Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI'

MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
116
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tashqi savdo / investitsiyalar / eksport / import / xorijiy investitsiyalar / investitsiya muhiti / iqtisodiy islohotlar.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Narzullayeva O.Q., Toshmurodov T.A.

Mazkur maqolada mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida tashqi iqtisodiy faoliyatning oqilona tashkil etilishi, investitsiyalar, xususan, xorijiy investitsiyalari haqida tushuncha va ularning ahamiyati, chet el investitsiyalarini jalb etish bo’yicha olib borilayotgan ishlar, mamlakatimizning jahon savdosida o’z o’rniga ega bo’lish uchun qilinayotgan sa’y harakatlar haqida keltirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI»

Narzullayeva O. Q.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Bank ishi kafedrasi assistenti Toshmurodov T.A.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Bank ishi va auditi yo'nalishi talabasi

MAMLAKATIMIZ IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHDA XORIJIY INVESTITSIYALARNING AHAMIYATI

Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishida tashqi iqtisodiy faoliyatning oqilona tashkil etilishi, investitsiyalar, xususan, xorijiy investitsiyalari haqida tushuncha va ularning ahamiyati, chet el investitsiyalarini jalb etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, mamlakatimizning jahon savdosida o'z o'rniga ega bo'lish uchun qilinayotgan sa'y harakatlar haqida keltirib o'tilgan.

Kalit so 'zlar: tashqi savdo, investitsiyalar, eksport, import, xorijiy investitsiyalar, investitsiya muhiti, iqtisodiy islohotlar.

Narzullayeva O.K. Samarkand Institute of Economics and Service

Toshmurodov T. student of banking and auditing Samarkand Institute of Economics and Service

THE IMPORTANCE OF FOREIGN INVESTMENTS IN DEVELOPING THE ECONOMY OF OUR COUNTRY

Abstract. In this article, the rational organization of foreign economic activities in the economic development of our country, the understanding of investments, especially foreign investments and their importance, the work carried out to attract foreign investments, which has its place in the world trade of our country efforts are mentioned.

Key words: foreign trade, investments, exports, imports, foreign investments, investment climate, economic reforms.

Kirish

Xozirgi globallashuv sharoitida milliy iqtisodiyotimizni jadal rivojlantirish hamda mamlakatimiz iqtisodiyotida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini ta'minlashda investisiyalar, shu jumladan, xorijiy investisiyalar muhim o'rin tutadi. Investisiyalarga e'tiborning kuchayishi bugungi kunga kelib, mamlakatimizdagi investision faoliyat rivojlantirilishiga olib keldi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda va tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada jadallashtirishda milliy va xorijiy investitsiyalarning o'rni beqiyosdir.

O'zbekiston va jahon iqtisodiyotining kelgusi taraqqiyoti, asosan, investitsiyalarga bog'liqligini bugungi kunda yanada aniq namoyon bo'lmoqda. Shu sababli ham, hozirgi kunda respublikamiz iqtisodiyotiga investitsiyalarni, xususan, xorijiy investitsiyalarini kengroq jalb etish, ularning mamlakatimizda o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlarning samarali ijrosini ta'minlashning muhim asosiga aylangan. Mamlakatni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida investitsiyalarining jumladan, xorijiy investitsiyalarning ahamiyati kattadir.

Mamlakatimiz rahbari ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida quyidagilarni keltirib o'tdi: "Islohotlar natijasida O'zbekistonning mintaqadagi iqtisodiyoti eng yuqori diversifikatsiya qilingan mamlakat sifatidagi maqomi yanada mustahkamlangani qayd etildi. Bir yilning o'zida 100 mingga yaqin yangi korxonalar tashkil qilindi, kiritilgan xorijiy sarmoyalarning yillik hajmi 10 milliard dollarga yetdi yoki islohotlar boshlangan 2017-yilga nisbatan 3 barobar oshdi, 1 millionga yaqin aholi kambag'allikdan chiqarilib, kambag'allik darajasi 17 foizdan 14 foizga tushirildi. Islohotlar boshlangan davrda bu ko'rsatkich 30 foizdan yuqori edi." 38Davlatimiz rahbari ana shunday yutuqlarga munosib hissa qo'shayotgan barcha xorijiy va mahalliy investorlarga, hamkor davlatlar hukumatlariga, xalqaro moliya institutlariga chuqur minnatdorlik hamda yuksak hurmat va ehtiromini bildirdi.

Jahonda globallashuv jarayonlarining tezlashib borishi hozirgi davrda mamlakatlar iqtisodiyotida xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatini oshirishni taqoza etmoqda. Bu borada davlatimizda ham qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasining 2025-yilgacha investitsiya siyosati strategiyasida iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish, 2025-yil yakunigacha markazlashgan investitsiyalar hajmi YalM dagi ulushi 37,5% ya'ni, 1002,5 mlrd so'mga yetkazish investitsiya siyosatining asosiy maqsadi etib belgilangan.39

Davlatlar o'rtasidagi xalqaro savdoning rivojlanishi, ishlab chiqarish integratsiyasining kengayishi va takomillashuvi tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashuviga sabab bo'lmoqda.

O'zbekiston Respublikasi prezidentining PF-158 sonli farmoniga ko'ra "O'zbekiston - 2030" strategiyasi ishlab chiqildi. Unga ko'ra, mamlakatimizning investitsion jozibadorligini yanada oshirish, Mamlakatimizda 250 milliard dollarlik investitsiyalarni o'zlashtirish, jumladan 110 milliard dollar xorijiy investitsiyalar va 30 milliard dollar davlat-xususiy sheriklik doirasidagi investitsiyalarni jalb qilish, Hududlarning investitsion reytingini yuritish, har bir

38 O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig ikkinchi Toshkent investitsiya forumida so'zlagan nutqidan. 27.04.2023.

39 O'zbekiston Respublikasining 2025-yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi.

hududning imkoniyatlaridan kelib chiqib, uning investorlar uchun jozibadorligini yanada oshirish kabi asosiy maqsadlari belgilab qo'yildi. 40

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarning jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyat va rezervlarni ishga solish hamda davlatimiz iqtisodiy rivojlanishini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar tahlili

Bugungi kunda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni yanada yaxshilash hamda xorijiy investitsiyalar masalasi iqtisodiy tadqiqotlarning muhim yo'nalishlaridan biriga aylangan. Ushbu sohada bir qator olimlar iqtisodiy tadqiqotlar olib borganlar.

Iqtisodchi olim F. Xenius xorijiy investitsiyalarga quyidagicha ta'rif bergan: "Xorijiy investitsiyalar - bu bir mamlakat hududidan ikkinchi mamlakat hududiga kiritilgan, eksport qilingan investitsiyalar".

Iqtisodchi E.R. Orlovaning ilmiy izlanishlarida "Mintaqaning investisiya jozibadorligi investisiyalashning dastlabki ob'ektiv omillarini o'zida aks etiradi va mintaqaning o'ziga xos investisiya salohiyati va notijorat investisiya tavakkalchilik darajasidan kelib chiqqan holda shu mintaqaga jalb qilingan kapital qo'yilmalar hajmida miqdoriy tomonlama aks etadi", deb ta'riflanadi. [4]

Bundan tashqari, professor D.G'ozibekovning xorijiy investitsiyalar to'g'risidagi nazariy qarashlarida quyidagi fikrlar bayon etilgan: "Chet el investitsiyalari bir iqtisodiyot subyekti kapitalini o'zga iqtisodiyotga muayyan muddatga bog'lash bo'lib, ichki investitsiyalardan risklar kengligi bilan farqlangan holda, huquqiy sharoitlarning, investitsiya muhitining o'zgarishi bilan tavsiflanadi va natijada mamlakatlar va mintaqalar bo'ylab kapital ko'chishi yuz beradi".[5] Ushbu fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, xorijiy investitsiyalar bir mamlakat iqtisodiyotidan mutloq boshqa davlat iqtisodiyotiga ko'chuvchi kapital bo'lib, u risklar doirasi kengligi bilan ichki investitsiyalardan farqlanadi.

Iqtisodchilar G.M. Galeeva and E.N. Kadeevalarning fikrlariga ko'ra: To'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning asosiy omillari bozorlar va resurslarga kirishdir. Chet el kapitalining faqat ayrim mintaqalarda va ayrim tarmoqlarda kontsentratsiyasi boshqa mintaqalar iqtisodiyotining rivojlanishini cheklaydi, birinchi navbatda sanoati rivojlanmagan mintaqalar iqtisodiyotiga ta'sir qiladi. [6]

Shuningdek, iqtisod fanlari doktori N. Qo'ziyevaning ilmiy ishlarida xorijiy investitsiyalarning mohiyati to'g'risida: "Kelgusida foyda olish maqsadida kapitalni eksport qiluvchi xorijiy davlatlar, yuridik va jismoniy shaxslarning kapitalni qabul qiluvchi mamlakatlarga turli ko'rinishdagi boyliklar (ko'char, ko'chmas mol-mulk, intellektual boyliklar va boshqalar) va ulardan olingan daromadlar (foyda, foizlar, dividendlar, litsenziya va komission mukofotlar,

40 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi farmoni. 11.09.2023. PF-158.

royalti, texnik ta'minot va boshqa mukofotlar)ni qo'yilishiga xorijiy investitsiyalar deyiladi"[7] degan ta'rif keltirilgan.

Tadqiqot metodologiyasi

Mazkur maqolada mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishida hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni oqilona tarzda olib borishda bajarilishi lozim bo'lgan ishlar, uning asosiy yo'nalishlaridan biri respublikaga chet el investitsiyalarini jalb etish ekanligi o'rganilgan. Chet el investitsiyalarini jalb etish bo'yicha olib borilayotgan ishlar, mamlakatimizning xalqaro maydondagi darajasi, mamlakatimizning jahon savdosida o'z o'rniga ega bo'lishi uchun amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan.

Ushbu maqolani yozish jarayonida statistik va analitik tahlil, kuzatuv, ma'lumotlarnini taqqoslash kabi tahlil usullaridan foydalanildi.

Tahlil va natijalar muhokamasi

Jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, qaysi davlat faol investitsiya siyosatini yuritgan bo'lsa, o'z iqtisodiyotining barqaror o'sishiga erishgan. Shu sababli ham investitsiya - bu "iqtisodiyot drayveri", desak, mubolag'a bo'lmaydi. Investitsiya bilan turli soha va tarmoqlarga, hududlarga yangi texnologiyalar, ilg'or tajribalar, yuksak malakali mutaxassislar kirib keladi, tadbirkorlik jadal rivojlanadi.

Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta bo'lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:

birinchidan, ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo'ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi;

ikkinchidan, import o'rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo'lga qo'yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustivor sohalariga yo'naltirish va pirovardida aholining me'yordagi turmush darajasini ta'minlash imkonini yaratadi;

uchinchidan, kichik biznesni, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o'sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta'minlaydi;

to'rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy- texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;

beshinchidan, tabiiy resurslarni qayta ishlovchi korxonalarni barpo etishga ko'maklashadi, davlat byudjetiga soliq tushumining kelib tushishi ko'payadi.

Hozirgi kunda O'zbekiston iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalar oqimining jadal sur'atlarda o'sishini quyidagi omillar belgilab bermoqda:

1) mamlakatdagi investitsiya muhitining barqarorligi;

2) valyuta kursini tartibga solishdagi ijobiy o'zgarishlar;

3) mamlakatning soliq mexanizimini takomillashtirishning aniq yo'nalishlari belgilanganligi;

4) soliq qonunchiligida xorijiy investitsiyalarning faoliyatini tartibga soluvchi qaror va qonunlarning ishlab chiqilganligi;

5) jahon tovar bozorlaridagi eksportyorlar uchun qulay narx konyukturasining vujudga kelganligi.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, o'tgan yil yakuni bilan jami 22 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiyalar o'zlashtirilgani, bu avvalgi yilga nisbatan 1,8 barobar ko'pligi ta'kidlandi.

Yirik investorlar bilan manzilli ishlash, investitsiyalarni jalb qilishda iqtisodiy diplomatiyani va chet eldagi diplomatik vakolatxonalar ishtirokini kuchaytirish muhimligi alohida qayd etildi.

Yangi investitsiya loyihalarni amalga oshirishda hududlardagi maxsus zonalardan hamda sanoat kooperatsiyasi imkoniyatlaridan keng foydalanish orqali qo'shilgan qiymat zanjirini yaratish zarurligi ko'rsatib o'tildi. Tarmoq va hududlar rahbarlari investitsiya masalalarini hal etishda sanoat tarmoqlari bilan yaqindan ishlashi, asosiy e'tiborni hududlarda iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish, yangi ish o'rinlarni ko'paytirishga qaratishi shartligi qayd etildi.

Xalqaro moliya institutlari mablag'laridan samarali foydalanish va ularni o'z vaqtida o'zlashtirish, ushbu mablag'larni ustuvor ravishda ijtimoiy, infratuzilma hamda suv xo'jaligi loyihalariga yo'naltirish zarurligi ta'kidlandi. Xulosa

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi yangi korxonalar sonining tobora ortib borishi va yangilari barpo etilayotgani davlatimizning bu sohaga bo'lgan katta e'tibori va ularga yaratib berayotgan qulayliklari natijasidir. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy sarmoyalarni jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag'batlantirish va ular uchun zarur sharoitlarni yaratib berish o'ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishni faollashtirishda quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur:

birinchidan, inflyatsiya darajasini investitsion loyihalar qiymat o'sishiga ta'sirini kamaytirish, shuningdek, xorijiy investitsiyalar hajmini yanada ko'paytirish;

ikkinchidan, investitsiyalarni real ishlab chiqarish sohasiga, ya'ni xomashyoni qayta ishlovchi tarmoqlarga jalb etish;

uchinchidan, chet el investorlariga yanada qulay investitsiya muhitini yaratish maqsadida rag'batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, xususan, soliq yukini

kamaytirish va soliq tizimini investorlar uchun ham soddalashtirish; to'rtinchidan, xorijiy iqtisodiy sub'ektlar bilan o'zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish tizimini takomillashtirish va ular bilan erkin investitsion iqtisodiy zonalarni tashkil etish;

beshinchidan, infratuzilmasi mavjud va rivojlanishi qulay bo'lgan joylarga investorlarni jalb qilish orqali sanoatni tizimli rivojlantirish;

oltinchidan, uzoq muddatli, past foizli to'g'ridan-to'g'ri xorijiy kredit resurslarini jalb etish ishlarini kuchaytirish;

yettinchidan, xorijiy tajribalardan kelib chiqqan holda xorijiy investorlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlovchi jamg'armalar tashkil etish.

Yuqoridagi takliflami amaliyotda joriy etish milliy iqtisodiyotimizga xorijiy investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu holat pirovardida ishlab chiqarishni texnik va texnologik jihatdan uzluksiz yangilab borish, iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, sanoatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni izchil davom ettirish asosida, kelgusida mamlakatimizda investitsion siyosatni to'liq amalga oshirish imkoniyatini yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining 2025-yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi.

2. O'zbekiston Respublikasining "Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to'g'risida"gi qonuni. 25.12.2019. O'RQ- 598.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi farmoni. 11.09.2023. PF-158.

4. Орлова Е.Р. (2003) Инвестиции. Курс лекций. 2-е изд., доп. и пер. -М.: Омега-Л,15б.

5. G'ozibekov D. G'. Investitsiyalarni moliyalashtirish masalalari. - T.: "Moliya", 2003, 45 bet.

6. G.M. Galeeva and E.N.Kadeeva. Problems of attracting foreign direct investment into the regional economy. Journal of Physics: Conference Series, 1730(2021) 012118, 2020. - P. 8.

7. Qo'ziyeva N.R. Xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar faoliyatini rag'batlantirishning moliya-kredit mexanizmini takomillashtirish yo'nalishlari. Iqt. fan. dok. ilm. dar. olish uchun yoz. diss. avtoref. - T.: BMA, 2008, 11 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.