BAND BO'LMAGAN AHOLINI MUNOSIB ISH O'RINLARIGA JOYLASHTIRISHNING IQTISODIY MEXANIZMLARI
Maxmatqulov Nurilla Imomovich
Qarshi muhandislik - iqtisodiyot instituti "Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi " kafedrasi dosenti
n. mahmatqulov@mail. ru
Maxmatqulova Zarina Nurilla qizi
Alfraganus universiteti magsitranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada, band bo'lmagan aholini munosib ish o'rinlariga joylashtirish, ishsizlik, norasmiy mehnat bilan shug'ilanishdagi ijobiy va salbiy tomonlari, qambag'allikni qisqartirish kabi dolzarb masalalar mamlakat ijtimoiy -iqtisodiy rivojlanishiga ta'sir tahlil qilingan, shuningdek aholini munosib ish o'rinlariga joylashtirish jarayonlari asosiy mexanizmlari bo'yicha taklif va tavsiyalar bayon etilgan.
Kalit so'zlar: band bo 'lmagan aholi, ishsizlik, norasmiy mehnat, kambag 'allik, ish o'rinlari, globallashuv, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, aholi turmish darajasi, ish, mehnat, demografik holat.
ЭКОНОМИЧЕСКИЕ МЕХАНИЗМЫ РАЗМЕЩЕНИЯ БЕЗРАБОТНОМУ НАСЕЛЕНИЮ СООТВЕТСТВУЮЩИЕ РАБОЧИЕ МЕСТА
Махматкулов Нурилла Имомович
Доцент кафедры «Охрана труда и техника безопасность» Каршинского инженерно-экономического института
n. mahmatqulov@mail. ru
Махматкулова Зарина Нурилла кизи
Магистрант университет Альфраганус
Аннотация: В данной статье анализируются актуальные вопросы, такие как трудоустройство безработного населения на подходящие рабочие места, положительные и отрицательные стороны неформальной занятости, сокращения бедности, влияние на социально-экономическое развитие страны, а также
предложения и рекомендации. об основных механизмах процессов трудоустройства населения на подходящие рабочие места.
Ключевые слова: безработное население, безработица, неформальная занятость, бедность, рабочие места, глобализация, социальный, экономический, политический, уровень жизни, работа, труд, демографический ситация
ECONOMIC MECHANISMS OF PROVIDING APPROPRIATE JOBS TO THE UNEMPLOYED POPULATION
Makhmatkulov Nurilla Imomovich
Associate Professor of the Department of Occupational Health and Safety at the Karshi Institute of Engineering and Economics
n. mahmatqulov@mail. ru
Makhmatkulova Zarina Nurilla kizi
Master's student at Alfraganus University
Abstract: This article analyzes current issues such as employing the unemployed population in suitable jobs, the positive and negative aspects of informal employment, poverty reduction, the impact on the socio-economic development of the country, as well as suggestions and recommendations. about the basic mechanisms of the processes of employing the population in suitable jobs.
Key words: unemployed population, unemployment, informal employment, poverty, jobs, globalization, social, economic, political, standard of living, work, labor, demographic status.
KIRISH
Aholi bandligi va ishsizlik tushunchalari bir- biriga qarama qarshi tushuncha bo'lib, aholi bandligini ta'minlash- qonunchiliklarga zid bo'lmagan mehnatga layoqatli aholining ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan, mehnatiga loyiq daromadi beradigan faoliyat turidir. Bu esa aholi shinam yashash sharoitini ta'minlaydi, mamalakatlar esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish belgilagan rejasi asosida olib beriladi.
Ishsizlik esa butunlay aksi, aholi orasida iqjtimoiy-siyosiy vaziyat keskinlashadi, ayniqsa, yoshlar xulqi yomonlashadi, norkabeznes, spirtli ichimlik, o'g'irlik va jiniyatga bog'liq ishlar avjiga chiqadi, jinoiy, terroristik, ekstermistik guruhlar paydo bo'ladi, mehnatga layoqatli aholi qatlama boshqa mamlakatlardan darmod izlab chiqib
ketadi, infeksion kasaliklar avj oladi, odamlarda antrometrik xolatida o'zgarishlar sodir bo'ladi. Umuman olgan mamlakat ijtimoiy- iqtisodiy- siyosiy parakondga uchraydi.
Ishsizlik -mehnat bozorida talabga ega bo'lmagan mehnatga layoqatli ishchi kuchining mavj udligidir[ 1].
Tadqiqot dolzabligi. Ilmiy manbalarda band bo'lmagan aholi deganda- haq to'lanadigan ishga yoki ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan mashg'ulotga ega bo'lmagan shaxslar tushuniladi"[1]. Hozirgi kunda aholi bandligini ta'minlash munosib ish o'rinlariga joylashtirish, migrasiya masalasini xal etish davlat siyosatidagi eng ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Shu nutqati nazardan ham tadqiqot mavzusi bozor iqtisodiyot sharoitida dolzarbdir.
ADABIYOTLAR TAHLILI
O'zbekiston Respublikasining "Aholi bandligi to'g'risida"gi qonuni, qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 28-aprelda qabul qilingan senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma'qullangan. Qonunning maqsadi aholi bandligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat (1- moddasi) [1].
2021-2030-yillarda aholini munosib va rasmiy ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida "O'zbekiston Respublikasining 2021-2030-yillarda aholi bandligiga ko'maklashish strategiyasi" ishlab chiqildi. Ushbu strategiyaning maqsadi va vazifalar samarali va munosib ish bilan bandlikni oshirish asosida barqaror va umumqamrovli iqtisodiy o'sishga xizmat qiladi
N.I.Maxmatqulov, G.R.Murtazayeva, I.T.Usmanxodjayeva "Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi" fanidan ikki qismdan iborat o'quv qo'llanma. «Fan ziyosi» nashriyoti tomonidan nashr qiligan bo'lib, unda ishlab chiqarish sharoitida mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi masallari ko'rigan [4].
Saidov A.X, Bakaeva F.X., Arslanova K.Sh. va boshqlar. Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi va O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi "O'zbekiston" nomli nashriyatdan chiqarilgan bo'lib, unda inson huquqlari, jumladan, O'zbekistonda aholini ish bilan ta'minlash imkoniyatlari yoritib berilgan
[5].
Tadqiqot maqsadi: Aholi bandligi ta'minlash, ishsizlik, norasmiy mehnat bilan shug'ilanishdagi ijobiy va salbiy tomonlari, qambag'allikni qisqartirish kabi dolzarb masallarini tahlil qilish asosida aholini munosib ish o'rinlariga joylashtirish jarayonlari mexanizmlari bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqot maqsadiga ko'ra quyidagi vazifalar xal etiladi:
1) Respublikamizda aholi bandligi ta'minlash qaratilgan normativ- huquqiy hujjatlarni tahlil qilish;
2) globallashgan iqtisodiyot jarayonida ishsizlik va norasmiy mehnat bilan band bo'lish masallarini o'rganish asosida ularning oldini olish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoev ta'kidlaganlaridek "Inson qachon bahtli bo'ladi - qachonki o'ziga munosib ish o'rnida mehnat qilsa va shunga yarasha daromad topsa ana shunda insonlar bahtli bo'ladi. Insonlar bahtli bo'lsa jamiyat ham davlat ham bahtli bo'ladi" deganlar.
Band bo'lmagan aholi hozirgi vaqtda global xususiyat kasb etmoqda va shu bilan birga globallashuv ham belgisidir. Globallashuv, ma'lumki, xalqlar, mamlakatlar birlashuv jarayoni; xalqlar o'rtasidagi chegaralar yo'q qilinishi, yagona siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy makon vujudga kelishiga olib keladi. Shu sababli ham mualliflar, tadqiqot obyekti sifatida Respublikamiz aholi bindligini ta'minlash masalalarni tahlil qildi va tahlil asosida taklif va tasiyalar ishlab chiqildi.
Globallashuv umumiy tizimga, jahon bozoriga, turli mamlakatlarning iqtisodiy tizimlarini birlashtiradi, bu esa xalqlar madaniyati va turmush tarzini o'zgartirishga yordam beradi.
Ishsizlik inson manfaatlariga to'g'ridan- to'g'ri ta'sir qiladigan yirik ijtimoiy -iqtisodiy muammolardan biri hisoblanadi. Ish joyini yo'qotish ko'p insonlar uchun oilaviy turmush holati pasayishi, insonga jiddiy ruhiy ta'sir ko'rsatadi.
Iqtisodiy hayotda ishsizlik-ishchi kuchi taklif va talabdan oshib ketishida namoyon bo'ladi. Ishsizlik sababi turlicha bo'ladi. Iqtisodiyotda jami talab va taklif muvozanati buziladi, bozorlar tovarlarga bo'lgan talabi kamayadi bu esa ishchi kuchiga talabni ham qisqartirib yuboradi, natijada ishchi kuchi bir qismi ortiqcha bo'lib qoladi.
Iqtisodiyot rivojlanishi bilan malakali ishchi kuchiga talab oshib, malakasiz ishchilar kerak bo'lmay qoladi; aholi ishchilarga nisbatan tez o'sgan kezlarda, uning bir qismi ortiqcha bo'lib, ishsizlar ruyxatiga kirib qoladi.
Bandlik fuqarolarning qonunchilikda taqiqlanmagan, o'z shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlarini qanoatlantirish bilan bog'liq bo'lgan, ularga ish haqi (mehnat daromadi) keltiradigan faoliyatidir[1].
Bandlik turli mulkchilik shakllaridagi korxonalar va tashkilotlarda yollanib ishlash bilan cheklanmay, ayni paytda yakka tartibdagi tadbirkorlik, o'zini ish bilan mustaqil ta'minlash, shaxsiy tomorqa xo'jaligidagi ishlash, uy xo'jaligida band bo'lish va bolalarni parvarishlash bilan shug'ullanishni ham o'z ichiga oladi.
Bandlik - bu ikki tomon o'rtasidagi munosabatlar, odatda ish haqi to'lanadigan shartnoma asosida bir tomon foyda olish uchun, notijorat tashkilot, kooperativ yoki
boshqa tashkilot ish beruvchi, ikkinchisi esa xodimdir. Bandlik odatda mehnat sohasidagi me'yoriy huquqiy xujjatlar asosida tartibga solinadi[5].
O'zbekistonda demografik holat keskinligi, aholi sonining yuqori sur'atlarda o'sishi va har yili 500 mingdan ortiq yoshlar mehnat bozoriga kirib kelishi aholining barqaror ish bilan bandligi masalasini o'ta dolzarb bo'lib qolmoqda.
2022-yil 1-yanvar holatida O'zbekistondagi mehnat resurslari soni 19,3 mln kishini tashkil etib, 2020 yilning shu davriga nisbatan 1,1 foizga yoki 202,6 ming kishiga oshgan. Mamlakatda 1,5 ml kishi ishga muhtoj bo'lib, ishsizlik darajasi 9,6 foizga yetdi. Bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 0,9 foizga kamaygan bo'lsa, 2021-yilning yanvar-sentyabr oylariga nisbatan 0,2 foizga ortgan. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi va chet elda ishlash uchun ketganlar 1,8 mln. kishini tashkil qildi. Shuningdek, rasmiy sektorda band aholi soni 6,1 mln kishini tashkil qilgan. Bu 2020-yilning shu davriga nisbatan 6,3 foizga yoki 314,8 ming kishiga o'sishni anglatadi. Norasmiy sektorda band bo'lganlar soni 5,9 mln kishini tashkil etib, 2021-yilning 1-oktyabr holatiga nisbatan 1 foiz yoki 58,4 ming kishiga kamaygan 2022-yilning 1-yanvar holatida respublikada iqtisodiy nofaol aholi 4,4mln kishini tashkil etib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 0,5 foizga yoki 19,8 ming kishiga ortishi kuzatilgan [10].
Shu bilan birga o'tgan 5 yil ichida mehnat sohasida ham aksariyat jarayonlarni raqamlashtirish, mehnat statistikasini Xalqaro mehnat tashkiloti standartlariga moslash, uning real ko'rsatkichlarini ta'minlash, ish bilan bandlikning yangi shakllarini rivojlantirish va keng foydalanish, shaffoflikni ta'minlash va mumkin qadar aholiga barcha xizmatlarni elektron platformalar orqali qulay va tezkor amalga oshirishga erishildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi passiv choralardan (ishsizlik nafaqalarini to'lash) faol bandlik siyosatiga o'tmoqda (ayniqsa, yoshlar, ayollar, nogironligi bo'lgan shaxslar) va ishsizlarni kasbga, tadbirkorlikka o'qitish, mikrokreditlar va subsidiyalar ajratish orqali ularning ish bilan bandligiga ko'mak berishni keng yo'lga qo'ydi. Jumladan, 2021-yilning yanvar-dekabr oylarida tuman (shahar) Aholi bandligiga ko'maklashish markazlariga 879,5 ming nafar fuqaro ish topishga yordam so'rab murojaat qilgan. Murojaat qilgan fuqarolarning 393,8 ming nafari ish bilan ta'minlanganligi (2021-yilda 281,3 ming ishsiz aholini ishga joylashtirish belgilangan bo'lib) ta'kidlangan. Bundan tashqari, 98,8 ming nafar ishsizlarga 87,1 mlrd so'm ishsizlik nafaqasi tayinlangan va to'lab berilgan [9]. 2021-yil davomida 37,3 ming ishsizlar hamda "ayollar daftari", "yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsizlarga 83,1 mlrd so'm subsidiya mablag'lari ajratilgan.
Ilk bor mamlakatimizda norasmiy mehnat bilan bandlik va yashirin iqtisodiyot muammolari ochiq muhokama qila boshlandi va davlatimiz tomonidan uning ko'lamini kamaytirish bo'yicha keng chora-tadbirlar qabul qilindi. Aholining norasmiy
mehnat bilan bandligi hatto eng rivojlangan mamlakatlarda ham mavjud bo'lib, u nafaqat salbiy balki ba'zi muhim ijtimoiy va iqtisodiy vazifalarni bajaradi.
Birinchidan, iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topa olmagan inson resurslarini ish bilan va natijada daromad olishlarini ta'minlab, ishsizlikni kamaytiradi), kambag'allikni oldini oladi hamda o'z daromadlarini rasmiy sektorda sarflab, ichki talabni oshishi va YaIMning o'sishiga turtki bo'ladi.
Ikkinchidan, norasmiylik ko'p hollarda biznes boshlashning bir usuli sifatida rasmiy sektorga o'tishga qadam hisoblanadi.
Xalqaro mehnat tashkilotining hisobotiga ko'ra, dunyoda 10 ta ishchidan 6 ta (ish bilan bandlarning 61%) va 5 ta korxonadan 4 tasi yashirin iqtisodiyotda norasmiy faoliyat yuritadi [3].
Norasmiy mehnat bilan bandlikning shakllanishini iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va madaniy omillarga ega bo'lgan hamda pirovard maqsadi iqtisodiy foyda olishga qaratilgan va aksariyat hollarda majburiy ko'rinishdagi iqtisodiy faoliyat hisoblanadi.
Norasmiy mehnat bilan bandlikning yuqori darajasi mamlakatning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun turli xavflarga sabab bo'lishi tufayli uni iqtisodiy xavfsizlik tizimi mezonlariga kiritish muhimligi ilmiy asoslandi. Uning yuqori darajasi mamlakat taraqqiyoti, ijtimoiy ziddiyat, teng raqobat muhiti, tengsizlik, tabaqalanish kuchayishi, aholining rasmiy ijtimoiy tizimida to'liq qamrab olinmasligi, jamiyatda huquq tartibotiga amal qilmaslik, moliyaviy yo'qotishlar va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarga olib keladi.
O'zbekistonda norasmiy mehnat bilan bandlar ijtimoiy-demografik holatini tahlili ularning 32,1 foizi - umumiy o'rta, 61,1 foizi - o'rta-maxsus va 6,8 foizini -oliy ma'lumotli shaxslar tashkil qilishi aholining ma'lumot va malaka darajasi qanchalik yuqori bo'lsa, mehnat bozorida norasmiy mehnat bilan bandlik darajasi mos holda kamayib borishini ko'rsatmoqda.
Mamlakatimizda O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi PF-6098-son "Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo'yicha tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni, 2020-yil 8-iyundagi "Tadbirkorlik faoliyati va o'zini o'zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ- 4742-son va 2020-yil 11-avgustdagi "Kambag'al va ishsiz fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish, ularning mehnat faolligini oshirish va kasb-hunarga o'qitishga qaratilgan hamda aholi bandligini ta'minlashga oid qo'shimcha
chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4804-son qarorlari yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlik darajasini kamaytirishga qaratilgan.
Norasmiy mehnat bilan bandlik darajasiga iqtisodiy, huquqiy omillar bilan bir qatorda ijtimoiy-demografik omillar ham ta'sir qiladi. Aksariyat hollarda mehnat bozorida aholining huquqiy savodxonligi bo'lmagan, o'rta va o'rta maxsus ma'lumotli,
o'z kasbi va malakasi bo'yicha iqtisodiyotning rasmiy sektorida ish topaolmagan guruhlari norasmiy mehnat munosabatlariga kirishadilar.
XULOSA
Dunyoda ishsizlik global muammo sanaladi. Xalqaro mehnat tashkiloti "ishsiz insonni baxtsiz inson" deya e'lon qildi. Shuni o'zidan ko'rinib turibdiki inson nafaqat moddiy balki ma'naviy ehtiyojlarini qondirishi uchun mehnat qilishi kerak.
Bundan tashqari inson mehnat qilish orqali turmush sharoitini yaxshilaydi. Jamiyatga va davlatga foyda keltiradi. Kelajak avlodni nafaqat ta'minlaydi balki kelajak avlod uchun muhim poydevor quradi.
Shuningdek, Mehnat kodeksi ham ilg'or mamlakatlar tajribasi asosida qayta ishlandi va turli muhokamalardan o'tib, 2024-yil 1-aprelda yangi tahriyati qabul qilindi. Unda mehnat munosabatlarini tartibga solishning zamonaviy usullari, ish beruvchi va yollangan xodim o'rtasida, ijtimoiy sherikchilik, yakka tartibdagi mehnat munosabatlar va boshqa masalalar o'z yechimini topgan.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasining "Aholi balligi to'g'risida"gi qonuni 20.10.2020-yildagi O'RQ-642-son
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-avgustdagi "Norasmiy bandlik ulushini qisqartirish hamda mehnat resurslari balansini zamonaviy yondashuvlar asosida shakllantirish chora-tadbirlari to'g'risida PQ-366-son qarori
3. O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 2023
4. N.I.Maxmatqulov, G.R.Murtazayeva, I.T.Usmanxodjayeva "Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi" (I-qism). O'quv qo'llanma. - Т.: "Fan ziyosi" nashriyoti. 2023. 312 b. o'
5. A.X Saidov, F.X. Bakaeva, K.Sh. Arslanova va boshqlar. Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi va O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish milliy tizimi - T.: "O'zbekiston", 2010. - 368 b.
6. G Abdurahmonova . Inson resurslarini boshqarish 2020.
7. Н.И. Махматкулов. Оценка техносферной безопасности на основе математического моделирования// Монография: «Ворис-нашриёт», 2022,166 - с.
8. Rakhimov Oktyabr Dustkabilovich; Muradov Sirojiddin Husan o'g'li. Innovative Technologies in Teachingdirectors and Specialists of Industrial Enterprises on "Labor Protection"// European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2021/12/29. 80-85.
9. O.D. Rakhimov, Muradov S.H. Digitalization of Instructions on Labor Protection and Safety Techniques. // European journal of life safety and stability (EJLSS). 2022. №24. Р.80-86
10. Muradov Sirojiddin Husan o'gTi, Xakimov Xurshid Hamidulla o'g'li, & Siddiqova Madinabonu Asatilla qizi. (2021). NEW INNOVATIVE NGINEERING SOLUTIONS TO THE PROBLEMS OF SIGNALIZATION AND SECURITY SYSTEMS. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 2, 28-30. Retrieved from http://www.eilss.indexedresearch.org/index.php/eilss/article/view/13