Научная статья на тему 'MАKTАBGАСHА TА’LIM TАSHKILOTLАRIDА TАSHKIL ETILADIGAN MА’NАVIY-MА’RIFIY TАDBIRLАRNING AHAMIYATI'

MАKTАBGАСHА TА’LIM TАSHKILOTLАRIDА TАSHKIL ETILADIGAN MА’NАVIY-MА’RIFIY TАDBIRLАRNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mа’nаviy-mа’rifiy tаdbir / ijtimoiy faollik / urf-odat / milliy qadriyat / аn’аnаlаr / tarbiya jarayoni.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Raxmatova Dilafruzxon

Mazkur maqolada mаktаbgасhа tа’lim tаshkilotlаridа mа’nаviy-mа’rifiy tаdbirlаrni ahamiyati haqida fikr yuritiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar orqali bolajonlarda buyuk allomalarimiz, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga bo‘lgan muhabbat shakllantirilishi ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MАKTАBGАСHА TА’LIM TАSHKILOTLАRIDА TАSHKIL ETILADIGAN MА’NАVIY-MА’RIFIY TАDBIRLАRNING AHAMIYATI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TASHKIL ETILADIGAN MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLARNING

AHAMIYATI

Raxmatova Dilafruzxon

Samarqand shahar 65-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11287868

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarniahamiyatihaqidafikryuritiladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkiletiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar orqali bolajonlarda buyuk allomalarimiz, milliy qadriyatlarimiz va an'analarimizga bo'lgan muhabbatshakllantirilishi ta'kidlanadi.

Kalit so'zlar: ma'naviy-ma'rifiy tadbir, ijtimoiy faollik, urf-odat, milliy qadriyat, an'analar, tarbiyajarayoni.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari natijasida xalqimizning ongu tafakkuri, dunyoqarashi o'zgarmoqda. Yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" degan hayotbaxsh g'oyaning ahamiyati tobora ortib bormoqda.

Bu boradagi ishlarni tizimli olib borishda albatta maktabgacha ta'lim tizimini ham o'rni beqiyosdir. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalar bilan olib borilayotgan ma'naviy-ma'rifiy ishlarning samarali tashkil etilishi bugingi kunning asosiy talabi hisoblanadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning asosiy tamoyillari insonparvarlik, uzluksizlik, ilmiylik, hayotiylik, yosh va bilim saviyasigs moslik tarzida tashkil etilishi kerak.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ta'lim tarbiya jarayoniga ijobiy ta'sir ko'rsatib tarbiyalanuvchilarda Vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirish, milliy qadriyatlarimiz, urf odat va an'analarimizga sodiqlik ruhida tarbiyalashga yordam beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar orqali bolajonlarda buyuk allomalarimiz, milliy qahramonlarimiz, sarkardalarimiz bilan fahrlanish va ularning boy ma'naviy merosini to'g'risida tushunchalarga ega bo'ladilar.

Ma'naviy-marifiy tadbirlar tarbiyalanuvchilarning ma'naviy ahloqiy, milliy ma'naviy ruhda tarbiyalashda alohida o'rin egallaydi.

Ma'naviy ma'rifiy tadbirlarning o'ziga xos xususyatlarini hisobga olib o'tkazish orqali tarbiyalanuvchilar milliy ma'naviy axloqiy qadryatlar ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy g'oya va mafkurani singdirishda o'rni katta.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tarbiyalanuvchilarning ma'naviy axloqiy tarbiyalashdagi ilmiy ahamiyati avvalo shu atama va unga turdosh bo'lgan ma'naviy ma'rifiy tadbirlar, madaniy tadbirlar, badiy ommaviy tadbirlar, singari atamalarning mazmun doirasi va moxiyatini aniqlashni taqazo etadi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir ta'lim tarbiyaning muxim yo'nalishi sifatida uning asosiy maqsadi muayyan masala bo'yicha bilim berish bilan birga anglangan hatti-harakatga yo'naltirishdan iborat bo'lib, ma'naviy - ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishning ikkita asosiy yo'nalishi mavjuddir.

Birinchidan, insoniy fazilatlarni ulug'lash yuksak ma'naviyatli kishilar hayot va faoliyatini tariflash

Ikkinchidan muayyan illatlarni qoralash, ulardan xalos bo'lishga da'vat, targ'ibot qilish orqali amalga oshiriladi va bunda erishilgan yutuqlar xolisona e'tirof etib, yo'l qo'yilgan kamchiliklar xolisona nuqtayi nazardan baholanishi muhim ahamiyatga egadir.

O'zbek millatiga xos an'anaviy tarbiya uslublari, avvalombor, oilada, jamoada o'rnatilgan o'zaro munosabatlarda o'z aksini topadi. Bola xulqidagi turli ko'nikma va xususiyatlar aynan oilaviy munosabatlar doirasida shakllanadi hamda bu jarayon davomida ma'lum axloqiy mezonlar o'zlashtiriladi. Odatda, oiladagi shaxslararo munosabatlar jarayonida bola muayyan rolni qabul qiladi. Rolning mazmuniga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilarni kritish mumkin: bolaning jinsi, oilada nechanchi farzand ekani, farzandlar yoshi orasidagi farq va hokazo. Ushbu ko'rsatkichlar ma'lum jihatdan ota va onaning bolaga nisbatan munosabatini, u bajarishi lozim bo'lgan vazifalar mazmunini belgilaydi. Aynan shu xususiyatlarni inobatga olish va ular asosida maqsadga yo'naltirilgan tarbiya jarayonini tashkil etish bolada maqbul ko'nikmalarni shakllantirish, o'zbekona qadriyatlarni o'zlashtirish imkonini yaratadi.

Ma'naviy-ma'rifiy jarayon ongli, ma'suliyatli faoliyat bo'lib, unda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni komil inson qilib etishtirishda unga har tamonlama ta'sir ko'rsatadi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bo'lajak pedagog tarbiyachilar tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta'minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyatlardan keng foydalanish tarbiyaviy ta'sirga ega bo'lgan man'balarni ajrata bilish.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko'p jihatdan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni ijodiy faoliyatni tashkil qilishga bog'liq. Ular quyidagi omillarni qo'llash asosida vujudga keladi.

-Ma'naviy-ma'rifiy jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqealar jamoadagi tartib qoida va hulq atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondashuvini tarbiyaviy munosabatlar deyiladi.

-Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning maqsadi, aniqligi va ta'sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart sharoitlarni oldindan aniqlab qo'yilgan maqsadga muvofiqlashtirish.

-Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining o'zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, munosabat va muloqatda bo'lishlari, ijobiy ruhiy shart sharoit yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, tarbiyaviy tadbirlarni muvoffaqqiyatli tashkil etish omillaridan biridir.

-Tarbiyalanuvchilarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etish. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishda tarbiyalanuvchilarni faolligi ko'p jihatdan ixtiyoriylik, fidoiylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bog'liq. Har bir tadbirni bola ko'rsin, unda intilish hissi uyg'onsin, unda o'zini shaxsiy munosabatlarini bildirish imkoni vujudga kelsin.

-Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ta'lim jarayonida olgan bilmlariga uyg'un bo'lishi. Tadbirlarni rejalashtirishda tasodif holat bo'lmasdan, turli fanlarni integratsiyasidan kelib chiqadigan mavzular ijobiy xarakter kasb etadi.

O'zbek halqining milliy-ma'naviy merosini tiklagan tadbirkor, bilimdon shoir sifatidagi xislatlari, uning bolalar va yoshlarga yaratib berayotgan imkoniyatlari, bugungi kunda ularning ilm-hunarni egallash yo'lidagi harakatlari, yoshlarimizning chet ellarga ilm olish uchun yuborilishi, el-yurt tinchligi va farovonligi yo'lida mehnatini yosh avlod ongiga etqazish muhim

ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, mashg'luot jarayonida zukkolik, topqirlik, tadbirkorlik, ijodkorlik tamoyillariga tayanilgan holda tashkil etilgan harkatli o'yinlar orqali bolalarda intizom, ma'suliyat, iroda, faollik kabi sifatlar ham tarkib topadi. Bu borada, ayniqsa halqimizning qadimiy o'yinlariga bag'ishlangan mashg'luotlarda quyidagilarga e'tibor qaratildi.

Shunday tadbirlarda odob - axloqqa oid multfilmlar, kinofilmlardan unumli foydalanish, muzey, ziyoratgoh joylarga sayyohatlar uyushtirish, hayolan sayyohatlar qilish, bollaar teatrlaridagi tomoshalarni muntazam ko'rib borishni va tahlil qilish orqali bolalarda erkin va mustaqil fikr qilish, muomala va munosabatga kirishish hislatlarini tarkib toptirish ham muxim sanaladi.

Odob ilmi - Vatan, Vatan tuyg'usi, insoniylik odobiga oilada, jamiyatda milliy urf-odat va an'analarga rioya qilish bilan shakllanadi. Bolalar ma'naviyatini shakllantirishda quyidagicha mavzularda suhbatlar tashkil etish hamahamiyatlidir.

Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak maktabgacha yosh davridagi bola rivojlanish jrayonida o'z ajdodlari tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajribani o'zlashtiradi, atrof-muhit narsa va hodisalar bilan muloqatga kirishadi. Tarbiyalanuvchilarni bu jarayonlar bilan tanishtirishda esa ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni keng imkoniyatlaridan unumli foydalanish zarur hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PQ-4307-son qarori

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 -yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son qarori.

3. Otamurodov.S, Ramatov.J, Husanov.S. Ma'naviyat asoslari. T.2000.

4. Nosirov O'. Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish. Uslubiy qo'llanma, Toshkent-2010.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

7. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.