022-yil 1-maydan boshlab ro'yxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi ko'chmas mulk obyektlarini (bundan yer uchastkasi mustasno) sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi berilishi nazarda tutildi:
- Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida - qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko'chmas mulk obyektlarida qiymati 180 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlari;
- boshqa hududlarda - qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 000 AQSh dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan ko'chmas mulk obyektlarida qiymati 85 000 AQSh dollari ekvivalentidan kam bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlari.
Bunda, mazkur bandda nazarda tutilgan ko'chmas mulk obyektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga O'zbekiston Respublikasida doimiy ro'yxatdan o'tish va yashash guvohnomasini olish uchun asos bo'lmaydi.
Iqtisodiyotda raqobat muhitini yanada yaxshilash va xususiy sektor oldidagi byurokratik to'siqlarni qisqartirish maqsadida Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi, Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi, Moliya vazirligi va Adliya vazirliklari tomonidan bir qator tashabbuslar rejasi ishlab chiqildi. Ular quyidagilarda namoyon bo'ladi:
a) oxirgi kalendar yilida tovarlar (xizmatlar)ni sotishdan tushgan tushumi bazaviy hisoblash miqdorining o'n ming baravaridan oshmaydigan yuridik shaxslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar yoxud shaxslar guruhini (tabiiy monopoliya subyektlari, davlat xaridlari va birja savdolari ishtirokchilari, mahsulotlarining narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan xo'jalik yurituvchi subyektlardan tashqari) tovar yoki moliya bozorlarida ustun mavqe egallagan deb e'tirof etmaslik hamda ularga nisbatan monopoliyaga qarshi choralarni qo'llamaslik;
b) 2022-yil 1-sentabrdan boshlab, raqobatga qarshi harakatlarni sodir etgan xo'jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan quyidagilar uchun moliyaviy jarimalarni qo'llash:
- tovar va moliya bozorida raqobatni cheklashga olib keluvchi kelishuvlar (kelishib olingan harakatlar) va iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish;
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
- tovar va moliya bozoridagi ustun (monopol) mavqeni hamda yuqori muzokara ustunligini suiiste'mol qilganlik, ijtimoiy va strategik ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini asossiz oshirganlik va insofsiz raqobat;
- xo'jalik yurituvchi subyektlarni qo'shib yuborishda, qo'shib olishda va ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni (ulushlarni) sotib olish bo'yicha bitimlar tuzishda raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik;
- ommaviy savdolarda raqobatga zid harakatlar amalga oshirganlik va monopoliyaga qarshi talablarni buzganlik.
Tadbirkorlik subyektlari uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, shuningdek, soliq va bojxona to'lovlari bo'yicha imtiyozlarni taqdim etishni tartibga solish maqsadida bir qator yangi turdagi imtiyozlar amaldagi qonunchilikka kiritilib, hayotga tadbiq etilmoqda. Bu esa o'z navbatida tadbirkorlik subyektlari uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochishga xizmat qiladi (1-jadval).
1-jadval
2022-yil 1-maydan boshlab tarmoqlardagi barcha tadbirkorlik subyektlari uchun
tatbiq etiladigan soliq va bojxona imtiyozlari
RO'YXATI
T/r Imtiyoz berilgan normativ-huquqiy hujjat Amalda soliq va bojxona imtiyozidan foydalanuvchilar Tatbiq etilayotgan soliq va bojxona imtiyozi
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-martdagi "O'zbekipaksanoat" uyushmasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2856-son qarori 7-bandining uchinchi xatboshi "O'zbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar Bojxona to'lovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yig 'imlaridan tashqari)
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-maydagi "Baliqchilik tarmog'ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-2939-son qarori 16-bandi "O'zbekbaliqsanoat" uyushmasi, hududiy "Baliqsanoat" MChJlar va "O'zbekbaliqsanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar Aylanmadan olinadigan soliq
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12- "O'zbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga Bojxona to'lovlari (qo 'shilgan qiymat solig 'i va
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
yanvardagi "Respublikada ipakchilik tarmog'ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3472-son qarori 10-bandi kiruvchi tashkilotlar bojxona rasmiylashtiruvi yig'imlari bundan mustasno)
Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi "Charm-poyabzal va mo'ynachilik sohalarini rivojlantirish va eksport salohiyatini oshirishni yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3693-son qarori 10-bandi Charm, mo'yna, qorako'l xomashyosi hamda junni yig'ish va tayyorlash bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar (faqat "O 'zcharmsanoat" uyushmasi a 'zolari — tashkilotlarga sotilganida hamda yalpi tushumning umumiy hajmida ushbu turdagi faoliyatdan tushgan tushumning ulushi hisobot davri natijalari bo 'yicha kamida 80 foizni tashkil qilganda) Foyda solig'i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, aylanmadan olinadigan soliq
5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-dekabrdagi "Respublikada pillachilik tarmog'ini jadal rivojlantirishni qo'llab-quvvatlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4047-son qarori 7-bandi "O'zbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i
6. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 15-fevraldagi "Qizilmiya va boshqa dorivor o'simliklarni yetishtirish hamda sanoat usulida qayta ishlashni samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar Qizilmiya va boshqa dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash tashkilotlari uyushmasining qizilmiya va boshqa dorivor o'simliklar plantatsiyalarini Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig'i, yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq, foyda solig'i, aylanmadan olinadigan soliq
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
to'g'risida"gi 138-son qarori 9-bandi tashkil etadigan, shuningdek, qizilmiya va boshqa dorivor o'simliklarni qayta ishlaydigan a'zolari
Xulosa va takliflar
Xulosa sifatida aytish mumkinki, mamlakatimizda oxirgi yillarda tadbirkorlik faoliyatini liberallashtirish, tadbirkorlik subyektlari uchun yanada ko'proq imkoniyatlar yaratish maqsadida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu islohotlar, ayniqsa, xususiy mulk daxlsizligi va tadbirkorlik faoliyati erkinligini kafolatlash borasidagi institutsional va ma'muriy islohotlarni davom ettirish hamda bu borada qonun ustuvorligini ta'minlashda, qishloq xo'jaligiga mo'ljallanmagan yer uchastkalarini shaffof tarzda xususiylashtirish mexanizmlaridan, eng avvalo, xususiy investorlarni jalb qilishning muhim omili sifatida foydalanish hamda yerlarni auksionga chiqarishda ularning jozibadorligini oshirish uchun infratuzilma va boshqa zaruriy sharoitlarni yaratib berishda, davlat ishtirokidagi korxonalar va tijorat banklarini transformatsiya qilish hamda xususiylashtirishni jadallashtirishda, pul va kapital bozorlarini yanada erkinlashtirish hisobiga moliya bozoridagi turli segmentlarning rivojlanishiga turtki berish, shu orqali xususiylashtirilgan va transformatsiya jarayonidagi korxonalarga o'z faoliyatini moliyalashtirishning muqobil manbalarini shakllantirishga sharoit yaratishda, iqtisodiyotning drayver tarmoqlari, xususan, tog'-kon, neft-gaz, kimyo, qurilish materiallari sanoati va boshqa sohalarni kafolatlangan xomashyo bazasi bilan ta'minlash uchun geologiya-qidiruv ishlariga, qazib chiqarish va qayta ishlash jarayoniga xorijiy investorlarni jalb qilishni jadallashtirishda, barcha soha va tarmoqlarda korrupsiya holatlarining har qanday ko'rinishiga nisbatan murosasiz munosabatda bo'lish va unga qarshi ayovsiz kurashishda ko'zga tashlanmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning "Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o'sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to'g'risida"gi PF-101-son farmoni. 2022-yil 8-aprel.
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230
2. Martin Thomsen, Christop Watrin (2018). Tax avoidance over time: A comparison of European and U.S. firms. America. Journal of International Accounting, Auditing and Taxation. P. 40-63. (www.sciencedirect.com)
3. Michael Brostek (2009). Tax debt collection IRS needs to better manage the collection notices sent to individuals. America. United States government Accountability office.
4. А. Б. Шеров, & Х. А. Худайкулов (2021). Деятельность коммерческого банка на мировых финансовых рынках. Scientific progress, 2 (1), 1261-1265.
5. Vinokhodova I.G. (2019). Improving the practice of collecting debts of organizations for taxes and fees. Russia. Scientific article. Алимов Р., Камилова М., Курбанова Д.. Кластерная концепция экономического развития: теория и практика. - Т.: ИЭ АН РУз, 2005. с. 36.
6. Urayeva D., Nazarova G. COMPARATIVE ANALYSIS OF MYTHOLOGICAL NAMES AND MYTHOLOGISMS IN THE ENGLISH AND UZBEK LITERATURE //Philology Matters. - 2021. - Т. 2021. - №. 1. - С. 3-21.