Научная статья на тему 'BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI'

BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

46
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetentlik / mahorat / kommunikativlik / jestlar / barkamol / tarbiyachi / pedagog

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — M. A. Sattorova, Sh. Sh. Qayumov

Ushbu maqolada bo’lajak pedagog va tarbiyachilarda kasbiy kompetentligini shakllantirish va davr talabiga mos kadrlarni tayyorlash dolzarbligi umumiy miqyosda yoritilgan.Hozirgi globallashuv jarayonida tarbiyachi pedagoglar har qanday vaziyatdan qulay yo’l bilan chiqa olishi, nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq qilishi tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO‘LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI»

Kokand State Pedagogical Institute Volume 4 | KSPI Conference 1 | 2023

Innovative Approaches in Teaching Pedagogik fanlarni o'qitishda innovatsion

Pedagogical Sciences: Problems and Solutions yondashuvlar: muammo va yechimlar

BO'LAJAK TARBIYACHILARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

M. A. Sattorova

QarDu Pedagogika kafedrasi dots v/b.(PhD)

Sh. Sh. Qayumov

QarDU 3-kurs talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada bo'lajak pedagog va tarbiyachilarda kasbiy kompetentligini shakllantirish va davr talabiga mos kadrlarni tayyorlash dolzarbligi umumiy miqyosda yoritilgan.Hozirgi globallashuv jarayonida tarbiyachi pedagoglar har qanday vaziyatdan qulay yo'l bilan chiqa olishi, nazariy bilimlarini amaliyotga tadbiq qilishi tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: kompetentlik, mahorat, kommunikativlik, jestlar, barkamol, tarbiyachi, pedagog.

Tarbiyachi yosh avlodimizni xalqimizning munosib farzandlari qilib tayyorlashdek muhim, faxrli ish bilan birga mas'uliyatli vazifani bajaradi.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2018 yilning 14 fevralida maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlari natijadorligi tahliliga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida tizimda faoliyat olib borayotgan tarbiyachilarning saviyasi, hamda ko'nikmalari masalasiga alohida e'tibor qaratdilar. Tarbiyachining siyosiy yetukligi bolalarni tarbiyalash sifati uchun xalq hamda jamiyat oldidagi o'z mas'uliyatini anglashga, ta'lim-tarbiya vazifalariga ijodiy yondoshishga, o'z mahoratini doimo takomillashtirib borish va ishdagi o'rtoqlarini o'sishiga yordam beradi. Demak, tarbiyachi avvalo, bilimli bo'lishi, tabiat va jamiyatning qonuniyatlarini tushunishi, umumiy va maktabgacha tarbiya pedagogikasini, bolalar ruhiyati va fiziologiyasini egallashi va bolalarning yosh xususiyatlarini bilishi kerak. Shuningdek, pedagog tarbiyachining hodisalarni tahlil qilishga ilmiy nuqtai nazardan yondoshuvi bolani har tomonlama rivojlantirish muvaffaqiyatini amalga oshirishga imkon beradi.

Respublikamizda amalga oshirilayotgan tub islohotlar bugungi kunda bog'chada, akademik litsey va kasb-hunar

kollejlarida, oliy o'quv yurtlarida tahsil olayotgan yoshlarning

June 3

Kokand State Pedagogical Institute

Innovative Approaches in Teaching Pedagogical Sciences: Problems and Solutions

Volume 4 | KSPI Conference 1 | 2023 Pedagogik fanlarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar

xulq-atvor normalarini, kasb-hunar malaka va ko'nikmalarini har tomonlama puxta egallab borishini talab qiladi. Buning uchun o'sib kelayotgan yosh avlodni bilimlar bilan qurollantirish milliy qadriyatlarimiz, ma'naviyatimizni tiklash, jahon madaniyati, milliy madaniyatimiz durdonalari bilan tanishtirish, jismoniy sog'lom ma'naviy yetuk qilib tarbiyalashdek vazifalar qo'yildi. Davlat ahamiyatiga molik bunday vazifani amalga oshirishda umumta'lim maktablari bilan bir qatorda xalq ta'limining boshlang'ich bo'g'ini bo'lgan bolalar bog'chalari muhim rol o'ynaydi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov o'zining "Buyuk kelajagimizning huquqiy kafolati" nomli risolasida shunday yozadi: "Tarbiyachi — ustoz bo'lish uchun boshqalarning aql-idrokini o'stirish, ma'rifat ziyosidan bahramand qilish, haqiqiy vatanparvar, haqiqiy fuqaro etib yetishtirish uchun, eng avvalo, tarbiyachining o'zi ana shunday yuksak talablarga javob berishi, ana shunday buyuk fazilatlarga ega bo'lishi kerak" Demak, bola shaxsini shakllantirishda tarbiyachi alohida ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, har bir bolaning shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Shunga ko'ra tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida, ular bilan bo'ladigan muomalada, muloqotda ibrat, namuna bo'lishi bolani har tomonlama diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedogogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvori ish natijalarini haqqoniy baholashi va ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi hamda oilaviy ahvoli bilan qiziqishi zarur hisoblanadi.

Demak, "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi" g'oyalarni amaliyotga tatbiq etish respublika ta'lim tizimida olib borilayotgan islohotlar muvaffaqiyatini ta'minlash ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan tarbiyachi murabbiylarning ma'naviy qiyofasi hamda kasbiy mahoratlariga ham bog'likdir. Bolani tarbiyalash nihoyatda qiyin va murakkab jarayon bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk kishilari jalb etilgandir. Xususan,qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan yaxshi bilamizki, miloddan avvalgi davrlarda ham yosha vlod tarbiyasi o'zining ma'naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a'zolari o'rtasida yuksak hurmat ehtiromga sazovor bo'lgan kishilar, ya'ni donishmandlar zimmasiga ishonib topshirilgandir. Ushbu holat yosh avlod tarbiyasi uning tashkil etilishi mazmunini faqat shaxs kamolotini emas, balki jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. O'zbekiston Respublikasida ham tarbiyachi-murabbiy kadrlarni ma'naviy qiyofasi, aqli salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy talablar qo'yilmoqda.

June 3

Kokand State Pedagogical Institute

Innovative Approaches in Teaching Pedagogical Sciences: Problems and Solutions

Volume 4 j KSPI Conference 1 j 2023 Pedagogikfanlarni o'qitishda innovatsion yondashuvlar: muammo va yechimlar

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tarbiyachi yuksak darajadagi pedagogik mahoratga, chunonchi kommunikativlik layoqatiga ega bo'lish, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo'l, oyoq va gavda harakatlari, mimika, jest, pantomimika) qonuniyatlarini chuqur o'zlashtirib olishi lozim. Tarbiyachi bolalarni kuzata oladigan, ularni xulqi, xatti-harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ta'sir etuvchi vositalarni qo'llay oladigan bo'lishi kerak.

REFERENCES

1. Prezident SH Mirziyoyev. Erkin va faravon demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.T.O'zbekiston.

2 . A.Karimov "Barkamol avlod -O'zbekiston taraqqiyotining poydevori"- T.: Sharq,

3. A.Xoliqov "Pedagogik mahorat"-T:Iqtisod-Moliya,2009

4. S.Tursunov"Maktabgacha ta'lim-uzluksiz ta'lim tizimining poydevori" maqola Adolat, №2(1119)2017

5.Mansurjonovich, J. M. (2022). METHODOLOGICAL FOUNDATIONS FOR IMPROVING THE CONTENT OF TRAINING FUTURE ICT TEACHERS IN THE CONDITIONS OF DIGITAL TRANSFORMATION OF EDUCATION. АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЯ, 9.

6. Juraev, M. M. (2021). Pedagogical conditions for the development of vocational education through interdisciplinary integration into the vocational education system. In НАУКА, ОБРАЗОВАНИЕ, ОБЩЕСТВО: АКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ, ДОСТИЖЕНИЯ И ИННОВАЦИИ (pp. 110-112).

7. Mansurjonovich, J. M. (2021). Experience Of Cambridge Curricula In Ensuring The Continuity Of Curricula In The Field Of "Computer Science And Information Technology" In The System Of Professional Education. The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research, 3(11), 26-32.

8. Jumakuziyevich, Y. U. (2022). Pedagogy Methodology As The Basis For The Formation Of Teacher Methodological Culture. Journal of Positive School Psychology, 6(11), 2019-2022.

9. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

10. Zhumakuzievich, Y. U. (2022). FOLLOWING THE PRINCIPLES OF COMMUNICATION IN COMMUNICATIVE

1997

DIDACTICS. Open Access Repository, 8(12), 573-575.

June 3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.