Научная статья на тему 'Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish'

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
218
57
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
ma’naviyat / ma’naviy tarbiya / faoliyat / jamiyat / milliy qadriyat / milliylik / an’ana / mafkura / milliy meros

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Nafisa Azamatovna Boltayeva, Sadoqat To‘Lqin Qizi Abdurahmonova

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida ma’naviy-ma’rifiy ishlar va tadbirlarni tashkil etishning o‘ziga xosligi va tashkil etishning asosiy maqsadi hamda yuksak ma’naviyatli barkamol shaxsni tarbiyalashdagi beqiyos o‘rini ilmiynazariy jihatdan tahlil qilib berilgan. Shuningdek MTTlarda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan “Zumradoylar davrasi” to‘garagi haqida umumiy ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish»

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy

ishlarni tashkil etish

Nafisa Azamatovna Boltayeva Vobkent pedagogika kolleji Sadoqat To'lqin qizi Abdurahmonova Vobkent tuman 11-DMTT

Annotatsiya: Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotida ma'naviy-ma'rifiy ishlar va tadbirlarni tashkil etishning o'ziga xosligi va tashkil etishning asosiy maqsadi hamda yuksak ma'naviyatli barkamol shaxsni tarbiyalashdagi beqiyos o'rini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilib berilgan. Shuningdek MTTlarda faoliyati yo'lga qo'yilgan "Zumradoylar davrasi" to'garagi haqida umumiy ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ma'naviyat, ma'naviy tarbiya, faoliyat, jamiyat, milliy qadriyat, milliylik, an'ana, mafkura, milliy meros

Organization of spiritual and educational work in preschool

educational organizations

Nafisa Azamatovna Boltayeva Vobkent Pedagogical College Sadokat Tolkin girl Abdurahmanova Vobkent district 11-SPO

Abstract: In the article, the originality and main purpose of organization of spiritual-educational activities and events in preschool educational organization and its incomparable role in raising a highly moral and well-rounded person are analyzed from a scientific and theoretical point of view. Also, general information about the "Zumradoy circle" circle, which has been established in MTTs, is given.

Keywords: Spirituality, spiritual education, activity, society, national value, nationality, tradition, ideology, national heritage.

Bilamizki, har bir millatning o'ziga xos xususiyatlarini ifodalovchi, o'sha millat bosib o'tgan ijtimoiy taraqqiyot yo'lida shakllanib kelgan milliy madaniy boy meros xazinasi, milliy qadriyatlar - milliy ma'naviy, madaniyati mavjud. O'z ma'naviyatini chuqur anglash esa millatning kelajakka bo'lgan ishonchini mustahkamlaydi albatta. Bu kabi milliy o'ziga xosliklar inson hayotining barcha jabhalarida, millat

madaniyatida, tilida, dinida, yashash, ishlashda hamda urf-odatlarida, rasm-rusumlarida, bayramlarida, sayillarida o'z ifodasini topadi.

Mamlakatimizda milliy ma'naviy, madaniyati yanada yaxshilash, ming yillar mobaynida saqlanib kelayotgan an'ana va qadryatlarni targ'ib-tashviq etish, kelgusi avloda butunligicha etkazib berish borasida ko'plab tadbirlar tashkil etilmoqda. Respublikamiz Prezidentining "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2019 yil 3 maydagi PQ-4307-son qarorida "Jaholatga qarshi ma'rifat" g'oyasi asosida jamiyatda uzluksiz ma'naviy-ma'rifiy tarbiya va targ'ibot-tashviqot ishlarini smarali tashkil etish belgilandi.

Ma'naviy-ma'rifiy tarbiya ishlari bu- jamiyatni ma'naviy va ma'rifiy jihatdan tarbiyalash, ma'naviy saviyasini yuksaltirish, ijodiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirish, ularning bo'sh vaqtini mazmunli, maqsadli tashkil etishga xizmat qiluvchi tadbirlar tizimidir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ma'naviy ma'ririfiy ishlarni tashkil etishning asosiy maqsadi - kelajagimiz poydevori bo'lmish yosh avlodni ongi va qalbiga milliy g'oyani singdirish, har tomonlama etuk, barkamol avlodni voyaga yetkazish, insonparvarlik, poklik, ezgulik bag'rikenglik, iymonlilik hamda kuchli e'tiqodli etib tarbiyalashga, ma'naviy dunyoqarashi shakllantirishga qaratilgan. Shu boisda barcha ta'lim muassasalarida jumladan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning o'tkazishi, yuksak ma'naviyatli barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos o'rin tutadi.

Ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bolaga ta'limiy faoliyatlarda olgan bilimlarini mustahkamlash imkonini beradi. Bola milliy ruhda, qadriyatlarimizni his etgan holda ulg'a boshlaydi va shu bilan bir qatorda bolalarni ehtiyojlari va qiziqishlari jadal suratda o'sib, takomillashib boradi. Bola borliqni anglay boshlaydi, tengdoshlari bilan ijobiy aloqaga kirisha boshlaydi, jamoaviy ishlashga o'rganadi, atrofni kuzatadi, tahlil qila boshlaydi, unda savollar tug'ila boshlaydi. Bola shu tariqa ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy, g'oyaviy, mafkuraviy ruhda shakllanib boradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga ma'naviy tarbiya berishda tadbirlarning o'rni muhim sanaladi.

Bolalarni har tomonlama rivojlantirish, sifatli o'qitish va maktab ta'limiga tayyorlash maqsadida "Ilk qadam" va "Ilm yo'li" davlat o'quv dasturlari yaratildi. Bu dasturlarning to'laqonli amaliyotga joriy etish maqsadida didaktik materiallar, o'quv-metodik qo'llanmalar, o'yinchoqlar va har xil turdagi sport inventarlari ta'lim tashkilotlariga etkazib berildi. Maqsad - ta'lim-tarbiya jarayonida o'rili foydalanish orqali ta'lim-tarbiya sifatini yanada oshirish, optimallashtirishdan iboratdir.

Ta'limiy, tarbiyaviy faoliyatda zamonaviy pedagogik texnologiyalarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida barcha imkoniyatlar yaratilmoqda.

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 4.182 541 LMJ^^^H

Bugungi kunda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya sifatini oshirish maqsadida "Mahorat maktabi" faoliyati yo'lga qo'yilgan. "Mahorat maktabi" ning yo'lga qo'yilishi ta'lim-tarbiya sifatini oshirishga turtki bo'lmoqda. Bu maktabning faoliyati o'quv-metodik faoliyatini muvofiqlashtirish, metodik tavsiyalar ishlab chiqish, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini faoliyatda o'rinli qo'llash, ilg'or tajribalarni topish va ular faoliyatini ommalashtirish orqali maktabgacha ta'limda ta'lim-tarbiya sifatini yanada yaxshilash, takomillashtirish bo'yicha maqsadli, samarali ishlarni amalga oshirishdan iboratdir.

2023-yil davomida "Mahorat maktabi" ish rejasi asosida:

> "Eng yaxshi didaktik materiallar"

> "Eng yaxshi milliy o'yinchoqlar"

> "Eng yaxshi ertak qahramonlari"

> "Eng yaxshi tarixiy obida"

ko'rik-tanlovlar o'tkazildi. Bundan tashqari maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Ochiq eshiklar kuni" belgilangan tartib asosida tashkil etildi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ta'lim-tarbiyada milliylikni singdirish maqsadida "Zumradoylar davrasida" nomli ko'rik-tanlovlar tashkil etilib kelinmoqda.

MTTlarda faoliyati yo'lga qo'yilgan "Zumradoylar davrasi" to'garagi qiz bolalarda mehnatsevarlik, to'gari so'zlik, rostgo'ylik, kamtarlik, do'stlariga, yaqinlariga, qarindoshlariga nisbatan mehr-muhabbatli bo'lishga, sog'lom turmush tarzini tarbiyalashga qaratilgan. Shu bilan birga to'garakda bolalar ota-onasini ko'maklashish, ilm olishga qiziqish, bo'sh vaqtini bekor o'tkazmaslik, tozalikka rioya qilish, kattalar oldida odob saqlash, pazandalikdan ilk saboqlar olish kabi qator axloq odob qoidalarini o'rganishadi.

Xulosa qilib aytganda, bu kabi to'garaklar, tanlovlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar bolalarni ma'naviy tarbiyalash uchun xizmat qiladi va ma'naviy-axloqiy tarbiyada samarali foydalanishning muhim sharti sifatida qaraladi. Shuni alohida ta'kidlash joizki, ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligi faoliyatning mazmunan milliy, ma'naviy, axloqiy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz, boy merosimiz bilan uyg'un holda shuningdek zamonaviy shakllar va interaktiv uslublar asosida tashkil etilishiga ham bog'liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyuldagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko'tarish to'g'risida" PQ-3160-sonli qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi "Ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora tadbirlar to'g'risida"gi PQ -4307-son qarori.

3. "Manaviyat asosiy tushunchalar izohli lug'ati". T.:2009. G'.G'ulom nashryoti.

4. A.Aliev "Ma'naviyat, qadriyat va badiiyat" T.: Akademiya-2007.

5. R.Ergashova "Kasb-hunar ta'limi muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlarni tashkil etish va boshqarish" T.:2008.

6. Nosirov O'.Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va boshqarish. Uslubiy qo'llanma, toshkent-2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.