Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
bola / ta’lim / tarbiya / tajriba / rivojlanish / nutq / tarbiyachi / ijodiy faoliyat / pedagogik jarayon / mahorat / shakillantirish / o’yin / maktabgacha yosh.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kattaho’jayeva Shaxlohon Bohodirovna

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachining kasbiy faoliyatini rivojlantirish, kompetensiyalarini oshirish, bola shaxsiga yo‘naltirilgan talablar asosida ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI TARBIYACHISINING KASBIY KOMPETENSIYALARINI SHAKLLANTIRISH

Kattaho'jayeva Shaxlohon Bohodirovna

Maktabgacha ta'lim tashkiloti direktor mutahassislarini qayta tayyorlash va ularni malakasini oshirish instituti "maktabgacha va musiqiy ta'lim" kafedra katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11234495

Annotasiya. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyachining kasbiy faoliyatini rivojlantirish, kompetensiyalarini oshirish, bola shaxsiga yo'naltirilgan talablar asosida ta'lim jarayonini tashkil etish nazarda tutilgan.

Kalit so'zlar: bola, ta'lim, tarbiya, tajriba, rivojlanish, nutq, tarbiyachi, ijodiy faoliyat, pedagogikjarayon, mahorat, shakillantirish, o'yin, maktabgacha yosh.

Аннотация. Предусматривается развитие профессиональной деятельности воспитателя, повышение его компетенций, организация образовательного процесса на основе требований, ориентированных на личность ребенка в дошкольных образовательных организациях.

Ключевые слова: ребенок, образование, воспитание, опыт, развитие, речь, воспитатель, творческая деятельность, педагогический процесс, умение, формирование, игра, дошкольный возраст.

Abstract. In preschool educational organizations, it is envisaged to develop the professional activity of the educator, increase his competencies, organize the educational process on the basis of requirements aimed at the personality of the child.

Keywords: child, education, upbringing, experience, Development, speech, educator, creative activity, pedagogical process, skill, shaping, play, preschool age.

Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilarining kasbiy kompetensiyasini rivojlantirishda ta'lim-tarbiyaning ijtimoiy hayot bilan uyg'unligini ta'minlash prinsipiga qat'iy amal qilish kerak. Bola rivojiga individual yondashuv, shaxsiyatini hurmat qilish, uning manfaatlari, ehtiyojlari va rivojlanish darajasini hisobga olish, his-tuyg'ularini e'tiborga olish zarur. Shu asosda tarbiyachilarning tarbiyaviy ishlarining mazmuni, shakllari, vositalari va metodlarini o'zlashtirishlariga erishiladi. Tarbiyachilar bolalarni ijtimoiy faoliyatga jalb etish metodlarini ham egallashlari lozim. Bularning barchasi tarbiyalanuvchilarda ma'naviy xislatlarni tarkib toptirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachilari bolalarda ijobiy xislatlarni tarkib toptirish bilan bir qatorda, ularning xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarini oldini olish, ularni bartaraf qilish tajribasiga ham ega bo'lishlari kerak. Ko'pincha maktabgacha ta'lim tashkilotiga yangi kelgan bolalarda tortinchoqlik, injiqlik, guruh hayotiga moslashmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Bunday holatlarni bartaraf etish, bolalarni jamoa hayotiga moslashtirish, ularni muloqot vaziyatlariga olib kirish, ruhiy osoyishaliklarini ta'minlash pedagog-tarbiyachilarning muhim vazifalari sirasiga kiradi. Bolalar xarakteridagi salbiy jihatlarni bartaraf qilishga ko'maklashish, ularni to'g'rilik va haqgo'ylikka o'rgatish, irodasini mustahkamlash pedagog-tarbiyachilarning muhim vazifalaridandir. Bunda tarbiyachilar jamoaviy ta'sir ko'rsatish metodidan foydalanishlari kerak. Tarbiyachilar bolalarni tevarak-atrofdagi voqelik bilan tanishtirish, ularni shu jarayonda ishtirok etishlari uchun tayyorlashi kerak. Bolalar oldiga aniq, o'rtacha murakkablikdagi vazifalar qo'yilgandagina, ularda tashabbuskorlik, qiziquvchanlik, faollik ko'rsatish istagi namoyon bo'ladi. Natijada bolada mas'uliyat hissi paydo bo'ladi,

tarbiyachi tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga intiladi. Bolalarning o'z oldilariga qo'yilgan topshiriqlarni bajara olishlari ularning xulq-atvorlari tartibga solinishiga ko'maklashadi. Buning natijasida ularda xarakter, irodaviy xislatlar mustahkamlanadi.

Bolalar xulq-atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish orqali tarbiyachi ularni rag'batlantirib, kamchiliklarini bartaraf etishga erishadi. Biroq bolaning kamchiliklarini muntazam ta'kidlayverish ijobiy natija bermasligini pedagog-tarbiyachilar ongiga yetkazish lozim.

Bolalarning xulq-atvorini shakllantirish uchun pedagog-tarbiyachi mehribon va talabchan bo'lishi kerak. Bola xulq-atvoridagi tortinchoqlik, loqaydlik, o'yinqaroqlik, qaysarlik kabi xislatlarni tarbiyachilar ota-onalar bilan yaqindan hamkorlik qilish natijasida bartaraf qilishlari talab etiladi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ota-onalar hamda mahalla bilan hamkorlikni amalga oshirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bolalarda mehnatsevarlik, sinchkovlik, ziyraklik, ishchanlik, mas'uliyatlilik kabi axloqiy sifatlarni qaror toptirishda pedagog-tarbiyachining o'rni beqiyos bo'lib, bunday mas'uliyatli vazifani ular oliy pedagogik ta'lim tashkilotlarida o'qish jarayonidayoq anglab yetishlari kerak.

Bundan ko'rinib turibdiki, maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat ko'rsatayotgan tarbiyachilar oldiga qo'yiladigan vazifalar murakkab va ko'p qirralidir. Shuning uchun ham tarbiyachilar va rahbar xodimlarda ilmiy dunyoqarash asoslari, yuksak ma'naviy xislatlar, jamoa, jamiyatda o'zini tuta bilish ko'nikma va odatlarini tarkib toptirish sohasida tizimli tarzda ish olib borish talab etiladi.

Maktabgacha ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlashda muayyan prinsiplarga tayanish zarurligini tarbiyachilarga talabalik davridayoq yetkazish muhim ahamiyatga ega. Ommaviy tadbirlar, bayram kechalari, turli ekskursiyalar bolalarning ma'naviy olami, dunyoqarashini kengaytirishi tarbiyachilarning ongiga yetkazilishi, ularni shunday tadbirlarni o'tkazishga tayyorlashga xizmat qiladigan pedagogik jarayonlarni tizimli tarzda tashkil etish lozim.

Tarbiyachi bolalarni mashg'ulotlarga jalb etib, qiziqtira olsa, ularda narsalar, predmetlar, voqea-hodisalarni ko'proq o'rganish ehtiyoji vujudga keladi. Bu jihatdan maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkil etiladigan turli to'garaklar, bayram kechalari, ertaliklar alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha ta'lim tashkilotida tarbiyaviy ishlarning bolalar ilgari o'zlashtirgan bilimlari, odatlari hamda egallagan hayotiy tajribalariga tayanib olib borilishi zarurligi pedagoglarga uqtiriladi. Ular shu asosda bolalarga ko'rsatadigan pedagogik ta'sirning murakkab shakllarini o'zlashtiradilar, ilgari o'zlashtirilgan bilimlari, xulq-atvor mezoni va qoidalari bilan yangi o'zlashtirayotganlarini uyg'unlashtiradilar.

Tizimlilik prinsipi tadbirlarni izchillik asosida o'tkazish imkonini beradi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog-tarbiyachisining ish rejasida aniq, muayyan aloqadorlik va izchillikka ega bo'lgan tadbirlarni nazarda tutish muhim hisoblanadi. Ushbu tizim, birinchi navbatda, maktabgacha ta'limning ta'lim-tarbiya tizimini ifodalashi, bolalarni milliy va umuminsoniy, ma'naviy, axloqiy g'oyalar hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Shu bilan bir qatorda, unda bolalar guruhi ishining o'ziga xos xususiyatlari, tarkib topgan an'analar, pedagog-tarbiyachining ish uslubi, uning boshqalarnikidan farq qiladigan metodikasi o'z aksini topishi lozim.

Tarbiyachilar uchun tarbiyalanuvchilar faoliyatini tashkil etish va ularda mustaqillik hamda tashabbuskorlikni tarkib toptiruvchi metodikalarni rivojlantirish alohida ahamiyatga ega. Ma'lumki, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida hayotiy tajriba yetarli darajada

rivojlanmagan bo'ladi. Shuning uchun ularning harakati, ta'lim-tarbiyaviy faoliyatini pedagog-tarbiyachilar boshqarishiga muhtojdirlar.

Ayni paytda ulardagi faollik va mustaqillikka intilishni rag'batlantirish va rivojlantirish pedagog-tarbiyachining birinchi galdagi vazifasidir. Tarbiyalanuvchilar faoliyatiga pedagogik rabarlik qilish, ularning mustaqilligini ta'minlash, bolaning har bir muvaffaqiyatini rag'batlantirishni pedagog-tarbiyachi nazarda tutishi kerak. Bu har bir bolaning rivojlanishi uchun muhim ahamiyatga ega. Tarbiyachilarning mahorati tarbiyalanuvchilarni qiziqarli mashg'ulotlarga jalb qilib, ularni topshiriqlarni bajarganda muntazam rag'batlantirish maktabgacha ta'lim sifati va samaradorligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagogik jarayonlarini boshqarish murakkab pedagogik vazifa hisoblanadi, unda bolalarning yosh xususiyatlari hamda individual qobiliyatlarini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Maktabgacha ta'lim jarayonini tashkil etishning mazmuni, usul va metodlari har bir guruh tarbiyalanuvchilarining o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi. Bu belgilar bolalarning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o'zgaradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotli pedagog-tarbiyachilarining ta'lim-tarbiyaviy faoliyati mazmunini tanlashda bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olishi zarur. Tarbiyalanuvchilarning yosh guruhlariga qarab, ta'lim-tarbiya shakllari va metodlari ham o'zgaradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga tushunchalar va ma'lumotlarni kengroq izohlash talab etiladi. Bolalarga, birinchi navbatda, xulq-atvor me'yorlariga amal qilish zarurligi uqtiriladi. Shuning uchun ham maktabgacha ta'lim jarayonidan boshlab, zarur me'yorlar bolaning xulq-atvoriga singdiriladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni ijtimoiylashtirish jarayonida ularga o'yin, ishontirish, ta'qiqlash usullari yordamida pedagogik ta'sir ko'rsatiladi, tarbiyachilar tarbiyalanuvchilar kundalik faoliyatining bevosita tashkilotchisi hamda boshqaruvchisi sifatida namoyon bo'ladilar. Tarbiyalanuvchilar oldiga qo'yiladigan talablar bilan ularning imkoniyatlari orasidagi mutanosiblikni ta'minlash pedagog-tarbiyachilar faoliyatining muhim jihatini tashkil etadi. Bolalar oldiga o'ta murakkab topshiriqlar qo'yilganda, ularda mashg'ulotlardan bezish, o'zlariga ishonmaslik kayfiyati vujudga keladi. Pedagogik jarayonda bolalarning asab tizimining o'ziga xosligini hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Asablari tarang bo'lgan bolani tinchlantirish, osoyishtalikka undash, tortinchoq bolalarda esa, faollika undash, ularni dadillashtirish lozim. O'zining zukkoligi, ijodiy faoliyatga moyilligi bilan guruhdoshlaridan ajralib turgan bolalarni rag'batlantirib, ularning iqtidorlarini ro'yobga chiqarish zarur. Shu bilan bir qatorda bolalardagi ijobiy fazilatlarni yanada rivojlantirish, ularning dunyoqarashini boyitish o'ziga xos ahamiyatga ega. Buning uchun pedagogik amaliyot jarayonida bo'lajak maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagog-tarbiyachilari har bir tarbiyalanuvchini batafsil o'rganishlari, ulardagi rivojlanishning o'ziga xos jihatlarini aniqlay olishlari zarur. Bu jarayonda o'g'il va qiz bolalarning har biriga xos bo'lgan gender xususiyatlarni hisobga olish lozim.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun pedagog-tarbiyachilarni tayyorlashda o'z faoliyatlarida muvaffaqiyatga erishishlari uchun, oliy pedagogik ta'lim jarayonida kasbiy mahorat, pedagoglikka xos sifatlarni egallashi talab etiladi. Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalar juda qiziquvchan bo'ladilar. Ular aksariyat hollarda tarbiyachilari va ota-onalariga ko'plab savollar beradilar va o'z savollariga aniq javoblar kutadilar. Ular radio eshitish, televideniya orqali turli multiplikatsion filmlar ko'rish, ertak va topishmoqlar orqali ko'plab ma'lumotlarga ega bo'ladilar. Natijada barcha narsalarni bilishga qiziqadilar, ko'plab savollar tug'iladi va o'zlaridagi savollar bilan kattalarga murojaat qiladilar. Tarbiyachilar ularning savollariga xotirjamlik bilan aniq javob bera olishlari kerak. Ikkilanish, noto'g'ri gapirish, imkoniyat izlab vaziyatdan chiqib ketish

tarbiyachining obro'yiga putur yetkazadi, bolalar orasida tarbiyachiga nisbatan ishonchsizlik kayfiyati vujudga keladi. Shuning uchun ham tarbiyachilar tinimsiz izlanishlari, mustaqil bilim olishlari, kundalik voqea-hodisalardan xabardor bo'lishlari lozim. Ular badiiy adabiyot, san'at, fan va texnika, texnologiyalar sohasidagi yangiliklar hamda tadqiqotlarni kuzatib borishi talab qilinadi. Faqat shundagina ular o'z tarbiyalanuvchilarining bilish ehtiyojlarini qondirishi, istiqbolda samarali pedagogik faoliyat ko'rsatishlari mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning davlat standartini tasdiqlash to'g'risida"gi 802-son qarori

2. Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi maktabgacha ta'lim agentligining 2023 yil 28 avgustdagi "Maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining ish hujjatlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 99-sonli buyrug'i.

3. Grosheva I.V., Mirziyoyeva Sh.Sh., Yevstafyeva L.G., Maxmudova D.T., Nabixanova Sh.B., Pak S.V., Nazarova V.A., Isxakova M.R., Abdunazarova N.F. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlari uchun "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi (takomillashtirilgan ikkinchi nashr) Toshkent 2022-yil (o'zbek va rus tillarida)

4. Abdullayeva N.Sh, "Maktabgacha ta'limni variativ yondashuv asosida takomillashtirishning ilmiy-metodik asoslari" - T.:2020.

5. Muslimov N., Usmonboyeva M., Sayfurov M., To'rayev A."Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari".O'quv metodik qo'llanma-Toshkent, 2015-y.

6. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

7. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

8. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.