Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING NUTQ MADANIYATI VA UNGA QOʻYILADIGAN PEDAGOGIK TALABLAR'

MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING NUTQ MADANIYATI VA UNGA QOʻYILADIGAN PEDAGOGIK TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6968
347
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
TARBIYACHI / NUTQ MADANIYATI / NUTQNING ANIQLIGI / TOʻGʻRILIGI / IFODALILIGI / SOFLIGI / BOYLIGI

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Turgʻunboyeva N.

Maqolada hozirgi kunda maktabgacha ta’lim tarbiyachilarning nutq madaniyati va tarbiyachilarda nutq madaniyatining shakllantirishning pedagogik talablari xususida fikrlar berilgan. Shuningdek tarbiyachilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda qanday xususiyatlarga ega boʻlishi lozimligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPEECH CULTURE OF PRESCHOOL EDUCATORS AND PEDAGOGICAL REQUIREMENTS

The article discusses the speech culture of preschool educators today and the pedagogical requirements for the formation of speech culture in educators. It also outlines what qualities educators need to have in developing a speech culture.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYACHILARINING NUTQ MADANIYATI VA UNGA QOʻYILADIGAN PEDAGOGIK TALABLAR»

UDK 37.02

Turg'unboyeva N. magistrant

Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti

MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYACHILARINING NUTQ MADANIYATI VA UNGA QO'YILADIGAN PEDAGOGIK TALABLAR

Annotatsiya: maqolada hozirgi kunda maktabgacha ta'lim tarbiyachilarning nutq madaniyati va tarbiyachilarda nutq madaniyatining shakllantirishning pedagogik talablari xususida fikrlar berilgan. Shuningdek tarbiyachilarning nutq madaniyatini rivojlantirishda qanday xususiyatlarga ega bo'lishi lozimligi yoritilgan.

Kalit so'zlari: tarbiyachi, nutq madaniyati, nutqning aniqligi, to'g'riligi, ifodaliligi, sofligi, boyligi.

Turg'unboyeva N. master student

Pedagogical Institute of Andijan State University

SPEECH CULTURE OF PRESCHOOL EDUCATORS AND PEDAGOGICAL REQUIREMENTS

Annotation: The article discusses the speech culture of preschool educators today and the pedagogical requirements for the formation of speech culture in educators. It also outlines what qualities educators need to have in developing a speech culture.

Keywords: educator, speech culture, accuracy, correctness, expressiveness, purity, richness of speech.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish borasida qarorlar qabul qildi. Unda ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, maktabgacha ta'lim sifatini oshirish, maktabgacha ta'lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta'lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo'llaniladigan zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, pedagogik kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirishni ta'minlash bo'yicha farmoyish qabul qilindi. XXI asrda jahon miqyosida ta'lim barqaror taraqqiyotni ta'minlovchi asosiy omil sifatida e'tirof etilib, 2030-yilgacha belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida "sifatli ta'lim olish va ijodiy qobiliyatni rag'batlantirish" dolzarb vazifa sifatida belgilandi. Bu esa, maktabgacha ta'lim yoshidanoq bolalarni badiiy-estetik rivojlantirish,

ijtimoiy-madaniy an'analar vositasida etnobadiiy ta'limni keng rivojlantirishni taqozo etmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda bugungi kunda tarbiyachilarga nisbatan mas'uliyat yanada kuchaydi. Mamlakatimizning kelajagi ko'p jihatdan tarbiyachi va uning saviyasiga, fidoiyligiga, yosh avlodga ta'lim berish va barkamol inson darajasida tarbiyalab voyaga yetkazishiga bog'liq.

Tarbiyachi yosh avlodni xalqimizning munosib farzandlari qilib tarbiyalashdek muhim, faxrli va shu bilan birga mas'uliyatli vazifalarni bajaradi. Bola shaxsining shakllanishida tarbiyachining yetakchi rol o'ynashi, uning har bir bolani shaxs sifatida shakllanishida javobgar ekanligini taqozo etadi. Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o'yinlarda, mashg'ulotlarda, birgalikdagi mehnat faoliyatida va ular bilan bo'ladigan muomalada ta'sir ko'rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan o'rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini namoyon qilishi, bolalarning xulq-atvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak hamda ularga o'z vaqtida yordam ko'rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Zamonaviy demokratik jamiyatda maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qo'yilayotgan talablar tarbiyachidan muntazam ravishda o'zining umummadaniy va kasbiy tayyorgarligini boyitib borishni talab qiladi. Tarbiyachi shaxsiga qo'yiladigan muhim talablardan biri shuki, tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo'lishi lozim.

Nutq madaniyati - bu tarbiyachida bo'lishi shart va majburiy sifatlardan hisoblanadi. Bu tarbiyachidagi nutqiy ko'nikma va nutqiy malakalarni hosil qiladi. Bu ko'nikma tarbiyachi faoliyatida takomillashib boradi, maxsus mehnat va mashqlar evaziga malaka oshiriladi hamda erishilgan muvaffaqiyatlar tufayli qobiliyat va mahorat shakllanadi. Nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma'rifiy taraqqiyotining, millat ma'naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma'nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulodda muhi m unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma'naviy-ma'rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo'nalishi deb e'tirof etilgan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari, pedagoglarning nutqiy madaniyat mahorati, farzandlarimizning madaniy nutq ko'nikmalari va malakalarini oshirish, ta'lim jarayonining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini etarli darajada nazarda tutish har qachongidan ham dolzarb.

Tarbiyachi nutq madaniyati - ijtimoiy madaniyatini, kishilik jamiyatining madaniyatini aks ettiruvchi bir ko'zgudir. Nutq madaniyati adabiy tilning har ikki shakli - yozma va og'zaki shakli uchun zarurdir. Nutq madaniyatiga e'tibor birgina tarbiyachilardan emas, balki har bir fuqarodan ongli ravishda o'zlashtirish talab qilinadigan insoniy vazifalaridan biridir. Uni egallash har bir tarbiyachining va shaxsning madaniy saviyasi va bilimiga bog'liq. Tarbiyachi pedagogik mahoratida nutq madaniyati, uning nafaqat ma'naviy va axloqiy jihatdan boyligini, balki bilimini tafakkurini ilmiy dunyo qarashini boyligini fikr

va mushohada yuritishini belgiovchi meyordir. Tarbiyachi nutq madaniyatiga ega bo'lishi uchun uning nutqi quyidagi xususiyatlarni o'zida aks ettirishi kerak:

-- Nutqning to'g'riligi - nutqning eng muhim aloqaviy fazilatidir. Nutq to'g'ri bo'lmasa boshqa kommunikativ sifatlari ham vayron bo'ladi. Nutqning tuzilishi to'g'ri bo'lmasa, uning mantiqiyligi, aniqligi, maqsadga muvofiqligiga ham putur etadi.

Agar tarbiyachining nutqi to'g'ri bo'lsa, jumlalarni, so'zlarni va har bir tovushni to'g'ri talaffuz etsa, bolalar ona tilining tovush tomonini muvaffaqiyatli ozlashtira oladilar.

-- Nutqning aniqligi - bu so'zning o'zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq kelishidir. Aniqlik nutqning fazilati sifatida yorqin ifodalash qobiliyati bilan, nutq predmetining ma'nosi bilan, nutqda ishlatilayotgan so'z ma'nolarini bilish bilan bog'liq bo'ladi. Tarbiyachi nutqining aniq, oddiy bolishi, fikrlar izchillik bilan bir-biriga bog'lanib, tushunarli ifodalanishi lozim. Bolalar tarbiyachidan, kattalardan tovush va so'zlarni to'g'i talaffuz etishni o'rganibgina qolmasdan, balki tinglagan ertak va hikoyalarining mazmunini aniq, qiziqarli tarzda qayta hikoya qila olishga, tevarak-atrofni kuzatish natijasida olgan taassurotlarini so'zlab berishga, oz fikrlarini ketma -ketlik bilan bayon etishga, xulosalar qilishni ham o'rganadilar.

-- Nutqning ifodalilgi - yaxlit bir sistema asosida tuzilgan, fikrlar rivoji izchil bo'lgan, har bir so'z, ibora aniq maqsadga muvofiq ravishda ishlatiladigan nutqni tushunamiz. Nutqda fikrlar, his-tuyg'ularni aniq ifoda etish lozim. Bunga faqat so'zlar yordamidagina emas, balki nutqning ifodaviy vositalaridan: ovoz kuchi, temp, to'xtam, ritm, urg'u va hokazolardan ifoyda lanish orqali erishiladi.

Tarbiyachining she'r, ertak va hikoyalar o'qib berayotganda ushbu vositalardan o'rinli foydalanishi bolalar asar mazmunini yaxshi tushunib olishlari va ona tilining go'zalligini his etishlariga yordam beradi.

-- Nutqning sofligi - eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy normasiga muvofiq kelish kelmasligi tushuniladi. Darhaqiqat, yaxshi, ideal nutq hozirgi o'zbek adabiy tili talablariga mos holda tuzilgan bo'lishi, turli til, ayri adabiy til unsurlaridan xoli bo'lishi kerak. Tarbiyachi adabiy til normalariga amal qilishi, o'z nutqida turli mahalliy so'zlarni ishlatmasligi, soz urg'ulariga to'g'ri ishlatishi lozim.

-- Nutqning boyligi - tilning lug'aviy boyligidan foydalangan holda yangi so'zlar, jumlalar tuzish malakasiga ega bo'lishiligi lozim. Tarbiyachi so'zlardan to'g'ri foydalanishi lozim. Haddan tashqari me'yoridan ortiqcha gapirish bolalarni charchatadi. Agar me'yoridan past kuchsiz bo'lsa, bolalar mashg'ulotda zerikadilar. Shuning uchun tarbiyachi har so'z va jumlalarini tushunarli tuzishga erishish lozim. Nutqda bildiriladigan mazmunni bolalarga tushunarli, qiziqarli. bog'langan holda yetkaza olish tarbiyachi nutqining zaruriy xususiyatlaridan hisoblanadi.

Tarbiyachi nutq madaniyati birdaniga shakllanib maromiga yetadigan jarayon emas, u pedagogik mahorat bilan kasb faoliyati natijasida yillar

davomida takomillashib sayqalanib boraverdi. Tarbiyachining nutqiy qobiliyati kasbiy, pedagogik talablar asosida shakllanib boradi. Uni rivojlantirish faqat tarbiyachining shijoatiga bog'liq. Shu qobiliyat tufayli tarbiyachining nutq madaniyati ham shakllanib boradi.

Nutq madaniyatiniining qonun qoidalarini yaxshi tushinish aniq ravshan ifodali nutq tuza olish tilning ifodali vositalaridan mazmuniga uslubga ko'ra nutqiy vaziyatga qarab o'rinli foydalana olish mahoratdir. Tarbiyachi modelining nutqiy madaniyatini shakllantirishda uning mustaqil fikrlashi fikr mahsulini nutq sharoitiga mos ravishda og'izaki va yozma shakllarda to'g'ri varavon ifodalashi bu tarbiyachining nutqiy savodxonligini yanada shakllantirishiga yordam beradi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, jamiyatda tarbiyachi nutq madaniyatini shakllantirishda yuqorida keltirilgan vazifalarni to'g'ri olib borilsa hamda amal qilinsa tarbiyachi jamiyatda o'z o'rnini va mavqeini topadi. Tarbiyachi nutqi qanchalik tushunarli va ravon bo'lsa tarbiyalanuvchilar olayotga ta'lim-tarbiya sifati shuncha yaxshilanadi. Tarbiyachi nutqining jarangdorligi va o'z nutqida adabiy jihatlarga e'tibor qaratishi ta'lim olayotgan har bir tarbiyalanuvchining so'z boyligining rivojlanashiga turtki bo'ladi. Shu bois, har bir pedagog o'z nutqiga e'tibor berishi va o'z nutqi ustida yanada ko'proq ishlamog'i lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Sodiqova Sh. A. Maktabgacha pedagogika. -T.: 2017

2. Qodirova Sh, Toshpo'latova Sh, A'zamova M. Maktabgacha pedagogika. -T., 2019.

3. Ortiqov A. Nutq madaniyati va notiqlik san'ati. - T.: 2002

4. Babayeva D. Nutq o'stirish nazariyasi va metodikasi. - T.: 2018

5. Холматова Д. А., Рахматова О. К. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ РАЗРАБОТКИ УЧЕБНЫХ ПОСОБИЙ //Вопросы науки и образования. -С. 30.

6. Атаджанова Б. Т. Научный текст как источник обогащения профессиональной речи //Вестник педагогики: наука и практика. - 2020. -№. 51. - С. 70-71.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.