Научная статья на тему 'MEHRIBONLIK UYLARI BOSHLANG’ICH SINF TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY G’URURNI HADISLAR ASOSIDA SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI'

MEHRIBONLIK UYLARI BOSHLANG’ICH SINF TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY G’URURNI HADISLAR ASOSIDA SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
216
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mehribonlik uylari / boshlang’ich sinf / tarbiyalanuvchi / milliy g’urur / hadis / g’urur / interaktiv metod / ijtimoiy himoya / mashg’ulot / tarbiyachi / faxr / iftixor / faxrlanish / mag’rur / quvonch / quvonish. / Homes of Mercy / primary school / educator / national pride / hadith / pride / interactive method / social protection / training / educator / pride / joy / delight.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Karimova, Bibixol Xayrullayevna

Mazkur maqolada Mehribonlik uylarining boshlang’ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g’ururni hadislar asosida shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Ushbu maqsadni samarali amalga oshirishda mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikrlar bayoni keltirilgan. Mavzuning bugungi kunda dolzarbligi misollar yordamida aniqlangan. Milliy g’ururni shakllantirishning samarali usullari interaktiv metodlarni qo’llash asosida yoritilgan. Ijobiy natijaga erishganlik darajasi jadval va diagrammalarda o’z ifodasini topgan. Maqola xulosasi natijasida tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THEORETICAL AND PRACTICAL IMPORTANCE OF FORMATION OF NATIONAL PRIDE BASED ON HADITHS IN PRIMARY SCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS

This article discusses the formation of national pride on the basis of hadiths in the primary school students of orphanages. A statement of views on the theoretical and practical significance of the topic in the effective implementation of this goal is given. The relevance of the topic today was determined using examples. Effective ways to build national pride are highlighted through the use of interactive methods. The level of positive results is reflected in the tables and diagrams. The conclusion of the article contains recommendations.

Текст научной работы на тему «MEHRIBONLIK UYLARI BOSHLANG’ICH SINF TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY G’URURNI HADISLAR ASOSIDA SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

MEHRIBONLIK UYLARI BOSHLANG'ICH SINF TARBIYALANUVCHILARIDA MILLIY G'URURNI HADISLAR ASOSIDA SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY AHAMIYATI

d 10.24412/2181 -1784-2021 -9-952-961

Mazkur maqolada Mehribonlik uylarining boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirish haqida fikr yuritilgan. Ushbu maqsadni samarali amalga oshirishda mavzuning nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikrlar bayoni keltirilgan. Mavzuning bugungi kunda dolzarbligi misollar yordamida aniqlangan. Milliy g'ururni shakllantirishning samarali usullari interaktiv metodlarni qo 'llash asosida yoritilgan. Ijobiy natijaga erishganlik darajasi jadval va diagrammalarda o'z ifodasini topgan. Maqola xulosasi natijasida tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'z va tushunchalar: Mehribonlik uylari, boshlang'ich sinf, tarbiyalanuvchi, milliy g'urur, hadis, g'urur, interaktiv metod, ijtimoiy himoya, mashg 'ulot, tarbiyachi, faxr, iftixor, faxrlanish, mag 'rur, quvonch, quvonish.

В данной статье рассматривается формирование национальной гордости на основе хадисов у учащихся младших классов детских домов. Дано изложение взглядов на теоретическую и практическую значимость темы в эффективной реализации поставленной цели. Актуальность темы сегодня определялась на примерах. Эффективные способы развития национальной гордости раскрываются с помощью интерактивных методов. Уровень положительных результатов отражен в таблицах и диаграммах. Статья завершается рекомендациями.

Ключевые слова и понятия: Детский дом, начальная школа, педагог, национальная гордость, хадисы, гордость, интерактивный метод, социальная защита, обучение, воспитатель, гордость, радость, восторг.

Karimova Bibixol Xayrullayevna

Termiz davlat universiteti "Pedagogika va ijtimoiy ish' kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Scientific Journal Impact Factor

ABSTRACT

This article discusses the formation of national pride on the basis of hadiths in the primary school students of orphanages. A statement of views on the theoretical and practical significance of the topic in the effective implementation of this goal is given. The relevance of the topic today was determined using examples. Effective ways to build national pride are highlighted through the use of interactive methods. The level of positive results is reflected in the tables and diagrams. The conclusion of the article contains recommendations.

Keywords and Concepts: Homes of Mercy, primary school, educator, national pride, hadith, pride, interactive method, social protection, training, educator, pride, joy, delight.

Dunyo mamlakatlarida boquvchisini yo'qotgan yetim bolalarni ijtimoiy himoya qilish, ularga ta'lim-tarbiya berish muammolari har tomonlama o'rganilgan va ijobiy natijalarga erishilganligi sababli amaliyotga joriy qilinmoqda. Bola voyaga yetishi davrida turli ijtimoiy sabablar tufayli yetim bo'lib qolishi mumkin. Yetimlikning oldini olish muammolari foster oilasi misolida amalga oshiriladi. Natijada, bolaning yetim bo'lib qolish holatlarini bartaraf etishga sabab bo'ladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan 1989 yil 20 noyabrdagi «Bola huquqlari to'g'risida»gi Konventsiyaga muvofiq tarbiyalanuvchi ijtimoiy himoya qilinadi. Unda ko'zda tutilgan maqsadni amalga oshirishda har bir davlat mas'ul ekanligini his etadi. Jumladan, bolalar uylaridagi tarbiyalanuvchilar shaxs sifatlarining shakllanishi va bir qancha ruhiy holatlarga taalluqli muammolar, qarovsiz qolgan bolalar orasidagi jinoyatchilik, qonunbuzarlik xususiyatlari, bola hech qachon jinoyatchi yoki qonunbuzar bo'lib dunyoga kelmasligi, qarovsiz qolgan bolalar o'rtasidagi qonunbuzarlik va jinoyatchilik xususiyatlarini qayta tarbiyalashga erishish mumkinligi yuzasidan muammolarning yechimlarini topishga e'tibor qaratilgan va ilmiy tadqiqot ishlarida o'z aksini topgan.

Mamlakatimizda so'nggi yillarda mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariga katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021 yil 28 iyul kuni kam ta'minlangan oilalar hamda mehribonlik uylarida istiqomat qiluvchi bolalarni qo'llab-quvvatlashga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishida quyidagilarni ta'kidladi. "Mehribonlik uylari"dagi bolalarga tarbiya berish, ularni fan, IT, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o'qitish, sport bilan shug'ullanishlarini tashkil etish bo'yicha mutlaqo yangi metodikalarni ishlab chiqish zarur" [1]

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini to'liq nazoratga olish va ularning ijtimoiy ta'minoti kafolatlanib qo'yilgan, O'zbekiston Respublikasi «Ta'lim to'g'risida»gi qonunning 54-moddasi, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 fevraldagi PQ-4185-son «Yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi qarorida, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 12 apreldagi 171-son ,,Oila Kodeksi to'g'risida" gi qarori, 2019-2023 yillarda mehribonlik uylarini noinstitutsiyalashtirish dasturini ishlab chiqish, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 824-son «Yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishning muqobil shakl va metodlarini tanlash, oila institutini mustahkamlash hamda ijtimoiy yetimlikning oldini olish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi qarori, hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 17 oktyabr 230-son qarori bilan tasdiqlangan «Mehribonlik uyi to'g'risida"gi Nizomi qabul qilinib, u o'zining amaldagi ijrosini ta'minladi.

Boquvchisidan ajralgan bolalarga g'amxo'rlik qilish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida maxsus Qonun bilan kafolatlanib qo'yilgan. Shuningdek,"Ta'lim to'g'risida"gi Qonunda ham boquvchisidan ajralgan bolalarni himoya qilishga alohida e'tibor berilgan. Shunday ekan, bu davlat ahamiyatiga ega bo'lgan masalalardan biridir. Davlatimiz g'amxo'rlik qilayotgan ushbu masalaga pedagoglar ham yuksak e'tibor qaratmog'i lozim. Ushbu mas'uliyat pedagoglar oldiga o'lkan vazifalarni yuklaydi. Buning uchun esa zamon talabi asosidagi dars va darsdan tashqari mashg'ulotlar pedagoglar tomonidan tashkil etilmog'i muhim.

Yurtimizda olib borilayotgan islohatlar samaradorligi omili zaminida inson salohiyatiga, dunyoqarashi va hayotga munosabatiga,Vatanga muhabbati, milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini yuksaltirish o'lkan vazifa ekanligi e'tirof etilmoqda. Ushbu mas'uliyatli vazifalarni amalga oshirishda hadislardan foydalanish maqsadga muvofiq sanaladi.

Har birimiz uchun qadrli bo'lgan milliy g'urur ham oliy qadriyatlarimizdan biri sanaladi. Bu haqida olim va olimalarimiz o'zlarining qarashlarida keltirishgan.

R.A.Mavlonova milliy sharqona tarbiya yuzasidan tarbiyalanuvchilarning milliy tarbiyalanganlik ko'rsatkichlari va mezonlarining taxminiy namunasini keltirish orqali milliy g'ururga quyidagicha ta'rif beradi. "O'zining o'zbek millatiga mansubligini anglash, o'zbek xalqi tushunchasining tub mohiyatini tushunish, o'zini

Scientific Journal Impact Factor

o'z millatining farzandi deb bilib, milliy burchlarini anglash, ona tilini cheksiz sevish, shu tilda to'g'ri so'zlash va fikrlashni anglatadi" [7; 655].

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham bundan mustasno emas. Ular doimo davlatimiz tomonidan ijtimoiy himoya qilinadi. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining turmush tarzi yuzasidan tadqiqotchilarimiz ham ilmiy izla nishlar olib borishgan. Jumladan, K.Petrovich, E.To'xtamurodov, U.M.Asqarova, I.O.Haydarov, G.Yusupova, N.A.Adilxonova, Ya.Chicherina va boshqa psixolog, pedagog olimlarning tadqiqot ishlarida keng qamrovda yoritilgan [8; 119].

Mustaqillik yillariga qadar Mehribonlik uylari va tarbiyalanuvchilari hozirgi darajada emas edi. Bu haqida ba'zi adabiyotlarda kuzatishimiz mumkin. Masalan, bolalar uyidagi yetim bolalarni eslasam etim jimirlab, ko'zim yoshga to'ladi. Kunu tun onaning ardog'ida bo'lishni kutganlar kammi? Ular orzu bilan, intizor ko'zlari bilan o'z ota-onalarini qidirishadi, kutishadi, ammo behuda...[3; 83].

Mehribonlik uylarining boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirish katta ahamiyatga ega masalalardan hisoblanadi. Chunki har bir mashg'ulotni, tarbiyaviy tadbirlarni to'g'ri tashkil etilishi tarbiyalanuvchi hayotida katta o'rin tutadi. Muhimi har bir mashg'ulot, tarbiyaviy tadbirlar bugungi kun talabi asosida tashkil etilishi kerak. Shundagina tarbiyalanuvchida milliy g'ururni shakllantirish yuqori darajada bo'ladi.

Mehribonlik uylari boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirish ahamiyati muhim.

Mehribonlik uylari boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirish mazmunini yoritishda asosiy tayanch tushunchalar mazmuniga e'tibor qaratish va uni tushunmoq zarur, ya'ni g'urur, milliy g'urur va hadis.

Milliy g'urur haqida fikr yuritar ekanmiz, eng avvalo, g'urur haqida, so'ngra milliy g'urur mazmuni nimani ifoda etishi to'g'risida to'xtalamiz. Chunki milliy g'ururni tarkib toptirish va tarbiyalash kabi psixologik- pedagogik muammoni hal qilish zikr qilingan so'z va so'z birikmalari ma'nosi bilan bevosita bog'liq.

G'urur so'zi faxr, iftixor, faxrlanish, mag'rur, quvonch, quvonish kabi ma'nolarni anglatadi. Mumtoz she'riyat va nashrlarda, faxriya, ballada va dostonlarda, xalq og'zaki ijodida ham yuqoridagi so'zlar ma'nodosh (sinonim) ma'no-mazmunda foydalanilgan. G'urur so'zining ta'mi non isidek lazzatli, havo bilan suvdek aziz. G'urur-insonlarga berilgan tuyg'ular ichida bebahosi [3; 5-9].

Ma'lumki, hadis ilmida vatandoshimiz Imom al-Buxoriy alohida nufuzga ega bo'lgan buyuk zot. Buyuk bobokalonimizning to'plagan hadislari Qur'oni karimdan

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

keyingi ikkinchi manba ekanligi islom olamida tan olingan va buyuk allomaning nabiralari ekanligimiz bilan bizlar haqli ravishda faxrlanmog'imiz lozim. Hadis ilmining asosiy maqsadi - kishilarni vatanparvar, odobli-axloqli, ilm va ma'rifatparvar, pirovardda, komil inson qilib tarbiyalashdan iborat. Hadis ilmidan haqqoniy bilim berish, olingan bilimlarni esa turmushda qo'llashga o'rgatish - bosh vazifa [4; 4-5].

Ezgu qadriyatlarimizga aylanib ketgan hadis ilmi har bir inson qalbida eng yaxshi fazilatlarni shakllantiradi. Hadislardan ibrat olgan holda, mehribonlik, hurmat va muhabbat bilan qarash uning kuchiga kuch qo'shadi. O'ziga bo'lgan ishonchni yanada oshiradi. Ularning natijasida bolada ham atrofdagilarga nisbatan hurmat, ishonch, mehribonlik uyg'otadi [5; 311]. Muhimi faxr iftixorga aylangan milliy g'urur paydo bo'ladi.

Mehribonlik uylari boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni shakllantirish uchun hadis ilmidan foydalanar ekanmiz, eng avvalo, milliy g'ururni shakllantirish mezonlarini keltirish lozim. Milliy g'ururni shakllantirishda avvalo, uning mezonlariga e'tibor qaratish lozim. Quyida milliy g'urur mezonlari haqida keltirildi.

Mehribonlik uylari boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni shakllantirish mezonlari.

1-jadval

Vatandan faxrlanish

Sharqona odob qoidalari

Insonpar-varlik

Milliy g'oya

Vatanimiz tarixi, uning o'tmishi haqida bilish, mard va jasur qahramonlariga qiziqish. Vatan haqida tushunchalarini boyitish, uning moddiy - ma'naviy boyliklarini o'rganish va asrab-avaylash, Vatanga muhabbat, Vatan xizmatiga shay turish, Vatanga jonkuyarlik,

O'zbekistonning dov-yurak himoyachisiga aylanish, Vatan ravnaqi uchun xissa qo'sha oladigan tadbirlarda qatnashish,

Salomlashish qoidalari, kattalar-ga hurmatda, kichik-larga izzatda bo'lish, do'stlik odobi, poklik,

xushmuoma-lalik, o'g'il va qiz bolalar odobiga amal qilish,

sharqona milliy muomalaga amal

Vijdoniy-lik-

rostgo'y-lik

to'g'ri-

so'zlik,

halollik,

ijobiy xulq

namunalari,

o'z

burchini to'g'ri anglash, adolatsiz-

Mustaqil yurt O'zbekistonnin g mustaqilligi haqida

tasavvurga ega

bo'lish, olib

borilayotgan

ishlardan

g'ururlanish

tuyg'usi,

O'zbekistonnin

g jahon

miqyosidagi

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

Vatanga fidoyi inson bo'lish. Xalqining milliy qadriyatlari, an'analari, urf-odatlarini bilish va amal qilish.

Umuminsoniy qadriyatlar, sharqona urf-odatlar va ona tiliga hurmat bilan qarash. Sharq allomalarining o'gitlari-ni bilish va ularga amal qilish. O'zbek xalqi san'atiga hurmatda bo'lish.

qilish, yaxshi xulq namunalari, oilaviy turmush odobiga amal qilish, jamoa joylarda o'zini tutish, odob

me'yor-larini anglay olish, ilm -ma'rifat.

likka yo'l

qo'ymaslik,

kishilar

bilan

to'g'ri

munosabat

ga kirisha

olish.

mavqeini anglash, Davlat tiliga hurmat belgisi.

Mehribonlik uylari boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni shakllantirish mezonlari tarkibidan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Hadislarni keltirishda ushbu mezonlar mazmuniga e'tibor qaratish lozim.

Milliy g'urur Vatanni sevish va vatanparvarlik g'oyalari asosida shakllanadi. Shunday ekan, bolaga Vatan haqida bilim berib, uni shakllantirib bormoq lozim. Har kishining tug'ilib o'sgan shahri va mamlakati shul kishining vatani deyilur. Har kim tug'ilgan, o'sgan yerini jonidan ortiq suyar [6; 122].

Tarbiyalanuvchilar hadis mazmunini yanada mukammal tushunishlari va unga hayoti davomida amal qilishlari uchun bir necha omillarni aniqladik. Quyida keltirilgan omillar tarbiyalanuvchida hadislardan foydalanib milliy g'ururni shakllantirishga xizmat qiladi. Aniqlangan omillar quyidagilar: Ertak, maqol, masal va rivoyatlar.

Shuningdek, tarbiyalanuvchilarda milliy g'ururni shakllantirishda interfaol metodlarni samaradorligi aniqlandi va ayrimlari namuna sifatida keltirildi. Jumladan, Charxpalak metodini misol tariqasida keltiramiz. Tarbiyalanuvchilar guruhlarga bo'linib, ularga topshiriqlar yozilgan varaq tarqatiladi. Masalan, hadislarlar mazmunini aniqlang.

2-jadval

Hadislar Vatan Yaxshi xulq Ilm va kasb-hunar Moddiy va ma'naviy boylik

Vatan - ona, ostonasi oltin.

Insonning birinchi vatani ona qorni. U tug'ilgach, tug'ilgan joyi unga Vatan

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

bo'la oladi.

Sizlarning yaxshilaringiz hushxulq, shirin suhbatlila ringiz.

Qaysi bir yosh kishi qari kishini hurmat qilsa, u keksayganida o'sha hurmatni ko'radi.

Insonlarga berilgan fazilatlarning eng yaxshisi yaxshi axloq.

Kishining so'zi-aqlning tarozisi.

Odam o'z eliga yaxshilik qilish bilan ularning ulug'iga aylanadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Nonning ushog'i ham non.

Har bir boylik tugaydi, ilm va kasb-hunar tuganmas boylik.

Bajarilish tartibi:

3-jadval

Hadislar Vatan Yaxshi Ilm va Moddiy va

xulq kasb-hunar ma'naviy boylik

Vatan - ona, ostonasi oltin. +

Insonning birinchi vatani ona qorni. U +

tug'ilgach, tug'ilgan joyi unga Vatan bo'la

oladi.

Sizlarning yaxshilaringiz hushxulq, shirin +

suhbatlilaringiz.

Qaysi bir yosh kishi qari kishini hurmat qilsa, +

u keksayganida o'sha hurmatni ko'radi.

Insonlarga berilgan fazilatlarning eng +

yaxshisi yaxshi axloq.

Kishining so'zi-aqlning tarozisi. +

Odam o'z eliga yaxshilik qilish bilan +

ularning ulug'iga aylanadi.

Nonning ushog'i ham non. +

Har bir boylik tugaydi, ilm va kasb-hunar +

Scientific Journal Impact Factor

tuganmas boylik.

Jadvaldagi topshiriqni tarbiyalanuvchilar guru h asosic a va yakka tartibda

bajarishi mumkin. Topshiriqni berilishiga qarab ustunlarga «+» belgisini qo'yish yoki so'zlarni yozish orqali bajarishi mumkin.

Olib borilgan ishimiz natijasi o'z samarasini bera oldi. Ularni ishimizning amaliyotga joriy etilishida kuzatishimiz mumkin.

Olib borilgan suhbatlar natijasi tahlil qilindi. Mehribonlik uylarining boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllanganlik darajasi tadqiqot natijalariga ko'ra ilmiy jihatdan asoslandi.

Mehribonlik uylarining boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirish bo'yicha o'tkazilgan tajriba-sinov ishlari ularda milliy g'urur haqidagi tushuncha va bilimlarning dastlab ancha pastligi, shuningdek, tajribalar yakunida esa yuqori darajaga ko'tarilganligini ko'rsatadi.

Mehribonlik uylarining boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirish bo'yicha tushunchalarning dastlabki o'sish darajasi quyidagicha:

4-jadval

Tarbiya

Tajriba-sinovning dastlabki shakllantirish darajasi

lanuvch i lar soni 2017-2018. t g -60 nafar.s g- 63 nafar 2018-2019. t g -61 nafar.s g- 64 nafar. 2019-2020. t g -64 nafar. s g-64 nafar

Yuqor i O'rta Quyi Yuqor i O'rta Quyi Yuqor i O'rta Quyi

Tajriba guruhi 28 (47%) 24 (40%) 8 (13%) 29 (48%) 25 (41%) 7 (11%) 32 (50%) 28 (44%) 4 (6%)

Sinov guruhi 30 (47,6 %) 25 (39,7 %) 8 (12,7 %) 30 (46,9 %) 26 (40,6 %) 8 (12,5 %) 31 (48,4 %) 27 (42,2 %) 6 (9,4% )

Mehribonlik uylarining boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirish anketa so'rovnomalar va test sinovining didaktik samaradorligi matematik-statistik metoddan foydalanib tekshirib ko'rildi.

Scientific Journal Impact Factor

5-jadval

Tarbiya-lanuvchil ar soni, nafar Tajriba-sinovning yakuniy shakllantirish darajasi

2017-2018 t g -60 nafar.s g- 63 nafar 2018-2019 t g -61 nafar.s g- 64 nafar. 2019-2020 t g -64 nafar. s g-64 nafar

Yuqor i O'rta Quyi Yuqor i O'rta Quyi Yuqor i O'rta Quyi

Tajri ba guruhi 28 (46,7 %) 25 (41,7 %) 7 (11,6 %) 30 (49,2 %) 26 (42,6 %) 5 (8,2%) 33 (51,6 %) 29 (45,3 %) 2 (3,1%)

Sino v guruhi 30 (47,6 %) 25 (39,7 %) 8 (12,7 %) 31 (48,4 %) 27 (42,2 %) 6 (9,4% ) 31 (48,5 %) 29 (45,3 %) 4 (6,2%)

Mehribonlik uylarining boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirish bo'yicha o'tkazilgan yakuniy tajriba-sinov natijalari ko'rsatilgan.

XULOSA

Ishimizning amaliy ahamiyati natijasi Mehribonlik uylarining boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirish sifatiga samarali ta'sir etishi to'g'risida xulosa qilishimizga asos borligini ko'rsatdi va quyidagi tavsiyalarni keltirishimizga sabab bo'ldi.

1. Mehribonlik uylari boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni

hadislar asosida shakllantirishni o'quv dasturi va rejasi, DTS, MT mazmuniga singdirish va 1-4 sinf "Tarbiya" darsligi mazmuni bilan bog'liqlikda mashg'ulotlarni samarali tashkil etishda foydalanish.

2. Mehribonlik uylari boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilarida milliy g'ururni hadislar asosida shakllantirishda tarbiyachi-pedagoglarga didaktik vosita sifatida o'quv-metodik qo'llanmalar majmuasini yaratishda foydalanish.

3. Mehribonlik uylari boshlang'ich sinf tarbiyalanuvchilari uchun elektron qo'llanma va darslik yaratishda foydalanish.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev Siyosat. O'zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt. www.gazeta.uz/uz 28 iyul 2021.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida nutqi. 2016 y.

Scientific Journal Impact Factor

3. Mahmudov Y. va boshq. Milliy g'urur-ma'naviy komillik mezoni. - T.: Dizayn - press, 2011. - 276 b.

4. Mansurov A. va boshq. Hadis ilmi saboqlari. - T.: Adabiyot va san'at, 1999. -.63 b.

5. Mavlonova R va boshq. Pedagogika. - T.: O'qituvchi, 2001. - 508 b.

6. Xudoyqulov X.J. Odob-axloq va tarbiya durdonalari. - T.: Yangi asr avlodi, 2010. -122 b.

7. Karimova B. Oripova M. S. Formation of national pride based on hadiths in primary school children of houses of kindness //ACADEMICIA: An International

Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 4. - S. 652-665.

8. Karimova B. POSSIBILITIES OF FORMATION OF NATIONAL PRIDE WITH USING KHADITHS IN THE FIRST-YEAR PUPILS OF ORPHANAGES

//European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2019. -T. 7. - №. 118-124

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.