CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
Central Asian Journal of
Education and Innovation
MAMLAKATIMIZDA ISHLAB CHIQARISH SOHASIDA MEHNAT RESURSLARI
Mardiev Bunyod Sirojiddin o'g'li
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti Menejment kafedrasi assistenti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10623604
ARTICLE INFO
Qabul qilindi: 01-February 2024 yil Ma'qullandi: 04- February 2023 yil Nashr qilindi: 06- February 2023 yil
KEY WORDS
Ishlab chiqarish, resurs, ishchi kuchi, mehnat resursi, ish haqqi, HR, mehnatga layoqat.
ABSTRACT
Ushbu maqolada mamlakatimizda ishlab chiqarish sohasi, undagi mehnat resurslarining tarkibi, ishlab chiqarish sohasida mehnat resurslarini bandligi kolami, ahamiyati haqida ma'lumotlar, fikrlar va takliflar beriladi.
Biznes olamida ishlab chiqarish muhim tarkibiy qism bo'lib, uni e'tibordan chetda qoldirib bo'lmaydi. Bu mijozlarning ehtiyojlari va istaklarini qondiradigan tovarlar yoki xizmatlarni yaratish va yig'ishni anglatadi. Ishlab chiqarishsiz korxonalar o'z mahsuloti yoki xizmatlarini o'z vaqtida va samarali taqdim eta olmaydi, bu esa mijozlarning noroziligiga va foydaning pasayishiga olib kelishi mumkin edi. Ushbu blog postida biz nima uchun ishlab chiqarish har qanday biznes muvaffaqiyati uchun muhimligini, uning umumiy operatsiyalarga qanday ta'sir qilishini, uning afzalliklarini, shuningdek, xaridlar jarayonida korxonalar duch keladigan qiyinchiliklarni o'rganamiz. Ishlab chiqarish - bu odamlar uchun foydali bo'lgan tovarlar va xizmatlarni yaratish jarayoni1. Bu loyihalash, rejalashtirish, xarid qilish, ishlab chiqarish, sinovdan o'tkazish, qadoqlash va tarqatish kabi bir qator tadbirlar orqali xom ashyoni tayyor mahsulotga aylantirishni o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarishning maqsadi iste'molchilarning ehtiyojlari va ehtiyojlarini qondirish va biznes uchun foyda olishdir. Ishlab chiqarish turlari sanoat sektori, texnologiya darajasi va bozor talabi kabi omillarga qarab farq qilishi mumkin. Masalan, ommaviy ishlab chiqarish deganda yuqori samaradorlik va bir birlik uchun arzon narxlardagi standartlashtirilgan mahsulotlarni keng miqyosda ishlab chiqarish tushuniladi; buyurtmachi ishlab chiqarish esa, har bir birlik uchun yuqori xarajat evaziga individual mijozlar talablariga muvofiq tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarish har qanday biznes faoliyatining muhim jihati hisoblanadi, chunki u kompaniyaning o'sishini ta'minlash uchun zarur bo'lgan tovarlar yoki xizmatlarni yaratish va ishlab chiqarishni o'z ichiga oladi. Ishlab chiqarishsiz korxonalar o'z mijozlarining ehtiyojlarini qondira olmaydi yoki daromad keltira olmaydi. Mamlakatimizda eng ko'p miqdorda ishlab chiqariladigan, yetishtiriladigan xomashyolarni bilib olsak, qaysi sohada ishlab chiqarish yuqori ekanligini bilib olishimiz mumkin. O'zbekiston paxta yetishtirish
https://oboloo.com/
bo'yicha dunyoda yetakchi davlatlar qatoriga kiradi. Bog'lari va uzumzorlari bilan mashhur bo'lib, qorako'l qo'ylari va pillachilikda ham muhim ahamiyatga ega. O'zbekistonning foydali qazilmalari, neft va gaz zaxiralari katta. Mamlakat katta hajmdagi tabiiy gaz ishlab chiqaradi va eksport qiladi. Markaziy bank milliy valyuta - so'mni muomalaga chiqaradi. O'zbekiston Markaziy Osiyoda mashinasozlik va og'ir texnika ishlab chiqaruvchi asosiy mamlakat hisoblanadi. Respublikamizda paxta yetishtirish, terish va qayta ishlash uchun hamda to'qimachilik sanoati, irrigatsiya va yo'l qurilishida foydalanish uchun mashina va uskunalar ishlab chiqariladi. Mashinasozlikga qaratilayotgan bunday e'tibor qora va rangli metallurgiyani ham muhimligini anglatadi. Bekobodda birinchi metallurgiya zavodi 1946 yilda ishga tushdi.
Davlat statistika qo'mitasining 2022-yilning yanvar-sentyabr oylaridagi mehnat ko'rsatkichlari bo'yicha ma'lumotiga qarasak, O'zbekistonda 19,5 millionga yaqin ishchi kuchi borligini ko'rsatadi. Ish bilan band aholi soni 13,8 million kishini tashkil etdi. Mana yana bir qancha raqamlar:
- bandlik darajasi - 68 foiz;
- ishsizlar soni - 1,3 million kishi;
- ishsizlik darajasi - 8,6 foiz;
- iqtisodiy nofaol aholi soni - 4,3 million kishi.
O'zbekiston 2024-yilda 5 million kishini ish bilan ta'minlash imkoniyatini yaratishni maqsad qilgan. Rasmiy ishsizlik darajasi hozirda 1,3 millionni tashkil etadi. Yil davomida yana 2,4 million kishi mehnat bozoriga kirishi kutilmoqda. Besh million kishi - bu O'zbekistonda 2024-yilda yaratilishi mo'ljallanayotgan ish o'rinlari soni. Bu haqda O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida aholi bandligini yaxshilash va tadbirkorlik sohasidagi talablarni kamaytirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda keltirilgan.
Hozirgi kunda sanoatning barcha tarmoqlarida, xususan, ishlab chiqarishda ham mehnat resurslari juda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizdagi Oliy ta'lim muassasalari ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish sektorlari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash bo'yicha kelishuvlar asosida ish olib borishadi. Bundan tashqari, bo'sh ish o'rinlariga hodimlarni jalb qilish, ularni tanlov asosida ishga joylashtirish borasida ko'plab ishlar olib borilmoqda. Mahalliy korxonalarimiz o'zlarida HR(Human resources) bo'limlarini joriy qilib kelishmoqda.
Aholining mehnat faolligi va ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lgan mehnatga layoqatli aholi ulushi mehnat resurslaridan foydalanish mezonlarini belgilaydi. O'zbekistonda bu mezon 99,8 foizdan ortiqni tashkil etadi. Shu bilan birga, iqtisodiy faol aholining 56,2 foizi qishloqlarda joylashgani ham mamlakatimiz ijtimoiy-demografik rivojlanishida qishloqlar yetakchi ekanidan dalolatdir. Biroq qishloqda aholi band bo'lishi mumkin bo'lgan tarmoqlar tor doirada rivojlangani, ularning aksariyati qishloq xo'jaligida to'planishiga olib kelgani hammaga ma'lum. Bundan tashqari, yuqorida qayd etilgan demografik vaziyatning aholi o'sishini ta'minlashga qaratilganligi, shuningdek, ijtimoiy ishlab chiqarish tarmoqlarining o'zgarishi, turli mulkchilik shakllarining paydo bo'lishi qishloqlarning ortiqcha mehnat resurslari bilan ta'minlanishiga ta'sir ko'rsatmoqda.
Iqtisodiy faol aholini sifat jihatidan baholashning yana bir ko'rsatkichi uning mulkchilik shakllari bo'yicha taqsimlanishi hisoblanadi. Mulkchilik shakllariga ko'ra Respublikamiz mehnat resurslari davlat sektori va nodavlat sektorida band bo'lib, ularning
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF EDUCATION AND INNOVATION SJIF = 5.281
o'zaro nisbati bo'yicha nodavlat sektor yetakchi o'rinda turadi. Binobarin, 1991 yilda iqtisodiyotda band bo'lgan aholining 61,2 foizi davlat sektorida ishladi. 2001-yilda bu ko'rsatkich 24,0 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2020-yilda 16,8 foizga teng bo'ldi.
Aholining bandligi va uning mulkchilik shakllari bo'yicha tarkibidagi o'zgarishlar nodavlat sektorda bandlik ulushining oshishiga olib keldi. Natijada 1991-2020-yillarda mazkur tarmoqda aholi bandligi 38,8 foizdan 78,0 foizga oshdi. Xususan, xususiy va yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchilarning ulushi yuqori. Darhaqiqat, nodavlat sektorga qarashli fermer xo'jaliklarida mehnat qilayotganlar soni va ulushi tobora ortib bormoqda. Jumladan, birgina 1995 yilda respublikamizda fermer xo'jaliklarida 201,5 ming kishi mehnat qilgan bo'lsa, ularning soni 2005 yilda 4 barobar, 2020 yilda esa 8 barobar ko'paygan.
Xulosa qilib aytganda ishlab chiqarish sohasida aholining ko'p qishmi band. Biroq ularda ishlab turgan sohasi bo'yicha yetarli ko'nikmasi yo'q. Chunki yirik ishlab chiqarish korxonalarida ishlovchi oddiy ichchilarning qariyb 90% o'rta maxsus ma'lumotga ega. Kichik biznes sohasidagi ishlab chiqarishda esa ma'lumotga ega bo'lmagan ishchilar ham bor. Bizda Oliy ta'lim tizimi va
Kasb-hunarga o'qitish bo'yicha o'rta maxsus tizimda haqiqiy islab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan amaliy darslar juda ham kam olib boriladi. Demak, mehnat resusrlarida bizda eng kerakli tamoyil bu- malaka desak to'g'rib o'lar edi.
Foydalanilgan adabiyotlar royxati:
1. O'zbekiston Respublikasi Milliy Ensklopediyasi. Toshkent. 2000 yil.
2. A.E.Parmanov, M.A. Maksumova-Ishlab chiqarishni tashkil etish- darslik, Toshkent. 2012.
3. https://www.researchgate.net
4. https://ru.wikipedia.org
5. Stat.uz
6. https://lex.uz