SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA BOLALARNI TABIAT BILAN TANISHTIRISH ORQALI TARBIYALASH
Dilnoza Bahodirovna Xalkuziyeva
Qo'qon davlat pedagogika instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalarini shakllantirish orqali ularda axloqiy sifatlarni tarbiyalashning ahamiyati, tabiat bilan tanishtirish ish shakllari va metodlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit sozlar: bolalar, ta'lim, maktabgacha ta'lim tashkiloti, tabiat, axloqiy, tushuncha, ekologik qadriyat, ekologik bilim, tabiatga muhabbat.
EDUCATION OF CHILDREN IN PRESCHOOL EDUCATIONAL ORGANIZATIONS THROUGH INTRODUCTION TO NATURE
Dilnoza Bahodirovna Khalkuzieva
Teacher of Kokand State Pedagogical Institute
ABSTRACT
The article provides information on the importance of upbringing moral qualities in older children through the formation of their understanding of nature in preschool education, forms and methods of acquaintance with nature.
Keywords: children, education, preschool organization, nature, ethics, understanding, ecological value, ecological knowledge, love for nature.
KIRISH
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari katta guruh yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirishning pedagogik asoslari bugungi kunga qadar o'rganilmaganligi ilmiy taxlil natijasida aniqlanib, bir qator olimlarning ushbu muammo bo'yicha amalga oshirgan ilmiy tadqiqot ishlari atroflicha o'rganilmoqda.
ASOSIY QISM
Maktabgacha ta'lim tashkilotlari katta guruh yoshidagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirish samadorligi asosan tarbiyachilarning ijodiy izlanishlari va faoliyatlari mazmundorligiga ham bog'liq ekanligi tadqiqotlarda isbotlab berildi.
Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalarini shakllantirish jarayonida o'z yurtining tabiati va o'z xalqi bilan
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021 ISSN: 2181-1601
faxrlanish, Ona yer qadr qimmati, vatanparvarlik va tabiatparvarlik tuyg'usi, ekologik qadriyatlarini o'rganish, buyuk allomalarning tabiat haqidagi fikrlari bilan tanishish, atrof muhit, odob-axloq masalalari keng o'rganilgan. Har bir MTTdagi bolalarning tabiat haqidagi tushunchalarini tarbiyalashda ish olib borayotgan ijodkor tarbiyachilar faoliyatlari o'rganish orqali quyidagi xulosalarga kelish mumkin:
1. Milliy ekologik qadriyatlar mohiyatini bolalarga yetkazish, ularda tabiatga nisbatan chuqur hurmat qaror toptirish, bola ekologik bilimini shakllantirish yo'lida muhim vosita bo'lib xizmat qiladi.
2. Bola ekologik bilimini tarkibiy qismlarini ilmiy asoslash: ekologik munosabatlar: tabiatga qiziqsh, atrof muxit doirasida bola ekologik tasavvuri, idroki, tafakkuri, savodxonligi, fapolligi hamda bilimdonligini shakllantirish maqsadga mufoviqdir.
3. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari yoshdagi guruh bolalarida tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirish, odob, fikr doirasining kengayishi va odamlarga, tabiatga samimiy munosabatda bo'lish kabi axloqiy xissiyotlarining kamol topishi bilan bog'liqdir. Tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirishda O'rta Osiyo mutafakkirlarining asarlaridan, ularning ijodidan namuna sifatida foydalanish bolalarda ekologik bilimlarni takomillashtirishda ijobiy natijalarga erishish mumkin.
4. Tabiatga muhabbat xissini shakllantirish bolalarda bilimlarni chuqur egallash, ularning ma'naviyatini oshirish imkoniyatini yaratadi.
Tabiatga muhabbat hissini shakllantirishda oddiy tabiatga sayr qilish, bolalarga tabiat go'zalligini ko'rsatish muhim ahamiyatga ega. Shunday ekan maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalari shakllantirishni takomillashtirishda quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiqdir:
- O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarning tabiat haqidagi tushunchalarini shakllantirishni muntazam ravishda takomillashtirish;
- Xalq ta'limi tizimining hamma bosqichlarida ekologik qadriyatlarning asosi hisoblangan ekologik bilim tarbiyasiga alohida e'tibor berish;
- Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarning psixologik xususiyatlarini xisobga olgan xolda ekologik tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan mashg'ulotlar uyushtirish;
- Bolalarning tabiat haqidagi tushunchalarini tarbiyalash faoliyatida mexnatsevarlik fazilatlarini shakllantirish, ayniqsa, o'zlari tarbiyalanayotgan bog'chalarida mexnat qilishga o'rgatish;
- O'zbekiston mustaqilligi tufayli umuminsoniy, milliy, ma'naviy, ekologik qadriyatlardan foydalanish;
- Maktabgacha ta'lim tashkilotlari katta yoshdagi bolalarda o'zbek xalqining milliy urf odatlaridan foydalanish, tabiat haqidagi bilimlarni tarbiyalashga alog'ida ahamiyat berish;
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021
ISSN: 2181-1601
- Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida katta yoshdagi bolalarda tabiat haqidagi tushunchalarni shakllantirishda maqsad va vazifalarning mazmuni, shakl va metodlari birligini ta'minlash va bola shaxsini kamol toptirish;
- Maktabgacha ta'lim tashkilotlari katta yoshdagi guruh bolalarida ekologik tushunchalarni shakllantirish mazmuni, ish shakllari va metodlarini belgilab beruvchi pedagogik prinsiplar, ya'ni: - tarbiyaning tabiat, atrof-muxit, mexnat bilan bog'liqligi; bolalarning psixologik xususiyatlarini xisobga olish; tarbiya jarayonininng yaxlitligi; tarbiyaviy ta'sirlarning birligi va shu kabi ekologk bilmi faoliyatining muntazamligi, davomiyligi va uzluksizligiga erishish;
- Mashg'ulot jarayonida bolalarda maktab, oila va jamoatchilikning birgalikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish va tabiat haqidagi bilimlarini tarbiyalash natijalarini keng targ'ib qilish.
XULOSA
Yuqorida ta'kidlangan tavsiyalarni natijali bo'lishida birinchidan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining dasturlari mazmuniga ekologik tushunchalarni shakllantirishga oid aniq yo'nalishlar kiritilishi lozim. Tarbiyachilar "Odobnoma", "Badiiy adabiyot", "Tevarak atrof bilan tanishtirish" dasturlaridan bolalarni ekologik tushunchalarini shakllantirishda keng foydalanishlari lozim.
REFERENCES
1. Maktabgacha pedagogika. Sh. Sodiqova, darslik, . T.Fan va texnologiya, 2012, 149-b.
2. А.Дыбина, Р.Пенькова, М.Рахманова. Моделирование развивающей предметно-пространственной среды в детском саду. М.:-2013.
3. Louise Boyd Cadwell Bringing Reggio Emilia Home: Innovative Approach to Early Childhood Education (Early Childhood Education Series). Z.:-2000.
4. О. Г. Романенко, Л. И. Данилова, Т. В. Дорошина, Метод моделирования в экологическом воспитании детей. С.:-2012 .
5. Д. А. Салиева., ПОВЕДЕНЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ ЛИЧНОСТИ РЕБЁНКА В СЕМЕЙНОМ ВОСПИТАНИЕ// Science and Education, 2020
6. Султонова, Н. А. (2021). ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОДГОТОВКИ ДЕТЕЙ В СОВРЕМЕННЫХ УСЛОВИЯХ К СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ В СЕМЬЕ. Scientific progress, 1(6), 631-635.
7. Ибрагимова Ш.Г., Исакова З.Р. Педагогик жараёнда педагогнинг касбий махррати ва компетентлиги // Интернаука, 2020 - elibrary.ru
8. Юлчибоева, Д. Э. (2021). ОПРЕДЕЛЕНИЕ ТВОРЧЕСКИХ СПОСОБНОСТЕЙ У ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. Scientific progress, 1(6), 695698.