Научная статья на тему 'QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHCHI KUCHINI TAQSIMLASH VA QAYTA TAQSIMLASH'

QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHCHI KUCHINI TAQSIMLASH VA QAYTA TAQSIMLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
340
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qishloq xo‘jaligi / ishchi kuchi / bandlik / qayta taqsimlash / aholi / mehnat unumdorligi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulmira Abduxalilovna Zufarova

Maqolada qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholini bandlik muammolarini yechimi haqida fikr va muloxazalar berilgan. Bandlikni oshirish maqsadida xizmat ko‘satish va qayta ishlovchi korxonalar sonini ko‘paytirishga e’tibor qaratilishi taklif etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ XO‘JALIGIDA ISHCHI KUCHINI TAQSIMLASH VA QAYTA TAQSIMLASH»

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

QISHLOQ XO'JALIGIDA ISHCHI KUCHINI TAQSIMLASH VA QAYTA

TAQSIMLASH

»

¿JfpJJ JU

Gulmira Abduxalilovna Zufarova

J > | > ;

Andijon mashinasozlik instituti, iqtisodiyot kafedrasi, dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7295892

' t

1> TiP*

Annotatsiya: Maqolada qishloq joylarida istiqomat qiluvchi aholini bandlik muammolarini yechimi haqida fikr va muloxazalar berilgan. Bandlikni oshirish maqsadida xizmat ko'satish va qayta ishlovchi korxonalar sonini ko'paytirishga e'tibor qaratilishi taklif etilgan.

Kalit so'zlar: Qishloq xo'jaligi, ishchi kuchi, bandlik, qayta taqsimlash, aholi, mehnat unumdorligi.

AmUl An a'iom m r\ o ifin/^ni Im/^nini inrim m I n o n irn nmr+n fnnoi m I non mmimni/in

Qishloq xo'jaligida ishchi kuchini taqsimlash va qayta taqsimlash jarayonida

>

davlat asosan rag'batlantiruvchi va jilovlab turuvchi choralarni amalga oshirishi kerak. Qishloq xo'jaligida ishchi kuchining o'sishi jilovlab turuvchi mexanizmga va uning muayyan qismini iqtisodiyotning boshqa soxalari uchun bo'shatib olishga

»

m?

muhtoj. Shu bilan bog'lik holda 2020 yilda bandlik sohasida davlat siyosatini yanada

takomillashtirish, band bo'lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni ishga joylashtirish

bo'yicha chora-tadbirlar samaradorgini oshirish, mehnat xuquqlarini himoya qilish va

mehnat muxofazasini kuchaytirish, aholi bandligini ta'minlash bo'yicha

muvofiqlashtirilgan samarali ishlarni amalga oshirishda davlat va xo'jalik boshqaruvi , . ..... , . . , . . , , , .. . ,

organlari, maxalliy ijro xokimiyati organlarining mas'uliyatini tubdan kuchaytirishga

xizmat qiluvchi qator qaror[2] va farmonlar[3] kabul kilindi.

O'zbekiston respublikasida qishloq xo'jaligi sohasi hozirda mavjud miqdordagi ishchi kuchiga extiyoj yo'q. Bo'shatib olingan ishchi kuchini umuman, iqtisodiyotning rivojlanib borayotgan infratuzilmasida, shuningdek, qishloq xo'jalik ishlab chiqarishida, xususan, samaradorlik nuqtai nazaridan xususiy mulkka asoslanadigan qayta ishlash sanoatini rivojlantirish yo'li bilan ishga solish zarur. Shuningdek, o'rta maxsus o'quv yurtlarini tamomlab chiqayotgan yosh J-jt mutaxassislarni ishga joylash xam bugungi kunning muammosi bo'lib turibdi. Xususiy sektor asosan tajribali mutaxassislarni ishga olishni xoxlaydi. Binobarin, bu

o'rinda yosh mutaxassislarga talabning yo'qligi vaqt o'tishi bilan ularning o'z

\ 1 > '-ifr''' ^^ i 1 > mutaxassisligi bo'yicha ishlashga bo'lgan rag'batni so'ndiradi. O'rta maxsus o'quv

yurtlarini bitirgan yoshlarni ishga jalb etadigan korxona va tashkilotlarning davlat

tomonidan rag'batlantirilishi ushbu muammoning yechimiga xizmat qilishi mumkin.

Soliq sohasida ma'lum imtiyozlar berish ana shunday rag'batlantirish chorasi bo'lishi

mumkin. Shunda korxona va tashkilotlar o'rta maxsus o'quv yurtlarini bitirib

-^OTIœr^- 53l > I

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

chiqqanlarni tanlov asosida saralab olishi mumkin. Ko'pchilik mutaxassisliklar

#

>

bo'yicha o'quv yurtlariga qabul qilinadiganlar sonini qayta ko'rib chiqish kerak. Ixtisoslik bo'yicha asosiy mashg'ulotlarni bevosita korxona va tashkilotlarga o'tkazish talabalarning bo'lg'usi kasblari bilan oldindan tanishishiga yordam beradi. Hozirgi kunda ta'lim ishlab chiqarishdan uzilib qolgan bo'lib, faqat nazariy xarakterga ega. Azaldan olingan ta'lim birinchi navbatda amaliyotda qo'llab kelingan va, shuning oqibati o'laroq, iqtisodiy jihatdan samarali bo'lib kelgan. Ta'lim amaliyotda qo'llansagina foydali bo'ladi.

MÎT*

./ 1 O J

Ishchi kuchidan makroiqtisodiyot darajasida foydalanish eng avvalo, iqtisodiy jihatdan samarali bo'lishi kerak. Boshqacha qilib aytganda, u mehnat unumdorligi doimo oshib borishi bilan bog'liq bo'lishi kerak. Ish haqi to'lash mehnat unumdorligi o'sishiga erishish uchun birinchi darajali ahamiyatga ega.

Bir vaqtlar G.Ford bu borada shuni namuna ko'rsatib, o'z korxonalarida xodimlarni motivatsiyalashga yondashishning an'anaviy usullarini qo'llagan edi. Xodimni ishlashga undaydigan asosiy narsa-o'z mehnatidan iloji boricha ko'p

moddiy ne'mat olish istagidir. Ishchining mehnatidan foydalanish uning mehnat unumdorligini oshirish yo'li bilan moddiy ne'matlar olishi uchun keng imkoniyat yaratib berish printsipiga asoslangan bo'lishi kerak. Kichik va xususiy biznesni

»

rivojlantirish uchun ishchi kuchidan foydalanish uchun yaxshi rag'batlantiruvchi chora bo'lib xizmat qiladi. O'zbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirish natijasida kichik va xususiy biznesni keng rivojlantirish qonunchilik bazasi yaratildi. Turgan gapki, butun iqtisodiyotdagi tarkibiy o'zgarishlar va ilg'or texnologiyalarni joriy etish tekis

kechmagani tufayli ishchi kuchidan samaral foydalanish muammolari to'xtovsiz

...... . ^ ....... . . ,

tug'ilib turaveradi. Iqtisodchilarning vazifasi mavjud resurslar sharoitida ishchi kuchi imkoniyatlaridan to'laqonli foydalanishdan iborat. Buning uchun tez o'sib borayotgan mehnat resurslarini, birinchi navbatda yoshlarni ish bilan ta'minlash maqsadida ko'p mehnat talab etadigan ishlab chiqarishlarni rivojlantirish zarur. Respublikada ish bilan bandlik siyosastiga maksimal darajada amal qilinmoqda, lekin ushbu siyosat oqilona yuritilishi uchun mehnat bozori yanada samarali ishlashi kerak. Bundan buyon mehnat resurslarini samarasiz taqsimlashga hamda past mehnat unumdorligiga asoslangan to'liq ish bilan bandlikni saqlab turishning iloji yo'q.

J-jt

A yTr»V\r>r>-f »•rtm ivril n-n n-M '1 n 'lr-i n t rr> n n m n i-n 1 1 Vrvr r r> I n n 1 n 11 îinUiiM /4 r»T ri n-f 1 r< r> 1

Mehnat resurslaridan to'la-to'kis va samarali foydalanish uchun davlat ishchi

kuchini shakllantiruvchi barcha tarkibiy vositalariga ta'sir o'tkazishi kerak. Bu

yo'ldagi xal qiluvchi qadam davlat korxonalarini xususiylashtirish, shuningdek,

J 1 > ^^ ' \ "1 >

xususiylashtirilgan korxonalarda aktsiyalar paketlarining davlatga qarashli ulushini

! !>»

kamaytirishdan iborat. Investitsiyalar jalb etish, birinchi navbatda, davlatning ichki

resurslaridan, jumladan, xususiy jamg'armalardan investitsiyalar jalb etish choralarini kuchaytirish iqtisodiyotimiz uchun qudratli ichki imkoniyatdir. Bu esa, aholi orasida

k—aytirish ----------------------------------- i^^ikoniyatdir. Bu esa, .............

pul jamg'arish jarayoni kechayotganligidan dalolat beradi.

-^OTIœr^- 54g > I

>q )> d )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

Mehnat salohiyatidan foydalanish samaradorligini baholashda quyidagilarni hisobga olish zarur:

-Aholi va mehnat resurslarini kengaytirilgan takror tiklanishning asosi bo'lgan hayot darajasi va sifatining o'sishi:

-Iqtisodiy rivojlanishning barcha omillari o'zaro ta'siri natijasi sifatida yuz beruvchi ijtimoiy mehnat unumdorligining o'sishi:

-Aholining maqbul bandligini ta'minlashning sharti va ko'rsatkichi bo'lgan ishchi kuchi taklifi bilan unga talabning mutanosibligi:

-Mehnat salohiyatining iqtisodiy xavsizlik tizimidagi o'rni. Malakali kadrlar tayyorlashning bosh maqsadi va vazifasi nafaqat ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va foyda olishni ko'paytirishdan, balki aholining ijtimoiy talab-ehtiyojlariga yo'naltirishdan iborat bo'ladigan bozor iqtisodiyoti tizimini qurish ijtimoiy bozor iqtisodiyotini vujudga keltirishning markaziy vazifasidir. Bozor iqtisodiyoti ishlab chiqarish samaradorligini ta'minlanishdan iborat bosh maqsadga erishish bilan birga, ba'zi ijtimoiy masalalarni ham ma'lum darajada

xal etadi, chunki bozor iqtisodiyotining ko'proq mahsulot ishlab chiqarishdan iborat bosh vazifasi xal qilinishi ish bilan bandlikni ta'minlashga mehnat natijalari uchun ish xaqi to'lashga va hokazolarga olib keladi.

»

Hozirgi zamon ishchi kuchi bozorini tashkil qilish zarurati quyidagi ob'ektiv shart-sharoitlar bilan belgilanadi:

1) Ishchi kuchini shakllantirish, taqsimlash va kayta taqsimlash xamda bandlik jarayonlarini tartibga solish xaddan tashqari yuqoridan tashkil qilingan bo'lib, ekstensiv ijtimoiy o'sishni ifodalaydi. Bir necha un yilliklar davomida o'tkazib kelingan «Barcha Respublikalar uchun umumiy bo'lgan yagona bandlik siyosati» O'zbekistonning xududiy xususiyatlarini, demografik jarayonlarni, ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirishning milliy-etnik, ijtimoiy omillarini xisobga olmadi, bandlikni ta'minlashga iqtisodiy o'sishni ta'minlash omili sifatida emas, balki shunchaki maksad sifatida karab kelindi. Natijada aholi bandligi muammosi dolzarb muammoga aylanib koldi.

2)O'zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanib borishi iqtisodiyotdagi tub tarkibiy uzgarishlar bilan bormokda. Natijada ishlab chiqarishning ishchi kuchiga

J-jt

A W 1л (Л ' I ГГ Г> 11 ЛЛ7+1ТГЛ11 Л7П m + I Г»Т ГП1 Г"Ж 11Г7Л-П-»ч1л 1л /Л I'm /Л 1 7~ /1 П 1Эп1Л/1Л 1 п1л/л1л1 1гп/л1л1 ггг> -fr>1 г>1л

bo'lgan extiyoji xam tuxtovsiz uzgarib bormokda. Bunda ishchi kuchiga talab va

ш

taklifni, mehnat bozoriga kirib kelayotgan aholining asosiy toifalari mehnat jarayoniga kirayotgan yoshlarni, ishlab chiqarishdan bo'shayotgan ishchilar,

<i > ^^ я 1 >

mutaxassislarni oldindan ishlamayotgan, ishga joylashishga muhtoj bo'lgan aholini

! !>»

xisobga olish zarur.

3) Turli mulkchilikni shakllantirayotgan sharoitda xususiylashtirish jarayonlari ish joylarini muqobil tanlashni kengaytirish, turli mulk shakllaridagi korxonalar

ish joylarini muqobil tanlashni kengaytirish, turli mulk shakllaridagi korxonalar bo'yicha ishchilarning joylashtirilishini kuchaytirishni zarur qilib qo'yadi.

Ы> 3 ]> <}>

Щ !>

J-- * 4 * №

WiW к/

>q )> q )> :>

Talqin va tadqiqotlar respublika ilmiy-uslubiy jurnali №9

4) Respublika xalq xo'jaligi mehnat resurslari bilan ortiqcha ta'minlangan, bu

yerda ish vaqtini tejash qonuni talablarga rioya qilinmaydi. Bozor munosabatlariga rivojlanib borishida korxonalar individual xarajatlarini ijtimoiy zarur darajagacha pasaytirishga majburlash orqali bu qonunni harakatlantiradi.

Bunda kadrlar tayyorlashni mehnat bozori va ish bilan bandlikning umumiy holati bilan o'zaro bog'liqda qarash kerak, chunki mehnat bozori ishchi-xodimlar, ish beruvchilar va davlat manfaatlarini muvofiqlashtirish, shuningdek, kasb, ish joyi va mehnat faoliyatini tanlash erkinligini ta'minlash (amalga oshirish)ning o'ziga xos

J о о / о о

mexanizmi hisoblanadi.

Bugungi kunda viloyatimiz iqtisodiyoti uchun zarur bo'lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uzluksiz ta'lim tizimining asosiy bo'g'inlaridan biri bo'lmish o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi zimmasiga ham yuklatilgan.

Hozirgi paytda har bir korxona, tashkilot va muassasa rivojlanishi uchun mehnat bozorini tahlil qila olishi, yangi va real axborot vositalari yordamida kelgusidagi faoliyatlarini bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiqlashtirib istiqbolni to'g'ri

rejalashtirish ehtiyoji paydo bo'lmoqda.

Iqtisodiy o'sishni ta'minlashda asosiy omil-bu ishchi kuchi bandligi hisoblanadi. Mamlakatda bandlik darajasi qancha yuqori bo'lsa, uning iqtisodiyoti xam barqaror

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

bo'ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda ishchi kuchi bandligi darajasini oshirishga imkon yaratuvchi tadbirlar alohida o'rin tutadi. Tadbirkorlik bandlik muammosini ijtimoiy-iqtisodiy nuqtai nazarni hisobga olgan holda kompleks hal qilish imkonini beradi. Bunda inson faqatgina aniq ish joyi bilan ta'minlanmay, balki uning mehnatga

bo'lgan munosabati o'zgaradi. passiv boqimandalik o'rnini faol ijobiy mehnat

..... ......... ...................

egallaydi. Aynan tadbirkorlik inson tashabbuskorligini oshirish imkonini beradi,

shaxs sifatida takomillashtiradi.

J> j ]>

Adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoev SH. Tanqidiy taxlil, qat'iy tartib- intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak. T.: «O'zbekiston», 36-b.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 06.05.2017 y. «Aholi bandligini

»

*

ta'minlash bo'yicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshi-rishda maxalliy ijro xokimiyati va iqtisodiy kom pleksning hududiy organlari \ DM* rahbarlarining shaxsiy mas'uliyatini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi N PK.-

#

к*

2960-son Qarori.

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2017 y. «Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5052-son Farmoni.

J J>Svr; J>

I > >

>q ] i )> >

u>,* ^ t<ns

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.