Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
400
137
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Pedagogik kengash / shaxs / tarbiyachi / ijodkorlik / ota-ona / hamkorlik / ta’limiy muhit / texnologiya.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xallokova Maksudaxon Ergashevna, Qodirova Sevaraxon Maxammadjon Qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasini tashkil etishda maktabgacha ta’lim tashkilotlari oldida turgan vazifalar va ularni hal etish borasidagi bir qator taklif va tavsiyalar keltirilgan. Shu bilan birgalikda maktabgacha ta’limda ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishdagi ustuvor jihatlar haqida alohida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TA’LIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTIDA TA'LIM TARBIYA JARAYONINI TASHKIL ETISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI 1Xallokova Maksudaxon Ergashevna, 2Qodirova Sevaraxon Maxammadjon qizi

1Farg'ona davlat universiteti v.b. dotsent (PhD) 2Ta'lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta'lim) magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11045595

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasini tashkil etishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari oldida turgan vazifalar va ularni hal etish borasidagi bir qator taklif va tavsiyalar keltirilgan. Shu bilan birgalikda maktabgacha ta'limda ta'lim tarbiya jarayonini tashkil etishdagi ustuvor jihatlar haqida alohida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Pedagogik kengash, shaxs, tarbiyachi, ijodkorlik, ota-ona, hamkorlik, ta'limiy muhit, texnologiya.

Аннотация. В статье представлен ряд предложений и рекомендаций по решению задач и проблем, стоящих перед дошкольными образовательными организациями при организации воспитания и обучения детей дошкольного возраста. Вместе с тем, в дошкольном образовании особое внимание уделяется приоритетным аспектам организации образовательно-воспитательного процесса.

Ключевые слова: Педагогический совет, личность, родители, творчество, воспитание, сотрудничество, образовательная среда, технологии.

Abstract. The article presents a number of suggestions and recommendations for solving the tasks and problems facing preschool educational organizations in organizing the upbringing and education of preschool children. At the same time, in preschool education, special attention is paid to priority aspects of the organization of the educational process.

Keywords: Pedagogical council, personality, parents, creativity, upbringing, cooperation, educational environment, technology.

KIRISH

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim tarbiya jarayonlarini tashkil etishda yangicha yondashuvlar asosidagi texnologiyalar tobora rivojlanib, takomillashib bormoqda. Bolaning ilk maktabgacha yosh davri, shaxs sifatida shakllanishning muhim davri hisoblanadi. Shunday ekan maktabgacha ta'lim tashkilotining rahbaridan tortib posbonigacha yuksak mas'uliyat, ijodkorlik, bolajonlik talab qilinadi.

Takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirish, bolalarni o'sishi va rivojalanishida hamda ta'lim jarayonini mazmunli tashkil etishda tashkilotda sog'lom psixologik muhitni yuzaga keltirish zarur.

Maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirish umumiy holatda keng ma'noli tushuncha bo'lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta'lim tashkilotining binosini holati, tashkilotning har bir jamoasi jumladan tarbiyachi-pedagoglar, tarbiyalanuvchilar, shunindek jamoa, ota-onalar hamda tarbiyalanuvchilarning takomillashtirilgan "Ilk qadam" o'quv dasturi asosida bilim, ko'nikma va malakalarini oshirib borishda pedagogik-psixologik, metodik, bolalar, badiiy adabiyotlar soni va sifati, tashkilotni adabiyot bilan boyitib borishda ota-onalar va jamoatchilikning jalb qilinishi boshqa shu kabi omillarga bog'liqdir.[1]

Maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirishda, ta'limning sifat va samaradorligiga erishishda takomillashtirilgan "Ilk qadam" o'quv dasturi, mazkur dasturlar asosida yaratilgan metodik tavsiyalar, qo'llanmalar asosida bolalarning kundalik faoliyatni mazmunli va qiziqarli

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

tashkil etish, bo'sh vaqtlaridan unumli foydalanish, bolalarni qobiliyatlarini aniqlash va shunga qarab bolaga ijodiy yondashish, bolalar uchun o'tkaziladigan mashg'ulotlar va manbalarni tarbiyalanuvchilar va jamiyat ehtiyojlariga javob beradigan holatga keltirish maqsadida ratsional va tizimli tahlil qilishni ko'zda tutadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim-tarbiyani tashkil etish yuzasidan tadqiqotlar olib borayotgan bir qator izlanuvchilar tomonidan yaratilgan o'quv materiallarida maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatlarni amalga oshirish bo'yicha taklif va tavsiyalar berib borilmoqda. Xususan, Grosheva I.B., Mirziyoyeva SH.SH., Tashmuhammedova F.B., Rustamova M.E., Madjitova H.A., Mikailova U.T., Ismailova M.A "Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim dasturlarini ishlab chiqish", Toshkent, 2020 yil, Grosheva I.B., Olimov K.T., Nazarova V.A., Djanpeisova G.E., Mikailova U.T., Kenjabayeva D.A., Gulyamova H.B., Miftayeva H.A "Kuzatish va baholash", Toshkent, 2020 yil, Shin A.B., Mirziyoyeva Sh.SH., Grosheva I.B., Mikailova U.T., Suleymanova Yu.T., Daukaeva A.G., Vlasova E.H., Galimova E.F "Shaxsga yo'naltirilgan yondashuv asosida ta'lim jarayonini rejalashtirish", Toshkent, 2020 yil metodik qo'llanmalarida ta'lim-tarbiyaviy faoliyatlar bilan bog'liq ko'plab tavsiyalar keltirib o'tilgan.

MUHOKAMA VA METODLAR

Maktabgacha ta'lim tashkilotalarida faoliyat ko'rsatayotgan pedagog xodimlarning pedagogik kengashlari ta'lim-tarbiyaning sifat va samaradorligi ko'p jihatdan talabchanlik va ishchanlik ruhida tashkil etilishiga bog'liq. Shuningdek pedagog xodimlarning har tomonlama bilimli, mustaqil fikrlay oladigan, tadbirkor, tashabbuskor shaxs qilib shakllantirish borasida tashkilot rahbari muhim ishlarni amalga oshirishi lozim.[2]

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida pedagogik kengash ta'lim tashkilotlarining yillik rejasi asosida har tomonlama jihozlangan guruh xonalarida shuningdek noan'anaviy tarzda aniq va puxta tuzilgan reja asosida tashkil etilishi lozim. Qatnashchilar o'zaro ijodiy fikr bildirishlari maktabgacha ta'limga oid muammolar yechimini topishi, o'zi uchun zarur deb hisoblagan ko'rsatmalarni olishlari uchun Kengash o'quv-seminar shaklida 4 yo'nalishda tashkil etilishi maqsadga muvofiq.

1 yo'nalish:"Muammolar yechimini izlang va toping" shiori ostida:

- takomillashtirilgan "Ilk qadam" o'quv dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta'minlash borasida dastlabki ishlar natijasi;

- maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiyaning sifat darajasi monitoring natijalari tahlillari, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etilishi;

- yangi o'quv yili uchun belgilangan vazifalarni amalga oshirish jarayonida "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida tashkilotning yillik ish rejasini tuzish;

2 yo'nalish: "Bilishga ulgurmagan bo'lsangiz, bilimingizni oshiring" shiori ostida

- zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish samaradorligiga erishish;

- maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog xodimlari oila, mahalla va maktab bilan hamkorlikda bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limga alohida e'tibor qaratishga ahamiyat berish;

- pedagog xodimlarning o'z ustida ishlashlari, turli usulda malakasini oshirib borish masalalari;

- yangi o'quv yili rejasi va uning ijrosi bilan bog'liq hujjatlar haqida tushuncha berish;

- ilg'or ish tajribalari yuzasidan fikr almashish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

- ta'lim jarayonida zarur asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan unumli foydalanish;[3]

3 yo'nalish: "Oila, mahalla, maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamkorligida ta'lim-tarbiya samaradorligiga erishish yo'llari"

- ta'lim tashkilotalarining ish faoliyatlarini rejalashtirishda mahalliy hududning o'ziga xos xususiyatlari, ota-onalar va bolalarning qiziqishlari asosida to'garaklar tashkil etish;

- tashkilotlarda pullik ta'lim xizmati tashkil etish;

- tashkilotlarning davlat va nodavlat tashkilotlar bilan hamkorligini yo'lga qo'yish yuzasidan chora-tadbirlar belgilash;

- tashkilotlar qoshida kichik kutubxonalar faoliyatini yanada jonlantirish, bolalar adabiyotlari bilan boyitish;

- tashkilotlarning moddiy-texnik bazasini hatlovdan o'tkazish va uni mustahkamlash bo'yicha homiylar yordamini tashkil etish, qo'shimcha mablag'lar topish imkoniyatlarini tahlil etgan holda aniq istiqbolli chora-tadbirlar ishlab chiqish;

4 yo'nalish: "Tashkilotda "Ilk qadam" davlat o'quv dasturi asosida belgilangan vazifalarni bajarilishi yuzasidan metod birlashmalar, pedagogik kengashlar faoliyatini takomillashtirish"

- tarbiyachilar faoliyatini diagnostik tahlil qilish va ularga metodik tavsiyalar berish;

- bolalarni jismoniy rivojlantirish, ularda sog'lom turmush tarzi va xavfsizlik ko'nikmalarini shakllantirish:

- jismoniy tarbiya va shaxsiy gigienik qoidalarga oid metodik tavsiyalar, metodik adabiyotlardan foydalanish;

- jismoniy tarbiyaga oid ta'lim-tarbiyaning sifat darajasi monitoring natijalari, aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etilishi;[4]

Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi.

- bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishga ulgurmagan bo'lsangiz interfaol usullardan foydalanish;

- bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishda pedagogik texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish samaradorligiga erishish;

- bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishda oila, maxalla, maktab bilan hamkorlik;

- bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishda ilg'or ish tajribasiga ega bo'lgan ijodkor tarbiyachilar ish faoliyatini o'rganish va ommalashtirish;

Maktabgacha ta'lim yoshdagi bolalarni nutq, o'qish va savodga tayyorgarlik

- bolalarni eshitish va tushunish malakasini shakllantirish;

- bolalarning nutq malaka va ko'nikmasini hosil qilish;

- bolalarga kitobning qadr-qimmatini tushunish;

- bolalarning o'qish va savod malakalarini shakllantirish;

Bilish jarayoni, atrof-olam to'g'risidagi bilimga ega bo'lish va uni anglash.

- elementar matematik tasavvurlar hosil qilish;

- son, sanoq, kattalik, shakl, masofa, vaqt to'g'risida tasavvurga ega bo'lish;

- atrof-olam to'g'risidagi malakaga ega bo'lish;

- tirik jonzot, yer kurrasi to'g'risida tasvvurga ega bo'lish;[5]

Kengashda maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga oid vazifalarni belgilash va ularni qay tarzda amalga oshirish omillari, tashkilotda olib boriladigan taxminiy ish uslublari va uni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

amalga oshirish tartibi, sohadagi muammolar va ularning yechimlari, chet el tajribasi asosida faoliyatni yangilab borish kabi mavzular qamrab olinishi lozim.

Maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirishda umumiy jamoaning ijtimoiy xususiyatini inobatga oladi va ma'lum harakatlarni talab qiladi. Bunda rejalashtirilgan ta'lim-tarbiyaviy tadbirlarning barchasi maktabgacha ta'limning umumiy rivojlanishi uchun muhim hisoblanib, bir-biri bilan uzviy bog'liqlikda amalga oshiriladi.

Mashg'ulot va mashg'ulotdan tashqari tadbirlar jadvalini ya'ni kundalik faoliyatning to'g'ri tashkil etish rejalari tarbiyachi pedagoglarning shart-sharoitlari, imkoniyatlari hamda sanitariya-gigiena talablariga javob beradigan holda tuzilishi zarur.

Maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirishda faol ishtirok etish uchun tarbiyachilar turli sohalarda bilim, malaka, ko'nikmalarga ega bo'lishlari zarur. Bu tarbiyachilardan kasbiy mahoratlarini uzluksiz takomillashtirish, doimiy malaka oshirish jarayonida ishtirok etishlarini talab qiladi. Shuni ta'kidlash lozimki tarbiyachi rivojlanmasa, maktabgacha ta'lim rivojlanmaydi. Tarbiyachining rivojlantirish esa bevosita maktabgacha ta'lim tashkilot rahbariga bog'liq.[6]

NATIJALAR

Samarali boshqarish uchun tashkilotda amalga oshiriladigan ishlar qisqa muddatli rejalashtirishda aks ettiriladi. Qisqa muddatli rejalashtirishda tashkilot rahbari tashkilotni "imidji"ni o'zgartirishga qaratadi.

Quyida rejalashtirish yuzasidan takliflar berib o'tamiz:

- tashkilot rahbari ota-onalar va mahalla faollari, maktab bilan hamkorlikni faollashtirish;

- hududdagi maktabgacha yoshdagi bolalarni aniqlash va ularning oiladagi ta'lim-tarbiyasini o'rganish va ota-onalarga aniq takliflar bilan murojaat qilish;

- oiladagi bolalarning ota-onalari bilan birga tashkilotga sayohatga taklif etish va tushuntirish ishlarini tarbiyalanuvchilarning konsert dastalari va sport musobaqalari, ijodiy qo'l mehnatlari ko'rgazmalari, chet tilidagi muloqotlari asosida tashkil etish va mana shu tadbirlarga tashkilotaga jalb qilinmagan bolalarni ishtirok etish uchun taklif qilish va natijalarni tashxislash;

- bola ta'lim-tarbiyasiga oid rivoyatlarni sahnalashtirishda hayotiy misollar bilan boyitib kichik sahna ko'rinishlari tayyorlab tashkilotga jalb qilinmagan bolalar ota-onalari, buvi-bobolarini mahalla faollari bilan hamkorlikda taklif etish va ular psixologiyasiga ta'sir etish orqali ijobiy natijalarga erishish;

- bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotiga jalb qilishda jamoatchilik guruhlarini tuzish va faoliyatini to'g'ri yo'lga solish;

- bolaning va ularning ota-onalarining ruhiy va emotsional holatiga ijobiy ta'sir etuvchi omillardan samarali foydalanish;

- bolaning qobiliyati va qiziqishini o'rganish va ularning ota-onalari bilan hamkorlikda bolalar uchun ta'limiy-o'yin muhitlarini yaratish va ulardan o'z o'rnida foydalanish;

- tashkilotda yaratilgan muhit ularning oilalarida ham aks etishiga e'tibor qaratish;

- yosh ota-onalarga kerakli tavsiyalar berib borish;

- har bir yosh guruh ota-onalar burchagini mazmunan boyitish va ota-onalar uchun pedagogik-psixologik markaz sifatida faoliyat ko'rsatishini ta'minlash;

- xar bir guruh xonalarini betakror mavzularda mazmunan jihozlash va jihozlardan unumli foydalanish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

- bolalarni qiziqish va layoqatiga mos sport-sog'lomlashtirish hamda kasb-hunarga yo'naltiruvchi, chet tillarini o'rganuvchi to'garaklar tashkil etish va kunning ikkinchi yarmida bolalar bilan alohida ishlashga e'tibor qaratish;

- bolalarni va ularning ota-onalarini xalq og'zaki ijodidan to'liq bahramand qilish;

- yosh onalarga alla aytish va uning sehri to'g'risida to'liq ma'lumot berish;

- ota-onalarning kitobxonligini oshirish;

- oilalarda bolalarning kichik kutubxonalarini tashkil etish;

- ota-onalar o'rtasida kitobxonlik kechalarini bolalari ishtirokida tashkil etish;

- ota-onalar uchun ma'naviyat kundaligini joriy etish va amaliyotda qo'llash;

- bolalarning tug'ilgan kunlarini tug'ilgan kun haftaliklari tarzida o'tkazish va bolalarni o'zaro o'rtoqlik tuyg'ularini mustahkamlash hamda ta'lim mazmuni samaradorligiga erishish;

- bolalarni ishtirokchiga aylantirish uchun tarbiyachilar faolligini oshirish;

- o'z ustlarida tinimsiz ishlash va izlanishlariga alohida e'tibor berish;

- tarbiyachilar faoliyatiga xolisona baxo berish, ularni rag'batlantirish;

- kundalik faoliyatlarini chuqur tahlil qilish va ularga metodik va amaliy yordam

berish;

- pedagogik kengash va metodik kengashlarin hayotiyligini ta'minlash va zamonaviy usullar yordamida tashkil etishga erishish;

- bolalar o'yinchoqlari va o'yinlariga jiddiy e'tibor berish va yangi o'yinchoqlar yaratish yuzasidan takliflar bilan chiqish kabi vazifalarni amalga oshirishni ko'zda tutish lozim. Chunki biz bolalarni bolalik olamlarini o'g'irlamasligimiz nihoyatda axamiyatlidir. [7]

Bola kelajagini o'z o'yinlarida aks ettiradi. Shuning uchun kundalik ta'limiy jarayonni tashkil etishda bolani xohish-istaklari asosida iloji boricha turli o'yinlarda aks ettirishga harakat qilish zarur va ana shu o'yinlariga ota-onalar guruhini jalb etish maqsadga muvofiqdir.

1 qadam. Jamoaning sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga nisbatan munosabatini psixologik darajada o'zgartirish:

- tashkilotni obodonlashtirish, ko'kalamzorlashtirish, jihozlash ishlari bola shaxsiga yo'naltirilgan ta'limga bog'liqligi;

- yo'laklar, guruh xonalari, yozgi ayvonchalarga chizilgan suratlar bola shaxsining shaxs sifatida shakllanishini asosi ekanligi;

2 qadam. Xodimlarning o'zgarishlarga nisbatan munosabatini tushunish.

- takomillashtirilgan "Ilk qadam" davlat dasturi asosida ta'lim mazmunini takomillashtirish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- ta'limiy rivojlantiruvchi muhitni yuzaga keltirish va harakatlantirish;

- maqsadga yo'naltirilgan o'yin zonalarini takomillashtirish;

- "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yilgan davlat talablari"da ko'rsatilgan har bir yo'nalish yuzasidan ko'rgazmali qurollar, tarqatma materiallar tayyorlash;

3-qadam. O'zgarishlarga ijobiy munosabat shakllantirishga yordam beradigan reja tuzish.

- tarbiyachilar ishini muvofiqlashtiruvchi ijodiy guruhni shakllantirish;

- o'zgarishlarga ijobiy munosabatda bo'lishlari uchun tarbiyachilar o'rtasida "Qadamni shaxdam tashlang" kabi shiorlar ostida ishlashni tashkil etish;

-"Ilk qadam" davlat dasturi asosida bolalarni mustaqil fikrlashga o'rgatishda ularni ishtirokchiga aylantirish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" April 25, 2024

- ota-onalarni "Siz o'z bolangizni bilasizmi?", "Siz qanday ota-onasiz?", "O'zingizga va tarbiyachiga tanqidiy baho bering" kabi mavzularda seminar-treninglar, anketa so'rovnomalarini tashkil etish va ta'lim-tarbiya jarayoniga nisbatan ijobiy munosabatni tarkib toptirish.[8]

XULOSALAR

Maktabgacha ta'lim mazmunini takomillashtirish jarayoniga kirib borar ekanmiz, ta'lim-tarbiya jarayoni takomillashtirib borishni davr taqozo etmoqda. Har bir ta'lim tashkilot xodimi, u direktormi, u tarbiyachimi, yoki tarbiyachi yordamchisimi o'ziga tanqidiy ruhda qarashi, muammolarni o'z do'sti deb bilib, muammolarni hal qilishga sidqidildan kirishishi lozim. Muammolarni hal qilishda esa yuqorida ko'rsatilgan 3 qadamda bildirilgan tavsiya va takliflardan ijodkorona foydalanishni tasiya etamiz.

REFERENCES

1. CRITERIA FOR NON-EDUCATIONAL INSTITUTIONS TO IMPROVE THE QUALITY OF EDUCATION ME Khallokova World Bulletin of Social Sciences (WBSS)Available Online at:https://www ...

2. Нодавлат таълим муассасаларида таълим тизимини модернизациялаш М Халлокова Общество и инновации 3 (1), 151

3. M.Xallokova. Nodavlat ta'lim muassasalarida ta'lim tizimini modernizatsiyalash. Obshestvo I innovatsii 3 (1), 151-157, 2022

4. Khallokova, M. E. (2018). Important Aspects of Establishing Non-State Educational Institutions. Eastern European Scientific Journal, (2)

5. Khallokova, M. (2022). Modernization of the education system in non-governmental educational institutions. Society and Innovations, 3 (1), 151-157.

6. F.A.Boltayeva. The Essence of Integrating Innovative Technologies in Preschool Education. Pindus Journal Of Culture, Literature and ELT. 110 https://literature.academicjournal.io/index.php/literature/article/view/256

7. MAKTABGACHA TA'LIMNI TAKOMILLASHTIRISHDA ILG 'OR AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALAR M Olamova, DA qizi Ma'murova, INTERNATIONAL CONFERENCES, 2022. https://scholar.google.com/citations?view op=view citation&hl=ru&user=zK2c628AAAAJ &authuser= 1&citation for view=zK2c628AAAAJ:Y0pCki6q DkC

8. Qodirova, S. M., & Xallokova, M. E. (2023). MAKTABCHA TA'LIMDA SHAXSGA YO'NALTIRILGAN YONDASHUV XUSUSIYATLARIGA OID XORIJIY TAJRIBALAR. Models and methods in modern science, 2(13), 122-125.

9. Maksuda, X. A. L. L. O. K. O. V. A., & QODIROVA, S. (2023). MAKTABGACHA TA'LIMDA SHAXSGA YO 'NALTIRILGAN YONDASHUV ASOSIDA TA'LIM JARAYONINI TASHKIL ETISH VA REJALASHTIRISHNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(8), 3-

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.