INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© Sh.X. Kadirova1_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: bolalarda, ayniqsa, maktabgacha yoshda milliy g'urur tuyg'usini shakllantirishda tarbiyachining pedagogik madaniyati hal qiluvchi o'rin tutadi. U tarbiyachilarning bolalar bilan o'zaro munosabatlarida namoyon bo'ladigan qadriyatlar, munosabat va xulq-atvorni o'z ichiga oladi, bu esa bolalarning o'ziga xosligi va milliy merosi bilan faxrlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi.
MAQSAD: ushbu maqola maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g'urur tuyg'usini tarbiyalashda pedagogik madaniyatning rolini o'rganishga qaratilgan bo'lib, ushbu maqsadga samarali erishish uchun pedagoglar qo'llashi mumkin bo'lgan usul va yondashuvlarga e'tibor qaratadi.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy g'ururni tarbiyalash bo'yicha muvaffaqiyatli amaliyotlarni ko'rsatuvchi tegishli adabiyotlar va amaliy tadqiqotlarga asoslangan. Shuningdek, u mavzu bo'yicha tushuncha va istiqbollarni to'plash uchun o'qituvchilar va erta bolalar ta'limi bo'yicha mutaxassislar bilan suhbatlarni o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatadiki, bolalarda milliy g'urur tuyg'usini tarbiyalashda madaniy xilma-xillikka hurmat, milliy an'ana va qadriyatlarni targ'ib qilish, madaniy elementlarni o'quv dasturiga integratsiyalash bilan ajralib turadigan kuchli pedagogik madaniyat zarur. O'qituvchilar bu jarayonda o'zlarining ta'lim amaliyotlari, muloqot uslublari va bolalarda ijobiy madaniy o'ziga xoslikni shakllantirishga umumiy yondashuvlari orqali muhim rol o'ynaydi.
XULOSA: xulosa qilib aytganda, maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy iftixor tuyg'usini shakllantirishda pedagogning pedagogik madaniyati muhim ahamiyat kasb etadi. Turli xillikni ulug'laydigan va milliy merosni targ'ib qiluvchi qo'llab-quvvatlovchi va inklyuziv ta'lim muhitini rivojlantirish orqali o'qituvchilar bolalarning o'ziga xosligini rivojlantirishga va ularning madaniy merosidan g'ururlanishga samarali hissa qo'shishlari mumkin.
Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, milliy g'urur, maktabgacha katta yosh, ma'naviy-ahloqiy tarbiya, ertak, xalq pedagogikasi, tarbiyachining pedagogik madaniyati.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (2)
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Iqtibos uchun: Kadirova Sh.X. Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy g'urur hissini shakllantirishda tarbiyachining pedagogik madaniyati. // Inter education & global study. 2024. №4(2). B.127-136.
ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ КУЛЬТУРА ВОСПИТАТЕЛЯ В ФОРМИРОВАНИИ
НAЦИОНАЛЬНОЙ ГОРДОСТИ У ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА_
© Ш.Х. Кадирова1^
1Термизский государственный педагогический институт, Термиз, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: педагогическая культура воспитателя играет решающую роль в формировании чувства национальной гордости у детей, особенно в дошкольном возрасте. Он включает в себя ценности, отношения и поведение, которые педагоги демонстрируют во взаимодействии с детьми, которые оказывают существенное влияние на гордость детей за свою идентичность и национальное наследие.
ЦЕЛЬ: данная статья направлена на изучение роли педагогической культуры в воспитании чувства национальной гордости у детей дошкольного возраста, уделяя особое внимание методам и подходам, которые могут использовать педагоги для эффективного достижения этой цели.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: исследование основано на соответствующей литературе и тематических исследованиях, демонстрирующих успешную практику воспитания национальной гордости у детей дошкольного возраста. Он также включает интервью с педагогами и специалистами в области дошкольного образования для сбора информации и точек зрения по этой теме.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что сильная педагогическая культура, характеризующаяся уважением к культурному разнообразию, продвижением национальных традиций и ценностей, а также интеграцией культурных элементов в учебную программу, необходима для воспитания у детей чувства национальной гордости. Учителя играют важную роль в этом процессе благодаря своей педагогической практике, стилям общения и общему подходу к формированию позитивной культурной идентичности у детей.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: подводя итог, можно сказать, что педагогическая культура педагога играет важную роль в формировании чувства национальной гордости у детей дошкольного возраста. Создавая благоприятную и инклюзивную среду обучения, которая прославляет разнообразие и продвигает национальное наследие, преподаватели могут эффективно способствовать развитию идентичности детей и гордости за свое культурное наследие.
Ключевые слова: дошкольное образование, национальная гордость, дошкольный возраст, духовно-нравственное воспитание, сказка, народная педагогика, педагогическая культура воспитателя.
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Для цитирования: Кадирова Ш.Х. Педагогическая культура воспитателя в формировании национальной гордости у детей дошкольного возраста, // Inter education & global study. 2024. №4(2). С. 127-136.
PEDAGOGICAL CULTURE OF THE EDUCATOR IN THE FORMATION OF A SENSE OF NATIONAL PRIDE IN CHILDREN OF PRESCHOOL AGE_
© Shakxnoza X. Kadirova1®
1Termiz State Pedagogical Institute,Termiz, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the pedagogical culture of the educator plays a decisive role in the formation of a sense of national pride in children, especially in preschool age. It includes the values, attitudes, and behaviors that educators display in their interactions with children, which have a significant impact on children's pride in their identity and national heritage.
AIM: this article aims to study the role of pedagogical culture in fostering a sense of national pride in preschool children, focusing on the methods and approaches that pedagogues can use to effectively achieve this goal.
MATERIALS AND METHODS: the study is based on relevant literature and case studies that demonstrate successful practices for fostering national pride in preschool children. It also includes interviews with educators and early childhood education professionals to gather insights and perspectives on the topic.
DISCUSSION AND RESULTS: the results show that a strong pedagogical culture characterized by respect for cultural diversity, the promotion of national traditions and values, and the integration of cultural elements into the curriculum is necessary for raising a sense of national pride in children. Teachers play an important role in this process through their teaching practices, communication styles, and overall approach to building a positive cultural identity in children.
CONCLUSION: to sum up, the pedagogical culture of the pedagogue plays an important role in the formation of the sense of national pride in preschool children. By fostering a supportive and inclusive learning environment that celebrates diversity and promotes national heritage, educators can effectively contribute to children's identity development and pride in their cultural heritage.
Key words: preschool education, national pride, preschool age, spiritual and moral education, fairy tale, folk pedagogy, educator's pedagogical culture
For citation: Shakhnoza Kh. Kadirova. (2024) 'Pedagogical culture of the teacher in the formation of national pride in preschool children', Inter education & global study, (4(2)), pp. 127-136. (In Uzbek).
Ma'lumki, tarbiyachilar bolalarga insonni o'rab olgan olamning murakkabligini, ajoyibotlarini, sirliligini anglashlariga, tabiat inson turmush tarzi qulayliklarining garovi
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 4 (2)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ekanligini tushunib yetishlariga shu sababdan tabiatni muhofaza kilishni idrok qilishlariga yordamlashadilar. Shuni unutmaslik lozimki, tabiatdagi hamma narsa, voqea-hodisalar bolalar uchun qiziqarli va sirli topishmoqday tuyuladi. Ular bu jumboqlar sirini bilishga, sabablarini anglashga harakat qiladilar. Bola dastlabki tizimli ta'limni maktabgacha ta'lim tashkilotida oladi. Binobarin, uning sog'lom, xar tomonlama barkamol bo'lib shakllanishi bevosita pedagog-tarbiyachi faoliyati bilan uzviy bog'liqdir.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy g'urur va vatanparvarlik tuyg'ulari ularning ba'zi harakatlarida aks etib turadi. Lekin ularda Vatan, milliy g'urur haqidagi fikrlar cheklangan. Ular Vatan va Vatanni ulug'lovchi she'r, xikoya va ertaklarni bilishadi-yu, milliylikning mohiyatini yaxshi anglashmaydi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarda xalq og'zaki ijodi vositasida milliy g'urur hissini shakllantirish uchun tarbiyachi o'z kasbining mohir ustasi bo'lishi bilan birgalikda u quyidagi shartlarga amal qilishi kerak:
- yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori malakali, kerakli bilimlarni egallab, kerakli adabiyotlarni tanlay oladigan, ilmiy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg'or tajribali pedagoglarning tajribasini o'rganib, o'z ishiga tadbiq eta oladigan kishi bo'lishi;
- bolalarni kuzata oladigan, ularning xulqi, xatti -harakati sabablarini to'g'ri tahlil qilib, unga ijobiy ta'sir etuvchi vositalarni tanlay va qo'llay olishi;
- yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko'nikmalardan habardor qilish uchun pedagogning fikri ravon, aniq, mantiqiy, ixcham bo'lishi, ta'lim berishda texnikaviy vositalardan samarali foydalana olishi, bolalar bilan malaka, ko'nikmalarni yaxshi o'zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi savollardan foydalana bilishi;
- bolalarning xulqini, hatti-harakatini haqqoniy baholay olishi va yo'naltirishi, kun tartibini to'g'ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi xar bir a'zoni etiborga olgan holda rahbarlik qila bilishi;
- tarbiyalanuvchilarning ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni bolalar bilan amalga oshiradigan ta'lim-tarbiyaviy ishlarida e'tiborga olishi;
- ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar o'tkazib, axborot almashtirib turishi, hamkorlikni yo'lga qo'ya olishi;
- bolalarga nisbatan hayrixoh bo'lishi, har bir bola uchun qulay sharoit yaratishi, xafa bo'lsa ovuntira olishi, pedagogik jarayonlarni tahlil qila bilishi va uni yaxshilash yo'llarini topa olishi kerak.
Eng muhimi - tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi, ularning mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to'g'ri taqdirlashi va mustaqil faoliyatlari uchun imkoniyat yaratishi kerak buni bolalar yuqori baholaydilar.
Maktabgacha yoshdagi bolaga nisbatan qo'llanilgan "milliy g'urur" tushunchasining mazmuni umumiy ob'ektiv va sub'ektiv dialektik yaxlitligini birlashtiradi, bu ma'naviy tarbiyaning asosiy vazifasi hisoblanadi. Eng muhimi, mazkur muhim hodisaning haqiqiy, amaldagi holatini anglatadi. Shaxsning ijtimoiy rivojlanishi va ma'naviy ong mexanizmlarining ob'ektiv talablari va qonuniyatlariga tayanish, bir tomondan, maktabgacha
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
yoshdagi bolaning haqiqiy ma'naviy imkoniyatlarini hisobga olish, boshqa tomondan, maktabgacha yoshdagi bolaning ma'naviy madaniyati ko'rsatkichlarini aniqlashga imkon beradi. Tadqiqot ishlari maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy g'urur hissini shakllantirishda bolalarning o'zbek xalqining milliy an'analari bilan izchil tanishtirib borish zaruratini ko'rsatdi.
Biz, bolalarda milliy g'urur hissini shakllantirishni, ularni o'zbek xalqining hayoti, madaniyati va san'ati bilan tanishtirishdan boshlash maqsadga muvofiqligiga amin bo'ldik, chunki mazkur yosh davrida barcha tarbiya masalalarini aniq va tushunarli bo'lishiga erishish mumkin.
Shuning uchun ham, maktabgacha katta yoshdagi bolalarning ma'naviy madaniyatini kengaytirish xususiyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni inobatga olib va mazkur yosh davrida milliy g'ururni tarbiyalashning nazariy, metodologik holatlariga asoslanib, quyidagi tanlov tamoyillari belgilandi.
I. Agar vazifalar pedagogik vazifalar singari aniqlashtirilgan, haqiqiy ma'naviy imkoniyatlarni, o'z xalqining bevosita uning hayot faoliyatiga yaqin bo'lgan an'nalarini, tarbiyalanuvchi jalb etilgan ijtimoiy insonparvarlik munosabatlari tizimi inobatga olinsagina, maktabgacha yoshdagi bolaning shaxs ma'naviy sifatlari va xususiyatlarini to'laqonli tarbiyalash mumkin.
II. Shaxsga yaxlit yondashuv tamoyili. Alohida cheklangan sifatlar tarbiyaning bevosita maqsadi bo'la olmaydi, chunki sifatlarning o'zi maqsad, vazifasi, mazmuni, ob'ektni o'rganish, ta'sir etish metodlari tizimi ularni to'g'rilash, natijalarni hisobga olish kabilarni qamrab oluvchi tarbiyaviy jarayonning markaziga qo'yilgan yaxlit shaxs mazmunidagina haqiqatda namoyon bo'lishi mumkin.
Tarbiyaviy faoliyat tizimining optimal qurilishi holatlariga binoan, maktabgacha katta yoshdagi bolaning xulqi alohida cheklangan maqsadlar bilan emas, balki aniq sharoitlarda ularga erishish orqali belgilanishi sababli, shaxsning u yoki bu sifati kengaytirilmay, balki shaxsga tegishli barcha sifatlar va xususiyatlar to'liq qamrab olinganda dasturning samaradorligi yuqori bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning ijtimoiy-ahamiyatli motivlar asosidagi yaxlit shaxsining bunday sifatlar va xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:
1) maktabgacha ta'lim takilotlariga, uning hayot faoliyati tarziga, tarbiyachiga, tengdoshlar guruhiga, oilasiga, o'z-o'ziga ma'naviy-insonparvarlik xarakterdagi munosabat xususiyati bilan.
2) ijodiy ehtiyojlar va qobiliyatlarning to'liq rivojlanishi asosida, faoliyatni bajarish usullarini egallashda yaratuvchanlik, jarayonga kiritilgan bolalar faoliyati turlarining hajmida turli-tuman qiziqishlar asosidagi ijtimoiy va shaxsiy munosabatlar uyg'unlashuvi asosidagi faoliyat madaniyati bilan.
3) kattalarga hurmat, tengdoshlarini tan olish asosidagi ijobiy o'zaro munosabatlarni ta'minlovchi guruhli o'zaro ta'sir sharoitida muhim ijtimoiy funksiya sifatidagi muloqot madaniyati bilan. Shu orqali shaxsiy-sub'ektli munosabatlari insonparvarlik va hamkorlik asosida quriladi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
4) insonparvarlik munosabatlari tizimida namoyon bo'luvchi shaxsning ma'naviy-irodaviy va ijobiy hissiy sifatlari hamda xususiyatlari bilan, ularni hayotdan mamnunlik, qadr-qimmat, pedagogga, boshqa katta insonlarga va tengdoshlariga ishonchli munosabat, kamtarlik, haqgo'ylik, adolatlilik, ozodalik, do'stonalik, mustaqillik tashkil etadi.
Sanab o'tilgan tarkibiy tashkil etuvchilar maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og'zaki ijodi vositasida milliy g'urur hissini tarbiyalash mazmunini belgilab beradi. Ular ma'naviy tarbiya jarayonining tarkibiy tashkil etuvchilari hisoblanadi, maktabgacha yosh davrida ma'naviy-barkamol shaxsni rivojlantirishni belgilab beradi.
Milliy g'urur to'g'risidagi tushunchalarning funksiyalari tarbiya tizimiga pedagogik jarayonning "teskari aloqa" xususiyati va natijalarini ochib berish, yosh guruhlari orasidagi, shuningdek MTM va boshlang'ich maktab orasidagi ichki jarayonning uzluksizligiga majmuaviy yondashuvni amalga oshirishga imkon beradi.
Bunday yondashuv ahamiyatli bo'ladi, chunki tarbiyalanuvchilarning ma'naviy qobiliyatlari, tarbiyaviy jarayonning barcha bosqichlarida pedagogik o'zaro ta'sir, hamkorlikning rivojlanishini dolzarblashtiradi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og'zaki ijodi vositasida milliy g'urur hissini shakllantirishning tanlov tamoyillarining zarurati, ma'naviy-axloqiy madaniyat va qalb kuchi uchun ikki asosiy jihatlar zarur ekanligi bilan belgilandi:
birinchisi - xalqning ruhiy psixologik uslubini shakllantiruvchi milliy ong;
ikkinchisi - madaniyatning umuminsoniy elementlari, umuminsoniy qadriyatlarga aloqadorlik hissi.
Ma'lumki, milliy o'z-o'zini anglash milliy cheklanishdan xolis bo'lgan xalqlardagina chuqur va moslashuvchandir. Shuning uchun tarbiyaviy dasturning maktabgacha ta'lim tashkilotlarida milliy an'analar bilan integratsiyasini, milliy ong, umuminsoniy madaniyatli millatning ruhiy madaniyati shakllanishining asosiy sharti deb hisoblaymiz.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og'zaki ijodi vositasida milliy g'urur hissini shakllantirishda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglarining asosiy vazifalaridan biri pedagogik madaniyatni egallash hisoblanadi. Umumiy mazmunda madaniyat tushunchasi ostida ma'naviy va moddiy boyliklarni jamlash tushuniladi, katta inson esa ularni tarixdan hozirgi vaqtga va kelajakka yetkazuvchi hisoblanadi. Bunda maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari va tarbiyalanuvchilarining ota-onalarida bir xilda yuzaga keladigan qator muammolarni ajratish lozim. Birinchidan, pedagogik madaniyat nima ekanligi va uni namoyon etish usullari qandayligi to'g'risidagi yaqqol tushuncha mavjud emas. Ikkinchidan, ota-onalarning o'z ishlarida, tarbiyachilar esa pedagogik jarayonni amalga oshirishda haddan ortiq bandliklari tufayli kattalarning teatrlar, muzeylar, ko'rgazmalarga tashrif buyurishga vaqtlari yetishmaydi. Uchinchidan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining barcha pedagoglari ham ota-onalarda pedagogik madaniyatni shakllantirish metodikasiga bir xilda ega emaslar.
Milliy g'urur, madaniyat bilan inson faoliyatining boshqa faoliyat turlaridan ko'proq bog'liqdir. U jamiyatning alohida sohasi hisoblanib, maqsadga yo'naltirilgan ijtimoiy-madaniy
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
insonni shakllantirishni amalga oshiradi, madaniy meros, shaxsni ijtimoiylashtirish, uning shakllanishi va rivojlanish jarayonlarini boshqarish vazifalarini bajaradi.
Shuning uchun ham, mutaxassisning madaniyati uning kasbiy faoliyatida alohida rolga ega, u shaxsga yaxlit ta'sir ko'rsatadi, kasbiy-shaxsiy munosabatlar tizimida mustahkam o'rin egallashga, o'zini va faoliyatdagi o'z rolini anglashga ko'maklashadi, tanlangan kasb doirasida ijodning integral ko'rsatkichi sifatida xizmat qiladi. Mutaxassis madaniyatining umumiy mazmundagi ko'rsatkichi sifatida shaxsning dunyoqarashi kengligi va yo'nalganligini, ijtimoiy faolligi darajasini, hissiy ta'sirchanlik xususiyatlarini ham qabul qilish mumkin.
Xalq tushunchasi darajasida, pedagogik madaniyat mutaxassislar pedagogik muloqot vaziyatida xulqni tashkil etishga amal qiladigan talab, me'yor, namunasi sifatida tushuniladi. Ba'zan pedagogik madaniyatni kasbiy savodxonlik, bilimlilik, pedagogik texnika yoki taktika bilan o'xshatish sodir bo'ladi.
Nazariy jihatdan pedagogik madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi sifatida qaraladi, chunki u:
- insoniyatning tarixiy-madaniy tajribasini birlashtiradi, alohida pedagog esa mazkur tajribani tarbiyalanuvchilarda belgilangan qadriyatlar va munosabatlar hajmi orqali aks ettiradi;
- o'qituvchi ijtimoiy amaliyotining bir qismi hisoblanadi va uning talablar bilan an'analar, o'zaro munosabatlar me'yorlari orqali o'zaro ta'siri sohasida namoyon bo'ladi;
- inson bilimlari sohasini ifodalaydi va o'qituvchi amalga oshiradigan, mohir pedagog faoliyatining ahamiyatli komponenti hisoblangan pedagogik konsepsiyalar, tizimlar, texnologiyalarda o'z ifodasini topadi;
- pedagog tomonidan jamiyatning ob'ektiv ehtiyojlarini aks ettirish usuli hisoblanadi.
Pedagogik madaniyat - bu murakkab tuzilgan tizim bo'lib, pedagogik ta'sir etish
sub'ektining ko'p darajali tarkibiga egadir. Shuning uchun ham pedagogik madaniyatning shakllanishi va rivojlanishi to'g'risidagi fikrni nafaqat mohir pedagoglarga nisbatan, balki butun jamiyat doirasida ham qo'llash lozim.
Madaniyat insonning ixtiyoriy faoliyat turiga me'yoriy talablarni aks ettiradi. Shuning uchun ham, inson faoliyatining turlari qancha bo'lsa, shuncha madaniyat turlari ham mavjuddir. Madaniyat - insonning hayot faoliyatida o'zlashtirgan tajribasidir.
Aytilganlarga ko'ra, pedagogik madaniyat pedagogik jarayonning integrativ tavsifini ifodalaydi. U insonlarning orttirgan ijtimoiy tajribalarini hamda bir avloddan boshqa avlodga yetkazib berish bo'yicha bilimlar, ko'nikma, malakalar, kompetensiyalar va maxsus institutlar ko'rinishda mustahkamlangan mazkur faoliyatning natijalarini yetkazib berish bo'yicha bevosita faoliyat yaxlitligidan tarkib topadi.
Agar madaniyat ixtiyoriy aniq bir faoliyat turiga qo'yiladigan me'yoriy talablarni ifoda etsa, unda pedagogik madaniyat yosh avlodni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish bo'yicha faoliyatga qo'yiladigan talablarni ifodalaydi.
Pedagogik madaniyat butun jamiyatning hamda har bir alohida insonning umumiy
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
madaniyatini aks ettiradi. Shuning uchun ham, jamiyatning pedagogik madaniyati ommaning pedagogik madaniyati darajasi bilan belgilanadi va umumiy madaniyatning ajralmas qismini ifodalaydi.
Pedagogik madaniyat umuminsoniy madaniyatning bir qismi sifatida jahon pedagogik tajribasidan tashkil topadi, madaniy davrlarning almashinishi oqibatida bunga mos ravishdagi pedagogik sivilizatsiyaga olib keladi, ta'lim paradigmalarini o'zgartiradi.
Har bir davr o'z pedagogik madaniyatini shakllantiradi. Uning har xil turlarini ajratishga asos bo'lib ma'naviy qayta yaralish jarayoni xizmat qiladi, uning ostida umumiy mazmunda ma'naviy qadriyatlardan foydalanish va ishlab chiqarishga yo'naltirilgan jamoat munosabatlari tizimi tushuniladi. Madaniyatning har xil ko'rinishlari ta'lim va tarbiya jarayonida ma'naviy qadriyatlarni ishlab chiqishning turli modellarini hosil qiladi.
Pedagogikaning toifasi sifatida, pedagogik madaniyat ijtimoiy-pedagogik, ilmiy-pedagogik, kasbiy-pedagogik, shaxsiy darajada o'rganilishi mumkin.
Ijtimoiy-pedagogik soha quyidagi usullar bilan belgilanadi:
- otalar va bolalar, kattalar va kichiklar munosabatlarini ifodalovchi an'analar, marosimlar, qoidalarni saqlash;
- umuminsoniy va milliy ma'naviy madaniyat bir qismi sifatida ijtimoiy-pedagogik tajribani yetkazib berish va shaxslararo, insoniy munosabatlar;
- umuminsoniy va pedagogik qadriyatlarni shakllantirish;
- jamiyatning pedagogik tafakkuri, pedagogik ongida, amaliy bilimlar tizimida namoyon bo'luvchi pedagogik nazariya, madaniy namunalarni boyitish;
Pedagogik madaniyat shaxsiy yo'nalishlari ko'rsatkichlari quyidagicha:
- pedagogning bolalarga nisbatan insonparvarlik munosabati, uning tarbiyachi bo'la olish qobiliyati;
- tarbiyalanuvchi nuqtai nazarida yuzaga kelgan muammolarni hal etishga imkon beruvchi psixologik-pedagogik kompetentlik va rivojlangan pedagogik tafakkur;
- o'qitadigan fan sohasi bo'yicha bilimliligi, shaxsiy yo'nalganlik asosida, ta'lim mazmuni va texnologiyasi bilan ishlashni bilish;
- o'qituvchiga o'z pedagogik texnologiyasi, ta'lim-tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga mualliflik yondashuvini asoslash imkonini beruvchi ijodiy faoliyat tajribasi;
- kasbiy xulq madaniyati va o'z-o'zini rivojlantira olish qobiliyati;
- maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalash va to'laqonli rivojlantirishga ota-onalarning qadriyatli-maqsadli yo'nalgan l i klari [4].
Pedagogik madaniyatning shartli ravishdagi uchta darajasini ajratadilar.
Pedagoglarda ham, ota-onalarda ham pedagogik madaniyat asoslarini shakllantirish uchun quyidagicha metodlar guruhini qo'llash mumkin: kattalarning rag'batlantiruvchi refleksiv ko'nikmalari (keys metodi, o'yinli modellashtirish metodlari, o'zining tarbiyaviy faoliyatini tahlil qilish). Yagona foydalanishda mazkur metodlar katta insonning bolaga nisbatan munosabatini shakllantiradi, egallangan bilim va kompetensiyalarni faollashtiradi; taqlidga asoslanmagan faol metodlar (munozaralar, bahslar, muhokamalar, treninglar,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
basket-metod va boshqalar). Sanab o'tilganlardan kuzatuv metodi alohida hisoblanadi, uni pedagoglar va ota-onalarga kundalik yozuvlarni yuritish ko'rinishida taklif etish mumkin[5].
«Pedagogik madaniyat» tushunchasining mazmun va mohiyatini o'rganish xulosasini chiqarishda, ma'naviy va moddiy qadriyatlar eng ko'p darajada aks etgan umuminsoniy madaniyatning bir qismi sifatida, shuningdek avlodlar almashuvi va shaxs ijtimoiylashuvi (ulg'ayishi) tarixiy jarayoniga xizmat qilish uchun insoniyatga zarur bo'lgan insonlar pedagogik faoliyatini amalga oshirish usullari sifatida ta'riflash mumkin.
Shu tariqa, pedagogik madaniyat pedagogning pedagogik qadriyatlari, faoliyat usullari va kasbiy xulqi dinamik tizimini aks ettiradi. Jamiyat hayotini insonparvarlashtirish va demokratlashtirish madaniyatni jamiyat va alohida shaxsning ma'naviy holati asosiy ko'rsatkichi deb olinishiga sabab bo'ladi. Madaniyat tufayli uning jamiyat hayotida qatnashishi sodir bo'ladi, atrof-olamni aks ettirish qobiliyati hosil bo'ladi, o'zini yorqin individual sifatida namoyon etishning yangi metodlari va vositalarini izlash qobiliyati rivojlanadi. Pedagogik madaniyat sababli shakllangan shaxs madaniyati jamiyat qadriyatlarini o'zlashtirishning holati va natijalari hamda mahsuldor jarayonidir.
Pedagogik madaniyat rivojlanuvchi hodisa sifatida komponentlarning uyg'unligi va xilma-xilligini ifodalaydi, ular qatorida pedagogik munosabat va shaxsiy sifatlarni; kasbiy bilimlar va pedagogik tafakkur; kasbiy ko'nikmalar va faoliyatning ijodiy xususiyati; shaxsning o'z-o'zini tartibga solishi va kasbiy xulq madaniyatini ajratish mumkin.
Pedagogik madaniyatning shartlari pedagogning pedagogik yo'nalganligi, psixologik-pedagogik bilimdonligi va ma'lumotliligi, pedagogik mahorati va hokazolar bilan to'ldirilishi mumkin.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og'zaki ijodi vositasida milliy g'urur hissini shakllantirishda pedagog tarbiyachi ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikka kirisha olishi va ularni tarbiyaviy-ta'limiy hamda korreksion-rivojlantiruvchi jarayonga jalb eta olishi muhim hisoblanadi.
Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda xalq og'zaki ijodi vositasida milliy g'urur hissini shakllantirish uchun pedagoglar quyidagi sharoitlarni yaratishi lozim: tarbiyalanuvchilarning ota-onalarida ularning farzandlarining rivojlanish imkoniyatlari tashxisi natijalari bilan tanishtirish orqali hamkorlik hissini shakllantirish; muammoli seminarlar o'tkazish vaqtida ota-onalar va pedagoglarda bolalarni MTM va oilada rivojlantirish, tarbiyalash va ta'lim berish vazifalari to'g'risidagi tasavvurlarini muhokama etish; tabaqalashtirilgan ota-onalar guruhlari bilan pedagogik hamkorlik maxsus muammolarini belgilash va individual hamda kichik guruhlar konsultatsiyalarini tashkil etish; an'anaviy va noan'anaviy muloqot usullarini qo'llash orqali ota-onalar va tarbiyachilarga hamkorlik funksiyalarini o'rgatish; ijodiy loyihalar usuli bo'yicha jamoaviy faoliyatni tashkil etish jarayonida bolalar va kattalarning aqliy va ijodiy tashabbuslarini rivojlantirish.
Yuqorida sanab o'tilgan sharoitlar ota-onalar bilan hamkorlik dasturini ishlab chiqish jarayonida amalga oshirilib, unda quyidagi yo'nalishlar nazarda tutilgan: 1. O'zaro hamkorlikni modellashtirish.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2. Tarbiyachilar va ota-onalar o'rtasida hamkorlikka yo'naltirilgan ijobiy shaxslararo munosabatlarni o'rnatish.
3. Ota-onalarda bolaning yanada to'liq obrazini va uni to'g'ri qabul qilishni shakllantirish.
4. Ota-onalarning pedagogik nuqtai-nazarlarini o'rganish va maktabgacha yoshdagi bolani tarbiyalashda oilaviy muammolar bilan tanishtirish.
5. Ota-onalarni qiziqishlari bo'yicha guruhlarga birlashtirish, oilaviy mehmonxona va oilaviy klublarni tashkil qilish.
Ishning barcha bosqichlari va davrlarida, ota-onalar bilan ishlashning turli-tuman usullari faol qo'llaniladi: bayon etilayotgan material bo'yicha ota-onalarga savollar; bahsli masalalar; muqobillari berilgan takliflar; adabiyotlardan misollar keltirish; shaxsiy tajribasidan misollar keltirish
Tajribalar ko'rsatishicha, tarbiyachilarning pedagogik madaniyati va metodik kompetentligi qanchalik yuqori bo'lsa, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining mazkur ko'rsatkichlari ham shunchalik yuqori bo'ladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Абдуллаев Ж.Х. Узбек халк топишмокларининг лексик-семантик хусусиятлари: -Фил. фан. номз. ... ёзилган. дисс. -Т.: 1994. -116 б.
2. Абдурах,имова Д.А. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларни ахлокий рухда тарбиялашда халк эртакларидан фойдаланиш. Пед. фан. номзоди ... дисс. - Т., 1998.
3. Сафарова Н. Узбек болалар уйин фольклорининг жанрий табиати, генезиси ва бадиий хусусиятлари. Фил.фан.ном....дис. - Т.: УзР.ФАА. А.Навоий номидаги тил ва адабиёт институти, 2005.
4. Морева, Н. А. Основы педагогического мастерства [Текст] / Н. А. Морева. - М.: Просвещение, 2006. - 320 с.
5. Зверева, О. Л. Семейная педагогика и домашнее воспитание детей раннего и дошкольного возраста [Текст] / О. Л. Зверева, А. Н. Ганичева, Т. В. Кротова. - М.: Сфера, 2009.-256 с.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
н Kadirova Shaxnoza Xudoyberdievna, katta o'qituvchi (PhD) [Кадырова Шахноза Худойбердиевна, старший преподаватель (PhD)], [Shaxnoza X. Kadirova, senior teacher, (PhD) ]; manzil: O'zbekiston, Termiz shahar, Mehrobod MFY, Islom Karimov ko'chasi, 136\30uy [адрео: Узбекистан, город Термез, махалля Мехробод, улица Ислама Каримова, дом 136\30], [address: Uzbekistan, Termez, Islam Karimov street 136\30]; E-mail: [email protected]