Научная статья на тему 'MEHNAT RESURSLARINI ISH BILAN BANDLIK MUAMMOSI'

MEHNAT RESURSLARINI ISH BILAN BANDLIK MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
400
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mehnat resurslari / mehnat bozri / ish bilan bandlik / demografiya / talab va taklif / ishchi kuchi.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Dildora Zaylobiddinova

Hozirgi kunda respublikada asosiy muammolardan biri bu mehnatga layoqatli mehnat resurslarini ish bilan bandlik muammosi hisoblanadi. Bu muammoni o‘rganishda albatta mehnat bozorini o‘rganish muhim ahamiyatga ega.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEHNAT RESURSLARINI ISH BILAN BANDLIK MUAMMOSI»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

MEHNAT RESURSLARINI ISH BILAN BANDLIK MUAMMOSI

u><:>

Dildora Zaylobiddinova

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti 2 kurs magistranti "Iqtisodiyot" (Qishloq xo'jaligida) mutaxassisligi https://doi.org/10.5281/zenodo.7295890

Î >

♦ 1 1; i •

Annotatsiya: Hozirgi kunda respublikada asosiy muammolardan biri bu

mehnatga layoqatli mehnat resurslarini ish bilan bandlik muammosi hisoblanadi. Bu muammoni o'rganishda albatta mehnat bozorini o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Kalit so'zlar: Mehnat resurslari, mehnat bozri, ish bilan bandlik, demografiya, talab va taklif, ishchi kuchi.

\S*î H >

Ish bilan bandlik muammolarini, bu sohada kechayotgan tarkibiy o'zgarisharni va o'ziga xos jarayonlarni o'rganish va tahlil etish mehnat bozoridagi vaziyatni har tomonlama va real baholash imkonini beradi. Zero, bandlik sohasi mehnat bozorini salmog'i jihatdan asosiy hisoblanadigan sektori bo'lib, u mehnat resruslaridan foydalanish bilan bog'liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni ham o'zida aks ettiradi.

O'z navbatida ilmiy-uslubiy jihatdan mehnat bozorini o'rganishga bo'lgan mana shunday yondashuv mehnat bozoridagi barcha jarayonlar to'g'risida to'laroq tushunchaga, hamda ishchi kuchi taklifi bilan unga bo'lgan talab o'rtasidagi muvozanat qay darajada ekanligi to'g'risida tasavvurga ega bo'lish imkoniyatini beradi.

Ayni paytda respublikada mazkur vazifani amalga oshirish yo'lida aholining keng qatlamlari, jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va mutaxassislar bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy materiallari, ma'ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o'rganildi, rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi. " Aholi bandligi va real daromadlarini izchil oshirish. Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog'liqni saqlash tizimini

»

*

takomillashtirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish. O'zbekistonda fuqarolarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, ish bilan ta'minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta'minlash sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish bugungi kunnig dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi" [ 1].

Inson omilidan samarali foydalanish esa mamlakatda amalga oshiriladigan mehnat munosabatlari va bandlik sohasidagi siyosatga bevosita bog'liqdir.

♦ ¡>

>q ] q )> >

49g > j

am ms

>

mi

>

1 I K

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

Demak, yuqorida keltirilgan fikrlarga xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, bandlik va mehnat bozori bir butun makroiqtisodiy tizimning bir-birini taqozo etuvchi elementlaridir.

Mehnat bozorining asosiy tashkil etuvchilari-bu ishchi kuchi taklifi, ishchi kuchiga bo'lgan talab va ishchi kuchining bahosi (ish haqi darajasi). Ilmiy adabiyotlarda va ilmiy daromadlar va ilmiy doiralarda bu tushunchalar mohiyati turlicha talqin etiladi. Masalan, ba zi mutaxassislar mehnat bozoridagi talab va taklif o'rtasidagi nisbatni faqatgina bo'sh ish o'rinlarni hamda ishsizlarning umumiy soni

D O

sifatida, ya'ni tor ma'noda talqin etadilar.

Biz ishchi kuchi taklifi va unga bo'lgan talabni keng talqin etuvchi mutaxassislar fikrini ma'qullaymiz. Ya'ni, milliy iqtisodiyot yoki mamlakat darajasida qaraladigan bo'lsa, ishchi kuchi taklifi iqtisodiyotda band bo'lganlar hamda ish izlayotganlarning umumiy sonidan iborat (xalqaro standartlar bo'yicha iqtisodiy faol aholi). Ishchi kuchiga bo'lgan talab esa iqtisodiyot tarmoqlaridagi band bo'lgan va band bo'lmagan (bo'sh turgan) ishchi o'rinlarining yig'indisidan iborat.

Fikrimizcha, mehnat bozorini tashkil etuvchi elementlarni ta'riflashga bo'lgan shunday yondashish mehnat bozorini har tomonlama o'rganish va unda kechadigan jarayonlarni bashorat qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.

Endi bizning respublikamizda shakllanib rivojlanayotgan mehnat bozori to'g'risida so'z yuritadigan bo'lsak, uning o'ziga xos xususiyatlari O'zbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy demografik xususiyatlaridan kelib chiqadi. Boshqacha qilib aytganda, mehnat bozorining shakllanishiga ijtimoiy-iqtisodiy, demografik va xududiy omillar ta'sir ko'rsatadi. Bularning ichida eng asosiysi demografik omillar, ya'ni mehnat bozori ko'p jihatdan demografik jarayonlar ta'sirida bo'ladi.

Mehnat sohasi o'z ichiga ishchi kuchi bozori bilan bir qatorda bevosita ijtimoiy ishlab chiqarishda mehnat resurslaridan foydalanishni ham oladi.

Mutafakkirlar, iqtisodchi-olimlar, tadqiqotchilar e'tiborini band qilgan va pirovard natijada jamiyatning rivojlanish sur'atlarini ko'p darajada belgilagan mehnat

to'g'risidagi masalalar ko'p qirrali bo'lib, ular tomonidan o'rganilib, ta'riflar berilgan.

\ "1 ><M. M A -j.

A.Marshallning ta'rifi bo'yicha: "mehnat-bu bevosita o'zi bajargan ishdan

iw"-

#

qanoatlanishni hisoblamaganda, qandaydir natijaga erishish maqsadida to'liq yoki qisman qo'llaniluvchi har xil aqliy va jismoniy kuch" [2]deb hisoblagan. \ DM* A.Marshallning keltirgan ta'rifida inson o'z aqli va jismoniy kuchini sarflab, har qanday natijaga erishadi degan xulosaga kelish mumkin.

Rossiyalik iqtisodchi olim B.M.Genkin mehnatni quyidagicha ta'riflashni taklif etadi: "Mehnat tabiat resurslarini moddiy, intellektual va ma'naviy ne'matlarga aylantirish jarayoni bo'lib, inson bu jarayonni yoki majburlov yoki ichki undov, yoxud ham unisi, ham bunisi tufayli amalga oshiradi va boshqaradi" [ 2]. B.M.Genkin

!> i> vH >

>q J> q ]>:>

501 1 -t,

>* «HJ>

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

^ J ^ J

keltirgan ta'rifi bo'yicha mehnat biror natijaga erishish uchun amalga oshiriladi, deb

hisoblash mumkin.

B.M.Genkinning ta'rifiga ko'ra: "ishchi kuchi-insonni mehnat qilish layoqati deb

tushunish qabul qilingan, ya'ni-uni jismoniy va intellektual ma'lumotlar yig'indisi,

>

ishlab chiqarishda qo'llanilishi mumkin bo'ladi [ 2].

S.A.Kartashov, Yu.G.Odegovlarning fikri quyidagicha: "ishchi kuchi"-bu mehnatga bo'lgan potentsial qobiliyat [ 3].

ш>

Bizningcha yuqorida keltirilgan ta'riflarni umumlashtirgan holda "ishchi kuchi"ga ta'rif berib ko'ramiz. Ishchi kuchi-iqtisodiy kategoriya sifatida, iqtisodiy faol aholining jismoniy va ma'naviy qobiliyatlari yig'indisining amalda qo'llanilishi tushuniladi.

) J ^ > ^ Y^iM.-

Mehnat bozorida insonning qobiliyatlari emas, balki mehnati sotilishi va sotib

olinadigan bo'lsa, buni quyidagicha tasavvur qilish mumkin:

1. Mehnat bozorida bo'lajak mehnatning oldi-sotdi jarayoni amalga oshadi, bu haqda mehnatning xaridori va sotuvchisi shartlashib oladi.

2. Ish beruvchi mehnatni sotib olgan taqdirda, u shu mehnat natijalarining egasi bo'lib qoladi, chunki mehnatning qiymati faqat uning natijasidadir. Xodim mehnati uchun uning narxini-ish haqini oladi, ish haqining miqdori mehnatga bo'lgan talab va

mehnat taklifming nisbati bilan belgilanadigan mehnat bozoridagi kon'yunkturaga;

unda ish haqi stavkalarini shakllantirishning ustun keluvchi modeliga; u yoki bu milliy va mintaqaviy mehnat bozorlarining xususiyatlarini aks ettiradigan qator boshqa omillarga bog'liq bo'ladi.

5 5 4

3. Mehnat natijalarining egasiga aylangan ish beruvchi ularga egalik qilib va ulardan foydalanibgina qolmay, balki ularni tasarruf etadi.

4. Mehnat raqobat bozorida sotilganda ekvivalent (teng) ayirboshlash ro'y beradi, chunki ish haqi mehnatdan foydalanganlik uchun, ya'ni mehnat uchun haq to'lashdir. Bunday bozorda tovar yoki xizmatning qo'shilgan narxini ishlab chiqarishning to'rtta

(Min 11 л 1 i/'lii'i I/ ^ I '1 /11 ■ 1 mi nil monnol i Iiiiinnnl lii'i non /1 / л I linn nipmlori irornon

omili yuzaga keladi: uning mehnati mehnatiga haq qolgan qismlari yerdan

*

foydalanilganlik uchun va tadbirkorlik uchun to'lanadigan haqni tashkil etadi.

Mehnat resurslarini ish bilan bandligi O'zbekistonda ma'lum ob'ektiv va sub'ektiv sabablarga ko'ra bir necha yillar davomida eng dolzarb muammolardan bo'lib kelgan. Respublikadagi o'ziga xos demografik vaziyat, ya'ni aholi sonining tez

л ^ 3 \ 3 ч j ^

sur'atlar bilan o'sishi ob'ektiv sabablardan biri bo'lsa, yangi ish o'rinlarini yaratish esa sub'ektiv sabablardan biri hisoblanadi. Ish bilan bandlik muammolarini

iw

> *

keskinlashganligi aholi daromadlariga ham ta'sir ko'rsatmasdan qolmaydi.

Ma'lumki aholi daromadlarini asosiy qismini ish haqi tashkil etadi. Bu esa aholini bandlik ko'rsatkichlari qancha yuqori bo'lsa, uning daromadi ham oshib boradi. Masalan, O'zbekiston Respublikasi bo'yicha band aholi sonining mehnatga layoqatli

-j J J

j> q

• J^W

M ■ >>

Ыт

>

}

^ ъ

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

) J

yoshdagi aholi soniga nisbati bilan hisoblanganda quyidagi statistik ma'lumotlarga ega

bo'ldik. 2014 yili respublika bo'yicha band aholi soni 67,7 foizni tashkil etgan bo'lsa,

Andijon viloyatida shu yili bu ko'rsatkich 69,9 foizga teng bo'lgan. Oxirgi 2018-2019

Л

yillar mobaynida Andijon viloyatida band ko'rsatkich 73,0 - 69,6 foizga teng bo'lgan.

1- jadval

Шг

Ы )> 1 >?.>

Й*

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

ы j>

I \>r-

O'zbekiston va Andijon viloyatining bandlik darajasi

20

m>

>

J

>> Ш

Ы»

i >i Ы у

Ko'rsatkichlai 2014 2015 2016 2017 2018 2019

O'zbekiston Respublikasi 67,1 67,7 68,2 68,7 69,2 67,4

Andijon viloyati 69,9 70,8 71,5 72,3 73,0 69,9

>

>

3

Deft

^ с

3ÏC3«

, >]> • >j>

ш

iw

! >3>i

>>q >

Ы >

O'zbekistonda aholini ish bilan ta'minlashni yanada yaxshilash va uning farovonligini oshirishning eng muhim yo'nalishi sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko'rsatish va kasanachilik sohalarini qo'llab-quvvatlash va rivojlantirishni rag'batlantirish, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yanada rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Andijon viloyati ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan mamlakatda o'ziga xos o'ringa ega bo'lgan viloyat bo'lishiga qaramasdan viloyatda xam bartaraf qilish lozim bo'lgan muammolar yo'q emas va bu muammolar yuqorida aytilganidek, asosan aholining yashash sharoitiga bevosita ta'sir qiluvchi ijtimoiy sohalarda o'z aksini topmoqda.

Ma'lumki, mamlakatning kelajakdagi iqtisodiy rivojlanishi xozirgi yosh avlodni sog'lom, baquvvat va ilmli bo'lishiga bog'likdir. CHunki, yoshlarimiz ertangi kunning bunyodkor kuchi, qurilajak fukarolik jamiyatining faol a'zosidir. Andijon viloyati makroiqtisodiyotni mehnat resurslari bilan ortiq darajada ta'minlash darajasi mavjudki, bu ish joylari bilan ishchi kuchi o'rtasidagi nomutanosiblikka olib keladi.

Foydalangan adabiyotlar:

1. SH.Mirziyoev. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son Farmoni bilan tasdiqlangan.

2. Genkin B.M. "Ekonomika i sotsiologiya truda". Uchebnik dlya vuzov.-M.:Izdatelbskaya gruppa NORMA-INFRA. M, 1999 g.-3-str.

3. Карташов С.А., Ю.Г.Одегов. Рынок труда, проблемы формирования и управления. Москва. ЗАО."Финстатинформ"-1998 г. 6-7-стр.

т*

q ж*

Ц >>

^Н >

Ы:> *ф>

1

¡йи*

Ванд ахоли сонининг мехнатга лаёкатли ахоли сонига нисбати хисобида хисобланган.

52

ы >

<>i i:

i >j

q

q щъ

q > >

q щъ q >3*

*4>

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.