Научная статья на тему 'MAKTABLARDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH JARAYONLARI'

MAKTABLARDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
matnli masalalar / darslik / elektron o’qitish vositalari / tarqatma materiallar

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jumaniyazova Muborak Tahirovna

Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga, barkamol avlodni shakllantirishga bo’lgan ehtiyoji tTafovudni vujudga keltirdi. Ta’lim oluvchilarning didaktik vosita sifatida axborot va kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishlari, ular olayotgan ta’lim sifatini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan samarali natijalardan biri elektron darslik, elektron o’quv qo’llanma, elektron ishlanmalarning yaratilayotganligidir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABLARDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH JARAYONLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

MAKTABLARDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISH

JARAYONLARI

Jumaniyazova Muborak Tahirovna

Urganch shahar 6 - son maktab direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11518492

Annotatsiya. Hozirgi kunda amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlar, yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga, barkamol avlodni shakllantirishga bo'lgan ehtiyoji tTafovudni vujudga keltirdi. Ta'lim oluvchilarning didaktik vosita sifatida axborot va kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishlari, ular olayotgan ta'lim sifatini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan samarali natijalardan biri elektron darslik, elektron o'quv qo'llanma, elektron ishlanmalarning yaratilayotganligidir.

Kalit so'zlar: matnli masalalar, darslik, elektron o'qitish vositalari, tarqatma materiallar.

Abstract. The ongoing reforms in the field of education, the need to train highly qualified personnel, and the formation of a harmoniously developed generation have created a gap. The effective use of information and computer technologies by students as a didactic tool is an important factor in improving the quality of their education. One of the effective results in this regard is the creation of electronic textbooks, electronic textbooks, electronic developments.

Keywords: text problems, textbooks, e-learning tools, handouts.

Аннотация. В настоящее время реформы в сфере образования, необходимость подготовки высококвалифицированных кадров, формирования компетентного поколения создали тТафовуд. Эффективное использование студентами информационных и компьютерных технологий как дидактического инструмента является важным фактором повышения качества получаемого ими образования. Одним из эффективных результатов в этом плане является создание электронных учебников, электронных учебных пособий, электронных разработок.

Ключевые слова: текстовые задачи, учебник, средства электронного обучения, раздаточные материалы.

Ta'lim jarayoni samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida umumta'lim maktablarida matematika fanini o'qitishda pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi [1-30]. Ta'lim oluvchilarning didaktik vosita sifatida axborot va kompyuter texnologiyalaridan samarali foydalanishlari, ular olayotgan ta'lim sifatini oshirishning muhim omili hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan samarali natijalardan biri elektron darslik, elektron o'quv qo'llanma, elektron ishlanmalarning yaratilayotganligidir. Ushbu ishda umumta'lim maktablarida "Masalalarni tenglamalar yordamida yechish" mavzusini o'rganishda o'qitishning elektron vositasidan foydalanish metodikasi keltiriladi. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili da. Amalga oshirishga doir davlat dasturi ijrosi jarayonida sifatli ta'limni amalga oshirish texnologiyalarini modernizatsiyalab borish muhim ahamiyatga ega[1]. Shu jihatdan modernizasiyalash orqali ta'lim sifatini oshirish texnologiyalarini takomillashtirishning tizimli shaklini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi. Bu o'rinda ana shu masalaning tahliliga diqqatingizni tortamiz. Maktabgacha va maktab ta'limini modernizatsiyalash tizimi. "2022-2026 yillarda xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha Milliy dastur"da ta'lim tizimini maqbullashtirish vazifalari belgilangan. Shu jihatdan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

maktabgacha va maktab ta'limini modernizatsiyalashning quyidagi yo'nalishlariga amal qilish maqsadga muvofiq bo'ladi:

1) Maktab ta'limi vazifalarini aniq belgilash;

2) Maktab ta'limi o'quv adabiyotlarining uzviyligini ta'minlash;

3) Maktab ta'limi tajribalarini ommalashtirish;

O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonuniga asosan maktabgacha ta'lim mamlakatimizda uzluksiz ta'limning asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Ayni paytda maktabgacha ta'limni modernizatsiyalashda quyidagilarga e'tibor berish muhim ahamiyatga ega:

a) Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning aniq asoslarini belgilash;

b) Maktabgacha ta'limning jahon tajribasiga asoslanish;

c) Maktabgacha ta'limni oliy ma'lumotli pedagoglar bilan to'liq ta'minlash[2].

Bugungi kunda maktabgacha ta'lim 5-7 yoshli bolalarning savodxonligini tarkib toptirish

va ularni sanoqqa o'rgatish vazifasini bajarmoqda. Shu sababli maktab ta'limining boshlang'ich sinf vazifasini modernizatsiya qilishga ehtiyoj mavjud. Mazkur masalada bizning yondashuvimiz quyidagicha: maktabgacha ta'lim bolalarning savodxonligini tarkib toptirishi, ularni maktab ta'limiga tayyorlashi va ruhiy-jismoniy chiniqtirish vazifasini bajarishi, maktab ta'limining boshlang'ich sinf bosqichi o'quvchilarni fanlar asoslari bilan dastlabki bosqichda tanishtirishi, ularni bilim olamiga olib kirishi va ta'limning keyingi bosqichiga tayyorlash vazifasini bajarishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bugungi kunda maktabgacha ta'lim jarayonidayoq bolalarni kompyuter kabi texnik imkoniyatlar bilan tanishtirish amalga oshirilmoqda. Shu ma'noda maktabgacha va maktab ta'limi yagona vazifaga ega bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining yangi konsepsiyasini ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi. Bunday konsepsiya asosida maktabgacha va maktab ta'limini yangilash imkoniyatlariga ega bo'linadi. Maktabgacha ta'limning jahon tajribasiga asoslanishda nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarini kengaytirish taqozo etiladi. Buning uchun oilaviy maktabgacha ta'lim muassasasi, shaxsiy maktabgacha ta'lim muassasasi, tashkilotlarning maktabgacha ta'lim muassasasi, xorijlik hamkorlarning maktabgacha ta'lim muassasasi va tashabbuskor shaxslarning maktabgacha ta'lim muassasasini tashkil etish bilan mazkur tizimni yangilash mumkin. Bizning yondashuvimizga ko'ra, nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalarining ko'p bo'lishi maktabgacha ta'lim tizimini modernizatsiyalash va maktabgacha ta'lim bilan bolalarni to'liq qamrab olish imkoniyatini beradi. Mamlakatimizning chekka hududlarida maktabgacha ta'lim bo'yicha o'ziga xos tajribalar mavjud. Bunday tajribalarda bolalarning savodxonligini tezkor tarkib toptirish, bolalarga oila a'zolarining salbiy ta'sirini susaytirish, bolalarni shaxs sifatida shakllantirish va pedagogik tajribalarni ayirboshlash omillari mavjud. Shu sababli bunday tajribalarni ommalashtirish bilan maktabgacha ta'lim jarayonini yangilab borish omillariga ega bo'linadi. Tajribalar asosida maktabgacha ta'lim jarayonini modernizatsiyalash kutilgan samarani beradi[3]. Maktab ta'limini modernizatsiya qilishda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

a) Boshlang'ich sinf ta'lim jarayonini takomillashtirish;

b) O'rta sinflarda fanlar asoslarini to'liq o'qitishga erishish;

c) Yuqori sinflarda o'quvchilarni faoliyatga tayyorlash.

Boshlang'ich sinflarda (1-4-sinflarda) o'quvchilarning bilim va ko'nikmalarini to'liq shakllantirish bilan mazkur ta'lim bosqichini yangilashga erishish mumkin. Pedagog va fiziolog olimlarning fikricha, 7-11 yoshli bolalarda jismoniy, aqliy va ruhiy rivojlanish jarayoni tezlashgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Shu sababli boshlang'ich ta'limning asoslarini yangilashga ehtiyoj mavjud. Bunda o'quv fanlari tarkibini yangilash muhim o'rin tutadi. Misol uchun, kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinf o'quvchilari Informatika o'quv fani asoslarini kutilgan darajada o'zlashtirmoqda va bu fan 2022-2023 o'quv yilidan boshlab amalga kiritilganligini eslatib o'tish joiz. Shu ma'noda boshlang'ich sinf o'quv fanlarini ana shunday yangi fanlar vositasida yangilab borish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bugungi kunda o'rta sinflarda (5-9-sinflarda) o'quv fanlarining asoslari to'liq o'qitilmoqda. Ayni paytda o'quvchilarning layoqat va qiziqishlaridan kelib chiqib ularni o'quv fanlariga yo'naltirish dolzarb bo'lib turibdi. Buning uchun aniq, tabiiy va gumanitar o'quv fanlarining o'qituvchilari faol bo'lishi kerak. Misol uchun, bu borada mamlakatimizning Matematika o'quv fani o'qituvchilarining tajribalarini ommalashtirish kutilgan samarani beradi. Chunki mazkur toifa o'qituvchilar har bir o'quvchi bilan individual ishlash tajriba siga ega va shu sababli o'quvchilar Matematika fani bo'yicha jahon olimpiadalarida muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda. Shu ma'noda bunday o'qituvchilarning tajribalarini ommalashtirish bilan o'rta sinflarda o'quv fanlarini o'qitish asoslarini yangilash imkoniyatiga ega bo'linadi. Yuqori sinflarda (10-11 sinflarda) o'quvchilarni faoliyatga tayyorlash bilan maktab. Ta'limini kutilgan darajada modernizatsiyalash mumkin. Buning uchun o'quvchilar ta'limning keyingi bosqichi yoki turlariga ta'limiy, tarbiyaviy hamda faoliyat jihatidan tayyorlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki o'quvchilar maktab ta'limidan keyin ta'limni davom ettirishi yoki faoliyat bilan shug'ullanish imkoniyatiga ega. Shu ma'noda maktab ta'limi yakunida o'quvchilar yetuk fuqaro sifatida tayyorlanishi kerak bo'ladi. Bu hol yuqori sinflar o'quv fanlari asoslarini yangilashni taqozo etadi.

E'tibor berilsa, maktabgacha va maktab ta'limini modernizatsiyalash tizimida mazkur ta'lim bosqichlarining vazifalarini takomillashtirishga asoslanadi. Chunki j amiyatimizning texnologik rivojlanish jarayoni ushbu ta'lim bosqichlarining vazifalarini muntazam yangilab borishni taqozo etmoqda.

Ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini modernizatsiyalash tizimi. Bugungi kunda mamlakatimizda yuzdan ortiq ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Ularga o'quvchilar boshlang'ich ta'limdan keyin qabul qilinadi. Misol uchun, Matematika faniga ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari va Ona tili hamda adabiyot o'quv fanlari bo'yicha ijodiy maktablar faoliyat yuritmoqda. Shu sababli ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini modernizatsiya qilishda quyidagilarga asoslanish kutilgan samarani beradi:

1) mamlakatning eng chekka hududlarida ham ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini tashkil etish;

2) ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining yagonalashgan va tipiklashgan. O'quv dasturi hamda o'quv adabiyotlariga ega bo'lish;

3) o'quvchilarni ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalariga yo'naltirish mezonlarini ishlab chiqish.

Ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalari bugungi kunda shahar hududlarida faoliyat yuritmoqda. Shu sababli mamlakatimizning eng chekka hududlaridagi ta'lim muassasalarida ularning filiallarini tashkil etish, umumiy o'rta ta'lim maktablarini ixtisoslashtirish yoki ijodiy ta'lim muassasasiga aylantirish, tajribali o'qituvchilarning individual sinflarini tashkil qilish bilan ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini yangilash maqsadga muvofiq bo'ladi. Bundan tashqari, ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining tajribali o'qituvchilari dars mashg'ulotlarini onlayin shaklida tashkil qilish bilan mazkur ta'lim tizimini yangilash mumkin. Shu sababli bu borada yagona va yangi konsepsiyani ishlab chiqish dolzarb bo'lib turibdi[4].

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "RAPID DEVELOPMENT OF MULTILATERAL INTERNATIONAL RELATIONS FROM A

PEDAGOGICAL POINT OF VIEW" _4 JUNE, 2024_

Ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining yagona o'quv reja va o'quv dasturlari hamda o'quv adabiyotlarini yaratish ta'lim jarayonini modernizatsiyalash muhim ahamiyatga ega. Chunki kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarida turli xil o'quv dasturlari adabiyotlari amal qilmoqda. Bu hol o'quvchilarning bilim, ko'nikma va malakasida har xil ko'rsatgiyalarning paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Shu sababli ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining o'quv adabiyotlarini yagonalashtirish va yangilash bilan mazkur ta'lim bosqichini modernizatsiyalash imkoniyatiga ega bo'linadi. O'quvchilarni ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalariga yo'naltirish mezonlarini yangilab borish dolzarb hisoblanadi. Chunki har o'quv yili boshida ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarining o'quv dasturlari va adabiyotlari yangilanib bormoqda. Shu sababli o'quvchilar ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalariga bilim, layoqat va q iziqish nuqtai nazaridan yo'naltirilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Ayni paytda mamlakatimizning chekka hududlaridagi ta'lim muassasalarining o'quvchilarini ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalariga yo'naltirish mezonlarini maqbullashtirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bularning barchasi ixtisoslashtirilgan va ijodiy ta'lim muassasalarini yangilash imkoniyatini beradi.

REFERENCES

1. Умарова У.У. (2020). Использование педагогических технологий в дистанционном обучении моодле. Проблемы педагогики 51:6, С. 31-34.

2. Умарова У.У. (2020). Применение триз технологии к теме «Нормальные формы для формул алгебры высказываний». Наука, техника и образование. 73:9, С. 32-35.

3. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili"da amalga oshirishga doir davlat dasturi.// www.ziyonet.uz.

4. Hasanboyev J. Va boshq. Pedagogika fanidan izohli lug'at.-Toshkent, 2009

5. Hasanboyev J. Va boshq. Pedagogika.-Toshkent, 2011

6. Abdujalilova Sh. Abdurauf Fitratning pedagogik ta'lim ta'limoti. -Toshkent, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.