Научная статья на тему 'RAQAMLI BOZORLARDA RAQОBAT MASALALARINI TARTIBGA SОLUVCHI VAKОLATLI ОRGANLARNING VAZIFA VA FUNKSIYALARI'

RAQAMLI BOZORLARDA RAQОBAT MASALALARINI TARTIBGA SОLUVCHI VAKОLATLI ОRGANLARNING VAZIFA VA FUNKSIYALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
91
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli bozor / Monopoliyaga qarshi organ / raqobat / reklama bozori / insofsiz raqobat / ustun monopol mavqe. / Digital market / Antitrust authority / competition / advertising market / unfair competition / dominant monopoly position.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Eshonqulov Asadulla Akram o’g’li

Mazkur maqola raqamli bozorlardagi raqobatni tartibga soluvchi organlarning vazifa va funksiyalari tahlilini o’z ichiga oladi. Shuningdek, raqamli bozorlarning o’ziga xos xusiyatlarini hisobga olib, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish qilish uchun raqobatni tartibga soluvchi organlarning vazifalari tahlilini bayon etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DUTIES AND FUNCTIONS OF AUTHORITIES REGULATING COMPETITION ISSUES IN DIGITAL MARKETS

This article includes an analysis of the tasks and functions of the bodies that regulate competition in digital markets. Also, taking into account the specific characteristics of digital markets, it describes the analysis of the tasks of competition regulatory bodies to protect the rights of consumers.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI BOZORLARDA RAQОBAT MASALALARINI TARTIBGA SОLUVCHI VAKОLATLI ОRGANLARNING VAZIFA VA FUNKSIYALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(9), September, 2023

RAQAMLI BOZORLARDA RAQOBAT MASALALARINI TARTIBGA SOLUVCHI VAKDLATLI ОRGANLARNING VAZIFA VA FUNKSIYALARI

Eshonqulov Asadulla Akram o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti E-mail:Alimuhammadmuso@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola raqamli bozorlardagi raqobatni tartibga soluvchi organlarning vazifa va funksiyalari tahlilini o 'z ichiga oladi. Shuningdek, raqamli bozorlarning o 'ziga xos xusiyatlarini hisobga olib, iste 'molchilarning huquqlarini himoya qilish qilish uchun raqobatni tartibga soluvchi organlarning vazifalari tahlilini bayon etadi.

Kalit so'zlar. Raqamli bozor, Monopoliyaga qarshi organ, raqobat, reklama bozori, insofsiz raqobat, ustun monopol mavqe.

АННОТАЦИЯ

В данной статье проводится анализ задач и функций органов, регулирующих конкуренцию на цифровых рынках. Также с учетом специфики цифровых рынков описан анализ задач органов регулирования конкуренции по защите прав потребителей.

Ключевые слова. Цифровой рынок, антимонопольный орган, конкуренция, рекламный рынок, недобросовестная конкуренция, доминирующее монопольное положение.

ABSTRACT

This article includes an analysis of the tasks and functions of the bodies that regulate competition in digital markets. Also, taking into account the specific characteristics of digital markets, it describes the analysis of the tasks of competition regulatory bodies to protect the rights of consumers.

Key words. Digital market, Antitrust authority, competition, advertising market, unfair competition, dominant monopoly position.

KIRISH

Har bir davlat raqobat sohasida zarur qonunchilikni yaratishi bilan birgalikda uning ijrosini nazorat qilish va qanchalik amal qilinayotganligini tahlil qilish hamda tartibga solish uchun raqobat sohasida maxsus vakolatli organni tashkil etadi. Masalan, Rossiya Federatsiyasida "Federal monopoliyaga qarshi xizmat" deb nomlangan raqobatni tartibga soluvchi va raqobat sohasida vakolatli organ tashkil etilgan. Uning asosiy umumiy vakolatlari sirasiga quyidagilar kiritilgan:

Tovar bozorlarida va raqobat sohasida qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

tabiiy monopoliya va reklama subyektlari faoliyatida, moliya xizmatlari bozorida raqobatni himoya qilish;

ushbu sohada normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish funktsiyasini amalga oshirish.

Bizning mamlakatimizda ham raqobat qonunchiligiga ko'ra raqobatni ta'minlovchi va tadbirkorlik subyektlarini raqobat to'g'risidagi qonunchilikka rioya qilishini bevosita nazorat qiluvchi monopoliyaga qarshi organ mavjud. Ushbu organ O'zbekiston Respublikasining Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi deb nomlanadi. Ko'p hollarda Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi deb ham aytiladi. Chunki ilgari nomi shunday atalgan va bu qonun hujjatlarida ham saqlanib qolingan. Shuning uchun bu ikki nomni birdek ishlataveramiz. Quyida ushbu organnning vazifa va funksiyalarini muhokama qilamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

O'zbekiston Respublikasi "Raqobat to'g'risidagi" Qonunning 9-moddasiga ko'ra:

"O'zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi hamda uning hududiy organlari (bundan buyon matnda monopoliyaga qarshi organ deb yuritiladi) tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi vakolatli organdir.

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi, xo'jalik yurituvchi subyektlarning raqobatga qarshi harakatlarini, insofsiz raqobatini cheklash va ularning oldini olishga hamda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining g'ayriqonuniy harakatlariga yo'l qo'ymaslikka qaratilgan davlat siyosatini amalga oshiradi."1

Monopoliyaga qarshi organ tadbirkorlik subyektlarining raqobat to'g'risidagi qonunchilikka rioya qilishini nazorat qiladi va bu borada elektron tijoratni ham tartibga soladi. Monopoliyaga qarshi orqan ko'p yillardan beri qayta tashkil etilgan, ba'zan boshqasiga qo'shib yuborilib, yana ajratilgan. Uning so'ngi shakllanishi quyidagicha:

"O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi №PF-5630-sonli "Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-yanvardagi № PQ-4126-sonli "O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi

1 O'zbekiston Respublikasining"Raqobat to'g'risida"gi Qonuni, 06.01.2012 yildagi O'RQ-319-son. 9-modda https ://lex.uz/docs/-1931443?otherlang=1

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi Qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tuzildi va unga monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya subyektlari faoliyati ustidan nazorat olib borish, iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish va tovar-homashyo birjalarini litsenziyalash kabi vazifa, funksiya va vakolatlar berildi."2

Ushbu organ ana'naviy bozorlardagi raqobat bilan bir qatorda, raqamli bozorlardagi raqobatni tartibga soluvchi organ ham hisoblanadi.

Monopoliyaga qarshi organlar ana'naviy va raqamli bozorlarda quyidagi sohalarda davlatning monopoliyaga qarshi siyosatini olib boradi:

"tovar va moliya bozorida (asosan, raqobatga qarshi harakatlar, ustun mavqeni suiste'mol qilish, iqtisodiy kontsentratsiya, insofsiz raqobat, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatiga tashqi aralashuvlar) tabiiy monopoliyalar sohasida; iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida; ba'zi hollarda davlat xaridlarini tartibga solish;

kapital qurilishda narx monitoringini olib borish, davlatning qo'llab-quvvatlashi orqali narxlarni tartibga solishda."1

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasining asosiy vakolatlari "Raqobat to'g'risida"gi Qonunning 21-moddasida batafsil berib o'tilgan. Unga ko'ra: "Monopoliyaga qarshi organ:

tovar va moliya bozorlaridagi raqobat sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;

xo'jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeyi mavjudligini aniqlaydi;

tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning davlat reyestrini yuritadi;

raqobat to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan, shu jumladan tanlov (tender) va birja savdolarini o'tkazishda qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;

qonunchilikda belgilangan tartibda raqobat to'g'risidagi qonunchilikning buzilishlarini aniqlaydi, ular bo'yicha ishlar qo'zg'atadi va ularni ko'rib chiqadi;

raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzganlik haqidagi ish yuzasidan, shu jumladan xo'jalik yurituvchi subyektlardan raqobatga qarshi harakatlar natijasida asossiz ravishda olingan daromadni (foydani) olib qo'yish haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qaror qabul qiladi;

2 O'zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi tarixi https://antimon.gov.uz/qo-mita/qo-mita-tarixi/

1 Azizov X.T., Mualliflar jamoasi.Raqobat huquqi. Darslik. - T.: TDYuU nashriyoti, 2016. 41-bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

qonunchilikda belgilangan tartibda xo'jalik yurituvchi subyektlarga, davlat boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek ularning mansabdor shaxslariga raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzish hollarini bartaraf etish to'g'risida ijro etilishi majburiy bo'lgan ko'rsatmalar beradi;.

raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzganligi uchun xo'jalik yurituvchi subyektlarni, davlat boshqaruvi organlarini, mahalliy davlat hokimiyati organlarini, ularning mansabdor shaxslarini va boshqa jismoniy shaxslarni tegishli javobgarlikka tortadi;

litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish to'g'risida, bojxona tariflarini o'zgartirish to'g'risida, kvotalarni joriy etish yoki bekor qilish haqida, shuningdek soliq hamda boshqa majburiy to'lovlarni to'lash bo'yicha imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish va davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoxud ularni bekor qilish to'g'risida tegishli davlat organlariga takliflar kiritadi;

raqobat to'g'risidagi qonunchilik buzilganligi bilan bog'liq jinoyat alomatlari bo'yicha jinoyat ishi qo'zg'atish haqidagi masalani hal qilish uchun materiallarni tegishli organlarga yuboradi;

raqobat to'g'risidagi qonunchilikning qo'llanilishi va buzilishi bilan bog'liq ishlarning sudda ko'rib chiqilishida ishtirok etadi;

xo'jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan raqobat to'g'risidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tekshirishlar otkazadi;

raqobat to'g'risidagi qonunchilikni buzgan xo'jalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining reyestrini yuritadi va e'lon qiladi;

raqobat to'g'risidagi qonunchilikning qo'llanilishi masalalari yuzasidan o'z vakolatlari doirasida tushuntirishlar beradi."1

Quyidagilar Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:

"Tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini ta'minlash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo' jalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqeini suiste'mol qilishi, «kartel'» kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo'yish;

savdolar, iqtisodiy kontsentratsiya va davlat ko'magini monopoliyaga qarshi tartibga solish;

1 O'zbekiston Respublikasining"Raqobat to'g'risida"gi Qonuni, 06.01.2012 yildagi O'RQ-319-son. 21-modda https ://lex.uz/docs/-1931443?otherlang=1

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

bozor ishtirokchilariga yuqori likvidli, shu jumladan, tabiiy monopoliya sub'ektlari tomonidan ishlab chiqariladigan tovarlardan (ishlar, xizmatlardan) foydalanishda teng shart-sharoitlarni ta'minlash;

qonun hujjatlarining raqobatga ta'sirini baholash, davlat organlarining raqobatni cheklovchi qarorlar qabul qilishiga va shunday harakatlarni amalga oshirishiga yo'l qo'ymaslik."1

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi o'ziga yuklangan vazifalarga ko'ra quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: Masalan, tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitini rivojlantirishning yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasidagi quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

"davlat organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining raqobatni rivojlantirish va monopolistik faoliyatni cheklash bo'yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobatni himoya qilishni yanada takomillashtirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;

qonun hujjatlari va huquqni qo'llash amaliyotini yanada takomillashtirish, raqobatni rivojlantirishni cheklovchi yakka tartibdagi imtiyozlar, preferensiyalar va yengilliklarni bekor qilish bo'yicha takliflar kiritadi;

monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va raqobat muhitini rivojlantirish sohasidagi ilg'or xalqaro tajribani tizimli o'rganish va joriy etishni amalga oshiradi;

bu sohasida xorijiy mamlakatlarning monopoliyaga qarshi kurashish organlari va xalqaro tashkilotlar bilan har taraflama hamkorlikni tashkil qiladi;

xo'jalik yurituvchi subyektlarni insofsiz raqobatchilardan va raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzayotgan davlat organlarining noqonuniy qarorlaridan, ularning mansabdor shaxslarining harakatlaridan (harakatsizligidan) o'z vakolatlari doirasida himoya qiladi;

tovar yoki moliya bozorlarida xo'jalik yurituvchi subyektlarga teng shart-sharoitlarni ta'minlash bo'yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning davlat organlari va ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishini o'z vakolatlari doirasida nazorat qiladi."1

"b) tovar va moliya bozorlarida raqobat muhiti holatini tizimli tahlil qilish, xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning ustun mavqeni suiiste'mol qilishi, "kartel"

1 O'zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi vazifa va funksiyalari https://antimon.gov.uz/qo-mita/vazifa-va-funktsiyalar/

1 O'zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi vazifa va funksiyalari https://antimon.gov.uz/qo-mita/vazifa-va-funktsiyalar/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

kelishuvlari va til biriktirish, insofsiz raqobatni aniqlash va ularga chek qo'yish sohasida:

tovar va moliya bozorlarida raqobat muhitining holatini o'rganadi va xo'jalik yurituvchi sub'ekt yoki shaxslar guruhining ustun mavqeini aniqlaydi, shaxslar guruhi ishtirokchilarining tarkibini belgilaydi;

ustun mavqeini suiste'mol qilish, "kartel" kelishuvlari va til biriktirishlarni aniqlash va ularga chek qo'yish choralarini ko'radi;

"kartel" kelishuvlar va til biriktirishlar kabi raqobatga qarshi harakatlarning murakkab turlarini aniqlash va ularga chek qo'yish masalalarida huquq-tartibot organlari bilan o'zaro hamkorlik qiladi;

davlat organlari va xo'jalik yurituvchi subyektlarda monopoliyaga qarshi kompleansni joriy etadi;

ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi subyektlar va tabiiy monopoliya subyektlarining tovarlariga (ishlariga, xizmatlariga) xarajatlarni kamaytirish bo'yicha takliflar ishlab chiqadi;

yuridik shaxsning individuallashtirilgan vositalariga va tovarni individuallashtirish vositalariga har qanday huquqni sotib olish bilan bog'liq insofsiz raqobat holatlarini aniqlaydi;

Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar davlat reestriga kiritilgan xo'jalik sub'ektlari yoki shaxslar guruhi tomonidan ishlab chiqariladigan (ko'rsatiladigan) tovarlar (xizmatlar) narxlari ustidan monitoring olib boradi;

tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo'jalik yurituvchi subyektlar hamda tabiiy monopoliya sub'ektlarining davlat reestrlarini shakllantiradi va yuritadi."1

Yuqoridagi funksiyalar faqatgina an'anaviy bozorlardagi raqobat uchun emas, raqamli bozorlardagi raqobat uchun ham taalluqlidir.

Shuningdek, ushbu organning hududiy bo'linmalaridan tashqari uning tarkibida Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish Agentligi tashkil etilgan. Ushbu Agentlik O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil, 9-noyabrdagi "Iste'molchilar huquqlarini himoya qilishning huquqiy va institutsional tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida Prezident Farmoni (PF-5817-son.) asosida tashkil etilgan. Ushbu Agentlik Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasining iste'molchilar bilan bog'liq, ya'ni iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish , narx shakllanishi mexanizmlarini

1 O'zbekiston Respublikasining Monopoliyaga qarshi kurashish qomitasi vazifa va funksiyalari https://antimon.gov.uz/qo-mita/vazifa-va-funktsiyalar/

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(9), September, 2023

o'rganish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish borasida xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish vazifalarini bajaradi.

Yuqoridagilar ma'lumotlardan ko'rinib turganidek, raqobatni himoya qilishni tashkil etuvchi organlar alohida raqamli bozorlardagi raqobatni tartibga solish uchun tashkil etilmagan. Ana'anviy va raqamli bozorlarning ikkalasini ham umumiy tartibga solaveradi. Lekin ushbu holatda raqamli bozorlarning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: -O'zbekiston, 2014;

2. "Raqobat to'g'risida"gi Qonuni // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2012-yil 6-yanvar, O'RQ-319-son;

3. Oqyulov O., Mansurov K., Xodjaev B. Raqobat huquqi. - Toshkent, TDYul, 2008. - 174 b

4. Mualliflar jamoasi. Raqobat huquqi. Darslik. - T.: TDYU nashriyoti, 2017.239 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.