Научная статья на тему 'TARIXIY OBIDALAR BILAN TANISHTIRISH JARAYONIDA TARBIYALANUVCHILARDA MILLIY G‘URURNI SHAKLLANTIRISH'

TARIXIY OBIDALAR BILAN TANISHTIRISH JARAYONIDA TARBIYALANUVCHILARDA MILLIY G‘URURNI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
283
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy g‘urur / tarixiy obidalar / milliy iftixor / vertual sayohat / qadriyat / kompetensiyaviy yondashuv. / national pride / historical monuments / national pride / vertical Travel / Value / Authority-based approach.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Xasanova

Mazkur maqolada milliy g‘ururni shakllantirish muammosiga doir milliy va xorijiy tadqiqotlar sharhi, mazkur jarayonning mohiyati, tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish mazmuni yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF NATIONAL PRIDE IN EDUCATORS IN THE PROCESS OF ACQUAINTANCE WITH HISTORICAL MONUMENTS

This article covers a review of national and foreign studies on the problem of the formation of national pride, the essence of this process, the content of the formation of national pride among readers in the process of familiarizing themselves with historical monuments.

Текст научной работы на тему «TARIXIY OBIDALAR BILAN TANISHTIRISH JARAYONIDA TARBIYALANUVCHILARDA MILLIY G‘URURNI SHAKLLANTIRISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TARIXIY OBIDALAR BILAN TANISHTIRISH JARAYONIDA TARBIYALANUVCHILARDA MILLIY G'URURNI SHAKLLANTIRISH

Xasanova Shaxnoza Toxtasinovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim metodikasi kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.7257789 Annotatsiya. Mazkur maqolada milliy g'ururni shakllantirish muammosiga doir milliy va xorijiy tadqiqotlar sharhi, mazkur jarayonning mohiyati, tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirish mazmuniyoritilgan.

Kalit so'zlar: Milliy g'urur, tarixiy obidalar, milliy iftixor, vertual sayohat, qadriyat, kompetensiyaviy yondashuv.

ФОРМИРОВАНИЕ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГОРДОСТИ У ПЕДАГОГОВ В ПРОЦЕССЕ ОЗНАКОМЛЕНИЯ С ИСТОРИЧЕСКИМИ ПАМЯТНИКАМИ Аннотация. В данной статье освещен обзор национальных и зарубежных исследований по проблеме формирования национальной гордости, сущность данного процесса, содержание формирования национальной гордости у воспитанников в процессе ознакомления с историческими памятниками.

Ключевые слова: национальная гордость, исторические памятники, национальная гордость, вертикальное путешествие, ценность, компетентностный подход.

FORMATION OF NATIONAL PRIDE IN EDUCATORS IN THE PROCESS OF ACQUAINTANCE WITH HISTORICAL MONUMENTS Abstract. This article covers a review of national and foreign studies on the problem of the formation of national pride, the essence of this process, the content of the formation of national pride among readers in the process of familiarizing themselves with historical monuments.

Keywords: national pride, historical monuments, national pride, vertical Travel, Value, Authority-based approach.

KIRISH

Jahonda maktabgacha yoshdagi bolalarda tarixiy-madaniy merosga hurmat va g'urur hissini tarbiyalash, vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish, milliy iftixorni tarkib toptirish mexanizmlari amaliyotga tatbiq etilmoqda. Tarixiy obidalar bilan bosqichma-bosqich tanishtirib borish, ijtimoiy-emotsional ko'nikmalarni shakllantirish, milliy identiklikni tarkib toptirishning pedagogik mexanizmini takomillashtirish bo'yicha yirik loyixalarni amaliyotga tatbiq etishga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. YuNESKO loyihasida bolada o'zi va atrofdagilar, o'tmish va bugungi avlod oldidagi mas'uliyatni shakllantirish, tinchlik va shaxs huquqini hurmat qilish ruhida tarbiyalash.

Jahonda maktabgacha yoshdagi bolalarda milliy o'zlikni anglash tuyg'usini qaror toptirish orqali vatanparvarlik sifatlarini tarkib toptirish, oila va maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamkorligi asosida bolalarda fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirish, o'tmishga qiziqishni shakllantirishning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish bo'yicha ilmiy tatqiqotlar olib borilmoqda. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya muhitini tashkil etishda sensor idrok etishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirish, tarbiyalanuvchilarning mustaqil bilish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hamda tarixiy obidalar bilan tanishtirishda milliy g'urur tuyg'ularini shakllantirish bo'yicha ilmiy tatqiqotlarga alohida ahamiyat berilmoqda.

Respublikamizda so'ngi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini ilg'or xorijiy tajribalar asosida rivojlantirishning tashkiliy-metodik ta'minotini yaratish "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkiloti o'quv dasturini amalga oshirish jarayonida kompetensiyaviy yondashuv asosida tarbiyalanuvchilarning kognitiv ko'nikmalarini shakllantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, o'z-o'zini va o'zligini anglash bilan bog'liq maqbul faoliyat usullarini takomillashtirishning me'yoriy asoslari yaratilmoqda.

"Maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo'yicha ustivor vazifalar belgilangan. Bu tatqiqot ishi maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni tarbiyalashning interaktiv vositalarini rivojlantirish, tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda o'tmishga qiziqishni shakllantirishning metodik tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.

O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi Qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida" PF-4947-son Farmoni, 2018 yil 5 apreldagi "Maktabgacha ta'lim tizimini yanada rag'batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3651-son, 2019 yil 8 maydagi "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" PQ-4312-son Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi 391-son "Maktabgacha ta'lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" Qarori hamda mazkur sohaga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ushbu tadqiqot ishi muayyan darajada xizmat qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Respublikamizda milliy qadriyatlar, xalq an'analarining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanish, o'quvchi-yoshlarda tarixiy ong va tafakkurni shakllantirish masalalari O.Musurmonova, M.Inomova, M.Quronov, A.Erkaev, R.A.Mavlonova, O.Hasanboeva, J.Hasanboev, T.Usmonxo'jaev, S.Ochilov, S.Nishonova, U.Maxkamov, M.Maxmudova, B.Xodjaevlar; milliy g'oya, milliy o'zlikni anglash tuyg'usi, milliy iftixor tuyg'usi, milliy ongni hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning pedagogik asoslari G.X.Ibragimova, Z.Kurbaniyazova, I.R.Safarbuvaeva, N.Artikov, F.R.Norboeva, M.Tadjieva, Z.Qosimovalar; maktabgacha ta'lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish, tarbiyalanuvchilarni axloqiy, estetik, ekologik tarbiyalash, bolalarning nutqini o'stirishda tarixiy mavzudagi suratlardan foydalanish masalalari F.Kadwrova, Sh.Shodmonova, K.Mamedov, D.Boboeva, M.Umarova, K.Rahimova,

F.Valixo'jaeva, N.Djamilova, I.To'ychieva, Z.Azizovalar tomonidan tadqiq etilgan.

Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi mamlakatlaridan A.Izmailov, R.Pashaev, D.Dorjieva, K.Dunaev, G.Volkov, B.Apishev, N.Shyu.Almetov, D.B.Bekimov, T.Boyko, T.Gayvoronskaya,

G.Guba, N.Dodokina, V.Zyabkina, I.Kiseleva, Lyu.Lin, R.Reshetnikova, Ye.Taranova, L.Trufanova, S.Chechinalarning tadqiqotlarida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy faolligini oshirish, etnomadaniyatni tarbiyalash, tarixiy tasavvurlarini boyitish, xalq pedagogikasi asosida bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari yoritib berilgan.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Xorijlik olimlardan T.Kollen, R.Biker-Vayt, D.Zubeyde, B.Chrissi Ioannou, M.Morris, N.Goldman, E.Bezani Chloelar tomonidan maktabgacha yoshdagi bolalarga ta'lim-tarbiya berishning innovatsion tizimi, tarbiyalanuvchilarda milliy ong va g'ururni tarbiyalashning metodik jihatlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilgan.

NATIJALAR

Yuqorida aytilganlarga asoslanib, tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirish quyidagicha ifodalanishi mumkin:

1.Tarixiy obidalarning tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirishdagi pedagogik imkoniyatlarini tahlil etish;

2. Tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirish modelini takomillashtirish;

3.Tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirish texnologiyalarini rivojlantirish;

4. Tarbiyalanuvchilarni tarixiy obidalarga vertual sayohatini ta'minlash jarayonlarini takomillashtirish.

MUHOKAMA

Yurtimizning ko'hna va boy madaniy merosini muhofaza qilish va asrash, uning jahon madaniyati va tarixiga qo'shgan beqiyos hissasini xalqaro miqyosda targ'ib etish va bu borada hamkorlikni kengaytirish, mazkur sohaga keng jamoatchilik e'tiborini qaratish, aholi va sayyohlar uchun qulaylik yaratish maqsadida 18 aprel - Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni respublikamizda har yili keng nishonlanmoqda. Ushbu kunda jamoatchilik e'tibori madaniy merosning turli jihatlari va uni saqlashning ahamiyatiga xalqaro miqyosda qaratiladi. Yodgorliklarni va tarixiy joylarni asrash xalqaro kuni arafasida keng jamoatchilik e'tiborini qaratishga yo'naltirilgan respublika ko'rik-tanlovlari va boshqa turli tadbirlar, shuningdek, samarali faoliyat olib borayotgan soha vakillari va tadbirlarning faol ishtirokchilarini munosib rag'batlantiriladi.

"O'zbek tilining izohli lug'ati"da "milliy" so'zi (arabcha) biror millatning o'ziga xos xususiyatini ifodalovchi, biror mamlakat va uning aholisi bilan bog'liqligi ta'riflanadi. Demak, o'zbek millatiga oid, O'zbekistonni davlat, mamlakat sifatidagi tarixiga oid barcha moddiy va ma'naviy qadriyatlar milliy qadriyat sanaladi. Shu ma'noda me'moriy obidalar har ikki maqomdagi qadriyat sifatida ham ijtimoiy, ham pedagogik (tarbiyaviy) ahamiyat va mohiyat kasb etadi.

"G'urur" so'zi ham arabcha so'z bo'lib, insonning o'z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish hissi, faxrlanish tuyg'usi, faxr, iftixor, faxrlanishga asos bo'ladigan narsa tariqasida talqin etilgan. Bolalarda faxrlanish tuyg'usi, avvalo, o'zi yashab turgan hudud, u yerda mavjud qadriyatlar asosida shakllanadi. Me'moriy obidadalar esa ham bevosita, ham bilvosita ta'sir etuvchi omil sifatida samarali qo'llanilishi mumkin bo'lgan vositadir.

Milliy g'urur tushunchasining to'laqonli ta'rifini dastlab "Mustaqillik: ilmiy-ommapob lug'at"dan olish mumkin. Unda yozilishicha, "Milliy g'urur - millatning o'z-o'zini anglashi natijasida sodir bo'ladigan doimiy ichki ruhiy ko'tarinkilik. U o'z ona zamini, avlod-ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy, ma'naviy merosdan, o'z millatining jahon sivilizatsiyasiga qo'shgan ulushlaridan, o'zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro'-e'tiboridan faxrlanish hissiyotidan iborat. Milliy g'urur o'z millatining chinakam fidoyisi bo'lgan har bir insonga xos ichki ruhiy tuyg'udir... milliy g'urur har bir kishida o'z millatining moddiy, ma'naviy

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

meroslarini o'zlashtirish, urf-odatlari, an'analari, qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish hamda uni o'zga millatlarniki bilan qiyoslash natijasida shakllanadi".

Amerikalik tadqiqotchilar G.Almond va S.Verbalarning fikricha, milliy g'urur siyosiy madaniyatning asosiy komponentlaridan biri sanaladi. Amerikalik rus sotsiologi va madaniyatshunosi P.Sorokin ichki ijtimoiy va xalqaro miqyosdagi muhim shart sifatida yaxlit hamda barqaror qadriyatlar tizimini taklif etgan. "Agar qadriyatlar umumiy tavsifga ega bo'lsa, ularni o'zlashtirish va uyg'unligini ta'minlash osonlashadi - jahon yoki fuqarolik urushlarining oldini olish imkoniyati kengayadi".

Dissertatsiyada maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy g'urur birinchidan, o'z ona zaminidagi ajdodlari tomonidan qoldirilgan moddiy va ma'naviy qadriyatlardan faxrlanish hissini tarbiyalash vositasida shakllantirilishi yoritilgan. Bu borada tarixiy va zamonaviy me'moriy obidalar eng qulay va samarali vositadir. Ikkinchidan, tarixiy obidalar ayni paytda ham moddiy, ham ma'naviy qadriyat sifatida ta'sirchan tarbiyaviy vositadir. Zero, tarixiy obidalar anglash oson bo'lgan, faxrlanish hissini singdirish qulay bo'lgan manba sifatida ham e'tiborlidir.

Bolalarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish vositasida ularda milliy g'ururni shakllantirish jarayonini integrativ asoslari ular bilan tanishish, moddiy meros haqidagi ma'lumotlardan olgan taassurotlar asosida tasviriy faoliyat bilan shug'ullanishning tarbiyaviy samarasi yuqori darajada bo'lishi tadqiqot natijalari asosida o'z isbotini topdi.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, tarixiy obidalarga uyushtiriladigan ekskursiyalarni tematik tarzda tashkil etish tarbiyaviy jarayonning ikki tomonlama samarali kechishini ta'minlaydi, ya'ni bu jarayonda bolalar ham tarixiy obidaning o'zi, ham uning tarkibida joylashgan muzeydagi eksponatlar bilan tanishish vositasida ularda millat tarixi, undan faxrlanish hislari samaraliroq kechadi.

Tahlillar natijasida tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida bolalarda milliy g'ururni shakllantirish tuzilmasi va komponentlari aniqlashtirildi. Biz milliy g'ururni shakllantirish komponentlariga doir turli nuqtai nazarlarni tahlil etish asosida uning quyidagi uch blokli tuzilmasini aniqlashtirdik (1-rasmga qarang).

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1-rasm. Tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni

shakllantirish tuzilmasi va komponentlari

O'tkazilgan tahlillarni umumlashtirish tarixiy obidalar bilan taishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirishning ichki va tashqi omillarini ajratib ko'rsatish imkonini berdi. Tashqi omillarga ijtimoiy, ichkisiga esa, psixologik omillar kiritildi. Ijtimoiy omillar sifatida quyidagilar belgilandi: bolalar jamoasi; oila; ta'lim-tarbiya jarayonlari. Psixologik omillarga bolaning shaxsiy sifatlari, aynan: motivatsion-qadriyatga yo'naltirilganlik, empatiya va refleksiyaga qobiliyatlilik kiritildi.

XULOSA

Nazariy tahlil natijalari ahloqiy tarbiyaning dolzarb muammolariga doir qator ilmiy izlanishlar amalga oshirilgan bo'lsada, maktabgacha ta'lim bilan bog'liq masalalar to'liq o'z yechimini topmaganligini ko'rsatdi. Ana shu sababli tadqiqot muammosi - tarixiy obidalar vositasida maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy g'ururni shakllantirishning o'zaro uyg'unligini ta'minlashning metodik shart-sharoitlarini aniqlashtirish va ana shu asosda yaxlit tarbiya jarayonining mazkur jihatlari samaradorligini oshirish tarzida belgilab olindi.

Tarixiy obidalarning maktabgacha katta yoshdagi bolalarda axloqiy-sifatlarni shakllantirishga doir quyidagi tarbiyaviy imkoniyatlari aniqlashtirildi: bolalarning voqe'likni idrok etish ehtiyojiga mosligi; voqealar rivoji va insonlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni qiziqarli va tushunarli ekanligi; san'atdagi voqe'likni tasviriy ifoda etishning o'ziga xosliklari haqidagi dastlabki tasavvurlarni hosil qilishi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarni tarixiy obidalar bilan tanishtirish algoritmiga asoslangan holda, maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy g'ururni shakllantirish modeli ishlab chiqildi. Model o'zida aniq maqsadga yo'naltirilgandik, faoliyat mazmunini tanlash, pedagogik jarayonni tashkil etish va natijaviy komponentlarni aks ettirdi.

Asosiy tashkiliy shakl sifatida tarixiy obidalarga virtual sayoxatlar; metodlar sifatida tarbiya metodlari (ongni shakllantirish, faoliyatni tashkil etish va xulq-atvor tajribasini tarkib toptirish), ta'lim metodlariga (ko'rgazmali, verbal, muammoli-izlanishli) ahamiyat qaratildi.

Tadqiqot jarayonida tarixiy obidalar va tasviriy faoliyat integratsiyasini ta'minlashga xizmat qiluvchi metodik tizim ishlab chiqildi Bunda maktabgacha katta yoshdagi bolalarning axloqiy-sifatlarini shakllantirishga qaratilgan yaxlit pedagogik jarayon komponentlari asos sifatida olindi.

REFERENCES

1. Inomova M. Oilada bolalarning ma'naviy-axloqiy tarbiyasi. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 1999. - 151 b.

2. Musurmonova O. Oila ma'naviyati - milliy g'urur //O'quv qo'll. - T.: O'qituvchi, 1999. -200 b.

3. Ortiqov N. Milliy g'urur va umuminsoniy qadriyatlar asosida o'quvchi shaxsini axloqiy shakllantirish. Ped.fanl.dokt.diss. - T.: 2000.-297 b.

4. Ortiqov N. Yosh avlodni muqaddas g'oyalar ruhida tarbiyalash bo'yicha tavsiyalar. - T.: O'zbekiston, 1995. - 42 b.

5. Xasanova Sh.T. Tarixiy obidalarni tanishtirish orqali maktabgacha katta yoshdagi bolalarda milliy g'ururni shakllantirish. Xalq ta'limi.2-soni. 2009 yil. 54-58 betlar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. Xasanova Sh.T. Bolalarda Toshkent shahri bilan faxrlanish tuyg'usini shakllantirish. Xalq ta'limi.4-soni. 2009 yil. 84-88 betlar.

7. Xasanova Sh.T.Tarixiy obidalar milliy g'urur omili sifatida Xalq ta'limi. 4-soni. 2010 yil. 73-76 betlar.

8. Khasanova Sh.T.Visual Activity as a Factor of Development of Children's Creative Abilities of Prescool Children. International Journal of Progressive sciences and technologies (IJPSAT) ISSN: 2509-0119.Vol.18.No.I December 2019, pp. 174-176.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.