Научная статья на тему 'YANGI O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORI STATISTIK O‘RGANISH OBYEKTI SIFATIDA'

YANGI O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORI STATISTIK O‘RGANISH OBYEKTI SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
243
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mehnat resurslari / integratsiya / mehnat bozori / ish bilan bandlik / ishsizlik darajasi / mehnat resurslari taqsimlanishi / yashil iqtisodiyot / yashil kasb / yashil bandlik. / labor resources / integration / labor market / employment / unemployment rate / distribution of labor resources / green economy / green profession / green employment.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Mirolimov, Mirislom Mirshokir O‘g‘li, Xusnuddinova, Munisa Jamoliddin Qizi

Keyingi yillarda mehnat bozori infratuzilmasi samaradorligini baholash muammolari bir qator olimlar va amaliyotchilarning diqqat e’tiboridagi tadqiqot obyekti bo‘lib kelmoqda. Mehnat bozori va ish bilan bandlik nazariyasining maqsadi mazkur sohalarda ro‘y berayotgan voqea va jarayonlarni ilmiy holda ifoda etishdir. Bu nazariya amaliy ahamiyatga ega: u mazkur sohalarga oid bilimlarni integratsiyalashtirar va umumlashtirar ekan, ularni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va inson hayoti faoliyatining boshqa jabhalarida real tarzda namoyon bo‘lishiga xizmat qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LABOR MARKET IN NEW UZBEKISTAN AS AN OBJECT OF STATISTICAL STUDY

In recent еars, the problems of assessing the efficiency of the labor market infrastructure have been the object of research of a number of scientists and practitioners. The purpose of the labor market and employment theory is to scientifically express the events and processes taking place in these areas. This theory is of practical importance: it integrates and summarizes the knowledge of these areas, and serves to manifest them in a real way in economic, social, political and other aspects of human life.

Текст научной работы на тему «YANGI O‘ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORI STATISTIK O‘RGANISH OBYEKTI SIFATIDA»

YANGI O'ZBEKISTONDA MEHNAT BOZORI STATISTIK O'RGANISH

OBYEKTI SIFATIDA

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10530098

Mirolimov Mirislom Mirshokir o'g'li

TDIU Statistika kafedrasi katta o'qituvchisi PhD e-mail : mirislom. mirolimov313 8@gmail .com +998903343138 Xusnuddinova Munisa Jamoliddin qizi

TDIU Statistika kafedrasi assistenti e-mail: [email protected] +998935119932

Annotatsiya: Keyingi yillarda mehnat bozori infratuzilmasi samaradorligini baholash muammolari bir qator olimlar va amaliyotchilarning diqqat e'tiboridagi tadqiqot obyekti bo 'lib kelmoqda. Mehnat bozori va ish bilan bandlik nazariyasining maqsadi mazkur sohalarda ro 'y berayotgan voqea va jarayonlarni ilmiy holda ifoda etishdir. Bu nazariya amaliy ahamiyatga ega: u mazkur sohalarga oid bilimlarni integratsiyalashtirar va umumlashtirar ekan, ularni iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va inson hayoti faoliyatining boshqa jabhalarida real tarzda namoyon bo 'lishiga xizmat qiladi.

Kalit so'zlar: mehnat resurslari, integratsiya, mehnat bozori, ish bilan bandlik, ishsizlik darajasi, mehnat resurslari taqsimlanishi, yashil iqtisodiyot, yashil kasb, yashil bandlik.

РЫНОК ТРУДА В НОВОМ УЗБЕКИСТАНЕ КАК ОБЪЕКТ СТАТИСТИЧЕСКОГО ИССЛЕДОВАНИЯ

Аннотация: В последние годы проблемы оценки эффективности инфраструктуры рынка труда стали объектом исследований ряда ученых и практиков. Целью теории рынка труда и занятости является научное выражение событий и процессов, происходящих в этих сферах. Эта теория имеет практическое значение: она интегрирует и обобщает знания этих областей, служит их реальному проявлению в экономической, социальной, политической и других сторонах человеческой жизни.

Ключевые слова: трудовые ресурсы, интегрaция, рынок труда, занятость, уровень безработицы, распределение трудовых ресурсов, зеленая экономика, зеленые профессии, зеленая занятость.

LABOR MARKET IN NEW UZBEKISTAN AS AN OBJECT OF

STATISTICAL STUDY Abstract: In recent ears, the problems of assessing the efficiency of the labor market infrastructure have been the object of research of a number of scientists and practitioners. The purpose of the labor market and employment theory is to scientifically express the events and processes taking place in these areas. This theory is of practical importance: it integrates and summarizes the knowledge of these areas, and serves to manifest them in a real way in economic, social, political and other aspects of human life.

Key words: labor resources, integration, labor market, employment, unemployment rate, distribution of labor resources, green economy, green profession, green employment.

KIRISH

Hozirda jahonda ekologik barqaror iqtisodiyotga erishish hamda barcha uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish mamlakatlar oldidagi eng muhim muammolaridan biriga aylanmoqda. Хalqaro mehnat tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, "bu ikki muammo bir-biriga bog'liq bo'lib, birgalikda hal qilinishi lozim hisoblanadi. Mamlakatlar iqtisodiyotida mehnat bozori kon'yunkturasi shiddat bilan o'zgarib, xalqaro hamjamiyatda iqtisodiy manfaatlar borasida raqobatning keskinlashuvi yuz berayotgan davrda rivojlanayotgan davlatlarda mavjud mehnat resurslaridan to'liq hamda samarali foydalanish strategiyasini ishlab chiqish zarurati tug'ilmoqda"[1]. Bu esa jahon iqtisodiyotida o'z ahamiyatini yo'qotib borayotgan eski mehnat bozori institutlari va vositalari o'rnida yangi samarali hamda innovatsion usullarni tadbiq etishni taqozo etmoqda. O'zbekistonda jadal va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish sharoitida aholi bandligi va turmush farovonligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Respublika viloyatlari, xususan Toshkent viloyatida mehnat bozoridan foydalanishni statistik tahlil qilish, korxonalarda yangi ish o'rinlarini yaratish holatini statistik baholash, mehnat bozorini "yashil iqtisodiyot" davridagi o'zgarishlarga moslashuvchanligini o'rganish, statistik prognozlash, mehnat resurslari shakllanishini va ularning o'zgarishini statistik tahlil qilish hamda statistik modellashtirish masalalari Yangi O'zbekiston taraqqiyotining muhim vazifalaridan hisoblanadi. O'zbekistonda jadal va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish sharoitida aholi bandligi va turmush farovonligini ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Respublika viloyatlarida mehnat bozoridan foydalanishni statistik tahlil qilish, korxonalarda yangi ish o'rinlarini yaratish holatini statistik baholash, mehnat bozorini "yashil iqtisodiyot" davridagi o'zgarishlarga moslashuvchanligini o'rganish, statistik prognozlash, mehnat resurslari shakllanishini

va ularning o'zgarishini statistik tahlil qilish hamda statistik modellashtirish masalalari Yangi O'zbekiston taraqqiyotining muhim vazifalaridan hisoblanadi. 2022-yil

2-dekabrdagi PQ-436-son "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori[2], O'zbekiston Respublikasi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son "Rivojlanishda orqada qolayotgan hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo'lgan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash orqali oilalarning daromad manbaini yaratish tartibi to'g'risida"gi qarori[3] hamda Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek, "Yurtimizda yiliga 1,5 million odamni ishga joylashtirishga ehtiyoj bo'lsada, o'tgan yili Bandlikka ko'maklashish markazlari atigi 248 ming kishini yoki 16,5 foizini ishga joylashtirgan. Buning asosiy sabablari ish faoliyatidagi eskirgan shakl va usullar hamda bandlik muammolarini hal etishdagi rasmiyatchilik bilan bog'liq"[4]. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda "yangi ish o'rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o'rta maxsus va oliy o'quv muassasalari bitiruvchilari bandligini ta'minlash, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta'minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish"[5] va aholi ishchanligi faolligi va tadbirkorlik tashabbuslarini rag'batlantirish, mehnatga layoqatli fuqarolarning ish bilan bandligini ta'minlash bo'yicha keng ko'lamli chora - tadbirlar"[6] dolzarb masala hisoblanadi.

1-rasm.

Mehnat bozorining tarkibiy qismlar.

Mehnat bozorining tarkibiy qisinlari

Manba: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.

Mehnat bozori va uning tarkibiy qismlari asosan 4 ta qismdan iborat bo'lib hisoblanadi. birinchidan: bozor subyektlari, bu bevosita bozorda ma'lum darajada ishtirok etuvchilardir. Bozor subyektlarini esa xodimlar va ular tomonidan tayyorlangan vakillar, ish beruvchilar va ularning vakillari hamda davlat va nodavlat tashkilotlari bo'lib hisoblanadi. Ikkinchidan esa bozorining huquqiy asoslari bu bozor munosabatlarini tartibga solishdagi asosiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar bo'lib, O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi hamda mehnat kodeksi va boshqa normativ qonunlar hisoblanadi. Uchinchidan esa mehnat bozori kon'yunkturasi asosiy o'rin egallab, ishchi kuchiga talab va ishchi kuchining taklifi uning asosiy ko'rstakichlari hisoblanadi. To'rtinchidan bozor infratuzilmasi. Bandlikka ko'maklashish, ishga marhamat mono markazlari hamda xususiy ish bilan bandlik xizmatlari va moliya, sug'urta, statistika tashkilotlari bozor infratuzilmasining asosiy qismlari hisoblanadi. Mehnat bozorining mana shu tarkibiy qismlari orqali bozor munosabatlari tartibga solinadi va mavjud muammo hamda kamchiliklarni bartaraf etishda ular tomonidan olib boriladigan ijtimoiy-iqtisodiy chora-tadbirlar yetakchi o'rin egallaydi[7]. (1-rasm).

Adabiyotlar sharhi

"Mehnat iqtisodiyoti" deb nomlangan darslikda mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishi, mehnat bozori konyunkturasi, ishchi kuchiga talab va ishchi kuchi taklifi, uning turlari va shakllari, ishlash mexanizmi, mehnat bozori modellari hamda ishsizlikni kamaytirish yo'llari va ish bilan bandlikni tartibga solish mexanizmlari, bandlikka ko'maklashish markazlari faoliyati, ularni tadqiqi etish usullari tadqiq etilgan. Shuningdek, mavzuga doir jihati bo'yicha aholini ish bilan ta'minlash dasturi va ish bilan bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholash ko'rsatkichlari tasnifining ilmiy asoslari tadqiq etilgan[8] .

Tarasova N. "Трудoвыe oтнoшeния в y^oB^x raoôanroatsrn и тexнoлoгичeскoй рeвoлюции" nomli maqolada axborot va kommunikatsion texnologiyalarni iqtisodiyotning deyarli barcha sohalari va tarmoqlariga ulkan va global miqyosda hamda har qanday tarmoq yoki xizmatlarga tegishli firmalarning har bir funksiyasiga ta'sir ko'rsatishi ilmiy jihatdan asoslab berilgan[9].

O.A. Varfolomeevaning ishida esa mehnat bozori infratuzilmasi shakllanishining ilmiy asoslari yoritilgan bo'lib, unda mehnat bozori infratuzilmasi institutlar tizimi sifatida davlat va nodavlat ish bilan bandlikka ko'maklashuvchi tuzilmalari faoliyati, mehnat bozori shakllanishi va rivojlanishi uchun huquqiy, moliyaviy va iqtisodiy jihatdan tartibga solish mexanizmlari tadqiq etilgan. Shuningdek, asarda mehnat bozori infratuzilmasining iqtisodiyot va boshqaruv sohasida turli darajalardagi tarkibiy qismlari va elementlari hamda davlat ish bilan bandlik xizmati faoliyati samaradorligini baholash ko'rsatkichlari tasniflangan [10].

O. Kolesnikova o'zining maqolasida mehnat bozori infratuzilmasi tushunchasining mohiyati, uning funksional elementlari, tarkibiy qismlarining tasnifi va o'zaro aloqadorligi yoritib berilgan hamda mehnat bozori infratuzilmasi darajalari va funksiyalari ilmiy jihatdan tadqiq etgan. Shuningdek, maqolada ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholash uchun optimal usullardan foydalanish 1zaruratini qisman asoslagan [11].

Tadqiqot metodologiyasi

Tadqiqot metodologiyasi sifatida ish bilan bandlik xizmati faoliyatining samaradorligini baholashning optimal usullardan foydalanish zarurati asoslandi. Modomiki, mehnat bozori infratuzilmasi rivojlanishini ta'minlash vazifasini hal etishning birdan-bir asosiy masalasi bo'lib, ham ishsizlar, ham ish bilan band bo'lgan, lekin asosiy ish joyini o'zgartirishni xohlaydigan mehnat bozori qatnashchilari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda mehnat bozorida axborotlar roli jiddiy ravishda o'smoqda. Boshqaruv maqsadlari uchun axborotlarga yuqori ehtiyoj va axborot jarayonlarining shiddatli rivojlanishi uning infratuzilmasi tarkibiy qismlari yaratishni birinchi o'ringa olib chiqadi. Axborotli infratuzilma hisoblash texnikasi, kommunikatsiya vositalari, uslubiy va dasturiy ta'minlash, faoliyatning yordamchi turlarini qamrab oladi. Hisoblash texnikasi bilan jihozlashni etarli darajada ta'minlash maqsadida hisoblash vositalari bozorining narxi arzonlashmoqda. Kishilik faoliyatining tegishli sohalarida samarali ishlash uchun zarur bo'lgan ilmiy-texnik, siyosiy, iqtisodiy va har qanday axborotlar hajmining o'sishi boshqaruvda axborot texnologiyalaridan keng foydalanish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

Tahlil va natijalar

Bugungi kunda mehnat bozorida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning tendensiyalarini aniqlash, undagi mehnat resurslariga talab va taklifning hududlar bo'yicha parametrlarini tizimli istiqbollashtirish va monitoring qilish, mehnat bozori mexanizmlarini yanada takomillashtirish bugungi kunning dolzarb va yechimini kutayotgan aniq masalalaridan biridir. Respublikamiz iqtisodiyotida bozor munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi bevosita mehnat bozorining samarali faoliyatiga, uning tarkibiy-miqdoriy va sifat ko'rsatkichlariga ta'sir etmoqda. Mamlakatimiz aholisining dinamikasi, shuningdek, uning tarkibida mehnat resurslari hamda iqtisodiyot tarmoqlarida band bo'lganlar soni kabi ko'rsatkichlarning so'nggi yillardagi dinamikasi va jami aholi sonidagi ulushi, uning yillar davomidagi o'sish ko'rsatkichlari haqidagi ma'lumotlar 1-jadvalda berilgan.

1-jadval

O'zbekiston Respublikasi aholisi va mehnat resurslari sonining

o'zgarish dinamikasi

Yil Doimiy aholisining o'rtacha yillik soni (ming kishi) Mehnat resurslarining o ' rtacha yillik soni (ming kishi) Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo'lganlarning o'rtacha yillik soni (ming kishi) Mehnat resurslarining doimiy aholi sonidagi ulushi, % Iqtisodiyot tarmoqlarida band bo'lganlarning doimiy aholi sonidagi ulushi, %

A 1 2 3 4 5

2010 28001,4 16726,0 11628,4 59,7 41,5

2011 29123,4 17286,4 11919,1 59,4 40,9

2012 29555,4 17564,3 12223,8 59,4 41,4

2013 29993,5 17814,1 12523,3 59,4 41,8

2014 30492,8 18048,0 12818,4 59,2 42,0

2015 31022,5 18276,1 13058,3 58,9 42,1

2016 31575,3 18488,9 13298,4 58,6 42,1

2017 32120,5 18666,3 13520,3 58,1 42,1

2018 32656,7 18829,6 13273,1 57,7 40,6

2019 33255,5 18949,0 13541,1 57,0 40,7

2020 33905,2 19158,2 13236,4 56,5 39,0

2021 34558,9 19334,9 13538,9 55,9 39,2

2022* 36024,9 20462,1 13737,4 56,7 38,1

Mаnbа: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma 'lumotlari asosida tuzilgan.

1-jadvalda keltirilgan 2010-yildan 2022-yilgacha bo'lgan ma'lumotlar o'rtacha yillik uchun berilgan bo'lib, 2022-yil uchun berilgan ma'lumotlar dastlabki ma'lumotlar hisoblanadi. 2022-yil dastlabki ma'lumotlari asosida shuni ta'kidlash mumkinki, aholi sonining o'sishi 2010-yil boshiga nisbatan 28,7 % ga ko'paygani holda, shu davr mobaynida iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan bandlar soni 18,1 % ga ortgan. O'rganilayotgan davrlarda mehnat resurslari miqdorining o'sishi 2022-yilga kelib, 2010-yilga nisbatan 22,3% iqtisodiyotda ish bilan bandlik darajasining o'sishidan 4,2 % ga ko'proq bo'lgan. Yuqoridagi 1.1-jadval asosida shuni aytish mumkinki mehnat resurslari soni 2022-yil 2010-yilga nisbatan 3736,1 (ming kishi) yani 22,3%; mehnat resurslari jami aholi soniga nisbatan 2022-yil 106,8 (ming kishi) ya'ni 6,8% ; iqtisodiyotda bandlar soni esa 16,4%; o'sgan va jami aholi soniga nisbatan 2022-yilda 14,3% oshganligini ko'rishimiz mumkin[12].

2-rasm

O'zbekiston Respublikasi mehnat resurslari sonining hududlar bo'yicha taqsimlanishi (2023 yil, 1-yanvar holatiga, ming kishi)

Manba: O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma 'lumotlari asosida tuzilgan.

Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi bo'yicha 2022-yilda mehnat resurslari soni 20462,1 ming kishini tashkil etib, ma'lumotlarni tahlil qilish natijasida quyidagicha fikrlarni ta'kidlashimiz mumkin bo'ladiki, 2020-yilga nisbatan 176,7 ming kishiga, yoki 0,9 % ga o'sishi kuzatildi. Bugungi kunda mehnat resurslari tarkibida iqtisodiy faol aholi soni 14980,7 ming kishini (jami mehnat resurslarining 77,5 %), iqtisodiy nofaol aholi soni esa 4364,2 ming kishini (22,5%) tashkil etdi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, respublikada ish bilan band aholi soni 13737,4 ming kishini tashkil etib, 2010-yilning mos davriga nisbatan 16,4 % ga o'sdi[13].

2-jadval

O'zbekiston Respublikasi mehnat resurslarining tarkibi (ming kishi).

Ko'rsatkichlar 2017 2018 2019 2020 2021 2022 2022 yil 2017 yilga nisbatan o'zgarishi

(+:-) (%)

mehnat resurslari 18666,3 18829,6 18949 19158,2 19334,9 19517,5 851,2 104,6

doimiy aholiga nisbatan, foizda 57,6 57,1 56,4 56 55,4 54,8 -2,8 95,1

shu jumladan:

Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi 18549 18712,1 18857,6 19075,7 19237,6 19393,0 844,0 104,6

doimiy aholiga nisbatan, foizda 57,3 56,8 56,2 55,7 55,1 54,4 -2,9 94,9

mehnat resurslariga nisbatan, foizda 99,4 99,4 934 99,6 99,5 99,4 0,0 100,0

mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar 117,3 117,5 91,4 82,5 97,3 124,5 7,2 106,1

doimiy aholiga nisbatan, foizda 0,3 0,3 0,3 0,2 0,3 0,3 0,0 116,4

mehnat resurslariga nisbatan, foizda 0,6 0,6 0,5 0,4 0,5 0,6 0,0 100,0

Mаnbа: O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma 'lumotlari asosida tuzilgan.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, O'zbekiston Respublikasida mehnat resurslari 2022-yil 2017-yilga nisbatan 4,6% o'sgan bo'lib, jami aholi soniga nisbatan 2,8 % ga kamaygan. Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni 2022-yilda 19393,0 ming kishini tashkil etib, 2017-yilga nisbatan 844,0 ming kishiga yoki 4,6 % o'sgan bo'lib, doimiy aholiga nisbatan 2,9 % ga kamaygan. Mehnat resurslariga nisbatan esa o'zgarishsiz qolgan. Mehnatga layoqatli yoshdan kichik va katta yoshdagi ishlovchilar 2022-yilda 124,5 ming kishini tashkil etib, 2017-yilga nisbatan bu ko'rsatkich 7,2 ming kishiga yoki 6,1 % ko'paygan. Doimiy aholi soniga nisbatan o'zgarishsiz qolgan bo'lib, mehnat resurslari soniga nisbatan ham o'zgarishsiz qolgan[13]. Yuqoridagi ko'rsatkichlarni hisoblash uchun bevosita dunyo miqyosida amal qiladigan va mamlakatimizda mavjud sharoit va holatlardan kelib chiqqan holda hisoblash uslubiyatidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun mamlakat miqyosida ushbu jarayonlarni hisoblash uslubiyatini qishloq aholisi bandligini hisoblashda qo'llash nafaqat nazariy, amaliy jihatdan ham to'g'ri yo'l hisoblanadi. Yuqorida ta'kidlab o'tilgan ko'rsatkichlarni quyidagi 3-jadval ketma-ketligida hisoblash maqsadga muvofiqdir:

3-jadval

O'zbekiston Respublikasi iqtisodchi olimlari tomonidan mehnat bozori holatini

aniqlashdagi ayrim ko'rsatkichlar[14].

№ Ko'rsatkichlar nomi X.Nabiev sxemasi bo'yicha hisoblanishi Sh .P .Xolm o' min ov, N.T. Shoyusupova, S.E.Xolmupatov sxemasi bo'yicha Q.X.Abdupaxmonov sxemasi bo'yicha

1 Ishga joylashtirishga muhtoj mehnat bilan band bo'lmagan aholi (ishsizlar)soni: MM = MRA - B - IFA I(t)=Rhq (t)-R ni (t), U=LR-E-EIP

2 Mehnat resurslari soni: MR = MYo - (N + BB) + PO' MR=MYoM + IO'P LR=WAPM-WTP

3 Mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni MLA = Ye(16-60) + Х(16-55) - Nog - Pi MYoM= Е (16-60)+A (1655) - Nog WAPM=Mp(16-59)+Wp(16-54)-Ip-PP

4 Mehnat bilan bandlar soni IT = ITr + ITnr + MM IB=Ir +Idx +Inr E=Eos+Eis+LM

5 Iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi SCHSi = SSi : SS х 100 SSi =SMi : SM х 100 RDIi=Nii : NI х 100

bilan shug'ullanuvchi so'rab chiqilganlar salmog'i

6 Iqtisodiyotning norasmiy sektorida faoliyatning aniq turi bilan shug 'ullanuvchilar soni ITNRi = MLA x SCHSi : 100 NRBi= MYoT x SSi:100 Eisi= WAP *RDIi : 100

7 Iqtisodiy faol bo'lmagan aholi soni IF A = 0' + A + IN + IBB INA=MR-IF EIP = PS + IW +VUP

8 Ish bilan band bo'lmaganlar, mustaqil ravishda ish qidirayotganlar IM = IB - RR IQm=IJM - IQ - RI US = U-U0

Demak yuqoridagi jadval ma'lumotlari asosida shuni aytishimiz mumkinki, mamlakatimizda mehnat bozori va uning rivojlanishi borasida bir qator ilmiy izlanishlar olib borgan tadqiqotchi olimlarining mehnat bozori ko'rsatkichlarini hisoblashda aynan qanday formulalar yordamiga tayanganliklari va ularning hisoblash usullaridagi farqlarni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Misol uchun mehnatga layoqatli yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni (MLA)ni hisoblashda X.Nabiev va Sh.R.Xolmo'minovlar Ye(16-60) + X(16-55) lar soni bo'yicha hisob kitobni amalga oshirgan bo'lsa, Q. Abdurahmonov esa ushbu ko'rsatkichni Mp(16-59)+Wp(16-54) orqali amalga oshirgan.

Mustaqil ravishda ish izlayotganlar soni ishga joylashtirishga ehtiyojmand aholining hisoblangan sonidan hisobot davri oxiridagi holati bo'yicha bandlikka ko'maklashish tuman (shahar) markazlarida rasman ishsizlar sifatida ro'yhatdan o'tkazilgan shaxslar sonini chiqarib tashlash yo'li bilan quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:

IM = IB - PP [1],

Bu yerda: IM- mustaqil ravishda ish izlayotganlar soni,

IB-ishga joylashtirishga muxtoj aholi soni,

PP- rasman ishsizlar ro'yxatidan o'tgan shaxslar.

Bandlik (tuman,shahar) markazlari tomonidan berilgan ma'lumotlar rasman ro'yxatdan o'tkazilgan ishsizlar soni bo'yicha axborot olish manbai hisoblanadi.

Xulosa va natijalar

1. Bugungi kunda mamlakatimiz iqtisodchi olimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi aholisi va mehnat resurslarini tadqiq etish borasida qator ilmiy ishlar olib borilgan. Ammo, shiddat bilan rivojlanayotgan bugungi davrda, mehnat

bozoridagi muammo va kamchiliklarni bugungi kundagi holatini, hududlardagi ko'rsatkichlarini statistik jihatdan tahlil qilish va ulardagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq, tizimli chora-tadbirlar amalga oshirishni taqazo etmoqda

2. Olib borilgan tahlillar natijasi shuni ko'rsatadiki, O'zbekiston Respublikasi aholisi va mehnat resurslari soni yillar davomida o'rtacha 2% ga o'sganligini ko'rishimiz mumkin. Bu esa o'z navbatida mehnat bozoriga har yili o'rtacha 200,0 (ming kishi)ga yaqin mehnat resurslari qo'shilib borayotganini bildiradi. Pirovardda bu mamlakatda yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi bandligiga ko'maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning yakuniy natijalariga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

3. Mehnat bozorining boshqa bozorlardan farq qiladigan tomoni shuki, unda oldi sotdi obyekti ish kuchidan yoki mehnatga bo'lgan qobiliyatdan foydalanish huquqidir. Mehnat bozorining asosiy vazifalaridan biri mehnat resurslariga talab va taklifning hajmi, tarkibi va nisbatini oqilona tartibga solish hisoblanadi. Chunki, mehnat bozori mehnat resurslarining talab va taklifi bilan bog'liq bo'lgan ijtimoiy -iqtisodiy munosabatlar tizimidir.

4. O'zbekiston Respublikasi doimiy aholi tarkibi, aholining iqtisodiy faol va nofaol qatlamlari orasidagi o'zgarishlarni statistik o'rganildi. Ish bilan band bo'lgan aholi sonini hududlar kesimida tadqiq qilindi. Mamlakatimizda mehnat bozorining ahamiyati va bu boradagi davlat dasturlari, amalga oshirilayotgan islohotlarining samarasi o'rganildi.

5. Mehnat bozorida fuqarolarning o'zlari emas, balki mehnat qobiliyati oldi-sotdi qilinadi. Mehnat bozoridagi mehnat resurslariga talab va taklif uning asosiy tarkibiy qismlaridar. Mehnat bozorining to'g'ri shakllanishi alohida korxonalarning va tegishli iqtisodiy sohalarning rivojida, shuningdek, hududiy va mamlakat miqyosidagi taraqqiyotida katta ahamiyat kasb etadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. http://ilostat.ilo.org., YcirnHMBoe рaзвитиe, дocтойный труд и зeлeныe рaбoчиe MecTa. nyarbrn пункт пoвeстки днya. Мeждунaрoднoe бюрo трудa. -Жeнeвa 2021.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2022-yil 2-dekabrdagi PQ-436-son "2030-yilgacha O'zbekiston Respublikasining "yashil" iqtisodiyotga o'tishiga qaratilgan islohotlar samaradorligini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori. Prezident.uz.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-avgustdagi 504-son "Rivojlanishda orqada qolayotgan hamda ishsizlik darajasi nisbatan yuqori bo'lgan mahallalarda aholi bandligini ta'minlash orqali oilalarning daromad manbaini yaratish tartibi to'g'risida"gi qarori. Xalq so 'zi gazetasi 2021-yil 15- avgust 271-son.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2022-yil 29-dekabrdagi Oliy majlisga navbatdagi murojaatnomasi. Prezident.uz.

5. Q.X.Abduraxmonov., "Mehnat iqtisodiyoti" darslik. Toshkent-2021. Iqtisodiyot. 156-205 bet.

6. Акбарова , Б. (2022). Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорликни ривожлантиришнинг статистик та^лили. Архив научных исследований, 2(1). извлечено от https: //j ournal.tsue. uz/index.php/archive/article/view/2671

7. Тарасова Н. Трудовые отношения в условиях глобaлизatsiи и технологической революции (опыт стран запада) // Общество и экономика. -М.: 2000. №1. -С. 67.

8. Варфоломеева О.А. Становление инфраструктуры рынка труда в переходной экономике. - СПб., Издательство СПвУЭФ. 2001.

9. Колесникова О. Об оценке эффективности работы службы занятости // Человек и труд. - 2002. - № 3. - С. 55 - 56.

10. Nabiev Х.,Nabiev D.,X. Iqtisоdiy statistika .Darslik.-T.:Iqtisоdchi, 2016.496 bet; Sh.R.Хоlmо'minоv, N.T. Shоyusupоva, S.Е.Хоlmuratоv Mehnat bоzоri iqtisоdiyоti. O'quv qо'llanma 2006. 316 bet; Q.Х.Аbduraхmоnоv. Mehnat iqtisоdiyоti nazariyasi va amaliyоti. Darslik 2019.590 bet;

11. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi rasmiy sayti. https://Stat.uz.

12. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining Toshkent viloyat boshqamasi rasmiy sayti. https://Toshvilstat.uz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.