Научная статья на тему 'MАKTАBGАСHА TА’LIM TАSHKILOTLАRIDА MА’NАVIY-MА’RIFIY TАDBIRLАRNI TАSHKIL ETISH'

MАKTАBGАСHА TА’LIM TАSHKILOTLАRIDА MА’NАVIY-MА’RIFIY TАDBIRLАRNI TАSHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mа’nаviy mа’rifiy tаdbir / bаyrаm tаdbirlаri / milliy iftixor / milliy g‘urur / аn’аnаlаr / tarbiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Jumaniyazova Kamolot

Mazkur maqolada mаktаbgасhа tа’lim tаshkilotlаridа mа’nаviy-mа’rifiy tаdbirlаrni samarali tаshkil etish usullari tavsiya qilinib, o‘tkazilgan mа’nаviy-mа’rifiy tаdbirlаrni tа’sirсhаnligi vа sаmаrаdorligini oshirish uсhun mаzmungа аlohidа e’tibor berish, turli vositаlаrdаn unumli foydаlаnа olish masalalariga o‘rg‘u qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MАKTАBGАСHА TА’LIM TАSHKILOTLАRIDА MА’NАVIY-MА’RIFIY TАDBIRLАRNI TАSHKIL ETISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA MA'NAVIY-MA'RIFIY TADBIRLARNI TASHKIL ETISH

Jumaniyazova Kamolot

Bog'ot tumani 15-DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11275465

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni samarali tashkil etish usullari tavsiya qilinib, o'tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni ta'sirchanligi va samaradorligini oshirish uchun mazmunga alohida e 'tibor berish, turli vositalardan unumli foydalana olish masalalariga o'rg'u qaratilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviy ma'rifiy tadbir, bayram tadbirlari, milliy iftixor, milliy g'urur, an'analar, tarbiya.

Maktabgacha yoshdagi bolaga singdirilgan bilim va qadriyatlar uning butun kelgusidagi hayotini belgilab berishini hisobga olib maktabgacha ta'limda uyg'un rivojlangan shaxsni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilaming ma'naviy fazilatlarini shakllantirish ma'naviy ma'rifiy tadbirlarni samarali tashkil etishga ko'p jihatdan bog'liqdir. Bunda maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil etiladigan ma'naviy ma'rifiy tadbirlarni o'rni beqiyos ekanligigni ta'kidlashimiz lozim. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida quyidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil qilish tavsiya qilinadi. Bayram tadbirlari, mavzuli ertaliklar, turli ko'rik tanlovlar, sport musobaqalari.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tashkil qilinadigan ma'naviy ma'rifiy tadbirlarning mazmuni, shakli va usullari samaradorligi uning harakatlari xususyatlarini aniq belgilab olish bilan bevosita bog'liqdir.

Har bir amalga oshirilgan ma'rifiy tadbirda ko'tarib chiqariladigan muammoning mohiyatini ochib berish uchun ta'sirchan vositalardan foydalaniladi, tadbirlar mazmun jihatdan ma'lum kompozision tizimga kelishi uchun undagi bayoniy uslub va ta'sirchan vositalar uyg'unlashtirilgan bo'lishi kerak. Aks holda ma'naviy tadbirning mazmuni sayoz bo'lgani uchun uning ta'siri ham samarasiz bo'ladi.

Har bir tadbir ta'limiy va tarbiyaviy xususyatga ega bo'lishi bilan birga xalq ijodiyoti an'analariga asoslangan ma'naviy ma'rifiy manbalarni ommalashtirishda targ'ibot, tashviqot va axborot berish xususyatiga ham egadir.

Tadbirlarni ta'sirchanligi va samaradorligini oshirish uchun mazmunga alohida e'tibor berish, turli vositalardan unumli foydalana bilish muhim ahamiyatga egadir.

Umuminsoniy va milliy qadriyatlar, an'analarga asoslangan ma'naviy ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirishda uning tashkilotchiligining vazifalari quyidagilardan iborat bo'ladi.

- ma'naviy ma'rifiy tadbirlarga oid dolzarb mavzuni aniq belgilash va tarbiyalanuvchilarga bildirish;

- tarbiyalanuvchilarning ma'naviy ma'rifiy tadbir g'oyasiga munosabatini faollashtirish;

- tadbir o'tkazishda hamda unga qo'yilgan maqsad va vazifalarni hal qilishni ifodalovchi kutilayotgan natijani yakunlash;

- tarbiyalanuvchilarni tadbirga tayyorgarlik ko'rish va amalga oshirish jarayonidagi hatti-harakatlarini ozaro munosabatlarini baholash;

- tarbiyalanuvchilarda milliy ong, milliy iftixor va milliy g'ururni shakllantirish.

Ma'naviy ma'rifiy tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirishning pedogagik tizimi tarbiyalanuvchilarining yosh va o'ziga hos ruhiy xususyatlarini tahlil qilishni, ma'naviy ma'rifiy tarbiya jarayoni uchun muayyan maqsad va vazifalarni belgilashi tadbirlarni eng samarali shakllari, usullari va vositalarini aniqlashni talab etadi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar uning qatnashchilariga muayyan axborot va bilim berish, ongi va shuuriga ta'sir ko'rsatish orqali bajarilgan ma'naviy-ma'rifiy vazifalardan tashqari, tarbiyaviy, badiy-estetik vazifalarni ham bajaradi. Masalan "Navro'z" bayramini nishonlash munosabati bilan Sharq xalqlarining tarixi, madaniyati, ruhiy olami, rasm-rusmlari, an'analari, udumlari tarbiyalanuvchilar ko'z o'ngida yaqqol gavdalanadi. Bu bayramni nishonlash munosabati bilan o'tkaziladigan tadbirlar jarayonida tarbiyalanuvchchilar tarixiy manbalar, xalq ijodiyoti an'analari, adabiyotimiz va san'atimiz namoyondalari ijodlari, shuningdek bayramga bog'liq bo'lgan urf odatlar, udumlar bilan bevosita tanishish va ularga amal qilishga o'rganib boradi.

Ma'naviy-marifiy tadbirlar tarbiyalanuvchilarning ma'naviy axloqiy, milliy ma'naviy ruhda tarbiyalashda alohida o'rin egallaydi.

Ma'naviy ma'rifiy tadbirlarning o'ziga xos xususyatlarini hisobga olib o'tkazish orqali tarbiyalanuvchilar milliy ma'naviy axloqiy qadryatlar ruhida tarbiyalash, ular ongiga milliy g'oya va mafkurani singdirishda o'rni katta.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tarbiyalanuvchilarning ma'naviy axloqiy tarbiyalashdagi ilmiy ahamiyati avvalo shu atama va unga turdosh bo'lgan ma'naviy ma'rifiy tadbirlar, madaniy tadbirlar, badiy ommaviy tadbirlar, singari atamalarning mazmun doirasi va moxiyatini aniqlashni taqazo etadi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkilotchilarining asosiy ish uslublariga mavjud bilim tushincha, g'oyalarni asos qilib olgan holda tarbiyalanuvchilar ongida mustahkam etiqodni shakllantirish, ta'sir o'tkazish orqali taqlid etishga chorlashdir. Bunda muloqatni barcha samarali va ta'sirchan vositalari- manolog, dialog, kabilardan foydalaniladi. Aynan ana shu faoliyat har bir ta'sir ko'rsatuvchi ritorika asoslaridan xabardar bo'lishi, nutq madaniyatini egallashni talab qiladi.

Ma'naviy-ma'rifiy jarayon ongli, ma'suliyatli faoliyat bo'lib, unda tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni komil inson qilib etishtirishda unga har tamonlama ta'sir ko'rsatadi.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil qilish metodikasi ijtimoiy faollikni shakllantirishga xizmat qiladi. Uning maqsadi bo'lajak pedagog tarbiyachilar tarbiyaviy tadbirlarning mazmundorligini ta'minlashda boy milliy va umuminsoniy qadriyatlardan keng foydalanish tarbiyaviy ta'sirga ega bo'lgan man'balarni ajrata bilish.

Ma'naviy-ma'rifiy ishlarning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy fazilatlarni singdirish ko'p jihatdan tarbiyachi tarbiyalanuvchilarni ijodiy faoliyatni tashkil qilishga bog'liq. Ular quyidagi omillarni qo'llash asosida vujudga keladi.

-Ma'naviy-ma'rifiy jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik hayotiy voqealar jamoadagi tartib qoida va hulq atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun yondashuvini tarbiyaviy munosabatlar deyiladi.

-Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning maqsadi, aniqligi va ta'sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni loyihalashtirish, shakl, metod, shart sharoitlarni oldindan aniqlab qo'yilgan maqsadga muvofiqlashtirish.

-Tarbiyachi va tarbiyalanuvchining o'zaro munosabatlari. Tarbiyachi va tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, munosabat va muloqatda bo'lishlari, ijobiy ruhiy shart

sharoit yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi, tarbiyaviy tadbirlarni muvoffaqqiyatli tashkil etish omillaridan biridir.

-Tarbiyalanuvchilarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatni tashkil etish. Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni tashkil etishda tarbiyalanuvchilarni faolligi ko'p jihatdan ixtiyoriylik, fidoiylik, tashkilotchilik va ijodkorligiga bog'liq. Har bir tadbirni bola ko'rsin, unda intilish hissi uyg'onsin, unda o'zini shaxsiy munosabatlarini bildirish imkoni vujudga keladi.

-Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ta'lim jarayonida olgan bilmlariga uyg'un bo'lishi. Tadbirlarni rejalashtirishda tasodif holat bo'lmasdan, turli fanlarni integratsiyasidan kelib chiqadigan mavzular ijobiy xarakter kasb etadi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'tkazilayotgan tarbiyaviy tadbirlar, maktabgacha yoshdagi bolalarni ma'naviy-ahloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ta'lim-tarbiya tizimining muhim qismidir. «Ilk qadam» dasturida maktabgacha ta'lim tashkilotida guruhdan tashqari mashg'luotlar ishlari ko'ngillilik faoliyati turini tanlashda mustaqillik, o'zaro hurmat va hamkorlik prinsiplari asosida ota-ona istagi, bolalarning qiziqishi, intilishi va qobiliyatlarini hisobga olgan holda o'tkazilishi belgilab qo'yilgan. Aynan mana shu prinsiplar ta'lim-tarbiyaning davomi sifatida turli mavzudagi ma'ruzalar, savol-javoblar, suhbatlarda qatnashish orqali maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyalanuvchiga ana'naviy saviyasini boyitishga, tar'lim-tarbiya jarayonida berilgan ma'naviy tushunchalar, ko'nikmalarni mustahkamlaydi, qoshimcha ma'lumotlar bilan boyitadi, ma'naviy qadriyatlarga qiziqishini oshiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5040-son Qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 31-dekabrdagi "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 1059-son Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son Qarori

4. Nosirov O'. "Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish". Uslubiy qo'llanma, T. 2010-yil.

5. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

6. Mavlonov N.Sh Bilim olishning inteliktual tizimini yaratish, J: "Mahoratli pedagog" 2019-aprel 4 son

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.