Научная статья на тему 'PEDAGOGIK FAOLIYATDA TARBIYACHINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASI'

PEDAGOGIK FAOLIYATDA TARBIYACHINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
4
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim tizimini / milliy genofond / nutq madaniyati / madaniy nutq / pedagog-tarbiyachi / o’qtuvchi-tarbiyachisi / pedagogik qobiliyatlar / pedagogik mahorat / – yosh avlod / . ovoz / badiiy asarlar.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Soliyev I, Valiyev N

Ta’lim tizimini boshqarish jamiyat taraqqiyoti, milliy farovonlik hamisha yosh avlodning , zamonaviy bilimlarni, axborot texnologiyalarni chuqur egallagan, yuksak ma’naviyatli, mustaqil fikrlashga qodir yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog’liq bo’lib kelgan. Shu bois, mamlakatimizda davlat rahbari tomonidan milliy genofondni mustahkamlash, yosh kadrlarni yetuk kadr sifatida tarbiyalash masalalariga, xususan, ta’limning birlamchi va asosiy poydevori sifatida maktabgacha ta’lim tizimiga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGIK FAOLIYATDA TARBIYACHINING KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

PEDAGOGIK FAOLIYATDA TARBIYACHINING KOMMUNIKATIV

KOMPETENSIYASI 1Soliyev I., 2Valiyev N.

1Dotsent, Fardu 2Fardu magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11046368 Kalit so'zlar: ta'lim tizimini, milliy genofond, nutq madaniyati, madaniy nutq, pedagog-tarbiyachi, o'qtuvchi-tarbiyachisi, pedagogik qobiliyatlar, pedagogik mahorat, - yosh avlod, . ovoz, badiiy asarlar.

Ta'lim tizimini boshqarish jamiyat taraqqiyoti, milliy farovonlik hamisha yosh avlodning , zamonaviy bilimlarni, axborot texnologiyalarni chuqur egallagan, yuksak ma'naviyatli, mustaqil fikrlashga qodir yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog'liq bo'lib kelgan. Shu bois, mamlakatimizda davlat rahbari tomonidan milliy genofondni mustahkamlash, yosh kadrlarni yetuk kadr sifatida tarbiyalash masalalariga, xususan, ta'limning birlamchi va asosiy poydevori sifatida maktabgacha ta'lim tizimiga alohida e'tibor qaratilib kelinmoqda. Demak, qadimdanoq nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma'rifiy taraqqiyotining, millat ma'naviy kamolotining muhim belgisi hisoblanar ekan, haqiqiy ma'nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulodda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma'naviyma'rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb e'tirof etilgan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, tarbiyachining nutqiy madaniyat mahorati, farzandlarimizning madaniy nutq ko'nikmalari va malakalarini oshirish, maktabgacha ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarb. Demakkim, har bir tashkilotning, xususan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining faoliyatidagi samaradorlik, eng avvalo, jamoadagi shaxslararo munosabatlarning qanchalik to'g'ri tashkil etilganligiga yoki etilmaganligiga bog'liq. Yana ham aniqrog'i, ishning qanday tashkil etilishi rahbarlik, boshqaruvchilikning tashkil etilish darajasiga bog'liq. Maktabgacha ta'lim tashkiloti pedagog-tarbiyachisi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta'sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o'z kasbiga sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodliligi, o'z kasbini sevishi va bu kasbga bo'lgan cheksiz sadoqati bilan o'qituvchi - tarbiyachi boshqa kasb egalaridan ajralib turadi. Pedagog - tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablardan biri shuki, u o'z predmetini, uning metodikasini chuqur o'zlashtirgan bo'lishi zarur. Predmeti va uning nazariyasini chuqur bilishi, bolalarni bilishga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi. Bu pedagog -tarbiyachining obro'sini oshiradi. Bolalarni sevish, ularning hayoti bilan qiziqish, har bir shaxsni hurmat qilish tarbiyachi kasbiga xos bo'lgan muhim fazilatlardan, talablaridan hisoblanadi. Bolani sevgan butun kuch va bilimini bolalarni kelajagi buyuk vatanga sodiq fuqaro qilib tarbiyalashga safarbar qila oladigan odamgina haqiqiy tarbiyachi pedagog bo'la oladi. Bolaga befarq, uning kelajagi bilan qiziqmaydigan, tarbiyachilik kasbiga loqayd odam haqiqiy pedagog - tarbichi bo'la olmaydi. Bolalarni sevish - pedagogning murakkab mehnatini jozibali va yengil qiladi. O'qtuvchi-tarbiyachisi bolalarga munosabati pedagogikada tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan ishonchni

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

uyg'otadi, o'qituvchiga bolalarga chinakam ma'naviy murabbiy bo'lishga imkon beradi. Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlarining mavjudligiga ham bog'liqdir. Pedagogik qobiliyatlar - pedagogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar tarkibiga: pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasavvur, diqqatni taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi. Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek, uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik mahorat - yosh avlodga ta'lim-tarbiya berishni yuksak darajada va doimiy ravishda takomillashtirib borish san'atidir

Shuningdek, tarbiyachining nutqi emotsional to'liq, intonatsiyalarga boy, yetarli darajada baland va tezligi bir maromda bo'lishi lozim. Bolalar bilan muloqotda xuddi tovushlarni noto'g'ri talaffuz etib bo'lmaganidek, nutqning shoshqaloqligiga ham yo'l qo'yilmaydi. Agarda nutq biroz ohista sur'atda davom etsa, u yaxshi qabul qilinadi. Bunday sur'at nutqning aniqligini oshiradi va aksincha, tezlashtirilgan nutq qabul qilishni qiyinlashtiradi. Bolalar uchun mo'ljallangan ertaklar, hikoyalar, she'rlarni badiiy so'z ustalari odatda, og'zaki nutqqa qaraganda biroz sekin sur'atda o'qiydilar. Bolalarga sekinlashtirilgan nutqni qabul qilish, uning mazmunini kuzatish, matnni eslab qolish oson kechadi. Shu bilan birga esda tutish lozimki, bu qoida hamma narsani ham qamrab olmaydi. Badiiy asarlarni o'qishda nutqni jadallashtirish yoki sekinlashtirishni ushbu chog'da mazmun tushuntirilayotgani bilan oqlash mumkin, ayni paytda bu badiiy ifodalilik vositasiga aylanishi zarur. Ovoz - bu tarbiyachining kasbiy qurolidir, u mazkur quroldan to'g'ri foydalanishi va uni zo'riqishdan asrashi lozim. Ovozdan noto'g'ri foydalanishni masalan, uning haddan tashqari balandlatishda (guruhda, maydonda shovqin bo'lganida) ko'rish mumkin. Agarda muloqot vaziyati nutq balandligini ancha kuchaytirishni talab qilsa, bu ovozni baqirish darajasiga yetkazish kerak, degani emas. Ovozni biroz kuchaytirishda nutq sur'atini pasaytirish va so'zlarni yanada aniqroq talaffuz qilish lozim. Agarda ovoz past va zaif bo'lsa, uni balandlashguncha mashq qildirish va maxsus mashqlar bilan mustahkamlash zarur. Ovozning yoqimsizligini (xirrilash, chiyillash) ham bartaraf etish mumkin. Bolalar kattalardan nafaqat tovushlar va so'zlarni to'g'ri talaffuz qilishni, balki ertaklar, hikoyalar mazmunini aytib berish, atrof-olam haqidagi o'z kuzatishlarini bayon qilish, o'z fikrlarini izchil bayon qilish va xulosalar chiqarishni ham o'rganadilar. Bolalarga nutqda u yoki bu mazmunni ravon, qiziqarli va imkonli shaklda yetkaza olish pedagog nutqining zarur sifatlaridan biri hisoblanadi. Tarbiyachi o'z fikrlarini izchil bayon qilar ekan, u o'z nutqini tushunarsiz so'zlar, murakkab oborotlar, uzoq iboralar bilan qiyinlashtirib yubormasligi lozim. Bolalar nutqni agarda, u qisqa iboralardan iborat bo'lsagina yaxshi qabul qiladilar. Chunki uzun, buning ustiga grammatik jihatdan juda murakkab tuzilgan iboralarni qo'llashda bolalarga uning qismlari o'rtasida aloqa bog'lash, uning mazmunini mulohaza qilish va tushunish qiyin kechadi. Faqat oddiy gaplarni qo'llash bilan cheklanmaslik lozim. Ayniqsa, bog'langan qo'shma gap va ergashgan qo'shma gaplarni keng qo'llash juda muhimdir. Bolalarga hikoya qilib berishda (o'tkazilgan ekskursiya, tabiat haqida va h.k.) faqat asosiy narsani, ya'ni barcha ikkinchi darajali va ahamiyatsiz narsalarni tashlab yuborgan holda faqat ushbu mavzuga aloqador narsalarni ajratib olish va bolalarga yetkazish zarur. Ko'p so'zlash, ortiqcha iboralarni qo'llash tarbiyachining nutqini og'ir, tushunish uchun qiyin qilib qo'yadi. Murakkab so'zlar bilan boyitilgan hikoyani tinglashda maktabgacha yoshdagi bolalarning pedagogning fikrini kuzatib borishlari, hikoya mazmunini esda saqlab qolishlari qiyin bo'ladi va bunday hikoya foyda keltirmaydi. Pedagog nutqining imkonliligi va tushunarliligiga eng avvalo, so'zlardan to'g'ri va aniq foydalanish orqali erishiladi. Ona tilining lug'at zaxirasi boy, u doimo yangi so'zlar bilan boyib boradi; muomaladan chiqqan so'zlar yo'qolib ketadi. Tarbiyachining lug'atidagi kamchiliklar sifatida so'zlarni kichraytirilgan-erkalash suffikslari bilan qo'llash (Sevaraxon,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "CURRENT ISSUES OF SPECIAL PEDAGOGY AND PRE-SCHOOL EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT PROSPECTS" _April 25, 2024

qo'lchalaringni yuv; Samatjon, stakanchalarni yig'ishtirib qo'y va h.k.), nutqni ortiqcha so'zlar bilan to'ldirib yuborish (Xo'sh, aytish mumkinki, demak), nisbatan katta bolalar bilan muloqot qilishda ularga xuddi go'daklar kabi muomala qilish (Vov-vov qani?) kabi holatlarini keltirish mumkin. So'zlar va so'zli iboralarni to'g'ri tanlash tarbiyachi nutqining aniqligi, tushunarliligi va ifodaliligini ta'minlaydi. Yangi so'zlardan foydalanishda juda ehtiyot bo'lish zarur. Bir tomondan, bolalarning yoshini hisobga olish va ular tushuna oladigan so'zlarni tanlash, ikkinchi tomondan, doimiy ravishda yangi so'zlarni muomalaga kiritish, mavjud so'zlardan foydalanishni kengaytirish va ularning ma'nosini tushuntirib berish lozim. Pedagogning hikoyasi to'liq, chiroyli, so'zlari aniq tanlab olingan, grammatik jihatdan to'g'ri rasmiylashtirilgan va ifodali bo'lishi, uning alohida qismlari o'rtasida mantiqiy aloqa o'rnatilgan bo'lishi lozim. Hikoya qilishda nutqni ifodali, turli-tuman, mazmunga boy qiladigan sinonimlar, metaforalar, 318 tashbehlardan, xalq og'zaki ijodiyotidan (maqollar, matallar), frazeologik iboralardan kengroq va mohirona foydalanish lozim. Bundan tashqari, tarbiyachining nutqi nafaqat bolalarga nisbatan, balki maktabgacha ta'lim muassasasi xodimlariga nisbatan ham osuda, doimo bosiq, xushmuomala bo'lishi shart. Shunday qilib, bolalar bilan ishlash orqali pedagog quyidagilarga e'tiborini qaratishi lozim:

REFERENCES

1. Adashboyev T. Orzularim - qo'sh qanotim. - T.: SHarq, 2003. - B.

2. Boboyorova G. Bolalarni maktabga tayyorlashda intyerfaol usullardan foydalanish. Maktabgacha ta'lim j., 2007. 6-son. -14 b.

3. Boymatova A.G., Djumabayeva M.B., Aliyeva K.S. "Maktabgacha yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlari" moduli bo'yicha O'quv-uslubiy majmua. -T.: TDPU, 2018.

4. Volkov, B. S. Psixologiya detstva: uchebno-metod. posobie / B. S.Volkov, N. V. Volkova. -M. : APO, 1997. - 152 s.

5. Do'stmuhamedova SH.A., Nishonova Z.T. va boshqalar. YOsh davrlari va pedagogik psixologiya. -T.: Fan va texnologiyalar, 2013. 18. Jo'rayeva B.D. Maktabgacha ta'limni modernizatsiyalash muammolari va rivojlantirish istiqbollari. Xalq ta'limi j., 2008. 5-son. -114-119b.

6. Maxmud Qoshg'ariy. Devonu lug'otit turk. 1-tom. -T.: Fan, 1963. 447-bet. 20. Nishonova Z.T., Alimova G.K. Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi. -T.: TDPU, 2017. 21

7. http://uza.uz/oz/society/o'yin faoliyati 01-06-2018.

8. www.saviya.uz.

9. www. ziyonet.uz

10. www.google.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.