Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING IJTIMOIY XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING IJTIMOIY XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
7
3
Читать
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Maktabgacha yosh / bola / muloqot / ijtimoiy-psixologik rivojlanish / xususiyatlar / milliy qadriyatlar / metod. / Preschool age / child / communication / socio-psychological development / characteristics / national values / method.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Djumayeva Sanobar Absaatovna, Kodirova Nilufar Maxsudovna

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalar ijtimoiy xususiyatlarining shakllanishida milliy qadriyatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, bolalarda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishshart-sharoitlari va didaktik yondashuvning ahamiyati xususida mulohazalar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
Предварительный просмотрDOI: 10.5281/zenodo.11365972
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF NATIONAL VALUES IN FORMING THE SOCIAL CHARACTERISTICS OF PRESCHOOL CHILDREN

This article discusses the socio-psychological characteristics of national values, the conditions for the development of communication skills in children, and the importance of the didactic approach in the formation of the social characteristics of preschool children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING IJTIMOIY XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI»

ARTICLE

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

THE SIGNIFICANCE OF NATIONAL VALUES IN FORMING THE SOCIAL CHARACTERISTICS OF PRESCHOOL

CHILDREN Djumaeva Sanobar Absaatovna

TSPU named after Nizami, Docent of the Department of General

Pedagogy, Ph.D Kodirova Nilufar Maksudovna Master of Bukhara University of Innovation https://doi.org/10.5281/zenodo.11365972

ABSTRACT

Received: 21th May 2024 Accepted: 27th May 2024 Online: 28th May 2024 KEYWORDS

This article discusses the socio-psychological characteristics of national values, the conditions for the development of communication skills in children, and the importance of the didactic approach in the formation of the social characteristics of preschool children.

Preschool age, child, communication, socio-psychological development,

characteristics, national values, method.

MAKTABGACHA YOSHIDAGI BOLALARNING IJTIMOIY XUSUSIYATLARINI SHAKLLANTIRISHDA MILLIY QADRIYATLARNING AHAMIYATI

Djumayeva Sanobar Absaatovna

Nizomiy nomidagi TDPU, Umumiy pedagogika kafedrasi dotsenti, PhD Kodirova Nilufar Maxsudovna BuxIU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11365972

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 21th May 2024 Accepted: 27th May 2024 Online: 28th May 2024

KEYWORDS Maktabgacha yosh, bola, muloqot, ijtimoiy-

psixologik rivojlanish, xususiyatlar, milliy

qadriyatlar, metod.

Ushbu maqolada maktabgacha yosh davridagi bolalar ijtimoiy xususiyatlarining shakllanishida milliy qadriyatlarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, bolalarda muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish shart-sharoitlari va didaktik yondashuvning ahamiyati xususida mulohazalar yuritilgan.

KIRISH

Jahonda amalga oshirilayotgan ilmiy tadqiqotlarda maktabgacha yosh davridan bolalarning intellektual, kommunikativ, hissiy jihatdan rivojlantirish masalalarida muloqot usullarini tanlash, xulq-atvori shakllanishida shaxslararo munosabatlar ta'sirini aniqlash, uning tengdoshlari guruhida referent o'rnini qaror toptirish va barqarorlashtirishga oid ilmiy izlanishlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada, inson shaxsiga bolalik davridan oliy

é

UIF = 8.1 | SJIF = 7.899

www.in-academy.uz

qadriyat sifatida yondashish, uning muloqotini ijtimoiy-hissiy jihatdan shakllantirish orqali uning uchun bevosita ahamiyatli bo'lgan kattalar va tengdoshlari bilan ijobiy muloqot ko'nikmalarini o'rnatishda zarur bo'lgan ijtimoiy muhitning rivojlantiruvchi va ingibitsion (tormozlovchi) ta'sirini aniqlash asosida ota-onalar, maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyachilari, psixolog-mutaxassislar faoliyatiga zarur bo'ladigan psixologik yo'riqnomalarni yaratish masalalariga e'tibor qaratish zarurati kuzatilmoqda.

ADABIYOTLAR SHARHI

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi olimlaridan K.A.Abulxanova- Slavskaya, B.G.Ananev, A.G.Asmolov, A.A.Bodalev, L.I.Bojovich, L.S.Vbigotskiy, M.V.Gamezo, M.I.Lisina, V.S.Gerasimova, V.V.Davidov, T.A.Dumitrashku, A.D.Kosheleva, V.S.Muxina, L.M. Orlova, G.B.Tagieva, R.J.Muxamedraximov, A.V.Petrovskiy, A.I.Setinina, D.B.Elkonin va boshqalarning tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi psixik taraqqiyot davri bolada o'zligini anglash, ehtiyoj va motivlarni yuzaga kelishi va «Men» konsepsiyasi shakllanishining muhim bosqichi sifatida tadqiq etilgan [2].

Respublikamiz olimlaridan maktabgacha yosh davrida ijtimoiy xususiyatlarining shakllanishi muammosi bilan Sh.D.Bekova, M.G.Davletshin, Sh.Dusmuxamedova,

A.M.Jabborov, V.M.Karimova, L.Nazirova, Z.A.Rasulova, M.Sh.Rasulova, R.I.Sunnatova,

B.M.Umarov, O'.B.Shamsiev, G'.B.Shoumarov, E.G'.G'oziev va boshqalar tadqiqotlarida shaxs shakllanishida qadriyatlarning o'rni, ijtimoiy muhit, oila va oilaviy munosabatlar, shaxsning ijtimoiylashuvi masalalari, shaxs xulq-atvori shakllanishida ijtimoiy-psixologik omillar, shaxslararo munosabatlar ta'siri va kommunikativ qobiliyatlarning roli tadqiq etilgan [3].

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Bizga ma'lumki, har qanday tarbiya ta'lim bilan chambarchas bog'liq holdagina mavjud bo'ladi. Chunki, ta'lim va ma'lumot olish jarayonida shaxsning faqat bilimi ko'payibgina qolmay, balki ma'naviy-axloqiy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi. Ana shu sababdan ham ota- bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo'lmish ilm-u ma'rifat, ta'lim va tarbiyani inson kamoloti hamda millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilganlar. Maktabgacha ta'lim-tarbiya masalasi davlat va jamiyat nazoratida bo'lishi asosiy qonunimizda belgilab qo'yilgan. Shu bilan birga, bu keng jamoatchilik, butun xalqimizning ishtiroki va qo'llab-quvvatlashini talab qiladigan umummilliy masaladir. Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot-yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir» degan chuqur ma'noli so'zlarini eslayman. Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so'zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik, balki undan ham ko'ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi".

Milliy qadriyatlarimizning tarbiyaviy ta'sirini oshirish orqali maktabgacha yoshdagi bolalarda ushbu tushunchalarni takomillashtirishning nazariy asoslarini yaratish yo'lida ilmiy izlanishlar, tadqiqotlar olib borish bugungi kun talabidir. Chunki bugungi bog'cha bolasi ertangi kunimizning egasidir. Inson ma'naviyatida eng qadrlanadigan tuyg'ulardan biri-bu milliy g'urur, vatanparvarlik va milliy qadriyat tushunchalaridir. Milliy g'urur, milliy qadriyat, vatanga e'tiqod to'g'risida so'z yuritishdan oldin "vatan", "milliy qadriyat" va "ye'tiqod" tushunchalarining mazmuni-mohiyati haqida to'laroq tasavvurga ega bo'lmoq darkor.

é

Ws,

Mamlakatimizda bugungi globallashuv jarayonida bolalarni milliy qadriyatlar asosida intellekti yuqori va vatanparvar qilib tarbiyalashga katta ahamiyat qaratilmoqda. Abdurauf Fitrat o'zining "Oila" nomli asarida bolalarni "diqqatlari va zehnlari chuqur va jiddiy bo'lishiga o'rgating.... Ko'rganlari ustidan tez xulosa chiqarmasinlar", - deya ta'kidlab, farzand tarbiyasiga e'tibor berish lozimligini uqtiradi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlatimizning qomusiy hujjati bo'lib, bu hujjat tahlil qilinganida unda bolalar tarbiyasi, axloq-odobi, ijtimoiy himoyalangani, konstitutsiyaviy haq-huquqlariga oid yetmishga yaqin atama va so'z birlikmalari mavjud ekani ma'lum bo'ldi. Jumladan, bunyodkorlik g'oyalariga sodiqlik, yuksak mas'uliyat, ijtimoiy adolatparvarlik, insonparvarlik, demokratik- huquqiy davlat, fuqarolarning tinchligi, ijod erkinligi va har bir shaxsning madaniy yutuqlardan foydalanish erkinligi, yosh avlodni tarbiyalash va bepul ta'lim olishi kabi fikrlar keltirilgan bo'lib, ular Bosh Qomusimizda huquqiy jihatdan kafolatlangan.

Odob-axloq milliy qadriyatlarimizning tarkibiy qismidir. "Davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi" [1]. Darhaqiqat, yosh avlodni qonuniylik prinsiplari asosida o'z xalqiga, uning qadriyatlariga, an'analariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmat ruhida tarbiyalash orqali o'z xalqini millatlarning butun jahon hamjamiyatida tenglardan biri sifatida idrok qiluvchi haqiqiy insonni, o'z Vatanining jonkuyarini tarbiyalash dolzarbdir. Bilamizki, bolalar ijtimoiy guruh sifatida, o'zi ko'zlagan maqsadi yo'lida mamlakatdagi ijtimoiy tizim rivojiga bevosita faol ta'sir ko'rsatadi. Bolalarning ijtimoiy rivojlanishini ularning ma'naviy saviyasi darajasi orqali aniqlasa bo'ladi. Bolalarning ma'naviy qarashlari milliy, diniy, o'z-o'zini anglash holatlari, talablari, hayotdagi faoliyati orqali o'z aksini ifoda etadi.

Maktabgacha ta'lim yosh davrida bolalarga beriladigan ma'naviy- axloqiy tarbiya bevosita M.Koshg'ariy, U.Kaykovus, A.N.Forobiy, Al- Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy kabi Sharq mutafakkirlarimizning nodir asarlarida keltirilgan ma'naviy manbalar, xalq tilidan yozib olingan alla, ertak, maqol, topishmoqlarga, ya'ni xalq og'zaki ijodi namunalari orqali singdiriladi.

Mashhur allomalarimizdan Forobiy "Yertaklar orqali bolalar ilk bor vatan, do'stlik, saxiylik, adolat, mehnatsevarlik haqida tushunchaga ega bo'ladilar va vatanining chinakam fidoiysiga aylanadilar", degan fikrni ilgari suradi: "Bolalikdan vatan, xalq, do'stlik, mehnatsevarlik tuyg'usi qon-qoniga ilk bor ertaklar orqali singgan bolalar, keyinchalik voyaga yetgach, haqiqat dan ham, ona yurtining chinakam fidoyi fuqarosi, do'stlik, birodarlikning qadriga yetuvchi, mehnat mo'jizalarini yaratuvchi, xulq- atvorda yuksaklikka ko'tarilgan, qudratli va bag'ri keng xalqqa aylanadi..." [4].

XULOSA VA MUNOZARA

Har bir farzand yaxshiliklarni qabul qiluvchi, oppoq qog'oz kabi sof qalb bilan dunyoga keladi. Ana shu soflikni saqlash, uni shakllantirish va turli xil g'ayriinsoniy xulqlardan hamda dinimizga, e'tiqodimizga yot bo'lgan turli g'oyalardan asrash ota-onaning eng muhim vazifasidir.

Vatan manfaati, qadr-qimmatini, taqdirini, istiqbolini qancha ko'p anglatilsa, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy qadriyat tuyg'usi shuncha baland bo'ladi. Har bir shaxsdagi milliy qadriyat tuyg'usi jamiyat taraqqiyoti bilan uzviy bog'liq. Haqiqiy milliy

é

Ws,

References:

1. Bola huquqlari to'g'risidagi konventsiya. https://www.un.org/ru/global-issues/children

2. Karimova V.M. Oila psixologiyasi.Darslik. T-2017

3. Maxsudova M.Muloqot psixologiyasi. O'quv qo'llanma. T-2012

4. Norbosheva M. Maktabgacha yoshdagi bolaning muloqot sub'ekti sifatida ijtimoiy-psixologik rivojlanish xususiyatlari. Avtoreferat.T-2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.