Научная статья на тему 'RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA INTEGRATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI SAMARADORLIGINI BAHOLASH'

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA INTEGRATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI SAMARADORLIGINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Umarova Zuxra Abduraxmanovna, Tuychiyeva Sarvinoz

“O‘zbekiston-2030” strategiyasida belgilangan vazzifalarning ijrosini ta’minlash jarayonida boshlang‘ich sinflarda o‘zlashtirish jarayonini kuchaytirish muhim o‘rin tutadi[1]. Bunda raqamli texnologiyalar sharoitida boshlang‘ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o‘qitish transformatsiya sharoitida samaradorlikni baholash masalalarini o‘rganish ham dolzarb bo‘lib turibdi. Mazkur o‘rinda ana shu masalaning tahliliga e’tiboringizni tortamiz. Mamlakatimiz boshlang‘ich ta’lim jarayoni samaradorligiga erishish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunda ayniqsa, boshlang‘ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o‘qitish texnologiyasi muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan bu o‘rinda boshlang‘ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o‘qitish texnologiyasi samaradorligini baholash masalasi tahliliga e’tiboringizni tortamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA INTEGRATSION O‘QITISH TEXNOLOGIYASI SAMARADORLIGINI BAHOLASH»

RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDA INTE GRAT SION O'QITISH TEXNOLOGIYASI SAMARADORLIGINI BAHOLASH 1Umarova Zuxra Abduraxmanovna, 2Tuychiyeva Sarvinoz

1CDPU dotsent v.b. pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2CHDPU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10678054

"0'zbekiston-2030" strategiyasida belgilangan vazzifalarning ijrosini ta'minlash jarayonida boshlang'ich sinflarda o'zlashtirish jarayonini kuchaytirish muhim o'rin tutadi[1]. Bunda raqamli texnologiyalar sharoitida boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o'qitish transformatsiya sharoitida samaradorlikni baholash masalalarini o'rganish ham dolzarb bo'lib turibdi. Mazkur o'rinda ana shu masalaning tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

Mamlakatimiz boshlang'ich ta'lim jarayoni samaradorligiga erishish eng muhim vazifalardan hisoblanadi. Bunda ayniqsa, boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o'qitish texnologiyasi muhim o'rin tutadi. Shu jihatdan bu o'rinda boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o'qitish texnologiyasi samaradorligini baholash masalasi tahliliga e'tiboringizni tortamiz.

Mazkur ishimizda boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o'qitish texnologiyasining "Ona tili va savodxonligi" hamda "Tasviriy san'at" o'quv fanlarini integrasion o'qitish shakli va "Musiqa madaniyati" hamda "Jismoniy tarbiya" o'quv fanlarini integrasion o'qitish shakli yuqorida tahlil etildi. Shu jihatdan mazkur shakllarning samaradorlik darajasini baholash metodikasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega. Bu metodikaning tarkibiy qismlarini bizning yondashuvimizga ko'ra, quyidagilar tashkil etadi:

a) nazariy samaradorlikni baholash;

b) metodik samaradorlikni baholash;

v) individual samaradorlikni baholash [2].

Ushbu o'rinda ana shu metodikaning muhim jihatlarini e'tibor berish va uning imkon qadar o'zlashtirish maqsadga muvofiq bo'lishini ta'kidlash lozim.

1. Nazariy samaradorlikni baholash. Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrayion o'qitishning nazariy samaradorligi baholash muayyan asoslarga tayanadi. Unda quyidagilarga e'tibor berish muhim ahamiyatga ega:

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'quv fanlarini o'zlashtirish bo'yicha bilim darajasini o'rganish;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining gumanitar fanlarga bo'lgan qiziqishini o'rganish;

- boshlang'ich sinf o'quvchilarining gumanitar fanlar o'qituvchilari bilan hamkorligini o'rganish.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarining o'zlashtirish darajasi mazkur ta'lim o'quv fanlaridan nazariy samaradorligini belgilaydi. Agar boshlang'ich sinf o'quvchisi muayyan fan bo'yicha kutilgan darajada bilimga ega bo'lsa, demak shu o'quv fanining o'qituvchisi o'ziga xos metodikaga egaligi namoyon bo'ladi. Boshlang'ich sinf o'quv fanlari mazkur ta'lim bosqichidan keyingi o'qitiladigan o'quv fanlarining poydevori sifatida qaraladi. Jumladan, gumanitar fanlarni o'zlashtirish boshlang'ich sinf o'quvchilarining ongi, bilim va tarbiyalanganlik layoqatining kutilgan darajada shakllanishiga olib keladi. Shu sababli o'quvchilarning boshlang'ich sinf o'quv fanlarini o'zlashtirish jarayonini integrasion metodga asoslanish kutilgan samarani beradi. Masalan, "Musiqa madaniyati" va "Jismoniy tarbiya" o'quv fanlari mazmun va metodika jihatdan o'zaro yaqindir, shu sababli mazkur o'quv fanlarini uyg'unlikda o'qitish ularning samaradorligini oshiradi.

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o'qitish jarayonini kutilgan darajada tashkil etish uchun o'quvchilarning qaysi fanlarga nisbatan qiziqishi yuqori ekanligini aniqlab olish maqsadga muvofiq bo'ladi. Kuzatishlar shuni ko'rsatadiki, boshlang'ich sinf o'quvchilari ko'p hollarda ijodiy yondashuvni taqoza etadigan "Musiqa madaniyati" va "Tasviriy san'at" o'quv fanlariga yuqori darajada qiziqishadi. Chunki ular kuylash va raqsga tushishni yoki rasmlar chizishga qiziqadilar. Bunday omildan foydalangan holda mazkur o'quv fanlarini integrasion tarzda o'qitish o'quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki ularning ijodiy layoqatini rivojlantiruvchi omil hamdir. Bunday omillar integrasion shaklda o'qitishning muhim asoslari hisoblanadi.

Boshlang'ich sinf o'quvchilari imkon qadar o'quv fanlari o'qituvchilari bilan hamkorlik qilishga intiladilar va bu omilni to'g'ri yo'naltirish boshlang'ich ta'limning samardorligiga erishidagi nazariy vositalardan biridir. Shu sababli "Ona tili va o'qish savodxonligi" o'quv fani o'qituvchisi o'quvchilarning nutqiy ravonligi va bilimdonligi, "Tasviriy san'at" o'quv fani o'qituvchisi o'quvchilarning ijodkorligi va mustaqil faoliyat ko'nikmasi, "Musiqa madaniyati" fani o'qituvchisi o'quvchilarning musiqa tinglash madaniyati va serharakatchanligi hamda "Jismoniy tarbiya" o'quv fani o'qituvchisi esa o'quvchilarning jismoniy ko'nikmasini rivojlantirish bo'yicha yo'nalishlar berib borishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Aynan bunday hamkorlik boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o'qitishning muhim omillaridan biridir.

E'tibor berilsa, boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni o'qitish texnologiyasida nazariy samaradorlik masalasi muhim o'rin tutadi. Shu sababli mazkur masala boshlang'ich sinf o'qituvchilari va Sinf rahbarlari kuzatuvida bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

2. Metodik samaradorlikni baholash. Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni inttegrasion o'qitish samaradorligida metodik samaradorlikni o'rganish va baholash muhim o'rin tutadi. Negaki, metodik samaradorlik integrasion o'qitishning tayanch omillaridan biri hisoblanadi. Shu jihatdan mazkur masalada quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

- boshlang'ich sinf o'quv fanlarini integrasion o'qitishda tanlangan metodikaning samaradorligini o'rganish;

- boshlang'ich sinf o'quv fanlarining o'ziga xos metodikalari uyg'unlashtirilganligini o'rganish;

- boshlang'ich sinf o'quv fanlarini integrasion o'qitishda erishilgan metodik samaradorlikni o'rganish.

Boshlang'ich sinf o'quv fanlarini integrasion o'qitishda barcha o'quv fanlari xususiyatlariga mos tushuvchi metodika tanlanishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu sababli biz bu o'rinda o'quv fanlarining mazmunan yaqinligi va uslubiy hamohangligidan kelib chiqib "Musiqa madaniyati" va "Jismoniy tarbiya" o'quv fanlarini integrasion o'qitish hamda "Ona tili va o'qish savodxonligi" va "Tasviriy san'at" o'quv fanlarini integrasion o'qitish metodikasi kutilgan samarani berishini mazkur tadqiqotimizda tahlil qilib o'tdik. Shu jihatdan bunday metodikaga asoslanish amaliy samarador hisoblanadi. Demak o'quv fanlarini integrasion o'qitish metodikasini tanlashda ularning mazmun va uslub jihatdan o'zaro mosligiga e'tibor qaratish maqsadga muvofiq bo'ladi.

3. Individual samaradorlikni baholash. Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o'qitish texnologiyasining samaradorligini baholashda individuallik masalasini o'rganish ham muhim ahamiyatga ega. Unga ko'ra, boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni

integrasion o'qitish bo'yicha tajribali o'qituvchilarning faoliyat samaradorligi o'rganiladi va baholanadi. Bunda quyidagilarga asoslanish maqsadga muvofiq bo'ladi:

- tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining individual samaradorlik metodikasini baholash;

- maktablar kesimida tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining individual samaradorlik tizimini baholash;

- mamlakat miqyosida tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilarining individual samaradorlik texnologiyalarini baholash.

Mamlakatimizda tajribali boshlang'ich sinf o'qituvchilari ko'pchillikni tashkil etadi. Ularning tajribasi negizini individuallik tashkil qilishini eslatib o'tish joiz. Aynan individual metodika boshlang'ich sinf o'qituvchilarining tajribaga ega bo'lishini ta'minlovchi omil hisoblanadi. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining individual metodikasini kasbiy bilimdonlik, amaliy ko'nikmalik va metodik faollik muhim mexanizmlar sifatida namoyon bo'ladi. Shu jihatdan tajribali o'qituvchilarning individual samaradorligi baholashda ana shularga e'tibor berish maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki kasbiy bilimdonlik, amaliy ko'nikmalik va metodik faollik o'quv fanlarini, jumladan, gumanitar fanlarni integrasion o'qimtish texnologiyasi asoslariga kirishini ta'kidlab o'tish joiz.

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrauion o'qitish texnologiyasi samaradorligini baholashda maktablar kesimi masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Bunda integrasion o'qitishning maktab miqyosida tarkib topgan indivilual samaradorlik asoslari o'rganiladi. Maktab miqyosida tarkib topgan individual samaradorlik tarkibida o'qituvchilarning faolligi natijasida o'ziga xos yondashuvlar va metodikalar tizimi yuzaga kelgan bo'ladi. Shu sababli mazkur masalani o'rganishda maktablar kesimida individual samaradorlik tizimining yutuqlari va kamchiliklarini aniqlash bu boradagi baholash faoliyatining asoslari ekanligini eslatib o'tish joiz.

Boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o'qitish texnologiyasi samaradorligini baholash tizimida mamlakat miqyosida amalda bo'lgan texnologiyalarni o'rganish ham muhim o'rin tutadi. Chunki mamlakat miqyosida integrasion o'qitish samaradorligini baholash turli texnologiyalarga asoslaniladi. Keyingi paytlarda bunday texnologiyalarning kompyuterli, masofaviy ta'lim kabi turlari ommaviylashib bormoqda. Shu sababli kompyuterli va masofaviy ta'lim texnologiyasi vositasida gumanitar fanlarni integrasion o'qitish va uning samaradorligiga erishish masalasini o'rganish dolzarb bo'lib turibdi. Chunki bu texnologiyalar gumanitar fanlarni integrasion o'qitishda qanday samara beradi, ularning imkoniyatlari nimalardan iborat va buning uchun qanday yondashuvlarga asoslanish lozim degan masloalarga javob berish uchun baholash faoliyatidan foydalanish maqsalga muvofiq bo'ladi.

E'tibor berilsa, boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integrasion o'qitish texnologiyasi samaradorligini baholashda mazkur maslalaning nazariy, metodik va individual asoslarga tayanish kutilgan samrani beradi. Bu bilan integrasion o'qitish texnologiyasining nazariyasini yangilash, metodikasini takomillashtirish va individual asoslarini kuchaytirish imkoniyatlariga ega bo'linadi

[3].

Shunday qilib boshlang'ich sinflarda gumanitar fanlarni integratsion o'qitish texnologiyasi samaradorligini baholash o'ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan diqqatni tortadi. Shu sababli bu masalalarni oliy pedagogik ta'lim jarayonida o'rganish, bu bo'yicha nazariy va metodik ko'nikmalarni egallash maqsadga muvofiq bo'ladi. Chunki bu masala bevosita raqamli transformatsiya masalasi bilan bevosita bog'liqdir.

REFERENCES

1. "0'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz.

2. Jabborova O.,Umarova Z. Boshlang'ich ta'lim diagnostikasi. -Toshkent, 2023

3. Mardonov Sh., Zokirova u. Pedagogika nazariyasi va tarixi. - Toshkent, 2021

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.