Научная статья на тему 'BOLALARDA MONOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISH USULLARI'

BOLALARDA MONOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1458
108
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq va uning turlari / monologik nutq / mantiqiy tafakkur / pedagogik-psixologik jarayon / ti va tafakkur / qobiliyat. / speech and its types / monologic speech / logical thinking / pedagogical-psychological process / thinking and thinking / ability.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ismatullayeva, Gulshoda Ergashevna

Maqolada nutq va uni rivojlantirish usullari maktabgacha ta’lim tizimidagi bolalarda monologik nutqni o’stirish orqali tahlil qilingan. Bu hodisa mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog’liq pedagogik-psixologik jarayon ekanligi yoritilgan. Monologik nutqni rivojlantirish orqali bolalarda mantiqiy fikrlashni va muloqotga kirisha olish qobiliyatlarini shakllantirish usullari tadqiq etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF DEVELOPING MONOLOGICAL SPEECH IN CHILDREN

In the article, speech and methods of its development are analyzed by developing monologic speech in preschool children. It is explained that this phenomenon is a pedagogical-psychological process related to the development of logical thinking. Methods of forming logical thinking and communication skills in children through the development of monologue speech have been researched.

Текст научной работы на тему «BOLALARDA MONOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISH USULLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

BOLALARDA MONOLOGIK NUTQNI RIVOJLANTIRISH USULLARI

Ismatullayeva Gulshoda Ergashevna,

Farg'ona viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazi Maktabgacha, boshlang'ich va maxsus ta'lim metodikalari kafedrasi katta o'qituvchisi

Maqolada nutq va uni rivojlantirish usullari maktabgacha ta'lim tizimidagi bolalarda monologik nutqni o 'stirish orqali tahlil qilingan. Bu hodisa mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liq pedagogik-psixologik jarayon ekanligi yoritilgan. Monologik nutqni rivojlantirish orqali bolalarda mantiqiy fikrlashni va muloqotga kirisha olish qobiliyatlarini shakllantirish usullari tadqiq etilgan.

Kalit so'zlar: nutq va uning turlari, monologik nutq, mantiqiy tafakkur, pedagogik-psixologik jarayon, ti va tafakkur, qobiliyat.

In the article, speech and methods of its development are analyzed by developing monologic speech in preschool children. It is explained that this phenomenon is a pedagogical-psychological process related to the development of logical thinking. Methods of forming logical thinking and communication skills in children through the development of monologue speech have been researched.

Key words: speech and its types, monologic speech, logical thinking, pedagogical-psychological process, thinking and thinking, ability.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarning ravon so'zlashuvi ularning nutq turlarini egallashlari bilan bog'liq. Bu nutq turlari diologik va monologik nutq hisoblanadi. Maktabgacha ta'lim muassasasining vazifasi bolalarda ravon so'zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So'zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko'p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va o'zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo'yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi. Nutqning ushbu ikki turlari o'rtasidagi farq matn ichidagi gapning mantiqiy aloqa turi bilan belgilanadi. Monolog doimo vaqtli yoki sabab-oqibatli aloqada bo'ladigan (bir-biriga nisbatan) borliq faktlari haqida xabar qiladi. Vaqtinchalik aloqa ikki tomonlama bo'lishi mumkin: faktlar haqiqatan ham bir vaqtdalik yoki ketma-ketlik munosabatlarida bo'lishi mumkin. Bir vaqtning o'zida mavjud bo'ladigan faktlar haqidagi xabarlar tavsif deb ataladi. Faktlar ketma-ket keladigan xabar bayon qilish deyiladi. Sabab-oqibatli munosabatlarda bo'lgan faktlar

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

haqidagi xabarlar esa mulohaza deb yuritiladi. Ilk yoshda bola ravon nutqni eshitadi. Dastlab bu unga nisbatan aytilgan luqmalar, so'ngra esa ertaklar, hikoyalar, kattalarning monologik nutqlari bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Bolalarda monologik nutqning shakllanishi ularda mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Bundan tashqari, bola nutqi monologik nutqqa aylanishi uchun u tilning lug'atini va grammatik tomonini erkin egallagan bo'lishi kerak. Bolalarning nutqini o'stirish, ular bilan muloqotda bo'lish bola fikrlash tarzini rivojlantiradi. Bunda esa bolalarni monologik nutqqa o'rgatish muhim ahamiyatga egadir. Ma'lumki, hikoya qila olish qobiliyati kishilarning muloqotda bo'lish jarayonida katta rol o'ynaydi. Bola uchun esa bu qobiliyat bilish, o'z bilimlarini, tasavvurlarini tekshirish vositasi hisoblanadi.

Ruhshunoslarning fikricha, bolalarda monologik nutq besh yoshdan boshlab paydo bo'ladi. Ruhshunos D.Elkanin to'g'ri ta'kidlaganiday: „Bola hayot tarzining o'zgarishi, kattalar bilan yangi munosabatlarning va yangi turdagi faoliyatlarning shakllanishi nutq shaklini va uning vazifasini (xizmatini) farqlashga olib keladi. Muomalaning yangi vazifalari vujudga keladi, bola o'z taassurotlarini, kechinmalarini, rejalarini (niyatini) kattalarga yetkazishga harakat qiladi. Nutqning yangi shakli — monologik tarzda xabar qilish, ko'rgan va eshitganlari to'g'risida hikoya qilish paydo bo'ladi.. .Bolalarni hikoya qilishga o'rgatish jarayonida barkamol tarbiya berishning xilma-xil masalalarini hal qiladi, aqliy rivojlanishga yordam beradi. Hikoya qilib berishda mantiqiy tafakkur, diqqat rivojlanadi, nutq grammatik jihatdan shakllangan bo'lib, o'zini tutish, jamoa oldida so'zga chiqish malakasi hosil bo'ladi". Shu munosabat bilan maktabgacha ta'lim muassasalari ta'lim-tarbiya dasturida bolalarni hikoya qilishga o'rgatish bo'yicha har bir yosh guruhlariga ish vazifalari va mazmuni belgilab berilgan. Q.Shodiyevaning fikrlariga tayanadigan bo'lsak "O'rta guruhlarda hikoya qilishga o'rgatish vazifalari va ularming mazmuni ancha murakkablashadi. Ushbu guruh bolalari birinchi yarim yillikda tanish hikoya va ertaklarni mustaqil holda qayta hikoya qilishga, asar qahramonlarining suhbatini ifodali so'zlab berishga o'rgatiladi".

NATIJALAR

Mashg'ulotlarda birinchi marta o'qib berilgan kichik ertak va hikoyalarning mazmunini qayta hikoya qilishga, o'rtoqlari hikoya qilayotganda e'tibor bilan tinglashga, o'yinchoqlar, turli buyumlar va yil fasllarini tavsiflovchi (avval tarbiyachining savollari, so'ngra namuna va reja asosida) hikoya tuzishga o'rgatiladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Ikkinchi yarim yillikda bolalarga tanish ertak va hikoyalarni tinglashni, ularda ishtirok etuvchi personajlarning gaplarini, o'ziga xos xususiyatlarini tushunishni, asar mazmunini hikoya qilayotgan o'rtoqlarining nutqini diqqat bilan eshitishni, asar matnini buzib hikoya qilgan joylarini payqashni o'rgatish davom ettiriladi.

Katta va maktabga tayyorlov guruhlarida esa birinchi yarim yillikda badiiy asarlarni qayta hikoya qilish malakasini o'stirish, adabiy asarlarni mazmunli, mantiqiy izchillikda, aniq va tasviriy, ifodali hikoya qilishga o'rgatishdan iborat. Tarbiyachi qayta hikoya qilishni o'rgatayotganda bolalar diqqatini, ayniqsa, ertakning boshlanmasiga, takrorlanib kelayotgan parchalarga, xulosa qismiga: hikoyalardagi qahramonlarning o'zaro nutqi kabilarga qaratishi lozim. Bolalar asar voqealarini so'zlayotganda ovoz ohangining xilma-xil turini (so'roq, his-hayajon, hayratlanish, iltimos) qo'llay bilishlariga erishishlari zarur. Bolalarga o'yinchoqlar va buyumlar haqida hikoya tuzishni o'rgatayotganda o'yinchoqlarni tanlab berishga, ularning o'ziga xos xususiyatlarini ko'rsatuvchi belgilarni (rangi, shakli, qanday o'ynalishi va boshqalar) aniq so'zlar orqali ifodalashga o'rgatish lozim. Bolani kreativ fikrlashga o'rgatishda ijodiy hikoya qilish ko'nikmalarini shakllantirib borish zarur. Bolalarni tarbiyachi tomonidan belgilangan hikoya yoki ertakni nihoyasiga yetkazishga, qisqa, lo'nda jumlalar tuzishiga, tasviriy vositalardan foydalanishga o'rgatish nutq o'stirish omillari tarzida belgilanadi. "

MUHOKAMA

Bolalarning shaxsiy tajribalari va tarbiyachi taklif etgan hayotiy mavzular asosida mantiqiy rivojlanib boruvchi hikoya yoki ertak tuzish qobiliyatlarini rivojlantirishda "Quvonchli kun", "Xafa bo'lgan kunim", "Mehmonda", "Bizning oila", "Eng yaqin o'rtog'im", "Dam olish kuni", "Dadamga qarashdim", "Qo'g'irchoq teatriga bordim" kabi qator mavzularni tavsiya qilish mumkin. Bolalarni o'zlari yaratayotgan hikoya yoki ertaklarida ishtirok etuvchi qahramonlarning ruhiy kechinmalarini bilishga o'rgatish, suratlar bo'yicha hikoya tuzishni o'rgatayotganda esa, avvalo, ularning mustaqil fikrlashlariga, suratda tasvirlangan voqealarga o'z munosabatlarini bildirishlariga imkon yaratish kerak. Shu bilan birga, rasmda aks ettirilgan mavzuli voqeaga qarab ilgari nima bo'lgani va keyin nima bo'lishi kerakligi haqida fikr yuritishga undash zarur. Tabiat manzaralari aks ettirilgan suratga qarab, undagi go'zallikni, nafislikni ifodalay oladigan tasviriy so'zlar, o'xshatish va sifatlashlar ishtirokida gap tuzishga o'rgatib borishga erishish tarbiyachilarning muhim vazifalaridir. Bundan tashqari, bolalarning birgalikdagi hayot tajribalaridan olingan voqealar: ekskursiya, sayr, mehnat jarayoni, jonli va ravon hikoya qilib berish malakasini tarbiyalash muhim. Bolalarni hikoya qilayotganda tevarak-atrofdagi buyum nomini, voqea-hodisalarni, ularning o'ziga xos

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

xususiyatlarini, xatti-harakatlarini to'g'ri ifodalashga, voqealarning vaqti va joyini ko'rsatishga 0'rgatish hamda topishmoqlar o'ylab topishga undash lozim.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bolalarda monologik nutqni o'stirish mantiqiy tafakkurning rivojlanishi bilan bog'liqdir. Monologik nutqni rivojlantirish orqali bolalarda mantiqiy fikrlashni va muloqotga kirisha olish qobiliyatlarini shakllantirish ertangi kunimiz istiqbolidir.

FOYDALANILGN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. F.R.Qodirova Bolalar nutqini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi ruhiy omillari. T.: "ISTIQLOL", 2006 y.

2. S.Q. Shodieva. O'rta guruh bolalari nutqini o'stirish. O'quv qo'llanma T.: "O'qituvchi" 1993 y.

3. D.R. Babayeva. Nutq o'stirish metodikasi. T.: Fan va texnalogiyalar 2009 y.

4. Sabirdinov, A. (2019). Sketches to the novel "Night and day" by Chulpan. Scientific journal of the Fergana State University, 1(6), 119-120.

5. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of Characters in Utkir Hoshimov's Story "Yanga". International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 8(6), 196-200.

6. Sabirdinov, A. (2020, December). ASKAR KASIMOV IN THE UZBEK POETRY OF THE XX CENTURY THE ROLE AND IMPORTANCE OF CREATION. In Конференции.

7. Sabirdinov, A. G. (2021). Interpretation of the banned period in the stories of Naim Karimov. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(11), 4-91.

8. Сабирдинов, А. Г. (1993). Слово и образ в поэзии Айбека.

9. Oripova G. M., Tolibova M. T. Q. Composition Of Modern Uzbek Stories //The American Journal of Social Science and Education Innovations. - 2021. - Т. 3. - №. 03. - С. 245-249.

10. Oripova, G. (2020, December). Rhythm and mything in lyrical genre. In Конференции.

11. Oripova, G. (2019). Traditions of folk ballads and distinctiveness of uzbek poetry of independence period. Scientific journal of the Fergana State University, 2(2), 82-86.

12. Oripova, G. M. (2021). Genesis And Essence Of Genre Concept. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(12), 90-94.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

13. Oripova, G., & Ibrohimova, G. (2022). SIROJIDDIN SAYYID IJODIDA MUMTOZ MUSHTARAKLIKLAR. International scientific journal of Biruni, 1(2), 251-255.

14. Oripova, G. M., Akhmadjonova, O. A., Kholmatov, O. U. U., & Muminova, T. S. (2022). INTERPRETATION OF MOTHER IMAGE IN LITERATURE. International scientific journal of Biruni, 1(2), 304-309.

15. Oripova, G., & Alijanova, M. A. Q. (2022). ASQAD MUXTORNING "CHINOR" ROMANIDA AYOL PORTRETINING BADIIY-PSIXOLOGIK ASOSLARI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 221-226.

16. Oripova, G. M., & Abdurasulova, N. A. Q. (2022). O'ZBEK NASRIDA URUSH MAVZUSI VA "YO'QOTILGAN AVLOD" MUAMMOSI. International scientific journal of Biruni, 1(2), 213-220.

17. Oripova, G., & Mirzajonova, G. (2023). TARIXIY SHAXSLAR TASVIRI VA MUALLIF MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(10), 411-415.

18. Oripova, G., & Abdurasulova, N. A. Q. (2023). NABI JALOLIDDIN NASRIDA URUSH QATNASHCHILARI RUHIYATI TASVIRI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(5), 495-501.

19. Oripova, G. (2019). Uzbek poetry and the world literature in the years of independence. Scientific Journal of Polonia University, 32(1), 116-120.

20. Murodilovna, O. G. (2019). The peculiarities of vazn meter in uzbek poetry of the independence period. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 8(2), 33-39.

21. Murodilovna, O. G. (2020). Melody and musicality in Lirycs. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 656-664.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.