Научная статья на тему 'BOLALARGA DIOLOGIK NUTQNI O`RGATISH USULIYOTI'

BOLALARGA DIOLOGIK NUTQNI O`RGATISH USULIYOTI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3683
181
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
diolog / monolog / ravon nutq / polilog. / dialogue / monologue / fluent speech / polylogue

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nigora Abdullayevna Xamrayeva, Nozima Qahramon Qizi Salimova

Bolalarda nutqning asosiy poydevori maktabgacha yoshida shakllanar ekan, demak bevosita kichkintoylar nutqini rivojlantirish metodikasida mazkur holatni inobatga olgan holda, asosiy diqqat-e’tibor aynan shu yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va korreksiya qilishga qaratilishi lozim. Ushbu maqolada bolalarga diologik nutqni o`rgatish xususida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODS OF TEACHING DIALOGUE SPEECH TO CHILDREN

Given that the main foundation of speech in children is formed in preschool age, it means that in the methodology of speech development in young children, the main focus should be on the development and correction of speech in children of this age. This article focuses on teaching children dialogic speech.

Текст научной работы на тему «BOLALARGA DIOLOGIK NUTQNI O`RGATISH USULIYOTI»

BOLALARGA DIOLOGIK NUTQNI O RGATISH USULIYOTI

Nigora Abdullayevna Xamrayeva Nozima Qahramon qizi Salimova

Buxoro davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Bolalarda nutqning asosiy poydevori maktabgacha yoshida shakllanar ekan, demak bevosita kichkintoylar nutqini rivojlantirish metodikasida mazkur holatni inobatga olgan holda, asosiy diqqat-e'tibor aynan shu yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish va korreksiya qilishga qaratilishi lozim. Ushbu maqolada bolalarga diologik nutqni o'rgatish xususida fikr yuritilgan.

Tayanch so'zlar: diolog, monolog, ravon nutq, polilog.

METHODS OF TEACHING DIALOGUE SPEECH TO CHILDREN

ABSTARCT

Given that the main foundation of speech in children is formed in preschool age, it means that in the methodology of speech development in young children, the main focus should be on the development and correction of speech in children of this age. This article focuses on teaching children dialogic speech.

Keyvords: dialogue, monologue, fluent speech, polylogue

Ravon nutq - bu kishilarning muloqotini va o'zaro bir-birlarini tushunishlarini ta'minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo'lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o'zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to'g'ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o'zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo'lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog'liq bo'ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta'lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro'y beradi.

Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo'lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e'tibor qaratish zarur.

Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo'lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichkiindividual va umuminsoniy. Nutq vazifasi uning ontogenezdagi haqiqiy rivojlanish jarayoni bosqichini aks ettiradi, ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga egadir:

1-vazifasi -individuallararo - kishilar o'rtasidagi muloqot vositasidir. Ushbu holatda nutq og'zaki nutq - monolog, dialog, bir nechta odamlar suhbati sifatida chiqadi.

2-vazifa - ichkiindividual - bu yerda nutq ko'plab psixologik jarayonlarni (fikrlash, diqqat-e'tibor, xotira, tasavvur va boshq.) aniq-tiniq anglash darajasiga ko'targani hamda shaxsga psixologik jarayonlarni tartibga solish va nazorat qilish imkonini bergani holda ularni amalga oshirish vositasi bo'lib xizmat qiladi.

3-vazifasi - umuminsoniy - bu o'rinda nutq alohida bir odamga umuminsoniy ijtimoiy-tarixiy tajriba xazinasidan axborot olish imkonini beradi. Ushbu holatda - bu grafik ramzlar va belgilarda moddiylashtirilgan yozma nutqdir.

Nutqning shakllanishida va bolaning undan foydalanishida maktabgacha bosqichdagi turli davrlarda bolalarda o'zgarib turadigan kommunikativ tusdagi omillar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'ladi. Kommunikativ tusdagi omillar deganda muloqotni yo'lga qo'yishga, muloqotga extiyoj tug'ilishiga ta'sir qiladigan omillar tushuniladi.

Dastlabki yetti yilda bolada kattalar bilan muloqotga ehtiyoj rivojlanishining 4 ta bosqichi ro'y beradi.

I-bosqich - vaziyatli-shaxsli muloqot (bola hayotining birinchi yarim yilida) -kattalarning diqqat-e'tiboriga va yaxshi muomalasiga bo'lgan ehtiyoj;

II-bosqich - vaziyatli-amaliy muloqot (6 oydan boshlab 2 yilu 6 oygacha) -kattalar bilan hamkorlikka va ularning ishtirokiga muhtojlik;

III-bosqich - vaziyatsiz-bilish muloqoti (2 yilu 6 oydan boshlab 4 yoshgacha) -kattalarning hurmat bilan munosabatda bo'lishlariga muhtojlik. U bolaning jismoniy olamdagi his qilinmaydigan o'zaro bog'liqliklarini aniqlashga yo'naltirilgan bilish faoliyati doirasida vujudga keladi. Ushbu davrda bola kattalar bilan o'ziga xos "nazariy" hamkorlikka intiladi, u predmetli olamning hodisa va voqealarini birgalikda muhokama qilishda ifodalanadi.

IV-bosqich - vaziyatsiz-shaxs muloqoti (4 yoshdan 7 yoshgacha) - kattalar bilan o'zaro bir-birini tushunishga va kattalarning g'amxo'rlik ko'rsatishiga ehtiyojmandlik. Bu ehtiyoj bolaning insoniy munosabatlar olamiga qiziqishi tufayli vujudga kelib, u bolaning munosabatlar qoidalari va me'yorlarini o'zlashtirish bilan bog'liqdir. Bola kattalar bilan qarashlar umumiyligiga erishishga intiladi va bu unga ulardan o'z xatti -harakatlarida qo'llanma sifatida foydalanish imkonini beradi.

Shunday qilib, nutqni rivojlantirish jarayoniga muloqot vositasi, ya'ni kommunikativ faoliyat sifatida qarash kerak. Uning vujudga kelishi va rivojlanishi bolaning muloqot va umumiy hayot faoliyati ehtiyojlariga bog'liqdir.

Nutqqa u bajaradigan tahlil vazifasidan kelib chiqib yondashish, nutqning eng avvalo bolaning atrofdagi odamlar bilan muloqot vositasi sifatida paydo bo'lishini tushunib yetishga olib keladi. O'z-o'zidan, agarda bolaning muloqoti nutqqa jon bag'ishlasa, uning rivojlanish sur'ati va muddati bolalarda muloqot faoliyati turli yosh

bosqichlarida qanday yo'lga qo'yilganligi bilan bog'liqdir, ushbu vazifalarning paydo bo'lishi va rivojlanishi bolaning ong va erkinlikning yuqori darajasiga qanchalik tez erishishi, bolaning unga turli sohalardagi bilimlarini rivojlantirish va takomillashtirish imkonini beradigan yozma nutqni qancha muddatda o'zlashtira olishiga bog'liqdir.

Matndan kelib chiqadigan ravon nutqni shakllantirish, uning vazifalarini o'zgartirish bola faoliyatining murakkablashayotgani oqibati bo'lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqoti mazmuni, sharti va shakllariga bog'liqdir. Nutq vazifasi fikrlashning rivojlanishi bilan parallel ravishda shakllanadi, ular bola til vositasida ifodalaydigan mazmun bilan uzluksiz ravishda bog'liq bo'ladi.

Bolalarda ravon nutqni rivojlantirish - maktabgacha ta'lim muassasasining asosiy vazifasi hisoblanadi, maktabgacha yoshining nihoyasiga kelib bola kattalarga xos bo'lgan og'zaki nutqning asosiy shakllarini egallashi, ya'ni ravon nutqning ikki shakli -dialogik va monologik nutqni egallab olishi shart.

Maktabgacha ta'lim muassasasining vazifasi - bolalarda ravon so'zlashuv nutqni (dialogik nutq) va monologik nutqni rivojlantirishdan iborat. So'zlashuv nutqini shakllantirish vazifasi ko'p qirrali. Maktabgacha bosqichdagi kichik yoshli bolalarda ularga qaratilgan nutqni tinglash va tushunish, bir-birini tinglash, savollarga javob berish va o'zi ham savollar berishi, suhbat mavzusi bo'yicha izchil javob berish qobiliyati shakllanadi.

REFERENCES

1. Хамроева Н. А. МЕТОДЫ РАЗВИТИЯ РЕЧИ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы науки. - 2021. - №. 3 (62). - С. 74-76.

2. Хамроева Н. А., Назарова Д. Ж. Особенности речевого развития детей старшего дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 37.

3. ХАМРОЕВА Н. А. преподаватель кафедры дошкольного образования, факультет дошкольного и начального обучения //Бухарский государственный университет, Узбекистан.

4. Supkhonovna H. N. Technology for the development of the qualities of pedagogical competence in future teachers //ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH. - 2021. - Т. 10. - №. 5. - С. 372-382.

5. To'raqulovich J. U., Supxonovna H. N. Ways to shape a healthy lifestyle in the family of preschool children //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 11.

6. Хакимова Н. С., Хабибова Г. Г. А. АВЛОНИ-ПРОСВЕТИТЕЛЬ, ПЕДАГОГ И РЕФОРМАТОР ШКОЛЫ //Вопросы науки и образования. - С. 34.

7. Хамроева Н. Н. Комплимент как одна из форм фатического общения KOMPLEMENT AS ONE OF FATIC COMMUNICATION FORMS //М1ЖНАРОДНИЙ НАУКОВИЙ ЖУРНАЛ «1НТЕРНАУКА. - 2020. - С. 107.

8. Nizomiddinovna K. N. Compliment as one of the forms of Phatic Communication //Middle European Scientific Bulletin. - 2021. - Т. 10. - №. 1.

9. Hamroyeva N. ИЛТИФОТНИНГ ПРАГМАЛИНГВИСТИК ХУСУСИЯТЛАРИ //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. - №. 2.

10. Hamroyeva N. ИЛТИФОТ-ФАТИК МУЛО^ОТНИНГ БИР КУРИНИШИ СИФАТИДА //ЦЕНТР НАУЧНЫХ ПУБЛИКАЦИЙ (buxdu. uz). - 2020. - Т. 2. -№. 2.

11. Toirova G., Hamroeva N. THE IMPORTANCE OF LINGUISTIC MODELS IN THE DEVELOPMENT OF LANGUAGE BASES //Sciences of Europe. - 2020. - №. 59-2 (59).

12. Хамроева Н. Н., Низомова Ш. Ш. Важные стороны уроков чтения в повышении культуры книгочтения //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 1 (46).

13. Рахмонова Г. Ш. ЗНАЧЕНИЕ ДУХОВНО-НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В ВОСПИТАНИИ УЧАЩИХСЯ И МЕТОДЫ ЕГО РАЗВИТИЯ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 3.

14. Ахмедова М. Ш., Шарипова М. Б. ВОСПИТАНИЕ РЕБЕНКА НА ОСНОВЕ НАРОДНЫХ ТРАДИЦИЙ //Молодежь в науке и культуре XXI в.: материалы междунар. науч. - 2016. - С. 118.

15. Шарипова М. Б., Истамова З. Особенности этического воспитания детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 39.

16. Шарипова М. Б., Саьдуллаева М. Б. К. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ В ДОШКОЛЬНОМ ОБРАЗОВАНИИ //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

17. Шарипова М. Б., Ашурова Ф. А. Межличностные отношения в дошкольном возрасте //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 35.

18. Ismatova N. B. et al. Innovative techniques and their importance in the learning process //The Second International Conference on Eurasian scientific development. -2014. - С. 101-104.

19. Эргашева Г. Development of teachears innovative activities //Ученый XXI века. - 2018. - №. 4-3.

20. Эргашева Г. The effectiveness of theuseof interactive learning on the lessons //Ученый XXI века. - 2018. - №. 4-3.

21. Эргашева Г. The effectiveness of theuseof interactive learning on the lessons //Ученый XXI века. - 2018. - №. 4-3.

22. Алимов А. Т., Очилова М. О., Эргашева Г. Б. Особенности применения метода" изучение случаев" в обучении //Молодой ученый. - 2016. - №. 10. - С. 1163-1165.

23. Эргашева Г. Б., Хожиева М. У. Одаренность детей дошкольного возраста //Вестник магистратуры. - 2020. - №. 1-5. - С. 31.

24. Ражабова И. Х., Эшова Д. Ш. Методы и средство внедрения инновационной педагогической технологии в систему ДО. Academy,№ 3 (54) 2020.

25. Eshova S. D., Rajabova K. I. Organization of didactic games for preschoolers.

26. Makhmudovna N. M. et al. Language is a Means of Cognition and Communication for Teaching in Education //International Journal of Psychosocial Rehabilitation. - 2020. - Т. 24. - №. 1. - С. 247-256.

27. Эшова Д. Ш. Методы развития творческих способностей у детей дошкольного возраста //Academy. - 2020. - №. 12 (63).

28. Эшова Д. Ш., Ражабова И. Х. Методы и средства внедрения инновационной педагогической технологии в систему дошкольного образования //Academy. -2019. - №. 11 (50).

29. Эшова Д. Ш. ПРОБЛЕМЫ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА //Проблемы педагогики. - 2020. - №. 6 (51).

30. Эшова Д. Ш. РАЗВИТИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ВОЗРАСТА В ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЯХ //Проблемы науки. - 2021. - С. 69.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.