Научная статья на тему 'BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH'

BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — G.M.Nazirova, Esonaliyeva Nazorat, Sirojiddinova Sug’Diyona

Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli va ish bilan birga mas’ulyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglashga, ta’lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o‘z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o‘rtoqlaryni o‘sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo‘lishi, o‘zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiatning qonunyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo‘lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK MAKTABGACHA TA’LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION

15 MAY, 2024

BO'LAJAK MAKTABGACHA TA'LIM PEDAGOGLARINI KREATIV QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH

1G.M.Nazirova, 2Esonaliyeva Nazorat, 3Sirojiddinova Sug'diyona

1Qoqon DPI, Pedagogika fanlari boyicha Falsafa doktori(PhD) dotsent, 2,3Qo'qon DPI talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11198456

Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli va ish bilan birga mas'ulyatli vazifani bajaradi. Tarbiyachining siyosiy etukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalarini ijodiy yondashishga, o'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o'rtoqlaryni o'sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo'lishi, o'zi yashab turgan ulkan hayotini bilishi, tabiat va jamiatning qonunyatlarini tushunishi, ijtimoiy faol bo'lishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. SHuningdek, pedagogik tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondashuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi. Mustaqillik munosabati bilan respublikamiz rahbariyati o'qituvchilar va tarbiyachilarning faoliyatini yuqori baholamoqda. YOsh avlodni komil inson qilib, kamolot sari etaklashdagi erishgan yutuqlari uchun o'qituvchi va tarbiyachilar, metodist o'qituvchi, katta o'qituvchi, metodist tarbiyachi va boshqa shunga o'xshash unvonlar bilan taqdirlanadilar. Ularga respublika miqyosidagy unvonlar beriladi. Xalq ta'limi xodimlari orasidan respublika, viloyat, tuman kengashlariga deputatlar saylanish, ularga bo'lgan chuqur hurmat va ehtiromni bildiradi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog'chada, akademik litsey va kasb- hunar kollej hamda oliy o'quv yurtlarida shakllanayotgan avlod ijobiy xulq-atvor me'yorlari va qoidalarini, ilmiy bilim asoslarini, kasb-hunar malaka va ko'nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o'sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizni tiklash jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, ularni jismoniy sog'lom ma'naviy etuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo'yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta'lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta'limining boshlang'ich bo'limi bo'lgan bolalar bog'chalari muhim rol o'ynaydi.

Ta'lim tizimi rivojlanishi maktabgacha talim tizimida ham ulkan islohotlarni olib kirilishiga sabab bo'lmoqda. Bu islohotlarga esa maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarini oldiga bir qancha vazifa va talablar qo'yilmoqda. Bu jarayonda endi har bir tarbiyachi o'zini ustida ishlashi va mahoratini oshirib borishi davlatimiz maktabgacha tarbiya muassasalari oldiga qo'ygan talablarni amalga oshirishning garovidir. Maktabgacha tarbiya muassasalari tarbiyachilariga quyiladigan talablarga quyidagilar kiradi:

• Bolaning sog'lig'ini saqlash va mustaqkamlash.

• Aqliy qobiliyatini o'stirish.

• Milliy qadryatimiz va ma'naviyatimizning g'oyaviy-aqliy tamoyillariga mos keluvchi e'tiqod va qarashlarini tarkib toptirish.

• Ona vatanga muhabbatini, ijtimoiy faollikni shakllantirish.

• YOsh avlodda o'rtoqlik, do'stlik hissini halollik va mehnatsevarlikni tarkib toptirish.

Demak, yuqorida keltirilgan sifatlarni tarkib toptirish o'sib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalash vazifasining hamma tomonlarini qamrab ololmaydi. Lekin tarbiyachi ishlarga asoslanib, bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash ishini ma'lum bir maqsad bilan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

samaraliroq amalga oshirish mumkin. Mustaqillik munosabati bilan o'qituvchi va tarbiyachilarning ma'naviy o'sishlariga va moddiy ahamiyat berilmoqda. Masalan, Respublikamizda 1992 yil 1 oktyabrni o'qituvchi murabbiylar kuni deb nomlanishi hamda xalq maorifi xodimlarning maoshlari oshirilib turmushlari yaxshilanib bormoqda.

Birinchi prezidentimiz I. A. Karimov o'zining "Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati" nomli risolasida shunday yozadi: "Tarbiyachi — ustoz bo'lish uchun boshqalarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o'zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak".

Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. SHunga ko'ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo'ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo'lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.

Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning etuk kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosh avlod tarbiyasi o'zining ma'naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a'zolari o'rtasida yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo'lgan kishilar, ya'ni donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O'zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma'naviy qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo'yilmoqda. Bu borada Birinchi Prezident I.A. Karimovning "Tarbiyachilarning o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning ma'lumotini oshirish kabi paysalga solib bo'lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz... O'qituvchi-tarbiyachi bolalarimizga zamonaviy bilim berishi uchun avvalo, murabbiyning ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak" deb aytgan fikrlarini eslash joiz. YUqoridagi qayd etilgan fikrlardan bugungi kun tarbiyachisi shaxsiga nisbatan qo'yilayotgan talablarning naqadar muhimligini anglash lozim.

Demak, tarbiyachi-maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassisligi bo'yicha etuk bilimli va yuksak fazilatli shaxs sanaladi. SHuning uchun zamonaviy tarbiyachi murabbiy qiyofasida quyidagi fazilatlarni namoyon eta olishi kerak. Zamonaviy murabbiy o'zini mutaxassisligi bo'yicha chuqur puxta bilimga ega bo'lish, o'z ustida tinimsiz ishlashi kerak. Tarbiyachi maktabgacha tarbiya pedagogikasi va psixologiya-fiziologiya fanlarining asoslarini bilish, ta'lim-tarbiya jarayonida bolalarning yoshi va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etishi kerak. Tarbiyachi ta'lim-tarbiya jarayonida samarali shakl, metod va vositalaridan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lishi kerak. Tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo'lish, pedagogik texnika, nutq, yuz, qo'l, oyoq va gavda qarakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o'zlashtirib olish lozim. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to'g'ri taxlil qilib, unga ta'sir etuvchi vositalarni qo'llay oladigan bo'lishi kerak. YOsh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan xabardor qilish uchun tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo'lishi va uning nutqi quyidagi xususiyatlarda aks ettira olishi kerak.

• Nutqning aniqligi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

• Nutqning irodaviyligi.

• Nutqning sofligi (uning turli sheva so'zlaridan xoli bo'lib, faqat adabiy tilda ifoda etish, jargon, (muayyan kasb yoki soha mutaxassislarga xos so'zlar) varvarizm (muayyan millat tilida bayon etiladigan nutqsa o'zga millatlarga xos so'zlarning o'rinsiz qo'llanilishi) vulgarizm (harakat qilish, so'kishda qo'llaniladigan so'zlar) hamda konselyarizm (o'rinli bo'lmagan vaziyatlarda ras- miy nutqda so'zlash) so'zlaridan xoli bo'lishi va pedagogning nutqi sodda, ravon va tushunarli bo'lishi kerak.

• Nutqning ravonligi.

• Nutqning boyligi (so'zlash jarayonida maqsadga muvofiq tarzda hikmatli so'zlar, maqollar, ko'chirma gaplardan foydalana olish).

Tarbiyachi o'ziga yuklangan vazifani bajarish uchun bolalarda o'sha faoliyatiga nisbatan qiziqish uyg'ota olishi, ularning diqqatini jalb qilib faolligini o'stirish bolalarni xulqini xatti-harakatini real baholay olishi kerak. Har bir faoliyat uchun kerakli materialni oldindan tayyorlab qo'yishi yangi bilimni egallagan bilimlari bilan bog'lay olishi hamda bolalar egallab olishi lozim bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalar ularning yosh imkoniyatlariga mos bo'lishi va ularni asta-sekin murakkablashtirib borishi kerak. Tarbiyachi kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi har bir a'zoni e'tiborga olgan holda rahbarlik qila bilishi ularning faoliyati (o'quv, o'yin, mehnat) mazmunli bo'lishi uchun kerakli materiallar bilan ta'minlashi zarur. Bolalarni ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va uni bolalar bilan amalga oshiradigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi lozim. Tarbiyachi kun davomida olib boradigan ta'lim- tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni rivojlantirish yo'llarni topa olishi kerak. Tarbiyachi ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar uyushtirishi, uchrashuvlar o'tkazishi, ularni bolalarga ta'lim-tarbiya berish bo'yicha amalga oshiriladigan ishining mazmuni, metodlari bilan tanishtirib borish, oila tarbiyasidagi ijobiy namunalardan o'zining ta'lim-tarbiyaviy ishlarida foydalanishi mumkin. Tarbiyachi bolalarga nisbatan xayrixoh munosabatda bo'lish, har bir bola uchun qulay ruhiy sharoit yaratish, xafa bo'lsa ovuntira olish, xursandchilik va xafagarchiligiga sherik bo'la olish, ayniqsa, kichik guruh bolalariga nisbatan muloyim e'tiborli, qatiy, sabr toqatli yumshoq ozgina hazilkash, bolaning kuch imkoniyatlariga ishonch bilan qaraydigan bo'lishi kerak. Agar tarbiyachi bolaga mehribon bo'lsa, bolalar bilan uning o'rtasida mehr-oqibat, g'amxo'rlik munosabatlari yuzaga keladi. Bolalar tarbiyasining shaxsiy sifatlarini bilimi, malakasi bolalarga munosabati talabchanligini quyidagicha belgilaydilar, kichik guruh bolalari tarbiyachining ularga bo'lgan mehr-muhabbatiga qarab (u meni qo'zichog'im "deb chaqiradi, mani yaxshi ko'radilar") 4-5 yoshli bolalar tarbiyachini bolalar hayotini yaxshi tashkil etilishiga qarab «Nargiza opamiz bizga ertaklar o'qib beradilar" biz bilan birga o'ynaydilar shuning uchun men ularni yaxshi ko'raman. Katta guruh bolalari tarbiyachini hamma bolalarga adolatlilik bilan yaxshi munosabatda bo'lish, yaxshi ishlarni o'rgatishga, xulqiga, axloqiga qarab baho beradilar (u ko'p narsalarni o'rgatadi, mashg'ulotlarni yaxshi o'tadi). Eng muhimi tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligi to'g'ri takdirlashi va mustaqil faoliyat ko'rsatishlari uchun imkoniyat yaratish kerak. Buni bolalar yuqori baholaydi.

REFERENCES

1. Djuraev.R.X. Ta'lim menejmenti. T.: 2006y. Oquv qollanma.

2. Djuraeva D.R.- Maktabgacha ta"lim yoshdagi bolalarga ta"lim-tarbiya berishning zamonaviy tendentsiyalari. Uslubiy qollanma - Т.: 2015 15.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

3. Joraeva B.D. Maktabgacha ta'limni modernizatsiyalash muammolari va rivojlantirish istiqbollari. Xalq ta'limi j., 2008. 5-son. -114-119 b.

4. Kayumova N.M. "Maktabgacha pedagogika". "TDPU" nashriyoti T:. 2013 y

5. Kodirova F.R., Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va va metodikasi. T. "ISTIQLOL, 2006 y. Oquv qollanma.

6. Назирова, Г. М., and Ф. М. Рахимова. "Методологические основы формирования творческой деятельности будущих педагогов-воспитателей." Экономика и социум 1-1 (104) (2023): 334-339.

7. Raximova, Feruzaxon Muxammadjonovna, and Zoya Mixaylovna Burdina. "Issues of organization and management of inclusive education and upbringing in uzbekistan." International Academic Research Journal Impact Factor 7.4 1.6 (2022): 112-118.

8. Raximova, F. M. "Processes of formation of intellectual abilities of preschool children by means of innovative technologies." Экономика и социум 1-1 (104) (2023): 54-57.

9. Mukhammadzhonovna, Rakhimova Feruzakhon. "Problems of development of creative abilities in preschoolers." International Journal of Early Childhood Special Education 14.7 (2022).

10. Mukhammadjonovna, Rakhimova Feruzakhon. "Development of pedagogical activites with preschool children in need of inclusive education."Asia pacific journal of marketing & management review issn: 2319-2836 Impact Factor: 7.603 11.12 (2022): 423-427.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.