PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
O'ZBEKISTONDA ISHSIZLIKNI KAMAYTIRISH YO'LLARI
Musurmankulova Gulchexra Isabekovna
Katta o'qituvchi Toshkent amaliy fanlar universiteti, Farg'ona yo'li ko'chasi 1-uy, Tashkent , O'zbekiston
[email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13304053 Annotatsiya: Ishsizlik va u bilan bog'liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy- mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o'rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo'shimcha ishchi o'rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o'sishidan orqada qolmasligi kerak. Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda — ishchi kuchining ish joyi bilan ta' minlanmaganligi va natijada, uning biron-bir qonuniy daromad manbaiga ega bo'lmasligining muayyan (aniq) holati tushuniladi. Demak, ishsizlikni kamaytirish kambag'allikni qisqartirish yo'llaridan biridir.
Kalit so'zlar: Ishsizlik, bandlik,mehnat bozori, mavsumiy ishsizlik, doimiy ishsizlik, xalqaro mehnat taqsimoti, unumdorlik, samarali bandlik, ish haqi, rentabellik, xarajat, daromad.
KIRISH
Jahon mamlakatlari ishsizlik tushunchasini BMT, Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT), Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish jamiyati talablariga ko'ra ishlab chiqishadi. Xalqaro tashkilotlarning bergan ta'rifiga binoan «ishsiz shaxslar» deganda — ishga ega bo'lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolar tushuniladi. Mana shu asosiy shartlarga rioya qilgan holda, turli mamlakatlarda fuqaroni ishsiz shaxs deb e tirof etish uchun qo'shimcha shartlar talab qilinadi. O'zbekiston Respublikasining «Aholini ish bilan taminlash to'g'risida»gi Qonuniga binoan ishsiz shaxs deb, mehnatga qobiliyatli (o'n olti yoshdan boshlab to pensiya bilan ta'minlanish huquqini olgunga qadar), ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo'lmagan, ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida ro'yxatga olingan, mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan o'tishga, malakasini oshirishga tayyor mehnatga qobiliyatli shaxslar e tirof etiladi.1 Ishsiz shaxs deb etirof etish uchun quyidagi to'rt shart mavjud bo'lishi lozim. 1Birinchi shart — fuqaro mehnatga qobiliyatli bo'lishi va amaldagi qonun hujjatlariga binoan pensiya ta'minoti huquqiga ega bo'lmasligi kerak. Huquqiy jihatdan mehnat qilish qobiliyatining quyi darajasi, Mehnat kodeksining 20-moddasiga muvofiq 16 yosh deb belgilangan.2 Ikkinchi shart — fuqaro ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega bo'lmasligi lozim. Uchinchi shart — fuqaro ishlashga tayyor bo'lishi lozim. Fuqaroning ishlashga tayyor ekanligini, uning mahalliy mehnat organiga ish qidirib rasmiy murojaat qilishi, belgilangan muddatlarda mehnat organida qaytadan ro'yxatdan o'tib turishi va mehnat organlari tomonidan taklif qilingan maqbul ishni qabul qilish holatlari tasdiqlaydi. To'rtinchi shart — fuqaro barcha tegishli hujjatlarni taqdim qilgan holda mahalliy mehnat organida ish qidiruvchi shaxs sifatida ro'yxatdan o'tishi lozim.
Ishsizlik va u bilan bog'liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy-iqtisodiy mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o'rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo'shimcha ishchi o'rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o'sishidan oraqada qolmasligi kerak.
2 TADQIQOT METODOLOGIYASI
Ishsizlikning umumiqtisodiy xarakteri mehnat bozorining o'zi, mehnatga talab va uning taklifi o'rtasidagi mutanosiblik ishsizlikni emas, ish bilan bandlikni shakllantirishidan ham kelib chiqadi.Shuning uchun xam aholi turmush darajasini yaxshilash uchun ish bilah bandlikni ta'minlash yo'llarini ko'rib chiqish lozim.
3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI
Bozor iqtisodiyoti sharoitida respublikamizda mehnat bozori, mehnatni boshqarish institutlarini va iqtisodiy huquqiy mexanizmlarini yaratish talab etiladi. Bozor iqtisodiyoti erkin ishlab chiqaruvchilarning, iste'molchilarning gorizantal munosabatlariga asoslanar ekan, ishsizlik, qashshoqlik ijtimoiy-siyosiy vaziyatning barqarorligi kabi salbiy xodisalarning bo'lishi mumkinligini nazarda tutish zarur. Umuman makroiqtisodiyotni mutassil o'sish sur'atlarini ta'minlash uchun respublika aholisining o'sish sur'atlarini tartibga solish lozim. Aholining o'sishi esa ish kuchining manbaidir.
Mehnot bozorida ham talab va taklif qonunlari amal qiladi. Buning mohiyatini anglashdan oldin ish kuchini ish bilan bandlik kontsepsiyasini bilish lozim. Ish bilan bandlikning klassik nazariyasini hozirgi mehnat bozoridagi raqobat sharoitida 'talab va taklif'ning
1 Y36eKHCTOH Recnyö^HKacHHHHr —A^O^HHH nm ÖH^aH TaiMHH^am TyrracngalirH QoHyHH ( .Hmn Taxrnra) TomKeHT, 1998. B
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
umumbashariy funktsiyasidan boshlanadi. Hozirgi raqobat sharoitida ishbilarmonlar ish kuchidan shunday miqdorda foydalanadilarki bunda mehnatning yuqori mahsuli real ish xaqi bilan teng bo'lishi yoki ish xaqqi xajmining puldagi ifodasi mehnatning yuqori maxsuli qiymatiga teng bo'lishi kerak. Agar real ish xaqqi miqdori oshsa ishbilarmon ish kuchiga bo'lgan talabni qisqartiradi, agar real ish xaqqi kamaysa ish kuchiga bo'lgan talab ortadi. Bu yerda ishbilarmon shu yo'l bilan daromadning kamayishini muvozanatlashtiradi.
4 TAHLIL VA NATIJALAR
Ishlab chiqarishning mehnat kabi resursidan to'liq va oqilona foydalanish va shu munosabat bilan ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslik, ishsizlikni kamaytirish borasida qizg'in faoliyat olib borish davlatning nihoyat darajada muhim vazifalaridir. Ushbu muammoni hal etishda ikki asosiy bosh yo'nalishga ajratish mumkin
Birinchisini sub'ektiv yo'nalish deb nomlash mumkin. U insonni mehnat faoliyatiga shunday tayyorlashni tashkil etishdan iborat bo'ladiki, bunda inson ishlab chiqarish shart-sharoitlari, texnik baza o'zgarishlari munosabati bilan muvaffaqiyatli ravishda mehnat faoliyat olib borish uchun yetarli darajada tez qayta tayyorgarlikdan o'tib, yangi bilim, qobiliyat va ko'nikmalar orttira oladi.
Xo'jalik yuritishning yangi sharoitlarida insonning ishga joylashuvi uning shaxsiy ishiga aylanib qoldi. Endi davlat unga shunday masalalarni o'zi hal etishida yordam beradi, xolos. Buning ustiga, ishga joylashuv ishsizlik mavjudligi sharoitida ro'y beradi, bu esa ishsizlik muammosini hal qilishni anchagina qiyinlashtiradi. Bularning barchasi O'zbekiston fuqarolari uchun yangidir. Ushbu sharoitda ular yaxshi tayyorlangan bo'lishlari, mehnat bozorida o'zlarini qanday tutishni, o'zlarining qanday huquqlari, yangi sharoitlarda qanday vazifalari borligini, ishsiz qolgan kishi o'zini qanday tutishi lozimligini, ishga qay yo'sinda yollanish, qay tarzda ish izlash kerakligi va hokazolarni bilishlari zarur bo'lib qolmoqda. Aholiga shu tarzda ta'lim berish Ish bilan bandlikka ko'maklashish markazining bosh vazifasi bo'lib qolishi kerak. Bu hozirgi paytda milliy iqtisodiyotda ish bilan band bo'lganlarning taxminan 2/3 qismi xodimlar sifatida qayta qurish davridan oldingi paytlarda shakllanganligi bilan ahamiyatlidir.
Davlatning iqtisodiyotni rivojlantirishni rag'batlantirish borasidagi faoliyati aholining ish bilan bandligini ta'minlash sohasidagi muhim yo'nalishdir. Davlat iste'mol va investitsiya tusidagi tovar va xizmatlarga bo'ladigan talabni rag'batlantirib, shu asosda mulkchilikning barcha shaklidagi korxonalarda yangi ish o'rinlari yaratib borishi, iqtisodiyotning xususiy tarmog'ini va ushbu tarmog'da yangi ish o'rinlari ochilishini rag'batlantirishi lozim. Lekin davlat faoliyatining shu jihatini takomillashtirish talab etiladi.
O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatida, umuman, aholini ijtimoiy himoyalashning muhim sharti sifatida ish bilan bandlik va ishsizlikdan himoyalash siyosati dunyodagi ko'pgina rivojlangan mamlakatlarning boy tajribasiga asoslangandir. Ammo, bu tajribalarning ko'pchiligi O'zbekistonning ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatining tub mohiyatiga tatbiqan yetarlicha to'g'ri kelavermaydi.
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ko'rsatishicha, hukumat ishsizlarning ijtimoiy himoyasini ta'minlagandan keyingina, boshqa ishlarga kiritishi -dastlab ish bilan bandlikni barqarorlashtirish (saqlash)ga, so'ngra uning o'sishini rag'batlantirishga kirishishi mumkin. Bunda ish bilan bandlikning o'sishini rag'batlantirish uch yo'nalishda amalga oshiriladi:
• tadbirkorlar bilan ishlash, masalan, yangi ish joylari yaratilganda soliq imtiyozlarini berish, ishsizlarning ish izlashlarini faollashtirish;
• ishchi kuchi taklifini rag'batlantirish;
• yollanma ishchilar sinfini mehnat bozoridan chiqarish, xususiy tadbirkorlik bilan o'z-o'zini ish bilan band qilishni rag'batlantirish (kasanachilik, uy sharoitida ochilgan mayda sexlar va boshqa). Buning uchun Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-dekabrdagi 806-son qaroriga asosan o'zini o'zi band qilish to'g'risida nizom ishlab chiqildi
Mehnat bozorida yoshlarga qaratilayotgan alohida e'tibor bois, jami aholiga nisbatan ish bilan ta'minlash ulushi yuqori bo'lmoqda. Ularga jamiyatda munosib o'rin topishiga ko'maklashish va tashabbus ko'rsatib mehnat qilishini qo'llab-quvvatlash bo'yicha tizimli ishlar yo'lga qo'yildi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanayotgan yoshlar esa, barcha sohalarda o'z qobiliyatini namoyon etmoqda. Binobarin, mamlakat taqdiri uchun mas'uliyatni chuqur his etadigan, mustaqil va yangicha fikrlaydigan yosh kadrlarga bo'lgan ehtiyojni qondirish vazifasi tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Mehnat bozoridagi vaziyatni xolisona baholash, mehnatga layoqatli aholi sonini xalqaro standartlarga muvofiq aniqlash hamda mehnat resurslari balansini ishlab chiqish tartibini shakllantirishda Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari hamda Mehnat vazirligining ish bilan ta'minlash masalalarini o'rganish natijalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.
Respublikamizda vaqtincha ishsizlik mavjudligi sabablaridan biri - ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklif o'rtasidagi nomutanosiblikdir. Ya'ni, ish bilan band bo'lmagan aholining katta qismi malakasiz xodimlar va mehnat bozoriga birinchi marta chiqayotgan yoshlarni tashkil etmoqda. Aksincha, iqtisodiyot tarmoqlarida yuqori malakaga va ish tajribasiga ega bo'lgan kadrlarga talab ortib bormoqda.
O'zbekistonda aholini ish bilan ta'minlash, ularga munosib hayot va mehnat sharoitlari yaratib berishga qaratilgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiyotning turli jabhalarida mehnat qilayotganlar soni ortib bormoqda, mavjud mehnat salohiyatidan samarali foydalanish ko'rsatkichi tobora yaxshilanmoqda. O'zbekiston Markaziy banki ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilda mamlakatda ishsizlik darajasi 8,1 foizgacha pasaygan. 2023-yil boshiga kelib O'zbekistonda 15 millionga yaqin mehnatga layoqatli aholidan 13,7 million kishi ish bilan ta'minlangan. 2023 yilning birinchi yarmida ishsizlik darajasi 8,1 foizga kamaydi. 2024-yilda yangi ish
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
o'rinlari tashkil etish, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish va yangi moliyaviy vositalarni joriy etish hisobiga bu ko'rsatkich yanada 7,5-8 foizga kamayishi kutilmoqda. Bu ma'lumotlar mamlakat Markaziy banki tomonidan tayyorlangan Mehnat bozori tadqiqotida keltirilgan. Mehnat bozori sharhi tashqi mehnat migratsiyasi masalasini ham qamrab oladi. 2018-2023-yillarda mehnat muhojirlari tomonidan yuborilgan pul o'tkazmalari mamlakat aholisi umumiy daromadlarining qariyb 16 foizini tashkil etdi. Mehnat migratsiyasining asosiy oqimlari bir qancha yaqin mamlakatlarda, xususan, Rossiya va Qozog'istonda sodir bo'ladi. "Rosstatning so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning birinchi choragi yakuniga ko'ra, O'zbekiston fuqarolariga Rossiyada berilgan patentlar va ishlash uchun ruxsatnomalar soni 12 foizga kamaygan va 1,2 million donani tashkil qilgan. Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2023-yilning birinchi yarmida O'zbekiston fuqarolarining migratsiya ro'yxatiga olinganlari soni ham 2,9 milliondan 1,7 millionga yoki 43 foizga kamaygan", — deyiladi Markaziy bank xabarida. 2023-yilda boshqa davlatlardan pul o'tkazmalari hajmi 14 foizga oshdi. O'zbekiston mehnat migrantlari uchun qo'shimcha shart-sharoitlar yaratilishi, turli davlatlar bilan ikki tomonlama shartnomalar sonining ko'payishi, shuningdek, xorijda ishchi kuchiga barqaror talab tufayli migratsiya oqimlarining joriy dinamikasi davom etishini kutmoqda. Dastlabki prognozlarga ko'ra, 2024-yilda xorijdan O'zbekistonga pul o'tkazmalari hajmi taxminan 12-12,5 milliard AQSH dollarini tashkil qiladi.
Bugungi kunda respublikada ishsizlikning paydo bo'lish sabablariga ko'ra, quyidagi asosiy turlari ko'p uchramoqda:
• tarkibiy,iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo'lishi yoki eskisiga barham berilishi va mulkchilik shakllarining o'zgarishi bilan yuzaga keladi;
• yashirin, bu asosan qishloq xo'jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir va bu haqiqiy ishchi kuchini kamroq miqdorda talab qiladi. Yashirin ishsizlik ishlab chiqarishning chuqur inqirozi sharoitida korxonalarda ish bilan ortiqcha bandlikning saqlanib qolganligidan dalolat beradi;
• mavsumiy,ma'lum mavsumda ish bilan bandlikni ta'minlovchi, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash hamda tayyorlash muddati bilan asoslangan. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo'lgan talab va taklifning mavsumiy omillari baravar ta'sir qilishi sifatida namoyan bo'ladi;
• texnologik o'zgaruvchan,bu korxonada texnologik o'zgarishlarning amalga oshirilishi va modernizatsiya qilinishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, fan-texnika yutuqlari natijasida qo'l mehnati o'rnini mashina egallashi natijasida yuzaga keladi.
Ishsizlik tarkibi uning sabablariga ko'ra, ishchi kuchining 4 asosiy toifasini o'z ichiga oladi: ishdan bo'shatilishi natijasida o'z joyini yo'qotganlar, ishdan ixtiyoriy ravishda bo'shaganlar, ma'lum muddatga uzilish yoki tanaffusdan so'ng mehnat bozoriga kelganlar, mehnat bozoriga birinchi bor kelganlar. Bu
toifalarning o'zaro nisbatlari iqtisodiy davr bosqichlariga bog'liq.
Mazkur toifa aholi orasida eng ko'p ulushni ishdan bo'shatilish natijasida o'z ish joyini yo'qotganlar ko'pchilikni tashkil qilib, ularning paydo bo'lishiga respublikada amalga oshirilgan xususiylashtirish jarayoni sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Mamlakatda iqtisodiy taraqqiyotning bozor tizimiga o'tilgandan so'ng mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jadal sur'atda amalga oshirila boshlandi. Chunki rejali iqtisodiyot yuritish davrida barcha korxonalar davlatga qarashli bo'lib, davlat yagona mulkdor va monopol hisoblangan. Bu esa iqtisodiyotning inqirozi hamda ushbu tizimning barbod bo'lishiga olib keldi.
Korxonalarning xususiylashtirilishi natijasida mahsulot ishlab chiqarish hajmi, mehnat unumdorligi va moddiy resurslardan oqilona foydalanish darajasi oshib, iqtisodiy samaradorlikning o'sishi ta'minlandi. Biroq korxonalardan ishchi xodimlar bo'shatilishining yuqori ko'rsatkichi kuzatildi. Chunki ish beruvchi tadbirkorlar uchun malakasiz va past unumdorlikka ega bo'lgan ishchilarni ushlab turish faqat zarar keltirardi. Natijada yashirin ishsizlik ma'lum darajada qisqardi, lekin ular tarkibiy ishsizlarga aylandi.
Ishsizlikning ko'payishiga qishloq xo'jaligida olib borilayotgan islohotlar ham bevosita ta'sir o'tkazadi. Qishloq xo'jaligida iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ishlab chiqarish rentabelligining o'sishini ta'minlash maqsadida ushbu tarmoqda ham tarkibiy o'zgarishlar ro'y berdi. Chunki sobiq tuzumdan meros bo'lib qolgan jamoa xo'jaliklarida rentabellik va unumdorlik ko'rsatkichlari past darajada bo'lib, bu holat yer hamda moddiy resurslardan ko'r-ko 'rona foydalanishning salbiy oqibati edi. Shu bilan birga, jamoa xo'jaliklari yashirin ishsizlikning «uyasi» hisoblanib, ish joyiga ega bo'lmagan mehnatga muhtoj malakasiz aholini brigadalarga jalb qilish orqali ishsizlikka «barham berilgan». Aynan shu sababli sobiq Ittifoqda «ishsizlik» tushunchasi ishlatilmagan. Mazkur salbiy holatlarni bartaraf etish va qishloq xo'jaligida mulkchilik shakllarini tubdan o'zgartirish maqsadida mamlakat Prezidentining tashabbusi bilan «yerni o'z egasiga berish» tamoyili asosida ish ko'rila boshlandi. Mazkur islohotlarning dastlabki bosqichida jamoa xo'jaliklari tugatilib, ular pudratchilikka asoslangan shirkat xo'jaliklariga aylantirildi, yer pudratchilarga taqsimlab berildi.
Ishchi kuchlariga bo'lgan taklifni kamaytirish, shuningdek, ularni mehnat bozoriga oqib kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishni rag'batlantirish hamda ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo'lganlar o'rtasida qayta taqsimlash orqali samarali tashkil etish mumkin. Respublikamizda Kadrlar tayyorlash milliy dasturi asosida umumta'lim dasturlarini kengaytirish va o'qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy tayyorgarlikni yaxshilash, o'quv yurtlarida kunduzgi ta'lim oladigan talaba o'rinlarini ko'paytirish va kechki hamda sirtqi o'quvdagi talaba o'rinlarini qisqartirish, ishla chiqarishdan ajralagan holda o'qiyotganlarga stipendiyalarni oshirish, ayolarga bola
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, 6-8 MAY 2004
parvarish uchun to'ldanadigan nafaqalar va beriladigan ta'lim muddatini ko'paytirish. Mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish; pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning pensiyalarini oshirish - mehnat bozorida ishchi kuchlarini oqib kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi. Ish bilan bandlar orasida ish vaqti va ish joylari ishchi kuchlariga bo'lgan taklifni kamaytirish maqsadlarida qayta taqsimlanadi. Aholi bandligining xususiy va vaqtinchalik shakllariga o'tishlarini rag'batlantirishga ulargaham ish bilan to'la band qilingan shaxslarga mo'ljallangan ijtimoiy ta'minotning turlarini, ta'tillar va ijtimoiy kafolatlarning miqdorlarini o'rnatish, kafolatlargan eng kam miqdordagi ish haqi bilan ta'minlash, har yili beriladigan ta'tillarni o'z vaqtida berish, ish kuni va ish haftasi davomiyligini qisqartirish orqali erishish mumkin. Usullarning mazkur guruhiga hududiy hokimiyatlarning u yoki bu mintaqalarda va tarmoqlarda ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va yangi ish joylarini vujudga keltirishni sekinlashtirishga oid quyidagi chora-tadbirlar: ortiqcha ishchi kuchlaridan foydalanganlik uchun qo'shimcha soliqlar belgilash;qat'iy kredit siyosatini o'tkazish; korxonaga xodimni ishga olganlik uchun bir martalik to'lov joriy etish; ortiqcha ishchi va xizmatchilarni qisqartirishni rag'batlantirish va hookazolar kiradi. Bundan tashqari, ishchi kuchlariga talabni kamaytirishda mehnat unumlorligini oshirish va tejamkorlikka erishishi muhim ahamiyatga egadir. Rivojlangan bozor munosabatlari sharoitlarida mehnat resurslaridan unumli foydalanish -raqobat, foydani taqsimlash mexanizmi, soliq siyosati kabi umumxo'jalik mexanizmlari va dastaklari yordamida ta'minlanishi lozim. Hozirgi paytda sanoat ishlab chiqarishshi samaradorligini oshirishni rag'batlantirishning umumxo'jalik mexanizmlari yaxshi takomilashtirilmaganligini hisobga olib, mehnat resurslari uchunilgari joriy qilingan to'lovlarni qayt atiklash maqsadga muvofiqdir. Ular mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va shtatdan tashqari xodimlar sonini kamaytirishga ko'maklashadi. Bu xil to'lovlar korxona va tashkilot tomonidan shtatdan tashqari saqlash uchun qat'iy stavka shaklida o'rnatiladi. Shu bilan birga, ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatlar o'rnini qoplash uchun ijtimoiy sug'urta solinadigan maxsus soliq (ikkalasi ham - mehnatga haq to'lash fondidan foizlarda)dan foydalanish mumkin. Ishchi kuchlarini takror ishlab chiqarishga sarf-xarajatning ko'pchilik rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan bunday tizimi fonli mehnatdan foydalanishning intensiv shakllarini ifodalaydi hamda mehnat bozoridagi xodimning ijtimoiy jihatdan muhofazalanishi uchun zarur kafolatlarni yaratadi. Ishchi kuchlari taklifini rag'batlantirish xodimlarni ishga yollash va joylashtirishga yordamlashish usullarini qo'llash orqali ham amalga oshiriladi. Bu usullar tashkiliy tusda bo'lib, bo'sh ish joylari va ishga joylashish hamda qayta o'qitishga muhtoj fuqarolarning soni haqidagi ma'lumotlar bankini tashkil etishni, aholini ishga joylashish imkoniyatlari haqidagi axborotlar bilan ta'minlashni,ishsizlarni
ro'yxatga va hisobga olishni, kasbga yo'naltirishga oid chora-tadbirlarni ishlab chiqish va o'tkazish kabi yo'nalishlarni qamrab oladi. Mehnat resurslarni qayta taqsimlashning ancha samarali usullari orsida turmush darajasini tartibga solishni alohida ajratib ko'rsatib o'tish mumkin. Mazkur uslublar hududlarning moliyaviy resurslari hisobidan xodimlarning mehna va uy-joy shart-shaoitlarini hamda, madaniy-maishiy xizmat ko'rsatish darajalarini yaxshilash kabi tadbirlarini o'tkazib, ularni tartibga solish asosida tadbiq etiladi. O'zbekistonda ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi shug'ullanadi. Joylarda (muhofazalash va ta'minlash bo'yicha boshqarmalar), (respublika subyektlari darajasida) mehnat, aholini ijtimoiy muhofazalash va ta'minlash bo'yicha boshqarmalar (viloyat, shahar) va tuman bo'limlari faoliyat yuritadi. Mazkur idoralarga ayrim aholi guruhlari uchun imtiyoz va kafolatlar belgilash va to'lash, aholiga ijtimoiy xizmat ko'rsatish vazifalari yuklatilgan . Nogironlarni kasbga o'qitish va ishga joylashtirish, bolalar uylarida bolalarga qarash va ularni tarbiyalash kabi funksiyalarning yana bir qismini kasaba uyushmalari tashkillashtiradi (kurort va sanatoriylarga jo'natish va sog'lomlashtirish). Bundan tashqari, ixtiyoriy ijtimoiy sug'urta, xayriya tadbirlari rivoj topmoqda, natijada Respublika subyektlari, mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari tashabbusi bilan va fuqarolarning shaxsiy mablag'lari hisobiga maxsus guruhlar va fuqarolarga davlat ijtimoiy ta'minotiga qo'shimcha ravishda moddiy yordam ko'rsatish imkoniyati tug'iladi. Davlat ta'minotiga qo'shimcha ijtimoiy imtiyozlar korxonalarning iqtisodiy imkoniyatlariga qarab jamoa shartnomalariga kiritilishi mumkin. Ijtimoiy muhofazalash tuzulmalaridan yana biri - nodavlat pensiya jamg'armalaridir. Yaqin kelajakda ular davlat pensiyalariga qo'shimcha pensiyalar to'lay boshlaydilar. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulkchilikning xilma-xilligi tufayli aholi ijtimoiy muhofazasi uchun ajratiladigan mablag'lar ham turli shakldagi davlat, korxona, muassasalar daromadlarining bir qismidan rasmiy ravishda belgilangan me'yorlarda shakllanadi. Undan tashqari, ijtimoiy muhofaza jamg'armalariga mamlakatimizdagi korxona va tashkilotlar, xorijiy davlatlardan keladigan homiylik va insonparvarlik yordamlari ham qo'shiladi. Lekin, ijtimoiy ta'minot jamg'armaining asosiy hajmi davlat tomonidan belgilangan me'yorlarga muvofiq milliy daromadning bir qismidan shakllanadi.
XULOSA
Ishsizlik darajasi mamlakat iqtisodiyotining qay darajada taraqqiy etganligining hamda iqtisodiyotda sodir bo'layotgan o'zgarishlarning muhim ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ishsizlik darajasi deganda ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi tarkibidagi salmog'i tushuniladi. Respublikada ishsizlik darajasini bandlik xizmatlarida ro'yxatdan o'tgan ishsizlar sonining iqtisodiy faol aholi umumiy soniga nisbatan olib hisoblash mumkin. Ishsizlik darajasiga bir qancha omillar tasir ko'rsatadi: mehnat haqining pastligi, mehnat sharoitlari yaxshi emasligi, ish haqining vaqtida
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT. Ö-8 MAY 2024
berilmasligi, ish joylarini qisqartirishlar va boshqalar. Bozor iqtisodiyoti munosabatlari barqarorlashayotgan davrda ishsizlikning bo'lishi tabiiy holatdir. CHunki ishchi kuchiga bo'lgan talabning taklifiga mos kelishi oqilona bandlikni shakllantirib, jamiyat uchun tabiiy bo'lgan ishsizlik darajasini tarkib toptiradi. Ish bilan band bo'lmagan shaxslarni yangi kasblarga o'rgatish, malakasini oshirish, moddiy yordam berish va ish joylarini tavsiya etish mehnat birjasi tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy tadbirlarning eng muhimi hisoblanadi.
Ishsizlik va u bilan bog'liq muammolar mehnat bozoridagi ijtimoiy- mehnat munosabatlarining asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ishsizlik muammosini o'rganishdan asosiy maqsad aholining ish bilan bandligini yaxshilash orqali mamlakat ishlab chiqarishini kengaytirish va aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga aloqador tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Jamiyatdagi ishsizlik darajasini pasaytirish uchun qo'shimcha ishchi o'rinlarini yaratish, ularni ishga tushirish aholining tabiiy o'sishidan orqada qolmasligi kerak.
[13] R.T.Shomurodov.Monetar siyosat.Ma'ruzalar matni.T.TMI,2015.151 b.
[14] Statisticheskiy yejegodnik regionov Uzbekistana, 2017,-T,Goskomstat Uzbekistana,2018,-130 str
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
[1] Maxmudov N.,Hakimov N.Makroiqtisodiy taxlil.o'quv qo'llanma-T. :TDIU,2019.-181 bet.
[2] Edward Shapiro.Makroekanomic analusis. Fiffh odition.oxford.Copuright: 2015
[3] MaxmudovN.M.,AsqarovaM.T.,UmarovI.Yu.Makroiq tisodiytaxlilva prognozlash .Darslik .T :"Fan va texnologiyalar",2014-338 b.
[4] Xodiev B.Yu., Shodiev T.Sh., Berkinov B.B. Ekonometrika.O'quv qo'llanma T . :Iqtisodiyot,2018,178 b.
[5] O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-T.; O'zbekiston,2023. -76 b.
[6] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi №PF-4947 sonli Farmoni.//Xalq so'zi.2023 yil 8 fevral.
[7] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yo'nalishlari bo'yicha Xarakatlar strategiyasini kelgusida amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2022 yil 15 avgustdagi №3-5024 sonli Qarori.
[8] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatiga Murojatnomasi,22.12.2022,uza.uz.
[9] Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy taxlil,qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-g'ar bir raxbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak.O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag'ishlangan majlisidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining nutqi.// Xalq so'zi gazetasi.2017 yil16 yanvar, №11.
[10] N.Maxmudov,H.Hakimov."Makroiqtisodiy taxlil" fanidan O'quv-uslubiy majmua.-Toshkent;Iqtisodiyot.-2018 y.-308 b.
[11] T.Z.Teshaboev,Z.M.Otaqo'zieva.Makroiqtisodiyot.Ma 'ruzalar matni.T,:TATU,2015,480 b.
[12] T.U.Bobokulov,N.G.Karimov,U.A.Abdullaev.Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari.Ma'ruzalar matni.T:TMI,2015,244 b.